Och yurishning foydasi insonlar va xayvonlarga juda kadim zamonlardan ayon. Ibtidoiy odamlar uchun ochlik-davolanishning yagona usuli edi. Bir necha yuz yillar oldin, odamlar kasal yoki yarador bo‘lgandagina o‘zini saqlash instinkti ko‘magida ochlanishgan. Ochlik davrida quvvatga enish va shamollashning oldini olish maqsadida dorivor o‘simliklardan foydalanishgan. Och yurishni 50 yil davomida kuzatib, uning g‘aroyib natijalarini ko‘rdim. Bu nafaqat bemorlikni davolashning eng qadimgi, balki hech qanday asorat qoldirmaydigan eng ma’qul bo‘lgan vositasi hamdir. Bu organizmni tozalashning eng tabiiy yo‘li. Tana-jarohatlanganda och yurishga majbur etish instinkti bu barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Kasal yoki yarador jonivorlarning yemishdan bosh—tortishi o‘z-o‘zini saqlash instinkti ochlikdan kuchlirok ekanini ko‘rsatadi. Bu holda, odatda ovqatni hazm qilishga sarflanadigan hayotiy quvvat endi jarohatlangan joyga to‘planadi va keraksiz narsalarni chiqarib tashlash va tozalashga yo‘naltiriladi. Ochlik instinkti shu darajada kuchliki, u hatto hozirgi zamonning madaniyatli odam ustidan xam o‘z xukmini o‘tkazadi.

Ochlik - dunyo singari qadimiy

Ko‘hna tarixdan ma’lumki, ochlik bilan davolashdan juda kadim zamonlardayoq sharq dinlariga sig‘inuvchi kishilar va antik davr tamadduni vakillari foydalanishgan. Ochlikdan nafaqat yoshlik yoki salomatlikni saqlash uchun, balki ruhiy poklanish uchun ham foydalanishgan. Buyuk Pifagor o‘z falsafasi sirlarini o‘rgatishdan oldin shogirdlarlaridan qirq kun och yurishni talab qilardi. U faqat qirq, kunlik chillagina aqlni hayot sirlari haqidagi murakkab bilimlarni chuqur o‘zlashtirish uchun yetarli darajada tozalaydi deb hisoblardi. Hozir xam, xuddi qadimgi zamonlardagiday, ochlik, nafaqat tanani tozalaydi va salomatlikni tiklaydi, balki inson xayotining ruxiy jixatlariga xam katta ta’sir o‘tkazadi.

Ochlik aqlni o‘tkirlaydi

Och yurishga ongli ravishda va qatiyat bilan amal qilgan shogirdlarim va o‘zimga ruxiy va intellektual kamolot eshiklari keng ochildi. Agarda men biror kitobni bugun o‘qisam uning mazmuni xotiramda shu darajada mustahkam o‘rnashadiki, xuddi shu kitobni qo‘limda ushlab turganday bo‘laman. Mening xotiram g‘oyat kuchli uch kunlik ochlikdan keyin tafakkuringiz ustidan go‘yo qandaydir parda olib tashlanganini sezasiz. Mantiqan to‘g‘ri fikrlaydigan va tez xamda to‘g‘ri qarorlar qabul qila boshlaydigan bo‘lib qolasiz. Oldin muhim  muammo bo‘lgan narsalar endi oddiy va tushunarli bo‘lib qoladi. Och yurganingizdan keyin hech narsadan qo‘rqmaydigan, hatto oldin  sizni bezovat qilgan narsalarni ham tiniqlashgan aql-idrok bilan  yengil xal qila oladigan bo‘lib qolasiz. O‘zim ishlab chiqqan ochlik  dasturining natijasida aql-idrokning ichki uyg‘unligiga, o‘zim va dunyo bilan hamjixatlikka, o‘zimni hotirjam va xalovatliroq his qilishga erishdim.. Ochlik tufayli tana va dilingizni  tozalab, yuksalasiz, ijobiy fikrlaydigan kishiga aylanasiz. Xotira o‘tkirlashib bamisoli pichoqning tig‘iga aylanadi. Ko‘p yillar oldingi ismlar, joylar, voqealar tafsilotini bemalol xotirangizda tiklay oladigan bo‘lasiz. O‘z-o‘zingizni barkamollashtirish, ma’rifatli qilishga qobiliyatliroq bo‘lib qolasiz. Ma’rifatlilik hayotga tayyorlanish emas, aynan hayotning o‘zidir. O‘zimizni aqliy va ruhiy barkamollashtirish biz insonlar oldiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan buyuk maqsaddir. Shunday qilib, ochlik bizga uch yo‘nalishda ta’sir o‘tkazadi: o‘zingizni jismonan, aqlan va ruxan tozalaysiz. Mustahkam salomatlik va umrzoqlikdan lazzatlanish imkoniga ega bo‘lasiz! Miya bosma singari yangi bilim va faktlarni o‘ziga shimib oladi. Eng muhimi, hayotingizni go‘zal qiladigan ichki bir mamnunlik va ruxiy xotirjamlik paydo bo‘ladi. Ochlik tufayli xozirgi kunimiz uchun buyuk va kamyob bo‘lgan donishmandlikka erishasiz. “Injil” zamonasidagi ruhoniy va avliyolar tez-tez och yurishgan. Moisey, Dovud va boshqalar qirq kunlab ochlanishgan. Xayotning buyuk haqiqati to‘g‘risidagi ta’limotini tarqata boshlashdan oldin Iso alayhissalom 40 kun chillada o‘tirgani, ya’ni o‘zini ochlik bilan toblagani ma’lum. “Injil” da yozilishicha, Iso masix o‘z o‘quvchilariga shunday degan: “Bemorlarni davolanglar, maxovlarni tozalanglar, o‘lganlarga jon ato qilinglar, iblisni haydanglar: nima bersanglar, shuni olasizlar”. Odamlarga to‘g‘rilikni aytganlarga katta xavf-xatar borligini Iso alayxissalom bilardi. Shuning uchun ham shogirdlariga safar oldidan shunday nasixatlar qilardi: “Xushyor bo‘linglar! Men sizlarni och bo‘rilar galasiga ro‘baru bo‘ladigan qo‘ylar singari oldinga yubormoqdaman. Shuning uchun xam ilonday aqlli, kaptar singari beozor bo‘lishlaring lozim”. Oldingi   davrlarda   xam   xuddi   xozirgiday   ochlik   bilan davolanishga jazm qilganlarda vahima va qo‘rqinch tug‘dirishni  istovchilar ko‘p edi. Och yurishning ilmiy chora emasligini isbotlashganlarini ham eshitdim. “Men ulardan biron marta och yurib ko‘rdilaringmi” – deb so‘rasam, ular: “Xech qachon!” deyishdi. Bu johil azamatlar, quvvatga  erishish uchun, albatta, ovqatlanish lozim deyilgan afsonaga qat’iy  amal qiladilar va aks holda so‘zsiz kasal bo‘larmishlar. Bu haqiqatdan qanchalar uzoq! Yomon odatlarimizning quliga aylanib qolganimiz uchun xam och yurish davrida bir necha kun ayrim noqulayliklar bo‘lishi mumkin. Agarda birinchi uch kunga bardoshli bo‘lsak, keyingi kunlar huzurli bo‘ladi. Ishtaha yo‘qoladi, ovqat haqidagi fikrlar unutiladi, katta miqdordagi energiya qo‘shiladi. Agarda tanangiz zaxarlarga to‘lib ketgan bo‘lsa, ularni ochlik yordamida xaydab chiqish vaqtida ayrim noqulayliklar bo‘lishi mumknn. Lekin bular uzoq davom etmaydi va vaxima qilishning hojati yo‘q. Bu esa ochlik sizning foydangizga xizmat qilayotganligini ko‘rsatadi. Siz tanangizda to‘planib qolgan zahar va ajralib chiqqan narsalardan xalos bo‘lish uchun och yurganingiznn juda yaxshi bilasiz. Agarda shunday noqulayliklar bo‘lsa, o‘zingizga-o‘zingiz shunday deb qo‘ying: “Xechqisi yo‘q! Bu vaqtincha, organizmdan eski toksinlar chiqib ketsa xammasi ortda qoladi”. Lekin shu vaqtinchalik noqulayliklardan keyin siz qanday g‘aroyib mukofot olasiz! Ko‘zlaringiz charog‘on va sezgilaringiz teran bo‘ladi! Ochlikdan so‘ng taomlarni boshqacha qabul qila boshlaysiz. Ta’m bilish organlaringiz yangilangani uchun xam meva va sabzavotlar o‘ta xushxo‘r va totli ko‘rinadi. Tanangiz charchashni bilmaydi, uyqungiz esa bolalikdagi singari beg‘ubor bo‘ladi! Ochlik bilan davolangan kishigina, ochlikdan keyingi ulkan imkoniyatlar  real baxo berishi mumkin.

Oshqozonning quli bo‘lmang

Ko‘pchilik insonlar butun hayotlari davomida, aniq vaqtda nonushta, tushlik va kechkilik yeyishni shart deb biladi va xaqiqatda oshqozonning quliga aylanib qolganlar. Ochmi, to‘qmi, buning ahamiyati yo‘q, ular ovqatlanaveradilar. Bechora tanaga keragidan ortiq, buning ustiga, yaroqsiz ovqatlar tiqishtirilgan, shuning uchun xam salomatligimizda muammolar ko‘pligiga ajablanmasa xam bo‘ladi. Ovqatlanish bo‘yicha yirik mutaxassis professor Arnold Eret “Xayot - ovqatlanish fojiasidir” degan edi. Yana eski naql naqadar to‘g‘ri: “Odam o‘ziga pichoq va vilka bilan qabr kovlaydi”, yoki “Meyoridan ortiq yeyilgan taom odamni yeydi” Juda ko‘pchilik oshqozoniga dam bermaydi. Ular organizmning ajratib chiqaruvchi (ichak, buyrak, o‘pka, teri) va hazm qiluvchi tizimiga meyoridan ortiqcha ish yuklaydilar. Oxir oqibat mana shu oshiqcha ish tana muchalarni charchatadi va ishdan chiqaradi. Natijada, butun vujudning yaroqsiz bo‘lib qolishiga olib keladi. Ochlikdan keyin ko‘rasizki, sizga oldin iste’mol qilib yurganingizchalik   ko‘p ovqat kerak emas ekan. Oshqozoningiz kichrayadi, oldin o‘rganib qolganingizga nisbatan ikki barobar  ovqatni kam yesangiz xam ko‘rinishingiz va kayfiyatingiz yaxshi bo‘laveradi. Men jismonan   faol   insonman.   Organizmimga   qattiq talablar qo‘yganman va bir kunda ikki marta yengil ovqatlanaman. Ovqatlanishlar o‘rtasidagi nonushta, choyxo‘rlik va xokazolarni umuman rad etganman. Juda ko‘p yillardan buyon xaftasiga 24 soat va bir yilda 3-4 marta 7,10 kun och yurishga odatlanganman! Ochlikdan keyin, ko‘zlaringizning yashnagani va yuzlaringizning yaxshilanganini ko‘rasiz. Qoningiz va ichki muchalaringizdan og‘ir yuk olib tashlanganidan keyin yangi xayotiy quvvatga erishasiz.

Ochlik dasturingizni bugun ishlab chiqing

Shunday qilib, siz yuqorida aytilgan samaralarga erishishni xoxlasangiz, avvalo, qat’iyatli va izchil bo‘ling, ochlik dasturini ishlab chiqing, unga qat’iy amal qiling. Menimcha, och yurmoqchi ekanligingiz   haqida   hammaga  aytib  yurishingizning hojati bo‘lmasa kerak, chunki o‘zgalar ochlik borasida johildirlar va dasturingizni noto‘g‘ri tushunadilar. Men ochlikning afzalliklari xaqida tushunchaga ega bo‘lmagan kishilar bilan o‘z dasturimni hech qachon muxokama qilmayman. Nega endi men ular bilan bu xaqida munozara qilay? Axir ularning tasavvurida, bir necha marta ovqatlanishni  o‘tkazib     yuborsak, halokatli darmonsizlanish bo‘ladi, degan tushuncha bor. Shuning uchun sal farosatliroq bo‘ling va xatto nima qilayotganingizni oilangizga xam  aytib o‘tirmang. Aytsangiz, bir qancha foydasiz maslahatlar olasiz. Bir xaftalik ochlanganimda, ko‘pincha odatdagi faoliyatim bilan shug‘ullanaverganman. Mening butunlay och ekanligimni xatto leksiyamni tinglayotganlar xam sezmagan. Ochlik - sizning ichki siringiz va fanat sizga taalluqli bo‘lib, do‘stlar va qarindoshlarning bilishi umuman shart emas. Agarda o‘zingizning to‘g‘ri yo‘ldaligingizga ishonsangiz, bas, sizga ana shu ishonch kerak. Tabiatning tozalovchi, yangilovchi, yashartiruvchi va sinalgan donishmandlik kuchiga ishoning!

Ochlikni samarali qilmoqchi bo‘lsangiz, tanangizni aql boshqarsin

Esingizdami, TANA-NODONDIR degan edim. Unda iroda va aql yo‘q. Agarda shu kitobni o‘qib chiqqandan keyin, ochlik dasturi sizning hayotingizda yangi sifat o‘zgarishi yasashiga iymon keltirgan bo‘lsangiz, aqlingiz tanangiz ustidan xukmronlik qilishi lozim. Ayrim vaqt oraliqlarida, ya’ni rejimda ovqatlanib turishga o‘rganib qolgan tanaga nisbatan aqlingiz kuchliroq bo‘lishi lozim. Tor fikrli kishi uyqudan turiboq ovqatlanadi. Bunday kishilarda aql oshqozon buyurgan tomonga yuradi va oshqozon hukmron bo‘ladi. Ko‘p vaqt mobaynida odatga aylangandan keyin oshqozon nonushtani kutadi. Men uchun nonushta keraksiz narsa. Tana tuni bilan dam oldi, hech qanday energiya sarf qilgani yo‘q. Nega endi inson tanani uzoq vaqt dam olganidan keyin ertalabki nonushtada oshqozonini zo‘r ovqatlar bilan to‘ldirish kerak, shuning uchun xam, yana takrorlayman: “Yeydigan ovqatingiz jismoniy harakatingizga muvofiq bo‘lishi kerak”. Nonushtasiz yashashga tashviq qilishimning yana bir sababi kechasi bilan to‘plangan quvvatning ertalabki ovqatni hazm qilishga sarf bo‘lishini istamaslikdir. Ertalab sizning jismoniy, aqliy va ma’naviy energiyangiz eng yuqori darajada bo‘lishi kerak. Aynan ana shu sizga katta ijodiy va jismoniy ishlar qilish imkonini beradi. Kollejlarning o‘quvchi va talabalariga ertalab-och qoringa dars qilinglar, deb tushuntiraman. Ko‘pchilik talabalar kechqurun to‘yib ovqatlanib, dars tayyorlashga o‘tiradilar. Keyin nima bo‘ladi? Ular fikrini jamlab o‘qishi uchun katta kuch sarflashiga to‘g‘ri keladi. Zotan, kuchli ovqatlangandan keyin miya samarali ishlay olmaydi. Lekin bu talabalarga kechasi yaxshi xordiq bering, uyqudan turgach  ikki-uch soat o‘tkazib nonushta qilishsin, ana shunda siz ularning qay darajada  donishmand bo‘lib ketishini ko‘rasiz. Bu haqda minglab talabalarga, jumladan, rassom, haykaltarosh, musiqachi, yozuvchi va boshqalarga ko‘p marta aytdim. Endi nima uchun men ertalab to‘yib ovqatlanishga qarshi ekanligimni tushungandirsiz. Og‘ir ovqatni hazm qilish uchun ko‘p energiya sarflash lozim. Asab energiyasi arzimas narsalarga sarf bo‘lib, miyaning haqiga xiyonat qilinadi va buning natijasida odamlar fikrsiz bo‘lib qolishadi. Keling, bunga boshqa nuqtai nazardan xam bir qaraylik. Ko‘p yillardan buyon odamlar ongiga quyidagilarni singdirib kelishadi: ertalik ovqat, oziqlanishlarning eng muximi bo‘lib,  aqliy yoki jismoniy bo‘lishidan qat’iy nazar, katta ishni bajarish uchun ulkan kuch-quvvat beradi. Bular umuman ilmiy asoslanmagan va xato fikrlardir. Yaxshi ovqatlanganingizdan keyin refleks tarzida to‘ygan va qanoatlanganingizni sezasiz, lekin sizga kuch qo‘shilib qolmaydi. Hazm qilish tizimingiz tomonidan bu ovqat o‘zlashtirilishi va organizmingizga quvvat berishi uchun bir necha soat vaqt o‘tadi. Ertalikning har bir unsuri parchalanishi va to‘qimalar o‘zlashtira oladigan mayda ximiyaviy birliklar xoliga kelishi lozim. Yeydigan ovqatingizni jismoniy xarakatingizga moslashtiring. Shunday qilib, ko‘rayapsizki, ovqatlannsh - odat va ko‘nikish natijasidir. Ellik yildan oshdiki men ertalik qilmayman. Agar Xollivuddagi uyimda bo‘lsam mashinada tog‘dagi go‘zal Griffich-Parkka boraman. Bir-necha soatda Mounch-Xollivud cho‘qqisiga chiqaman-da, pastga qarab yuguraman. Agarda fanta-Monika soxillarida bo‘lsam, kirg‘oq bo‘ylab chopaman. Okeanda yil bo‘yi cho‘milaman. Boshqa yerlarga ketganimda esa piyoda yoki velosipedda sayr qilaman. Astoydil qilingan bir qancha mashqlardan keyin uyga qaytib, ijobiy ishlarim, ya’ni ma’ruzalar rejasini tuzaman, salomatlikka  bag‘ishlangan maqolalar va kitob yozaman. Soat o‘n birlarda ozroq meva yeyman va o‘n ikkilarda bugun hisobidan birinchi marta ovqatlanaman. Ovqatlanishni karam va sabzi shuningdek, pomidor, rediska, selderey iste’mol qilishdan boshlayman. Tarkibida protein bo‘lgan bir xil sabzavot, masalan, sabzi, shpinat yoki bargli karam salatini iste’mol qilaman. Shuningdek yong‘oqlarning xamma turini, kungaboqar va oshqovoqning urug‘ini xush ko‘raman. Men bu ozuqalarga yarasha jismoniy xarakat qildim, deb hisoblayman. Mening tanam bu tabiiy ozuqalardan keragicha quvvat ishlab chiqish ularni hazm  qiladigan sharbat ajratib chiqarishga tayyor. Tabiiy  ovqatlar  qanchalar totli!  Ovqatni  parchalovchi sharbatlar maromida ajralib chiqyapti, ichaklarni tozalash esa qabul qilingan ovqatlar mikdoriga mutanosib. Xaftasiga 12 marta ovqatlanish (men bir kun och yuraman) menga ortiqchalik ham qilmaydi, quvvatsizlantirib ham qo‘ymaydi. Ana shunday dastur asosida ichaklarimni aniq ishlashga o‘rgatganman. Hojat chiqarish ertalabki va kechki ovqatdan keyin bir soatlardan so‘ng bo‘ladi. O‘rnatgan bu tartibni ba’zan-ba’zan istisno sifatida olma yoki bir bo‘lak ananas yeganimda buzishim mumkin. Issiq kunlarda, agarda bor bo‘lsa, bir bo‘lak qovun yoki tarvuzni, salqinlatib, tanovvul qilishim mumkin. Ko‘pchilik kishilar ko‘p miqdorda yutib olgan ovqatlarini xazm qila olmay kasal bo‘ladilar yoki deyarli xastadirlar.

Amerikada ovqat yeyish – sport

AQSH aholisining 65-70 foizi ortikcha vaznga egaligi boisi  shunda. Amerikada yeyish ham sport! Odamlar tinimsiz ovqatlanadilar. Ertalik, keyin kofe, keyin choshgohlik, so‘ng tushlik ovqat, yana kofe va hakozalar. Oldingi yeyilgan ovqat hazm bo‘lmasdan yana kuchli kechki ovqat tanovvul qilinadi. Ularning doimo charchab ketayapman, deb nolishlariga ajablanmasa xam bo‘ladi! Bunday ko‘p ovqat yeyish bilan eng sog‘lom kishi ham hayotiy quvvatidan ajrab qoladi va organizmdagi ortikcha narsalarni haydab chiqarishga kuchi yetmay qoladi.

O‘z tanangiz tozaligini ta’minlang

Kasallik va barvaqt qarishda hech qanday sir yo‘q. Siz yomon odatlaringiz uchun, aniqrog‘i, uning yordamida jazolanasiz. Agarda ovqat xazm qiladigan tizimingizga meyoridan oshiq ozuqa yuboraverishga odatlangansiz, u xazm qilishga ulgurmaydi va sizning milliardlab to‘qimalaringiz zaxarlanaveradi. Tanangizda tozalikni ta’minlay olmaganingiz uchun xam kasalsiz, darmonsizlangansiz va barvaqt qariyapsiz. Salomatlik va uzoq umr ko‘rish sirini uch so‘z bilan ifodalasa bo‘ladi. “O‘z tanangizni tozalang”. Bu donolarcha so‘zni miyangiz granitlariga o‘yib yozib qo‘ying uni ko‘p marta takrorlang, ta’kidlang: “O‘z tanangizni tozalang!” Ochlik badanni tozalash va yashartish bo‘yicha yagona qadimiy va tabiiy usuldir. Siz uchun buni xech kim qilib bera olmaydi. Bu sizning shaxsiy ishingiz bo‘lib, unga iroda kuchidan boshqa xech narsa talab qilinmaydi. Hayot - ko‘proq moslashgaganlarning yashovchanligi, ochlik esa yashovchanlik vositasidir.

Och yurishga tayyormisiz?

Agar ochlik foydali ekaniga ishonchingiz komil bo‘lsa, demak siz tayyorsiz. Agarda fikringizdan tozalanish uchun ochlanish kerak, degan o‘y qattiq o‘rin olsa, yutuq ta’minlangan deb xisoblang. Axir, siz ochlik bilan ahvolingiz yaxshilanishiga ishonchingiz komil ekanini xar bir to‘qimangizga takror-takror ta’kidladingiz. Xar bir to‘qimangiz sizning buyruqlaringizni bajarishga tayyor turadi. Distillangan suv bilan 24 soatlik ochlikka kirishing. Shu 24 soat davomida distillangan suvdan boshqa xech narsa iste’mol qilmasligingiz lozim. Agarda shu vaqt ichida siz meva yesangiz, bu ochlik emas, balki mevali parhez bo‘ladi. Agar shu davrda meva yoki sabzavot sharbatini ichsangiz,  unda ham och yurish emas, meva yoki sabzavotli parhez bo‘ladi. Ochlik uchun oshqozonda distillangan suvdan boshqa hech narsa bo‘lmasligini nazarda tutishingizni istayman. Siz tushlikdan tushlikkacha yoki kechlikdan kechlikkacha, ya’ni 24 soat davomida ovqatdan saqlanmog‘ingiz lozim. Agarda siz kofe, choy, pivo, yoki spirtli ichimliklarga o‘rganib qolgan bo‘lsangiz va shu davrda iste’mol qilib qo‘ysangiz  bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin. Yomon odat hisoblanmish tamaki, ichimliklar, choy, kofe kabi qo‘zg‘atuvchilardan xalos bo‘lishda ham ochlik sizga yordam qiladi. Chunki siz 24 soatlik faqat distillangan suv ichib, ochlik davrida ajratish organlari orqali tanangizdan juda ko‘p yillar davomida to‘planib qolgan zaxarli moddalarni chiqarib tashlaysiz. 24 soatlik ochlanish davrida ko‘pchilik kishilar ozgina noqulaylik va oshqozonda kamgina bezovtalik sezsalar-da, xar kungi faoliyati bilan bemalol «shug‘ullanaveradilar. Agarda aqlingnzning   tana   ustidan   xukmronligiga   imkon   bersangiz, xammasi silliq kechadi. Aynan bosh miya oshqozonni boshqarmog‘i lozim va aksincha bo‘lishidan xudo saqlasin! [su_quote cite="Elbert Xabbard"]Kerakli uch odat Insonni har qanday sharoitda va istagan har qanday narsasiga erishtira oladigan uchta kerakli odat bor. Bular : 1. Mehnat qilish odati. 2. Sog‘lik uchun kurash odati. 3. O‘qish odati. Agar sizda shu odatlar bo‘lsa, xuddi shunday odatlarga ega ayol ham sizni yaxshi ko‘rsa, siz hozir va doimo baxtlisiz. U ayol ham baxtli bo‘ladi. [/su_quote]

© Pol Bregg «Ochlik mo’jizasi» kitobi. Ziyouz.uz