Ochlik bo‘yicha men o‘qigan ko‘plab kitoblarda xar kuni huqna qilish maslaxat beriladi. Men butunlay boshqa fikrdaman. Favqulodda xolatlardan tashqari vaqtlarda huqna qilishga qarshiman. Ichak butunlay ishlamay qolganda xuqna qilish mumkin, u xam eng so‘ngi chora sifatida.
Agarda xuqnani surgi bilan solishtiradigan bo‘lsak, ayrim piklari bo‘lishiga qaramay xuknaning ustunligi ko‘proq. Lekin undan ko‘proq foydalanish ichakning normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan mikroblarni yuvib ketishi va to‘qimalarini yallig‘lantirishi mumkin.
Ochlik vaqtida tana xordiq xolatida bo‘ladi. Tanaga ovqat kelishi to‘xtagach, ichakning to‘lqinsimon kerilish va siqilish xarakatlari xam to‘xtaydi. Butun ajratish tizimi bu vaqtda dam oladi va siz unga xalaqit bermaganingiz ma’qul. Organizmning o‘z sanitar va dezinfeksiya xizmati mavjud bo‘lib, ichaklarda faoliyat ko‘rsatadi va ochlanish davrida deyarli benuqson ishlaydi. Bezovta bo‘lmang, xuqna xam, surgi xam qilmang. Ichaklarning tinch dam olishiga imkon bering, axir, siz shu maqsadda och yuribsiz-ku. Umumiy g‘oya xam qudratli ajratish tizimiga xordiq berishdan iboratdir.
Vaqti-vaqti bilan, ochlik vaqtidayam, ichaklarning bo‘shalishi (“kattasi” bilan tashqariga chiqish) bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lmasa, bu endi siz zaxarlanayapsiz, degani emas. Yakunlanib tabiiy ovqatlardan iste’mol qila boshlasangiz, ichaklar borgan sayin yaxshi ishlab ketaveradi.
Alkogol minglab yigit-qizlarning sog‘liqlariga zomin bo‘lmoqda. Spirtli ichimliklarii ichib, hayotiy quvvat va sog‘liqni saqlab bo‘lmaydi. Bunday qo‘zg‘atuvchiga qaram bo‘la turib o‘zingizni yaxshi his qila olmaysiz.
© Pol Bregg «Ochlik mo’jizasi» kitobi. Ziyouz.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mustahkam salomatlik ovqatlanishga bog‘liq ( 30-qism )