Qancha muddat davomida och yurish eng ko‘p samara berishi haqida mutaxassislar o‘rtasida har xil fikrlar mavjud. Angliyada 30 kunlik ochlikni eng ma’qul deb biladilar. Shuning uchun ham Angliya klinikalarida ko‘proq 30 kunlik-davolanish qo‘llaniladi. Ingliz hakimlari kuzatuvidagi ochlanuvchilar ko‘p vaqtlarini to‘shakda o‘tkazadilar va faqat zarurat bo‘lganda bir necha daqiqa turishgagina ruxsat beriladi. Germaniyada esa 21 kunni ma’qul ko‘radilar. Fransuzlar 14 kunlik ochlik tarafdoridirlar. Qo‘shma shtatlarda esa, ko‘pincha, 30 kun davomida och yuriladi. Chet el va amerika klinikalarida ochlik yaxshi tayyorgarlikka ega, har xil xastaliklarga qarshi kurasha oladigan chuqur bilim va yaxshi natijalarga erishgan xakimlar kuzatuvida amalga oshiriladi.

Ochlik - g‘aroyib ilm

Ochlik - g‘aroyib ilm bo‘lib, uni chuqur-o‘rganmoq lozim. Ayni vaqtda, dunyoda 30 va undan ortiq kun mustaqil o‘zlari och yurishadigan yuzlab kishilar bor. Turli mamlakatlarda salomatlik haqidagi ma’ruzalarimda tinglovchilardan kim shu tariqa mustaqil och yurganligini so‘rayman. Men hakimlar kuzatuvisiz mustaqil 30 kun va undan ham ko‘p vaqt och yurgan hamda ajoyib natijalarga erishgan shogirdlarim borligini ko‘raman. Lenin men 30 kunlik ochlikni mutaxassis kuzatuvida o‘tkazgan ma’qul deb bilaman. Zaharlardan qutilish qiyin kechayotgan vaqtlarda u sizga yordam qiladi. Sog‘lom hayot tarzi va ovqatlanish tartibiga amal qilgan holda qisqa muddatli ochlik tarafdoriman. Mana mening ochlanish ilmi haqida nazariyam. Eng avvalo har bir insonning tabiatini hisobga olmoq lozim, chunki har birimizda ancha ko‘p qo‘rquv bor. Agarda ochlik muddati qisqaroq bo‘lsa, ko‘proq kishi ochlikni sinab ko‘rishlariga imonim komil. Ko‘pchilik 24 yoki 36 soatlik ochlikka bajonidil kiradilar, kundan-kunga ahvollari tobora yaxshilanayotganini sezgach, uch kunlik ochlikka o‘tishga harakat qilib qoladilar. Ko‘rasizki, keyingi qadamlar 7-10 kunlik tomon bo‘ladi. Ko‘p marta 10 kunlik ochlik o‘tkazgan va yaxshi natijalarga erishgan ko‘pchilik shogirdlarim, har zamonda 15 kunlik ochlik o‘tkazadilar. Ayrimlari 21 kunga ham, yana birlari esa o‘zlari nazoratida 30 kunlab ham och yurishgan. Lekin ular 24 soatlik ochlikdan boshlab, asta-sekin uzoq muddatlikka o‘tishgan. Och yurish bo‘yicha tajribangiz orta borgan sayin, ochlikka ishonchingiz xam yuksala boradi. Shu vaqtgacha siz hech och yurmagan bo‘lsangiz, unda 24 yoki 36 soatlikdan boshlang. Ana shunda ochlikning g‘aroyib ta’sir kuchi haqidao‘zingiz fikr yurita olasiz. Qisqa muddatli och yurishlar bilan tanangizni to‘liq tozalashingnz mumkin. Tez-tez och yurgan sayin tanangiz ko‘proq tozalana boradi va samara xam ko‘payadi. Och yurishlar oralig‘ida siz sog‘lom xayot tarziga amal qilishingiz kerak.
Odamni hech narsa yomondan yaxshiga  o‘tgandagi kabi o‘zgartirolmaydi.

Ochlik bo‘yicha mening shaxsiy dasturim

Men va bizning oila ochlikdan ko‘rayotgan ulkan foydani alohida ta’kidlagim keladi. Har haftada 24 yoki 36 soatlik ochlikni kanda qilmayman. Bundan tashqari 7 dan 10 kungacha bo‘lgan muddatda bir yilda 4 marta och yuraman. Shu tartibga juda ko‘p yillardan buyon amal qilaman va o‘zimni a’lo darajada sezaman hamda o‘zimni jonlanib boradigan dinamo - mashinadek sezaman. Mening bir kunim, boshqa kishilarning bir yilidan ko‘ra ko‘proq reja bilan to‘la bo‘ladi. Ish va o‘yin uchun menda chegaralanmagan miqdordagi quvvat bor. Men hech qachon uyqusirab yurmayman va charchamayman. Men har doim ham ma’naviy, ham jismonan faolman. Menga ko‘plab ma’ruzalar o‘qishga va jahon bo‘ylab sayohatlarga chiqishga to‘g‘ri keladi. Yozish va boshqa ko‘plab majburiyatlarni bajarishim lozim bo‘ladi. Lekin bularning barchasiga vaqtim ham, quvvatim ham yetadi. Butun bo‘sh vaqtlarimni yosh yigitlar va ayollar yoki bolalar bilan o‘tkazaman,ular ham men bilan tengdoshlari singari munosabatda bo‘lishadi. Barvaqt qarib qolgan kishilardan uzoqroq yurishga harakat qilaman,chunki ular menga yomon ta’sir qiladilar. Ular o‘zlarini uzoq vaqtlardan buyon qarigan va yaroqsiz kishilarmiz deb ishontirganlar va shu kayfiyat ularni qaritgan. Ularning ko‘pchiligi ma’naviy jihatdan bundan 30 yil muqaddam o‘lgan, yer yuzida yurishlarining boisi go‘yo ta’ziya harajatlarini tayyorlashga o‘xshaydi. Men sport, tennis, alpinist, suzish, raqs klublarida shug‘ullanaman.Qayerda quvnoq faoliyat bo‘lsa, men doimo o‘sha yerdaman. Menga tvist singari temperamentli raqslar yoqadi, chunki bu menga yaxshi kayfiyat va jismonan faol bo‘lishimga imkon beradi. Gavaya musiqalariga raqsga tushishni yaxshi ko‘raman. Gavaya orollarida ma’ruzalar o‘qiganimda u yerdagi raks kechalarida tez- tez qatnashib turaman. Ochlik tufayli tanangizni tozalagan va sog‘lom hayot tarzida kechirayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizni ajoyib his qilasiz. Chunki tabiat insonni baxt uchun yaratgan. [su_quote cite="Elbert Xabbard"]Kitob ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan eng katta xizmat faqat haqiqatni yetkazish emas, balki shu haqiqat to‘g‘risida undashga majbur etishdir.[/su_quote]

© Pol Bregg «Ochlik mo’jizasi» kitobi. Ziyouz.uz