Nistagm – ko‘z soqqasining bir tomonlama tebranma harakat qilishi. Bu kasallik bemor muvozanat a’zosining shikastlanishi yoki faoliyati buzilishi natijasida paydo bo‘ladi. Kasallik tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Nistagm bemorda quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi, ba’zan bu holat bemorning o‘ziga umuman sezilmasligi mumkin.
- Ko‘z soqqasining bir tomonga qarab ritmik harakatlanishi (ayniqsa, biror narsani kuzatayitganda);
- Bosh aylanishi, atrofdagi narsalar aylanayotgandek ko‘rinishi, oyoqda tik tura olmaslik;
- Ko‘ngil aynishi.
- Eshitishning pasayishi;
- Harakat muvozanatining buzilishi;
- Tana mushaklari tonusining pasayishi;
- G‘ilaylik, ko‘z oldidagi narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi. [caption id="attachment_2753" align="aligncenter" width="554"] Nistagm[/caption]
Nistagm kasalligi kelib chiqishi sabablari
Nistagmga sabab sifatida mutahassislar quyidagi omillarni ko‘rsatishadi:- Bosh miya kasalliklari;
- Miyada qon aylanishining kuchli buzilishi;
- Bosh miya o‘simtasi;
- Miya-bosh suyagi jarohatlanishi;
- Muvozanat a’zo kasalliklari;
- Uyqu dori yoki psixiatrop preparatlardan zaharlanish;
- Ko‘rish qobilyatining keskin kamayib ketishi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Quruq ko‘z sindromi nima? Uning oldini olish uchun qanday choralar ko‘rish kerak?