O‘tgan asrdagi eng axamiyatli kashfiyotlar qaysilar?
Mo‘g‘iliston saxrolaridan 10 million yil oldin yashab o‘tgan dinozavrlar ko‘ygan tuxumniig topilganimi?
Qadimda o‘tgan tamaddun (sivilizatsiya) xaqida bebaxo ma’lumotlar beruvchi qabrlar, shaxarlar va yozma yodgorliklarning ochilganimi?
Radioaktiv soatning ixtiro etilishi va uning yordamida Taft-Kollodji professori Leynning yer yoshini 1 250 000 000 yil deb aniqlaganimi?
Reaktiv samolyotlarmi? Televideniyami? Radiomi? Atom energiyasimi? Vodorod bombasimi?
Yo'q! Ularning birontasi xam emas!
Davrimizning buyuk ixtirosi
Mening fikrimcha, ratsional ochlik yordamida insonlar o‘zlarini o‘zi jismonan, aqlan va ma’nan yoshartirish yo‘lining topilganligi hozirgi zamon kishisining eng buyuk ixtirolaridandir. Ilmiy asosda amalga oshirilgan ochlik tufayli inson so‘nmas yoshlikni qo‘lga kiritishi mumkin. Ochlik tufayli inson muddatidan oldin keladigan keksalikning oldini olishi mumkin. O‘zi va atrofidagilarga og‘irligi tushayotgan darajada munkillab qarib qolish ko‘rquvi-insondagi eng yoqimsiz qo‘rquvlardan biridir. Bu qo‘rquv yurakdan chuqur o‘rin oladi. Mazkur kitobda bayon etilayotgan ochlik xaqidagi axborotlarni o‘qib muddatidan oldin qarib qolish qo‘rquvidan xalos bo‘lasiz. Haftasiga 24 soatlik to‘liq ochlik, bu bir yilda 52 kunni tashkil etadi, xech bo‘lmaganda bir yilda yetti yoki o‘n kunlik och yurish qon tomirlardagi va muskullaringizdagi toksin va chiqitlardan xalos bo‘lishingizga yordam beradi. Shuni bilish lozimki, gap bu o‘rinda metobolizm (ozuqaning tirik materiyaga va bu materiyaning, o‘z navbatida, quvvatga aylanishi) jarayonidagi ikkinchi darajali hosilalar xaqida boryapti. Agarda tanangizda xayotiy quvvatingiz meyordan pasayib ketsa, unda oldingizga jismoniy va ruhiy muammolar ko‘ndalang bo‘ladi.Ochlik xayotiy quvvatingizni saqlaydi
Ijozatingiz bilan batafsilroq tushuntirsam. Yeyilgan ovqat tana bo‘ylab o‘tish jarayonida parchalanadi, xazm bo‘ladi, o‘zlashtiriladi, ortiqchasi esa chiqarib tashlanadi. Tanadan zararli chiqindilarni chiqarib tashlaydigan quyidagi to‘rt mucha mavjud: ichak, buyrak, o‘pka va teri. Ana shu a’zolar yaxshi ishlashi uchun tana yuqori darajadagi xayotiy quvvatga, ya’ni quvvatiy imkoniyatga ega bo‘lmog‘i lozim. Ortiqchasini chiqarib tashlashlik uchun xam quvvat sarf qilish kerak bo‘ladi. Tomoqdan yo‘g‘on ichakkacha cho‘zilgan 10 metrdan uzunroq masofani bosib o‘tadigan katta ozuqani o‘tkazish uchun xam ulkan xayotiy quvvat talab qilinadi. Inson buyragidagi ikki million filtrdan suyuqlikni o‘tkazish uchun xam g‘oyat katta miqdordagi kuch talab qilinadi. Jigar va o‘t pufagidagi ximiyaviy jarayonlar uchun xam xayotiy quvvat zarur va aynan shu tufayli ozuqani organizmning milliardlab to‘qimalari tomonidan xazm bo‘lishiga tayyorlab beradi. Besh olti litr qonni o‘pka yordamida kislorod bilan boyitish va organizmdan karbonad angidrid gazini chiqarib tashlash uchun xayotiy quvvat darkor. Terining 96 millionta teshikchasi orqali ter bilan chiqadigan zaxarli moddalardan xalos bo‘lish uchun xam xayotiy quvvat kerak. [su_quote cite="Benjamin Franklin"]Kam yesang, uzoq yashaysan Yomon odatlarini yenga olgan kuchlidir.[/su_quote]Biz zaharlangan dunyoda yashayapmiz
Organizmdagi ozuqani hazm qilish jarayonida tanadan zaxarli chiqitlarni chiqarib tashlash uchun kerak bo‘ladigan energiya bilan ta’minlash xayotiy quvvatning asosiy vazifasidir. Xayotiy quvvat tanada doimiy ravishda Selsiy bo‘yicha 36,6 darajada turishi zarur (tana xarorati shu darajadan pasaysa ham, ko‘tarilsa xam kasal bo‘lamiz). Bizning rivojlangan zamonimizda hayot quvvatining dushmanlari ko‘plab zaxarlar bo‘lib, ularni insonning o‘zi yaratadi, so‘ng ular bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi.Eng ko‘p ifloslanish - havoda
Biz nafas olayotgan havodan ifloslik bomba singari yog‘ilib turadi. Misol uchun, Nyu-York shahrini olaylik. Uning xar bir kvadrat kilometr maydoniga bir oyda bir tonnadan oshiqrok chang tushadi. Endi o‘ylab ko‘ring, ana shunday ifloslangan xavoni yutgan organizm yashash uchun, omon qolish uchun, qanday kurash olib bormog‘i lozim? Bu zaharlangan shaharda bemorlar va shifoxonalar xaddan tashqari ko‘pligiga ajablanmasa bo‘ladi. Olimlarning aniqlashicha, industrial shaharlar xisoblanmish Birmengem yoki Pittsburglarda axolisi nisbatan ko‘proq ifloslangan xavodan nafas olganliklari uchun xam xalokatli o‘pka va yurak kasalliklari bilan xastalanish ko‘proq uchraydi. Ana shu zaxarlangan xavo nafaqat Los-Anjeles shaxrida, balki boshqa barcha katta-kichik shaharlarda ham mavjud. Fabrikalarning axlat yoqadigan va metall quyuvchi zavodlarning pechlaridan chiqadigan qurum va tutunlari, ximiyaviy korxonalar va avtomobil gazlarining aralashmasi shunday daxshatli zaxarga aylanadiki, afsuski, biz amerikaliklar shunday xavodan nafas olishga majburmiz. Ifloslangan xavo sog‘ligimiz va xayotimiz uchun katta xavfdir. Ochlik esa ana shu yaramas narsalarni inson organizmidan chiqarib tashlashning yagona vositasidir.Bizning daryo, ko‘l va buloqlarimiz qattiq zaharlangan
Bizning organizimimizni nafaqat xavo zaxarlaydi, balki suvlarimiz xam zaxarlanganki, ularni maxsus ximiyaviy vositalar yordamida tozalash va iste’molga yaroqli xolga olib kelish zarur bo‘ladi. Bizning ichimlik suvlarimizni tozalash uchun noorganik modda bo‘lmish xlordan foydalaniladi. E’tibor qiling va esda saqlang: bizning tanamiz tirik (xayvon va o‘simlikdan yaralgan) moddalarnigina xazm qila oladi. Xar qanday noorganik modda esa, albatta, xayotiy quvvat sarf qilish xisobiga organizmdan chiqarib tashlanadi. Agar odamning xayotiy quvvati kamaysa, ana shu noorganik moddalar to‘qimalarda to‘planib qoladi va kelgusida salomatlik uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin. Eri ko‘li achinarli axvolda va buning belgilari xar qadamda bilinadi. Bir zamonlarda pokiza cho‘miladigan joylar sassiq balchiq bilan qoplangan, baliqlar umuman yo‘q bo‘lib ketgan. Bir talabaning menga yozgan xatiga ko‘ra: “Bizning ko‘limiz axlatxona va sanoat chiqindilarini tashlaydigan joyga aylangan, ximiyaviy moddalar ko‘p tashlanganligi tufayli suvini ichib bo‘lmaydi. Ko‘lning bunday ifloslanishiga asosiy sabab, bu ko‘lga quyiladigan katta daryo va irmoqlarning o‘ta ifloslanayotganligidadir. Ko‘lga quyiladigan katta irmoqlardan biri xisoblanmish Detroyt-riverga Detroyt shaxri xar kuni bir yarim million gallon chiqindili suv quyadi. Akron va Klivlend shaxarlari yonidan oqib o‘tadigan Kayaxoga daryosi ko‘lga quyilgunga qadar yog‘och parchalari va kichik chirindi, yoqilg‘i-moylash materiallari, kanop va xokazolar bilan shunchalar ifloslanganki, xatto suv quyuqlashib ketganday tuyuladi va Amerikadagi eng iflos daryo xisoblanadi. Minglab o‘lib yotgan baliqlar manzarasi esa bu fikrning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini isbotlaydi. O‘tgan yili Buffalo shaxrining meri Buffalo daryosida sayoxat qilib, bir necha ximiyaviy chiqindilar va sanoat axlatlaridan tashkil topgan orollarni aylanib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Sassiq xidga chidab bo‘lmas darajadagi axvol. ”Aqlga sig‘maydi! Daxshat!“- deya xitob qilgandi u. Mamlakatning xamma joyida ifloslangan suv manbalarini uchratasiz. Lekin biz ko‘p, juda ko‘p suv iste’mol qilishimiz kerak bo‘ladi va ularning barchasi ximiyaviy tozalanishi lozim. Esda tuting: ana shu noorganik narsalar tanamizdan chiqarib tashlanishi lozim, aks xolda salomatligimizga katta zarar yetkazishi mumkin. Agarda organizmning xayotiy quvvatni ajratuvchanlik tizimi kuchsizlanib qolsa va bu noorganik moddalarga qarshi turolmasa, tanamizda ular ko‘payib ketib, xalokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Organizmda shu zaxarlarni chiqarib tashlashni istasak ochlik bilan davolanmog‘imiz lozim. Ochlik tufayli tanamizga jismoniy orom beramiz, shu orom esa xayotiy quvvatni oshiradi. Bu quvvat qanchalik ko‘p bo‘lsa, tanamizdagi zaxar va toksinlar shunchalik tez chiqib ketadi. Ochlik bu ichki tuzalish va tozalanishdir.Kimyoviy dorilar bilan zaharlanish
Xavoda bir necha tonnalab zaxarli moddalar uchib yuradi. Ular nafaqat zararli xashoratlarni o‘ldiradi, balki biz iste’mol qiladigan sabzavot va mevalarda xam saqlanib qoladi. Salatlar, albatta, foydali va totli, lekin pestitsidlar sepilgani bois ular xayotimiz uchun xavflidir. Meva va sabzovotlar hozirgi vaqtda har qachongidan ko‘proq ximiyaviy dorilar bilan ishlanadi. Shuning uchun xam sog‘ligingizni xatarga qo‘ymaslik uchun ehtiyot bo‘lgan ma’qul. Inson salatdan xam zaxarlanishi mumkin. Bir kuni Mayami mexmonxonasida bir necha ayol nonushta qiladi va ko‘p o‘tmay ularda tirishish, bosh aylanish va ko‘ngil aynishi xollari boshlanadi. Tibbiy ko‘mak berilgandan so‘ng aniqlandiki, ular ishtaxali ko‘k salatdan zaxarlangan ekanlar. Shifokorlarning ta’kidlashishicha, zaxar-lanish sabzavotlarga zaxarli ximiyaviy dorilarning sepilishidandir.Zahar bilan ishlangan hosil
Oziq-ovqat maxsulotlari tobora ko‘proq zaxarli pestitsidlar bilan ishlov berish orqali yetishtirilmoqda. Oziq-ovqat va dorivorchilik boshqarmasi quyidagilarni e’lon qiladi: ”Tekshiruvlar natijasi bo‘yicha uch turkum sabzavotlar pestitsidlar bilan zaxarlangan. Ikki turkum sabzavotlarda pestitsidlar meyoridan ortiq, bir turkumi tarkibida ko‘p miqdorda DDT bo‘lganligi uchun yo‘q qilib tashlangan". Bular hali hammasi emas. Qoidaga ko‘ra, fanat shtatlar orasida savdo qilinadigan sabzavotlargina tekshiriladi. Demak, oziq-ovqatning bir qismigina nazoratdan o‘tkaziladi. Meyoridan ortiq pestitsidlari bo‘lgan ko‘plab tonna salatlar shtat va okrugda, yetishtirilgan xududda, qoladi. Ular umuman tekshirilmaydi. Oziq-ovqat boshqarmasining tan olib ta’kidlashicha, imkoniyatlarining chegarlanganligi tufayli oziq-ovqatlarning bir qismi shtatlararo savdoga chiqariladiganlarigina tekshiriladi. Bilimlar favvorasidan ayrimlar chanqog‘ini qondiradi, ayrimlar esa tomog‘ini xo‘llaydi. Daxshatli xaqiqat shundaki, bizning salatdonimizgacha yetib keladigan qishloq xo‘jalik maxsulotlariga ko‘p miqdordagi zaxarlar sepilgan bo‘ladi. Bular: xlorli uglevodlar, DDT, fosforli aralashmalar va boshqa pestitsidlar. Mediklarning ta’kidlashicha, DDT va boshqa ximikatlar tuproqqa tushib, ko‘p oylab saqlanib qoladi va shu maydonga ekilgan boshqa ekinlar tomonidan suriladi. Yuqoriga ko‘tarilib, o‘simlik mevasiga kirib qoladi. Zaxar o‘simlikning bir qismiga aylanib qoladi va uni chiqarib tashlab bo‘lmaydi. Agarda mevaning zaxarlanganligini bilsangiz, (misol uchun) uning po‘stlog‘ini archish bilan undan xalos bo‘lish xarakatini qilasiz. Siz arzimagan yutuqqa xam erishgandirsiz, lekin zaxar uning to‘qimalarida xam bor. Zaxar qaynatilganda xam zararsizlanib qolmaydi va kaynatilgandan keyin xam zaxarligicha qolaveradi.Ochlik tanadan zaharni chiqarib yuborishga yordam beradi
Biz och yurganimizda yeyishdan to‘xtaymiz va ozuqani hazm qilishga ketadigan hayotiy quvvat tanadagi zaharni haydab chiqarish uchun sarflanadi. Men ma’ruzalarim bilan qo‘shma shtatlarda va chet ellarda, ko‘p sayohatlarda bo‘ldim. O‘z tomorqalarida yetishtirilgan mevalarini menga sovg‘a sifatida yuboradigan ko‘plab ajoyib insonlarni tanish baxtiga muyassar bo‘lganman. Ammo, ko‘pincha, dorilar bilan zaharlanganligini bila turib, atrofimda bor mevalarni iste’mol qilishga majbur bo‘lardim. Ana shuning uchun ham men har haftada 24 yoki 36 soat, shuningdek bir yilda o‘n kundan to‘rt marta och yuraman. O‘n kun och yurganimda har kuni ertalabki birinchi peshobni olamanda, shisha idishga solib salqin joyda saqlayman. Bir necha kundan keyin peshobda kichik kristal cho‘kmalar paydo bo‘ladi. Keyin peshobni ximiyaviy laboratoriyaga yuboraman va ular peshobda DDT va boshqa zaxarli pestitsidlar borligini aytadilar. Bir marta men 21 kunlik och yurishimning 19-kunida qovugimda qattiq og‘riq sezdim, og‘riq ayniqsa, siyayotganda qattiq bo‘lardi. Peshobni laboratoriyaga yubordim. Ularning xulosasicha zaharlardan DDT juda ko‘pligi ma’lum bo‘ldi. Shu zaharlar tanamdan chiqib ketgach, vujudimga quvvat quyulib kirganday bo‘ldi. Ko‘zlarim yorqinlashib, teri esa mayin va yoqimli rangga kirdi. Esimda, bu voqea ochlanishning 19-kuni bo‘lgan edi. Kaliforniya shtatining Uilson tog‘i etagidagi Pasadena degan joyga ketdim. Bu joy dengiz sathidan 1800 metr balandlikda bo‘lishiga qaramay, unga xech qiynalmay chiqdim. Pastga yugurib tushib, g‘oyat yengillashganimni sezdim, qisqasi, tanamizni sanoat ishlab chiqarayotgan zaharlardan tozalashning yagona yo‘li, menimcha, ochlikdir.Meva va sabzavotlardagi parafin salomatligimiz uchun xavfli
Millat salomatligiga yangi xavf borligi aniqlangan. Olma, nok, karam, ko‘k bodring yoki qalampir yeganingizda, ularning po‘stlog‘iga diqqat bilan qarang. U yorqin, tekis va silliq yaltiraydi. Agarda shunday xolga duch kelsangiz, xushyor bo‘ling. Meditsina soxasi arboblarining fikricha, bu mevalarning ustki qismi parafin eritmasi bilan mumlangan bo‘lib, odamlar salomatligiga katta xavf tug‘diradi. Mumli qatlam mevaning ximoya qatlami bo‘lib, suvi va sharbatining yuqolishidan saqlaydi. Ozuqaning ta’mi va buzilmasligini ta’minlaydi. Lekin bu qatlam salomatlik uchun katta zarar yetkazadi. Mevani yer ekanmiz, biz mumga o‘xshagan narsani xam iste’mol qilamizki, uni tana xazm qila olmaydi. Parafin-neftni qayta ishlash mahsuli, bizning hech bir muchamiz, shu jumladan, jigar xam, uni na qayta ishlay va na xazm qila oladi. Xatarli mum organizmda o‘tirib qoladi. Shuning uchun xam vrachlarda xavotirlanish uchun asos bor. Oziq-ovqat maxsulotlarini tijorat maqsadida qayta ishlash boshlanganidan buyon amerikaliklarda yangi kasallik turlari paydo bo‘ldi. Biz kasallik keltiruvchi parafinning tanamizda qolib ketishi va ko‘payishiga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim. Fikrimcha, 24 yoki 36 soatlik va undan xam ko‘proq muddatli ochlik tanani bu zararli narsalardan tozalashga yordam beradi. Esda tutingki, ochlik davrida bo‘sh qolgan xayotiy quvvat ozuqani xazm qilishga emas, zararli narsalarni tanadan xaydab chiqarishga safarbar bo‘ladi, tozalash ishlarini a’lo darajada bajaradi. [su_quote cite="Ueyr Mitchell"]Meditsina - vaqtinchalik tadbir. Har bir kasallik zamirida uning sababi bor, uni hech kanday dori bartaraf eta olmaydi.[/su_quote]Yemagimizga yangi qudratli zaharlar tahdid solmoqda
Taomlarimizga minglab sintetik ozuqalar aralashtiriladi va ular bizga ko‘plab kasalliklar qo‘shilishiga “yordamlashadi”. Ko‘p yillar mobaynida oziq-ovqatlar “zararsiz” deyiladigan, amalda esa salomatlik uchun o‘ta xavfli bo‘lgan qo‘shimchalar bilan xaddan tashqari boyitilgan edi. Shunga qaramay ularning ko‘pchiligi xozirgi kungacha foydalanib kelinmoqda. Sanoatda ishlab chiqariladigan oq non-batonni oling, u qayta ishlangan, oqlangan, bo‘yoklangan, boyitilgan, tozalangan, yumshatilgan, konservatsiyalangan, xushbo‘y qilingan. Bularning barchasi ximiyaviy sintetik ingrediyent (qorishma)lar yordamida amalga oshirilgan. Yuz foiz bug‘doy unidan tayyorlangan va xushxo‘r hamda ozuqaviy sintetik qo‘shilmalar aralashtirilmasdan tayyorlangan batonni topish qiyin. Inson organizmi aloxida to‘qimalar majmuasidan o‘zga narsa emas. Agarda siz meyorida ovqatlansangiz, agar yeganlaringiz sizning o‘sish va faoliyat ko‘rsatishingiz uchun yetarli bo‘lsa, sizning to‘qimalaringiz 120 yil va undan ko‘proq umr ko‘rishga yaraydi. Agar inson o‘z tanasi imkoniyatlari bilan hisoblashmasa, iflos va sassiq xavodan nafas olsa, uning vujudi bu xolga munosabat bildiradi va inson erta kunda kasalxonaga, balki qabrga ketishga majbur bo‘ladi. Inson o‘z yemagini ifloslantirsa, uning tarkibini kimyoviy qo‘shilmalar bilan buzsa, uning tanasi xam yomon ishlay boshlaydi. Negaki, vujud bunday narsalarga moslashmagan bo‘ladi. Sun’iy ozuqa qo‘shilmalar bilan tiqishtirib tashlangan tana qanday qilib yaxshi ishlashi mumkin? Yagona to‘gri maslaxat shuki, ximiyaviy qayta ishlanmagan, iloji boricha, tabiiylikka yaqin bo‘lgan ozuqalardan foydalanmoq lozim. Topishning imkoni bo‘lgan tabiiyroq ozuqalar bilan ovqatlaning. Sotib olayotgan oziq-ovqat maxsulotlarning yorliq qog‘ozini, albatta, diqqat bilan o‘qib chiqing! Sizni qiziqtirgan oziq-ovqat xaqida, do‘konda turli savollar bering, xatto ana shu oziq-ovqatlarning ishlab chiqaruvchilaridan to‘liq analiz yuborishlarini talab qilib xatlar yozing. 24 yoki 36 soat och yurish davomida siz ana shu ko‘plab tijorat zaharlaridan xalos bo‘lishingiz mumkin. Agarda shu davrda bu balolardan xalos bo‘la olmayotganingizni sezsangiz, yetti yoki undan ko‘proq kun mobaynida och yurishga o‘ting va tanangizni yaxshilab tozalang. Shundan keyin tanangizda shunchalar ko‘p zaharli moddalar borligidan hayratda qolasiz. Shuni bilingki, tijoratchilar sizning sog‘ligingiz va xayotingiz bilan zarracha xam qiziqmaydilar. [su_quote cite="Benjamin Franklin"]Tushlikda ozroq, kechkilikda undan xam kam yeng, umuman, kechlik yemay yotsangiz yanada yaxshi.[/su_quote] Siz och yurganingizda, hayotiy quvvat tanangizni tozalash bilan shug‘ullanadi.Tana o‘zini-o‘zi tozalaydi, o‘zini-o‘zi davolaydi, o‘zini-o‘zi tiklaydi. Siz ovqatlanishdan to‘xtaganingizdan keyin tanangizda g‘aroyibotlar sodir bo‘ladi! Organizmingizni toza holda ushlashni istasangiz och yurishingiz lozim! Bir necha marta och yurib ko‘ring va siz hayotingizda hech qachon bo‘lmagan ichki tozalanishga erishasiz, bu esa sizni salomatlikka eltadi.Tuz. Bu oddiy mahsulot haqida bilganingizdan keyin hayronlar qolasiz! Suvga solinsa, ishqorga aylanadigan natriyni hech zamonda siz ovqatga ziravor sifatida ishlatarmidingiz? Yoki zaharli gaz-xlorinchi? “Kulgili savol, - deysiz siz. - Xech bir sog‘lom fikrli inson bu ishni qilmaydi”. Albatta, yo‘q. Lekin ajablanarli haqiqat shundaki, juda ko‘pchilik aynan shunday qiladi. Lekin bu ikki faol elementlarning birikmasi tuz degan nom bilan mashhur bo‘lgan noorganik kristallarni bunyod etishini bilishmaydi. Asrlar mobaynida “gapining tuzi bor” iborasi qandaydir muhim, axamiyatli va yaxshi narsani ifodalashga xizmat qildi. Aslida, bundan kattaroq xato yo‘q. Holbuki, har kuni ovqatga solinadigan ana shu mahsulot salomatligimizga katta zarar yetkazishi bilan xavflidir. Keling, dalillarni ko‘rib chiqaylik:- Tuz - yemak emas! Uning ovqatga solinishi xlorid-kaliy, xlorid-kalsiy, bariy yoki dorixona taxmonlaridan olinadigan boshqa reaktivlardan foydalanishdan aslo farq qilmaydi.
- Tuz tanaga hazm bo‘lmaydi, o‘zlashtirilmaydi. Unda to‘yimlilik xususiyati yo‘q. Tuzda vitamin, organik va ozuqalik hech narsa yo‘q. Aksincha, u juda zararli bo‘lib, buyrak, o‘t pufagi, qovuq, yurak, arteriya va boshqa qon tomirlariga bir dunyo kungilsizliklar keltirib chiqarishi mumkin. Tuz to‘qimalarni quruqshatib, og‘ir axvolga solib qo‘yishi mumkin. Z.Tuz yurakka zaxar singari ta’sir kursatishi mumkin. U asab tizimi qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi.
- Tuz badandagi kalsiyni yuvib ketadi va oshqozon-ichak yo‘lidagi so‘lak qatlamiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Tuz tana uchun shunchalar zararli bo‘lsa, nima uchun undan keng foydalaniladi? Asosan, ming yillar davomida ovqatga tuz solish odat bo‘lib qolganligi uchun ham shunday qilishadi. Lekin bu odat jiddiy tushunmovchilik oqibatidir. Go‘yo tuz bizning tanamizga kerak, degan noto‘g‘ri tushuncha asosida ana shunday qilinadi. Ko‘pchilik xalqlar, masalan, eskimoslar xech qachon tuz is’temol qilmasdilar va bundan zarar xam ko‘rmaydilar. Tuz yemaslikka o‘rgangan kishilar yana qayta uni tatib ko‘rsalar, chekmagan kishilar sigaret chekkanlaridagi singari noxush xolatga tushadilar. Ayrim jonivorlarga, ayniqsa xonaki tovuqlarga tuz zahar bilan barobardir. Shuningdek, cho‘chqalar xam tuzning ko‘pligidan hatto xalok bo‘lishi mumkin.
Tuz iste’mol qilish odati qanday paydo bo‘ldi?
Bioximik Bunge fikricha, juda kadim zamonlarda yerda natriy va kaliy tuzlariniig miqdori mutanosib darajada bo‘lgan. Necha yuzlab yillar davomidagi yog‘ingarchiliklar yer qobig‘idan tez eruvchan natriy tuzlarini eritib, oqizib ketgan. Shu tariqa tuproqda va tabiiyki, o‘simliklarda ham natriy yetishmovchiligi va kaliyning meyoridan oshiqchaligi vujudga kelgan. Natijada, insonlar va jonivorlarda ana shu natriy tanqisligining o‘rnini to‘ldirish ehtiyoji paydo bo‘lgan. Ular yomon, foydasiz, ayni vaqtda, anchagina xavfli modda bo‘lmish noorganik natriy xlorid, ya’ni osh tuzini kashf etishgan. Natriy o‘rnini qoplash uchun osh tuzi - natriy xloridni is’temol qilish, kalsiy o‘rnini qoplash uchun noorganik kalsiy tuzini ichish bilan barobardir. Ikkalasi xam to‘qimalar tomonidan yomon so‘riladi. Noorganik jismlar organizmning so‘rilish qismiga o‘ta zararlidir. Bu xolat tuzni ko‘proq iste’mol qilganingizdan keyin tezda noo‘rin chanqashingizdan xam bilinadi. Oshqozon begona narsadan bezovtalanib, suv yordamida buyrak orqali tezda yuvib tashlash lozimligidan belgi beradi. Buyrakning nafis filtrchalariga tuz qanday ta’sir o‘tkazishini tasavvur qilish mumkin. Tuzdan tanamizning boshqa a’zolariga nisbatan buyrak eng ko‘p aziyat chekadi. Buyrakning qayta ishlash imkoniyatidan ko‘proq tuz iste’mol qilsak nima bo‘ladi? Ortiqcha tuz iste’mol qilishimiz oqibatida tanamizning turli qismlarida asosan bo‘g‘inlarda, ayniqsa tizzadan pastda - asosan oyoqda shish paydo bo‘ladi. Tana bu zahardan saqlanish maqsadida tuz to‘plangan turli joylarga, ayniqsa, bo‘g‘imlar va tizzadan pastki qismlarga suv yig‘adi va bu shishga olib keladi. Tuzning yurakka zarari xam kam emas. Ayrim xolatlarda uncha ko‘p bo‘lmagan tuz xam yurak uchun xalokatli bo‘lishi mumkin. Qondagi tabiiy kalsiy va natriy tuzlarining to‘planishi va ma’lum nisbatlari yurak muskullari faoliyatini tartibga solib turadi. Natriyning oshib ketishi esa yurak urishini tezlashtiradi, qon bosimini oshiradi xamda yurakning muvozanatini, ya’ni tekis ishlashini buzadi. Mediklarning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yaponlar qon bosimi ko‘tarilishidan eng ko‘p jabr ko‘radigan millatdir, chunki ular osh tuzini eng ko‘p iste’mol qilishadi.Tuz arterial qon bosimiga qanday ta’sir o‘tkazadi?
Qon bosimining ko‘tarilishiga nima sabab? Tibbiyot fanida: zo‘riqish, tanglik, kuchli xayajon, sigaret, quyundi gazlar, ozuqa qo‘shilmalari, dori-darmonlarning ta’siri, industrlash oqibatlari bo‘lmish toksin moddalar sabab qilib ko‘rsatiladi. Bu xil salbiy ta’sirlardan qanday saqlanish mumkin? Albatta, kundalik xayotdan bularning barini chiqarib tashlagan ma’qul. Hech bo‘lmaganda, qon bosimini ko‘tarilishining bitta sababidan bemalol xalos bo‘lish mumkin. So‘z, qon bosimini oshiruvchi muhim omillardan biri, natriy xlorid - osh tuzi xaqida borayotganligini tushungan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqtgacha biz “normal” kishilar qon bosimining ko‘tarilishi xaqida gapirdik. Ortiqcha yukka ega, ya’ni semizlikdan jabr ko‘rayotganlarga tuzning ta’siri xaqida nima deyish mumkin? Semizlik, ko‘pincha, qon bosimining yuqoriligi bilan birga keladi va ilmiy tadqiqotlar uchun qulay sharoit xisoblanadi. Tuzni ko‘p is’temol qilish bilan semiz kishilar qon bosimining ko‘tarilishi orasida bog‘liqlik bormi?Tuz yetishmovchiligi haqida afsona
Kam tuzli taom parxezi to‘laqonli xisoblanmaydimi? O‘zimizni risoladagiday xis etishimiz uchun tuzga extiyoj sezamizmi? Keng tarqalgan qarash bo‘yicha tuzga extiyoj bor. Jonivorlar “tuz yalash” uchun juda uzoq masofalarga yo‘l bosib borgani xaqida ko‘pchilik eshitgan. Men shunday joylarni sinchiklab o‘rgandim. Bu joylar uchun umumiy bo‘lgan yagona xususiyat shuki, bu yerlarda natriy xlorid - osh tuzining o‘zi yo‘q. Buning ustiga, shu yerlarda natriyning organik yoki noorganik qo‘shilmalari xam bo‘lmagan. Lekin jonivorlar uchun kerakli boshqa ko‘p narsalar mavjud ekan.Nima uchun sigirlarga ko‘p tuz beriladi?
Sutchilikka ixtisoslashgan ferma ishini yo‘lga qo‘yishga mablag‘ sarflagan odam, imkoni boricha, ko‘proq daromad olish harakatida bo‘ladi. Sigirning ozuqasiga tuz qo‘shilsa, suvni ko‘proq ichadi va qancha ko‘p suv ichsa, shuncha ko‘p sut beradi. To‘g‘ri, bu holda bir litr sutda yarim grammdan bir gramgacha tuz bo‘ladi. Amerikadagi maktablarga kiring va bolalarning jismoniy rivojiga razm soling. To‘la va semiz bolalarni ko‘rib hayratga tushasiz. Ular ko‘proq tijoratdagi sutni is’temol qiladilar va ovqatlarida tuz ko‘p. Amerika do‘konlariga kirib konservalangan ozuqalarga e’tibor qiling. Ularning barchasida tuz keragicha bor. Sut, sabzavot va boshqa ozuqalarda ham tuz bor. Ana shularning barchasini qo‘shsangiz, bizning jamiyatimizda yurak qon-tomir xastaliklari birinchi darajadagi qotil ekani sababini tushunib yetasiz! Biz - tuz bangilari millatimiz! Pishloq, konservalangan sabzavotlar, non - barchasi tuzga tiqishtirilgan. Bolalar ozuqalari ham tuzlarga “to‘ldirilgan”. Bizga issiq havoda tuzli tabletkalar ichishni maslahat beradilar. Ko‘plar terlagandan keyin tanadan ter bilan chiqib ketgan tuz o‘rnini tezda qoplanishi lozimligini o‘z-o‘zidan tushunarli deb o‘ylashadi. Ko‘pgina zavodlarda ma’muriyat ishchilarni maxsus tuz tabletkalari bilan ta’minlaydi. Bu ishchilarning salomatligini “muhofaza” qilish emish. Shu kerakmi? Mening fikrimcha, umuman kerak emas.Mening Kaliforniyadagi O‘lim vodiysidan o‘tganim
Issiq kunda tuz kerak emasligini isbotlamoq uchun, yer yuzidagi eng issiq joylardan biri, Kaliforniya shtatidagi o‘lim vodiysiga, iyul va avgust oylarida safarga jo‘nadim. 48 kilometrlik shu vodiyni kesib o‘tish uchun o‘zim bilan birga borishlari uchun kollejdan 10 ta yosh sportchini yolladim. Sportchilarni xar ehtimolga qarshi tuzli tabletkalar va suv bilan ta’minladim. Ularga hamrox bo‘lib boradigan furgon non, bulochkalar, pishloq, konservalangan go‘sht, sosiska va boshqa ko‘plab oziqlar bilan to‘la edi. Xoxishga qarab xar qanday taomga tuz qo‘shib iste’mol qilish imkoniyati xam mavjud. O‘zim uchun esa hech qanday tuz olmadim va vodiydai o‘tish och yuradigan vaqtimga to‘g‘ri kelgandi. Tajriba iyul oyining oxirida boshlandi. Issiq selsiy buyicha 41 darajani ko‘rsatardi. Biz soat sakkizdan o‘tganda yo‘lga tushdik. Quyosh ko‘tarilgan sayin issiq tafti ham, termometr mili ham yuqoriga o‘rlayverdi va nihoyat peshinda 54 darajaga chiqdi. Quruq issiq bizni xuddi eritib yubormoqchiday edi. Sportchi yigitlar tuz tabletkalarini so‘rardilar va ustilaridan sovuq suv quyardilar. Ertalabki nonushtaga dudlangan cho‘chqa go‘shti, pishloqli buterbrod yedilar va koka-kola ichdilar (ikkinchi ovqatni yeyishgandan so‘ng yarim soat dam olib qizigan qumlar orqali safarimizni davom ettirdik. Ko‘p o‘tmay paxlavon yigitlarimizning axvoli ancha tang bo‘lib qoldi. Avval uchalasining axvoli og‘irlashdi, ular quvvatsizlanib qoldilar va ko‘ngillari aynib, qayt qila boshladilar. Ularni Fernes-Krik-Ranchoga, ya’ni sayoxatimiz boshlangan joyga og‘ir axvolda jo‘natib yubordik. Lekin qolgan yettitasi tajribani davom ettirdilar. Ular xaliyam oldingiday tuzli tabletkalarni iste’mol qilar va ko‘p suv ichardilar. Keyin to‘satdan beshalasining oshqozonni xuruj qilib axvoli yomonlashdi. Bu beshovini xam Ranchoga jo‘natib yubordik. Endi azamatlardan ikkitasi qolgan edi. Soat o‘n oltilar atrofida, kun isigandan isigan edi. Bu ikki yigit xam issiq urganidan deyarli bir vaqtda yiqilib tushdilar va ularni xam Ranchoga yuborishga to‘g‘ri keldi. Bu yerda ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Tuz iste’mol qilmagan birgina kishi safarni oxiriga yetkazdi. Bu buyuk BREGG bobo edi! Endi men yolgiz qolgandim va o‘zimni dastorgulday his qilardim! Men nafaqat tuz, balki ovqat ham yemadim, chunki ochlik bilan davolanayotgandim, faqat chanqaganimda iliq suv ichib turdim. Vodiyni 10,5 soat mobaynida kesib o‘tdim va o‘zimda charchoqlik belgilarini sezmadim. Chodirda kechani o‘gkazdim va ertalabdan orqaga qaytdim va hech qanday ovqatsiz va tuzli tabletkalarsiz manzilga yetib keldim. Shifokorlar meni diqqat bilan tekshiruvdan o‘tkazishdi va salomatligimning a’lo darajadaligini ta’kidlashdi. Tuzning organizmga ta’sirini o‘rganayotgan olimlar uchun O‘limlar vodiysiga yana bir marta safarga chiqishga tayyorman.Tuzning keraksizligi haqida yana bir dalil
Rommelning nemis afrika korpusi Misrda og‘ir mag‘lubiyatga uchradilar va yuz kilometrdan ortiqroq bo‘lgan jonsiz sahro bo‘ylab chekindilar. Xarbiy xarakatlar tugagach, inglizlar ko‘rdilarki, yengilgan nemis askarlarining kayfiyatlari yomon emas edi. Xolbuki ularga tuz tabletkalari berilmagandi. Bu voqea va mening Kaliforniyaning O‘lim vodiysida boshimdan o‘tganlar qo‘shimcha tuz iste’mol qilmay turib sahroda yashash mumkinligi borasidagi ko‘plab olimlarning tajribalari to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Ilmiy dalillarga ko‘ra, bir necha kun mobaynida sharoitga moslashgandan keyin odam terlaganda badandan tuz chiqishi to‘xtaydi. Ehtimol, inson badanidagi jismoniy mexanizmalarning moslashuvi sodir bo‘ladi va u natriyni yo‘qotishning oldini oladi. Kam tuzli ovqatlar yeydigan odamlarning odatdagi ob-havo sharoitida o‘zlarini yaxshi xis qilayotganliklari xam issiqda tuzli tabletka ichish lozimligi haqidagi fikr ancha bo‘rttirilganligini ko‘rsatadi.Odat - ikkinchi qiyofa
Tabiiy natriy sabzavotlar, baliq, go‘sht va boshqa ozuqalarda, garchi ular tuzlanmagan bo‘lsa-da, yetarli miqdorda bor. Ana shu tabiiy choldagi natriy insonning normal talablarini bemalol qondiradi, buni umuman tuz iste’mol qilmaydigan ko‘plab halklar xayotidan keltirilgan misollar bilan isbotlash mumkin. Amerikalik hindular yevropaliklar kelganiga qadar tuz xaqida umuman tasavvurga xam ega emas edilar. Kolumb va Yangi dunyoning boshqa buyuk tadqiqotchilari hindularning salomatliklari a’lo darajada ekanligini ko‘rganlar. Hindularning tanazzuli tuz, alkogol va boshqa notabiiy ozuqalar bilan tanishganlaridan keyin boshlangan. Men Yerning eng uzoq va jo‘n puchmoqlarida 13 martadan ko‘proq sayoxatlar va ekspeditsiyalarda bo‘lganman va biror joyda mahalliy axolining tuz istemol qilganini ko‘rmadim. Shuning uchun ularning birortasi gipertoniya kasali bilan og‘rimaganlar. Yoshlariga qaramasdan ularning qon bosimi 120 ga 80 ni tashkil etadi. Bu esa eng ma’qul ko‘rsatgichdir. Shuningdek, ular na yurak va na buyrak kasalligi nima ekanligini bilmaydilar.Bir kunda inson uchun qancha tuz kerak?
Bu borada juda ko‘plab ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Olimlarnnng fikri 0,5 gramm bilan 1 gramm o‘rtasida tebranib turadi. Ana shu meyor inson organizmi tomonidan o‘zlashtirmalar ekan. Bu zaruriy meyoriy amerikaliklar 15-30 barobar oshirib yuborishar ekan. Bu dahshatli miqdordagi ko‘p tuz deyarli barcha turdagi oziq-ovqatlarda bor. Bular non, pishloq, go‘shtli taomlar, konservalangan sabzavotlar va boshqa yuzlab turdagi oziq-ovqatlarga tiqishtirib tashlashgan. Janubiy shtatlardagi negrlarda qon bosimi AQSHda eng yuqori hisoblanadi. Chunki ular tuzni juda ko‘p iste’mol qiladilar, ular, ayniqsa, tuzlangan cho‘chqa go‘shtini xush ko‘radilar. Men Virdjiniya shtatida tug‘ilib, voyaga yetganman. Bizning qarindoshlarimizning ko‘pchiligi gipertoniya kasalligiga chalingan edilar. Ular tuzlangan, dudlangan cho‘chqa go‘shtini juda xam xush ko‘rganliklari tufayli infarkt, yoki buyrak kasalliklaridan barvaqt vafot qilib ketganlar. Har bir taomga ko‘p tuz solinar, natijada 30 yoshga yetar-yetmas doimiy bemorga aylanishar, qon tomirlari esa o‘ta achinarli ahvolda edi. Bunga sabab janubliklarning juda ko‘p tuz iste’mol qilishidadir. [su_quote cite="Zapisan"]Umrni uzaytirishning eng yaxshi usuli - uni qisqartirmaslik![/su_quote] Nyu-York shtatidagi Bingxempton shahar bolalar kasalxonasida ovqatta meyoridan ortiq tuz solinganligi tufayli fojia yuz berdi: ortiqcha tuz istemolidan ko‘p bola vafot etdi. Tanasida tuzning ko‘payib ketishi bolani tezda o‘limga olib borishi mumkin. Inson organizmiga noorganik mineral xoldagi tabiiy natriy, ya’ni osh tuzi emas, balki tabiiy natriy zarur. Siz tabiiy natriyni tabiat tayyorlab qo‘ygan lavlagi, selder, sabzi, kartoshka, turp, dengiz karami va boshqa tabiiy ozuqalardan olishingiz mumkin. Bizning to‘qimalarimiz organik ozuqa xolidagi minerallarnigina hazm qila olishi mumkinligini xech qachon esingizdan chiqarmang.Ochlik bilan hujayra va to‘qimalardagi tuzni chiqarish
Maqsadli och yurish bo‘yicha mening 50 yillik amaliy va ilmiy tajribam bor. Hatto to‘rt kunlik ochlik ham tanadagi tuzni tozalashi mumkinligini aniqlaganman. Peshobni (labaratoriyada yoki o‘zingiz kuzatib) taxlil qilish bu jarayonni o‘rganishga yordam beradi. Shu to‘rt kun davomida, istagancha ichish mumkin bo‘lgan distillangan suvdan boshqa sizning tanangizga hech narsa kirmasligi kerak. Ertalabki birinchi peshobingizni saqlab boring, ularni ikki-uch hafta salqin joyda saqlang va keyin yoruglikka tutib ko‘ring. Idish tagida siz boshqa chiqitlar bilan birga natriy xlorid konsentratini to‘planib qolganligini ko‘rasiz. Tanangizdan shu tuzlar chiqib ketsa, buyragingiz qanday rohat kilib ishlayotganini bir ko‘z oldingizga keltiring. Og‘zingiz quruqshab, o‘rinsiz chanqoqlar yo‘qoladi, teringizning tiniqlashganiga, muskullaringizning yaxshilanishiga e’tibor qilib ko‘ring. O‘zingizni yoshargan va tetik xis qilasiz. Shishinqiraganligingiz yo‘qoladi. Badaningiz tuzga aloqador semizlikdan xalos bo‘ladi. O‘z ko‘zlaringizga ishonmay qolasiz. Ochlik davrida o‘zingizda g‘aroyib o‘zgarishlarni kuzatasiz. Endi qudratli xayotiy quvvat, ozuqani hazm qilishga emas, balki tanangizning har bir chekka va burchaklaridagi to‘qimalarni zararli narsalardan tozalashga o‘tadi. Xar bir xujayra va to‘qimangizning yosharishi boshlanadi. To‘rt kunlik tuzdan tozalanganidan keyin xam uni iste’mol qilishdan o‘zingizni tiying. Buni bajarish harqalay qiyinroq bo‘ladi, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, barcha sotib olayotgan oziq-ovqatlarimizda “yashirin tuz” bor. Mening “yashirin tuz”dan qutulishim ancha qiyinroq bo‘ladi, sababi ilmiy eksperimentlar va ma’ruzalar qilish uchun tez-tez safarlarga chiqishimga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, restoranlarda, paraxodlarda, samolyot va poyezdlarda ovqatlarni doimo tuzsiz berishlarini iltimos qilaman. Haftasiga 24-36 soatlik ochlik menga katta yordam qiladi. Men hech qachon ovqatga tuz qo‘shmayman. Bregglar xonadonida hech kachon tuz iste’mol qilinmaydi. Biz ovqatga sarimsoq va boshqa ko‘katlar qo‘shamiz bu esa tabiat yaratgan tabiiy qo‘shilmalar bo‘ladi. Bu taomga nordonlik beradi. Ochlik va tuzdan parhez qilish natijasida ko‘rinishingiz va kayfiyatingiz qanchalar yaxshilanishini tasavvur qilsangiz edi.Ochlik - bu ulkan tozalovchi, lekin kasallik dorisi emas
Odamlar menga: “Ochlik sendagi u yoki bu kasallikni davolay oladimi”, deb tez-tez so‘rashadi. Aniq va lo‘nda qilib shuni aytamanki, ochlikni kasalni davolash vositasi sifatida tavsiya qilmayman! Men davolash bilan shug‘ullanmayman. Men tabiatan hech qanday doriga ishonmayman. Xayotiy quvvatni shunday mustahkamlaylikki, natijada kasallikni tuzatish tanamizmning ichki ishiga aylansin. Men sizni och yurishga o‘rgataman va bu sizning badaningizdagi hayotiy quvvatni oshiradi, oqibatda, siz tanangizda kechayotgan darmonsizlanishdan xalos bo‘lasiz.Quvvatsizlik sababi nima?
Biz telba va bebosh zamonda yashamoqdamiz. Inson quvvatiga sivilizatsiya qo‘yayotgan talablar juda ulkan. Biz muayyan hayot tarzi standartiga amal qilishimiz, qarindosh va do‘stlarimiz o‘rtasida ma’lum mavqega ega bo‘lishimiz lozim. Burch bu - shafqatsiz xukmron. Biz unga bo‘ysunishga majburmiz. Xushyorligimizdagi har bir soat oila boqish uchun pul ishlab topishimiz, serqatnov ko‘chalardan mashinani boshqarib borishimiz, ish joyimiz yoki uydagi yumushlar uchun javobgarlik, bolalarni tarbiyalash, ijtimoiy va fuqarolik burchlarimizni bajarish uchun ulkan xayotiy kuch talab etiladi. Kishi ko‘pdan-ko‘p kuch-quvvat sarflashi lozim bo‘lgan minglab ishlar bor. Quvvat juda qimmatbaho, lekin uni qadoqlab shishaga solib, qutiga joylab yoki sotib olib bo‘lmaydi. Ko‘plar kuch-quvvatni dori-darmondan, aroqdan, tamaki, kofe, choy, pepsi-kola iste’mol qilishdan olish mumkin deb o‘ylashadi, lekin ular yanglishadilar. Quvvat bu - imkoni boricha tabiiylikka yaqin bo‘lgan hayot uchun berilgan mukofot. Yomon odatlar uchun jazolandik, yaxshilari uchun mukofotlandik. Aynan yomon odatlar tufayli bizning quvvatimiz kamayadi va kasallikka duchor bo‘lamiz. Yomon odatlar kishini bo‘shashtiradi, quvvat zaxirasiii kamaytiradi, natijada vujud zaiflashadi. Tanangizni to‘liq tozalash uchun quvvatingiz yetishmay qoladi. Quvvatingiz kamayishi ichak, buyrak, teri va o‘pka singari tozalab chiqaradigan tizimi faoliyatnning susayishiga olib keladi. To‘laqonli ishlash uchun bu muchalarning quvvati yetmay qoladi. Natijada tanadan haydab chiqarilmagan har xil zaharlar asta-sekin to‘planaveradi va badanga dahshatli zarar keltiradi. Zaharlar badanning turli qismlarida to‘planadi, asab tizimingizga ta’sir qiladi va sizda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Bu -tabiatning sizni ogohlantirishi. Sizning bexavotir yashashingiz uchun tabiat qonunlarini buzayotganingizga qarshi bir turtki xamdir. Siz esa ko‘ngilsizlikning asl sababini aniqlash o‘rniga ko‘rgilikning yuzaga kelishiga har kimlarni aybdor deb yurasiz. Odamlar hech qachon o‘z ko‘rgiliklari uchun o‘zlarini ayblamaydilar. “Yo‘q - deyishadi ular,- men shamollab qolibman, men toliqibman, men qariyapman chog‘i, o‘zimni yomon xis qilayapman”. Sabab ustiga, sabab keltirishadi, lekin xaqiqiy sababchi o‘zlari ekanligini hech tan olgilari kelmaydi. Og‘riqlaringiz va kasalingiz, muddatidan oldin qarishingiz uchun o‘zingiz va faqat o‘zingiz javobgarsiz. Noto‘g‘ri turmush tarzi tufayli siz o‘zingizni zaiflashtirasiz, xayotiy quvvatingiz darajasi pasayadi, zaxarlar tanangizni tark etmaydi. Qayeringizga ular ko‘proq to‘planib qolgan bo‘lsa, o‘sha yerda og‘riq paydo bo‘ladi va sizga azob beradi. Bu og‘riqlar sizning hayot tarzingizdan kelib chiqadi. O‘zingizdan boshqa hech kimni va hech nimani ayblamang, juda ko‘plab manbalardan xosil bo‘ladigan bu zaxarli narsalar sizni zaxarlayapti va organizmingizni zaiflashtiryapti. Ochlik va tabiiy xayot kechirish yo‘li bilan xayotiy quvvatingizni mustahkamlang va zaiflik chekinadi! Tartibsiz xayot tarzi yomon kayfiyat, zaiflik va darmonsizlik, xolsizlanish, erta qarish va vujudingizni vayronaga aylantiruvchi bir qator boshqa xastaliklarning bosh sababidir. Buni yaxshilab uqib olib, umrbod esdan chiqarmasligingiz lozim. Tabiat ko‘rsatganiday yashay boshlashingiz bilan o‘zingizni xam yoshartira borasiz! Ayrimlar tabiat o‘rnatgan adolatli qonun-qoidalarni buzib xam jazosiz yashayverish mumkin, deb o‘ylashadi. Ular qanchalar noxaqlar! Siz tabiat qonunlarini toptab o‘ta olmaysiz. U sizni sindiradi. Siz tabiat qonunlarini aylanib o‘tdim, deb uylaysiz, so‘ng tibbiyotni yordamga chaqirib, tabiat o‘rnini bosishni va mo‘’jizalar ko‘rsatishni iltijo qilasiz.Mo‘jiza o‘zingizda
Mo‘’jizalar xaqida o‘ylash insonga xos xususiyat. Tabiiy narsalarni yeyish, jismoniy tarbiya va ochlik kabi o‘z xolicha g‘aroyib bo‘lgan narsalar yutuqlari sirini o‘rganmay turib, inson o‘zi tushunib yetmagan narsalardan mo‘’jizalar axtaradi. Tabiatning buyuk qonunlariga amal qilish uncha qiyin emas. Kasallikdan jabr tortgan, barvaqt qariyotgan kishilar sog‘ayish va yasharishning tezu oson yo‘llarini orzu qiladilar. Yodingizda tuting: salomatlikka erishiladi! Uni sotib olish bo‘lmaydi. Sizga uni hech kim sotmaydi xam. Men tabiiy narsalarnigina yeganim, ochlik yordamida badanni tozalash qonunlarini o‘rganganim uchungina kuch-quvvat va g‘ayratga to‘laman. Ayni shular kishini qartayishdan saqlaydi.Zararli odatlaringiz bormi?
Sho‘r ovqatlar iste’mol qilasizmi? Kofe ichasizmi? Chekasizmi? Spirtli ichimliklarga ta’bingiz qalay? Tozalangan oq kand yoki notiriq narsalar qo‘shilgan shu kabi oziq-ovqatlardan foydalanasizmi? Kaysi vitaminsiz va mineralsiz ozuqalar vujudingizni zaxarlayapti? Mustahkam irodaga egamisiz? Tanangizni nima boshqaradi? Yomon odatlarmi? Istaklaringizni faxm-farosat boshqaradimi? Esda tuting: TANA NODONDIR. Badan sizning o‘rningizga o‘ylay olmaydi. Ixtiyorsiz tanani bema’ni odatlardan faqat aql-idrokingiz ila xalos etishingiz mumkin. Agar siz, chindan xam, xavas qiladigan sog‘liq, favqulodda kuch, mustahkam asab singari faxrlanish mumkin bo‘lgan narsalarning xammasiga ega bo‘lishni istasangaz, bugundan boshlab tabiatga qarshi emas, u bilan xamkorlikda ishlashni boshlang! Ochlik tabiat kuch-quvvatni saqlaydigan xazinaning kalitidir. Och yurish xar bir xujayra, xar bir muchaga yetib boradi va xayotiy quvvatni ko‘paytiradi. Buni siz uchun xech kim qilib bera olmaydi! Buni faqat o‘zingiz qilishingiz lozim. Axir xech kim siz uchun ovqatlana olmaydi-ku! Men 99 foiz kasallik noto‘g‘ri va tabiiy bo‘lmagan yemishlarni iste’mol qilish tufayli sodir bo‘ladi. Xar qanday mashinaning samaradorligi u oladigan energiyaning miqdori va sifatiga bog‘liqdir. Shu narsa inson tanasiga xam taalluqlidir. Odamlar ovqatdan boshqa xamma narsani o‘z kasalliklari va barvaqt qarib qolayotganliklariga sabab qilib ko‘rsatishadi. Shuning uchun xam ko‘rgan barcha azoblarining sababi ularga sirligicha qolaveradi. Aslida, ovqatni meyoridan ko‘p yeyish, tanani tozalaydigan ochlikdan foydalanmaslik, shuningdek, notiriq ozuqalarni iste’mol qilganligi tufayli uning vujudi juda ifloslanib ketganligini odam bilmaydi. Bularning barchasi birgalikda organizmda ko‘plab zaxarli moddalar to‘planib qolishiga olib keladiku! Salomatligim joyida deb maqtanib yurgan xar qanday odam besh-olti kun tozalovchi ochlikka rioya qilmoqchi bo‘lsa va faqatgina distillangan suv ichib tursa, uning tanasi nafasi va peshobi orqali sassiq hid va qora rangli suyuqlik ko‘rinishdagi zaxarlarni chiqara boshlaydi. Bu xol zaxarlar uning tanasiga faqat ozuqalar bilan kirgani va parchalangan holda chiqarib tashlanmay juda ko‘p miqdorda to‘planib qolganligini tasdiqlaydi. To‘plangan ana shu zaxarlarda insonning kelajakda bo‘ladigan kasalliklari yashiringan bo‘ladi. Tabiat ana shu zaxarlarni so‘rib chiqarishni hohlasa, kasallik deb nomlangan “portlash” sodir bo‘ladi. Bu sharoitda inson tez va yengil sog‘ayishning xamma yo‘lini axtaradi. U esdan chiqaradigan birgina narsa bu ochlikdir.Ochlanish - tabiiy instinkt
Kasallik tanangiz toksin moddalar va ichki zaxarlar bilan to‘lib ketganini tabiatning bildirish usulidir. Marxumlarda kasallik bo‘lmaydi. Siz tirik bo‘lsangizgina muammolar tug‘iladi. Ochlik bilan tanangizning parchalangan chiqitlar va zaxarlarni chiqarib tashlashiga yordam berasiz. Bu har qanday yovvoyi jonivorlarga xam ma’lum. Jonivorlar uchun ochlik jismoniy xastaliklarni yengishning yagona yo‘lidir. Bu toza xayvoniy instinkt. Biz, insonlar, sivilizatsiya davrida ko‘p yillar yashab, kasallik vaqtida ochlik instinktini unutdik. Ehtimol, jiddiy bemorlik vaqtingizda, umuman ishtaxangiz yo‘qolganini sezgandirsiz. Ovqatga qaragingiz xam kelmay qoladi, mehribon, lekin bu sohani tushunmaydigan yaqinlaringiz va qarindoshlaringiz, “Ye, quvvatga enasan” deyishadi. Shu vaqtda ichki bir tuyg‘u ovqatlanmaslikka topshiriq beradi. Tabiat sizning och qolishingizni, quvvatni tanangizni tozalash uchun sarf qilishingizni istaydi. Ona tabiatning nafis ovozini eshitish va tushunish qiyin. Ochlik davrida sizning sezish qobiliyatingiz juda o‘tkirlashadi. Ochlik farosatingizni o‘tkirlashtiradi va tabiatning sezgir ovozi bilan uyg‘unlashtiradi. Xar bir ochlik davridan keyin miyaning qanchalar yaxshi ishlashini men bilaman.Buyuk kishilar ham och yurishgan
Misrdagi buyuk Iskandariya shahri jahonning madaniy markazi bo‘lgan davrda, odamlar ustozga shogirdlikka o‘tishdan oldin 40 kun och yurishlari lozim edi. Iso alayxissalom xam 40 kun och yurgan. Budda ham uzok vaqt ochlikda bo‘lgan va Gandi xam xuddi shunday qilgan edi. Insoniyat tarixida barcha buyuk dindorlar xam diniy quvvatni ochlikdan olgan edilar. Ochlik ularning jismoniy salomatligiga hech qanday zarar yetkazmagan holda, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada ko‘paytirgan! Paysalga solmay bu ishni o‘zingiz ham boshlang va och yurishdan keyin aklingiz qanchalik o‘tkir va mahsuldor bo‘lganini, axborotlarni qabul qilishingiz qanchalik tezlashganini yaqqol sezasiz. O‘qish jarayonida qanchalik uqib borayotganingizga xam e’tibor qiling. [su_quote cite="Bendjamin Franklin"]Ko‘p yemagan odam, yalqov bo‘lmaydi. Donishmandlik eshigi hech qachon yopiq bo‘lmaydi.[/su_quote]© Pol Bregg «Ochlik mo’jizasi» kitobi. Ziyouz.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mustahkam salomatlik ovqatlanishga bog‘liq ( 30-qism )