Yurak va miya surunkali progressiv qon tomir kasalliklarini patogenetik davolashni ishlab chiqish va optimallashtirish - zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo'nalishlaridan biridir. Kardiovaskulyar kasalliklarda surunkali serebrovaskulyar kasallik fonida kognitiv buzilishlar muammosi alohida tibbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. Bunday hollarda polipragmaziyaning yuqori xavfini hisobga olgan holda, komorbidlik holatlarida, ularni buyurilishiga ko‘pgina ko'rsatkichlar mavjud bo'lgan dori-darmonlarni birgalikda qo'llash afzaldir. Maqolada yog ' kislotasi oksidlanish ingibitorlarining parsial sinfiga tegishli bunday preparatlarning misoli berilgan. Ushbu farmakologik guruhga tegishli meldoniyning terapevtik mexanizmi batafsil tahlil qilinib, miya ishemik shikastlanishini meldoniy bilan davolashning samarasi va natijalariga qaratilgan. Mualliflar jamoasi tomonidan meldoniy (Mildronat) preparati bilan pog‘onali va peroral terapiyaning miya qon aylanishi surunkali yetishmovchiligi va yondosh yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlardagi nevrologik statusga, kognitiv funksiyalarga va astenik sindromga ambulator sharoitlarda bo‘lgan ta’sirini baholash maqsadida o‘tkazilgan kuzatuvchi nointervension ko‘p markazli STEM tadqiqotining dizayni va natijalari yoritilgan. Mazkur tadqiqot doirasida shu narsa aniqlandiki, Mildronat preparatini terapiyaning umumiy sxemasiga qo‘shilishi yurak-qon tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishlari, asteniya va emotsional buzilishlarning jadalligini ishonchli tarzda pasaytirgan, statika ishonchli tarzda yaxshilangan va koordinator buzilishlar tekislangan, shu o‘rinda Mildronatning pog‘onali terapiyasi peroral sxemaga qaraganda ko‘proq darajada simptomlarning to‘liq regressiga olib kelgan. To‘plangan klinik ma’lumotlar ushbu preparatni qon-tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarning majmuaviy terapiyasida qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Rossiya Federatsiyasi aholisining o‘limini umumiy tarkibida yurak-qon tomir kasalliklari 56%ni tashkil qiladi, ular orasida qariyb 85% yurak ishemik kasalligi (YuIK) va serebrovaskulyar kasalliklar bilan bog‘liq. Oxirgi o‘n yilliklarda YuQTKdan o‘lish holatlari Rossiya Federatsiyasida 23%ga pasaygan, hayotning kutilayotgan davomiyligi esa erkaklarda 64 yoshni, ayollarda 75,6 yoshni tashkil etib, oshgan. Bu aholini keksayishiga va tabiiy ravishda, bitta odamda bir nechta kasalliklar uchrashi tez-tezligining oshishiga olib keladi. O‘tkir qon-tomir holatlarini davolash samaradorligini yaxshilanishi real tibbiy amaliyotda bitta yoki undan ortiq kasalliklar va holatlardan, ya’ni yurak-qon tomir komorbidlikdan aziyat chekuvchi surunkali bemorlar sonini oshishi bilan kuzatiladi, shuning uchun yurak va bosh miyaning surunkali kuchayib boruvchi qon-tomir kasalliklarini patogenetik davolashni ishlab chiqish va optimallashtirish avvalgidek zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Oxirgi yillarda yurak va miya ishemiyasining surunkali shakli bo‘lgan patsiyentlar tobora ortib bormoqda. Surunkali serebrovaskulyar kasallikni (SVK) shakllanishiga va kuchayishiga yurak ritmini buzilishi va qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi belgilari bilan yurak kasalliklari kabi omillar ahamiyatli hissa qo‘shmoqda. Surunkali gipoksiya sharoitlarida bosh miya ishlashining natijasi bo‘lib klinik suratni shakllantiruvchi nevrologik va neyropsixologik simptomlar majmuasining sekin-asta rivojlanishi hisoblanadi. Bundan tashqari, ma’lumki, serebrovaskulyar kasalliklar va YuQTK umumiy xavf omiliga ega. Hozirgi paytda YuQTK surunkali sVKning xavf omili sifatida xizmat qilmoqda deb taxmin qilinmoqda, u esa, o‘z navbatida, astenik va kognitiv buzilishlarni rivojlantirib, bosh miya qobig‘i neyronlarining diffuz shikastlanishiga olib keladi. Ayon bo‘lib turibdiki, kardiovaskulyar kasalliklarda kognitiv buzilishlarning muammosi yuqori tibbiy-ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu narsa ham salbiy uzoq prognoz bilan (demensiya, o‘lim), ham patsiyentlarning o‘zini va ularning oila a’zolarini turmush sifatini yomonlashishidan kelib chiqqanligi bilan bog‘liq. Shu bilan birga qaytuvchi aloqa ham mavjud: YuIK bo‘lgan patsiyentlar orasida hayot davomiyligining sifati va prognozi doimiy terapiyaga moyil bo‘lgan shaxslarda ahamiyatli tarzda yuqoriroq, bu esa, o‘z navbatida, kognitiv funksiyalarning saqlanib qolinishi bilan ta’minlanadigan ijtimoiy moslashishga bog‘liq. YuIK bo‘lgan patsiyentlarda ham skriningli neyropsixologik shkalalarning, ham o‘ziga xos kognitiv testlarning pasaytirilgan ko‘rsatkichlari mavjudligi avvalroq ko‘rsatilgan. Shuningdek, YuIK bo‘lgan patsiyentlarda kognitiv buzilishlarning rivojlanishiga yurak yetishmovchiligining va og‘ir aritmiyaning salbiy ta’siri namoyish etilgan.
Yurak va miya patologiyasida astenik holat ham fanlararo tadqiqotlarning predmeti bo‘lib hisoblanadi, chunki nerv va ichki kasalliklar klinikasida eng tez uchraydigan buzilishlar sarasiga kiradi.
Astenik kasalliklarning asosiy umumiy belgilarini ajratish mumkin. Asteniyaning yetakchi simptomlaridan biri jismoniy faollikning pasayishi hisoblanadi (kun davomida maqsadli zo‘riqishga bo‘lgan qobiliyatni yo‘qotish bilan birga sezilarli va noodatiy charchoqlik, dam olishga yuqori ehtiyoj, dam olishdan keyin to‘liq tiklanish hissini yo‘qligi). Ikkinchi tarkibiy qismi - aqliy faollikni tushib ketishi (e’tiborlik konsentratsiyasini pasayishi, ijro funksiyalarining yomonlashishi - parishonxotirlik, uzoq jamlanishdagi qiyinchiliklar, faoliyat hajmi va samaradorligini kamayishi). Asteniyaning uchinchi komponenti - emotsional simptomlar (emotsional yuklamalarga bo‘lgan bag‘rikenglikni o‘zgarishi, emotsional labillik, xafagarchilik reaksiyalari, asabiylashish va norozilik to‘lqinlari, emotsional to‘lqinlari va aybdorlik hissidan keyin jo‘shqin aybdorlik hissi). Aslida, shu namoyishlar tufayli yuqori asabiylashish va uning almashib boruvchi yo‘qotilishini namoyishi sifatida "asabiy zaiflik" iborasi paydo bo‘lgan.
Asteniyaning aniq namoyishlari bosh miyaning organik shikastlanishida ham, miyada qon aylanishi buzilgandan keyin qon-tomir jarayonlarining boshlang‘ich bosqichlarida ham kuzatiladi. Asteniyaning klinik namoyishlarida emotsional komponent bilan bir qatorda aniq somatovegetativ buzilishlar, affektiv va kognitiv kasalliklar aniqlanadi. Oxirgi yillarda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ishemik buzilishlarda gippokampda, bodomsimon tanada, qamrovchi miya burmalarining old qismida, prefrontal qobiqda - bosh miyaning, jumladan, eng yuqori miya funksiyalari uchun javobgar bo‘lgan sohalarida tuzilmaviy-funksional o‘zgarishlar aniqlanadi. Kognitiv buzilishlar rivojlanishining xavfini ahamiyatli tarzda oshiruvchi patologik jarayonlarning sinergizmi mavjud. Ajratish hodisasi natijasida ushbu aloqalarning buzilishi, shuningdek, hayot sifatini ahamiyatli tarzda yomonlashtiradigan astenik sindrom va depressiya paydo bo‘lishiga olib keladi.
Serebral funksiyalar buzilishining oshib borishiga olib keluvchi shikastlanish tabiati hisobga olinganda, bosh miya ishemiyasini davolash muammosi juda keskin ekanligi bilinadi. Umuman olganda to‘qimalar ishemiyasini davolash o‘z ichiga xavf omillarining modifikatsiyalangan korreksiyasini (etiotrop/bazis terapiya), bosh miya qon oqimi va metabolizmini optimal darajada qo‘llab turishni (patogenetik terapiya) va alohida simptomlar va sindromlarni to‘g‘rilashni (simptomatik terapiya) kiritadi.
Komorbid patsiyent davolovchi shifokor tomonidan polipragmaziyaning yuqori xavfiga duchor bo‘lganligidan hamda surunkali qon-tomir patologiyasi bo‘lgan bemorlarni yuritishda asosiy yuklama sog‘liqni saqlashning ambulator zvenosida yotganligidan kelib chiqsak, mazkur toifadagi bemorlarni davolash uchun optimal terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
YuQTK va ularning asoratlarini dori-darmon bilan davolashdagi ko‘p sonli ko‘rsatmalarning ichidan shartli ko‘rsatmalarni (aniq guruhdagi dori vositasini boshqa guruhdagi dori preparatiga almashtirish imkonisiz kasallik prognoziga isbotlangan ijobiy ta’siri asosida) va ehtimolli qo‘llash ko‘rsatmalarini (kasallikning prognoziga, klinik kechishiga, patsiyent hayotining sifatiga isbotlangan ijobiy ta’siri, boshqa guruhdagi dori preparatiga to‘g‘ri almashtirish imkonining mavjudligi) ajratish muhim. Ushbu guruhdagi preparat bir vaqtning o‘zida muayyan patsiyentda boshqa yurak-qon tomir patologiyasini davolash uchun ko‘rsatilgan bo‘lgan holatda ehtimolli tavsiyasi afzal bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, komorbidlikda shartli tayinlanishlarga qo‘shimcha sifatida ko‘pgina ko‘rsatmalari bo‘lgan (ikkita va undan ortiq) dori preparatlarini birgalikda qo‘llash afzal hisoblanadi.
Amaliyotda ishemiyani patogenetik davolashga bunday yondashish vazoaktiv va neyrometabolik preparatlarni qo‘llashni nazarda tutadi. Ma’lumki, miya qon oqimi buzilishining eng ko‘p tarqalgan shakllarining patogenezi asosida to‘qimalarning kislorodga bo‘lgan ehtiyojlari va uning haqiqatan kelib tushishi o‘rtasidagi nomuvofiqlik, aniq ifodalangan to‘qima ishemiyasi natijasida energetik hujayra ichi almashuvining buzilishi yotadi. Ishemiyada bosh miyaning shikastlanishi bitta o‘choq bilan cheklanmaydi, u ko‘p o‘choqli yoki diffuz tabiatga ega. Bunday holatlarda bir nechta yoki barcha kognitiv funksiyalarning buzilishi rivojlanadi, va buzilishlar shakllanishining bir nechta patogenetik mexanizmlarini kuzatish mumkin. "Metabolik terapiya" tushunchasi turli ta’sir etish mexanizmiga ega bo‘lgan preparatlarni birlashtiradi, ularni qo‘llash metabolik hujayrada adenozintrifosfat hosil bo‘lishi jarayonlarini farmakologik boshqarish orqali uning energetik metabolizmini ta’minlaydi. Hujayra gipoksiyasi sharoitlarida to‘liq oksidlanmagan yog‘li kislotalar (YoK) to‘planishining yuqori xavfini hisobga olgan holda, ishemiyani davolashda yetarlicha qon ta’minlanmasligi sharoitlarida energiyani yog‘larni b-oksidlashdan kislorod iste’moli ancha pasayadigan glikolizga o‘tkazishga qodir bo‘lgan preparatlar keng qo‘llaniladi. Bunday preparatlarni izlash natijasida dori vositalarining sinfi yaratildi - YoKlarni oksidlashning parsial ingibitorlari. AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu so‘nggi 30 yil ichida yaratilgan antianginal dori vositalarining yagona yangi sifni, uning eng mashhur vakillari - ranolazin, trimetazidin, meldoniy. Ushbu preparatlar rasman bitta sinfga mansub bo‘lib, ta’sir ko‘rsatish mexanizmlarida farq qiladi. Shunday qilib, ranolazin terapevtik samarasining asosiy mexanizmi natriy ionlarining kechki oqimini ingibirlanishi hisoblanadi. Trimetazidin, bevosita b-oksidlashda ishtirok etuvchi oxirgi fermentni ingibirlab, mitoxondriyalarga kelib tushgan YoKlarning ortiqcha kelib tushishiga va ularning faollashgan shakllarini hujayralarda to‘planishiga to‘sqinlik qilmasdan, oksidlanish tezligini to‘xtatadi. Meldoniy esa (Mildronat savdo nomi), erkin karnitin tarkibini kamaytirib ( g-butirobetaingidroksilazani ingibirlanishi endogen karnitinni g-butirobetaindan sintezlanishini pasayishiga olib keladi, OCTN2 o‘ziga xos transporter-oqsilga ta’siri esa ingichka ichakda oziq-ovqat mahsulotlaridan karnitin so‘rilishini pasaytiradi) va mitoxondrial karnitinli shuntning o‘ziga xos fermentlarini ingibirlab, YoKning karnitinga bog‘liq b-oksilanishining pasayishini ta’minlaydi. Shunday qilib, meldoniy ta’sirida mitoxondriyalar membranalari orqali YoK faol shakllari tashilishining va ularning b-oksidlanish jadalligini pasayishi fonida to‘planishining kamayishi sodir bo‘ladi. Ushbu mexanizmlar birligi metabolizm jarayonlarini yanada tejamliroq yo‘llarga o‘tkazish hisobiga kisloroddan foydalanish samaradorligini yaxshilashni ta’minlaydi hamda to‘qimalarni oksidativ stress asoratlaridan himoya qiladi. Bundan tashqari, meldoniyni qo‘llash fonida qon plazmasida g-butirobetain konsentratsiyasini oshishi qon tomirlar endoteliyalariga nisbatan asetilxolin retseptorlarning faollashishiga olib keladi, bu ham qon tomir devori tomonidan azot oksidi (NO) sintezini rag‘batlantirishga ko‘maklashadi, shu tufayli endotelial disfunksiya namoyishini kamaytiradi. Bu adrenalinning qon tomir spazmlari, trombotsitlarni agregatsiyalashning inhibatsiyasi va eritrotsitlar membranalarining elastikligi oshishi natijasida yuzaga kelgan umumiy periferik qon tomir qarshiligining pasayishi bilan birga keladi.
Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, meldoniyning markaziy nerv tizimiga ijobiy ta’siri birinchi navbatda aynan NO-mexanizm tomonidan kelib chiqqan. Shu bilan birga Mildronatning klinik samaradorligi, shuningdek, lipidlarning peroksidli oksidlanish jadalligining kamayishi, endogen antioksidantlar faolligining oshishi va siliar faktor kabi neyrotrofik faktorlar ishlab chiqarilishining rag‘batlantirilishi bilan bog‘liq.
Meldoniy digidrati ishemiya teginmagan sohalarga deyarli ta’sir ko‘rsatmasdan, yurak va miya to‘qimalarining aynan ishemiyalangan sohalariga selektiv ta’sir ko‘rsatishi va bu holat "o‘g‘irlash" effektini oldini olish imkonini berishi muhim hisoblanadi. Shuningdek, turli komorbid patologik holatlarda Mildronat sitoprotektorli samaralarining obzor ma’lumotlari mavjud - gipertonik kasallik bilan majmuadagi osteoartrozda, YuIKda, miyaning o‘tkir va surunkali, jumladan, qandli diabet bilan og‘irlashgan ishemiyalarida, bosh-miya jarohatlarida, tarqoq sklerozda va h.z. Tadqiqot va nashrlarning aksariyat soni miyaning ishemik shikastlanishiga Mildronatning ta’siri va ishemiyada miya hujayralari o‘limini belgilab beruvchi bir qator patogenetik omillarga Mildronatning majmuaviy ta’siri bilan bog‘liq davolash natijalariga bag‘ishlangan. Mildronat nerv tizimiga ko‘rsatayotgan ta’sirining ikkita asosiy yo‘llari ajratiladi, ular bir nechta parallel mexanizmlar bilan amalga oshiriladi: 1) miya qon aylanishini yaxshilash va xavf omillari ta’sirini bartaraf etish; 2) neyronlarni himoyalash va neyromodulyatsiyani rag‘batlantirish.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, sVK va YuIK bo‘lgan patsiyentlarning majmuaviy terapiyasida Mildronat preparatini nevrologik statusga, kognitiv funksiyalarga va astenik namoyishlarning aniqligiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida qo‘llanilishi patogenetik jihatdan o‘zini oqlagan hisoblanadi.
Miya qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi va YuIK bo‘lgan patsiyentlardagi nevrologik statusga, kognitiv funksiyalarga va astenik sindromga Mildronat preparati bilan pog‘onali va peroral terapiyaning bo‘lgan ta’sirini baholash uchun ambulator sharoitlarda biz tomonimizdan "STEM" ishchi nomi bilan kuzatuv nointervension ko‘p markazli tadqiqot o‘tkazildi, unga verifikatsiyalangan tashxis bilan komorbid patsiyentlar kiritilgan: "Miyaning surunkali ishemiyasi" (167.9 Miya qon tomirlarining boshqa aniqlashtirilgan shikastlanishlari - miya ishemiyasi (surunkali) va 167.9 serebrovaskulyar kasallik (aniqlashtirilmagan) hamda "Yurak ishemik kasalligi" (120 Stenokardiya; 125 Yurakning surunkali ishemik kasalligi). Bemorlarning o‘rtacha yoshi – 59,54 ± 9,65 yosh. shulardan, 62,67% ayollar, 37,33% erkaklar.
Jami kuzatuv tadqiqotiga surunkali miya ishemiyasi va YuIK tashxisi bo‘lgan, tadqiqotga kiritilishidan oldin Mildronat preparati bilan ikkita sxema terapiyasidan bittasi buyurilgan 4952 nafar ambulator patsiyent kiritilgan: pog‘onali (1000 mg kuniga (inyeksiyalar, 10 ml) 10 kun davomida, keyin 30 kun 500 mg kapsulalar (sutkalik dozasi 1000 mg, kuniga 2 kapsula, kunning birinchi yarmida)) yoki peroral (sutkalik dozasi 1000 mg, kuniga 500 mg dan 2 kapsula, kunning birinchi yarmida) 40 kun davomida. Preparatni tadqiqotga kiritilishdan oldin buyurilishi terapiya tayinlanishining patsiyent ishtirokidan mustaqil ekanligini va dasturning nointervension ekanligini ko‘rsatadi. Statistik tahlil uchun patsiyentlarni guruhlarga taqsimlash shifokor tomonidan buyurilgan terapiya sxemasini hisobga olgan holda, tibbiy karta ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan. Tibbiy kartalarning ma’lumotlariga ko‘ra, terapiyaning pog‘onali sxemasi preparatni peroral qabul qilish kursiga qaraganda shifokorlar tomonidan 9,69 barobar ko‘proq buyurilgan. Klinik diagnozni hisobga olgan holda barcha patsiyentlar o‘z ichiga gipotenziv, antiagregant, gipolipidemik, antiaritmik vositalarni kiritgan asosiy terapiyani olgan.
Kiritmaslik mezonlari 18 yoshdan kichik va 70 yoshdan katta yosh, homiladorlik, laktatsiya, miya ichi qon bosimini oshishi, kuzatuv tadqiqotida ishtirok etish uchun qabul qilingan rozilikning imzolangan shaklini yo‘qligi, sitoprotektorlar va metabolizm korrektorlari guruhidagi boshqa preparatlarni qabul qilish bo‘lgan. Rossiyaning 48 ta shahridan ishtirokchi-shifokorlarning soni 538 tani tashkil etdi. Tadqiqot dasturi / protokolida bemorni boshqarish bo'yicha kuzatuvchi shifokorga hech qanday ko'rsatma berilmagan. Shifokorlar muntazam amaliyot sharoitida harakat qilishgan.
Surunkali miya ishemiyasi va YuIK bo‘lgan patsiyentlarda Mildronat preparati bilan turli terapiya rejimlari ta’sirini baholash patsiyentning anketasida patsiyentlar va shifokorlar tomonidan to‘ldirilgan shkala va so‘rovnomalarning dinamikasida o‘zgaruvchan ma’lumotlarni tahlil qilish yordamida tashriflarning natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan. Nevrologik statusni, asteniyaning subyektiv shkalasini baholash natijalari (MFI-20 so‘rovnomasi), Kognitiv funksiyalarni baholashning Monreal shkalasi (MoSA) qo‘llanilgan. Natijalarga statistik ishlov berish Statistica amaliy dasturlar to‘plamidan foydalanib o‘tkazilgan, versiya 6.0 (StatSoft, SShA). O‘rganiladigan sifat ko‘rsatkichlari ham mutlaq (n), ham nisbiy (%) qiymatlarda keltirilgan. Binar alomati chastotalarini taqqoslash bog‘langan guruhlarda MakNemar c2 mezonidan foydalanib o‘tkazilgan. r < 0,05 qiymatlari ishonchli deb qabul qilingan.
Tadqiqotning yakuniy nuqtalari quyidagilar bo‘lgan: 1) tadqiqotga qo‘shish tashrifi – bahosi: MFI-20, nevrologik ko‘rik (subyektiv + obyektiv), MoCA-test natijalari; 2) yakunlovchi tashrif (terapiyadagi 40-chi kun) – bahosi: MFI-20, nevrologik ko‘rik (subyektiv ++ obyektiv), MoCA-test natijalari.
Anketa ma’lumotlarining tahlili Mildronat bilan pog‘onali terapiya 4489 nafar patsiyentlarga (natijalarga statistik ishlov berish uchun 1-chi guruh), peroral terapiya esa - 463 nafar patsiyentlarga (2-chi guruh) buyurilganligini ko‘rsatdi. Guruhlar jinsi bo‘yicha taqqoslanuvchan bo‘lgan.
Terapiya tayinlanishidan oldin turli davolash sxemalarini olgan bemorlarning nevrologik funksiyalarini tahlil qilish 1-chi va 2-chi guruhdagi patsiyentlarning statusida subyektiv simptomlar ustuvor bo‘lganligini aniqlagan. Bemorlarning deyarli yarmida kuchsiz ifodalangan kam davriylikdagi bosh og‘rig‘i qayd etilgan - 1-chi guruhda 52,1% holat va 2-chi guruhda 48,4% holat. Ikkala guruhdagi bemorlarning boshqa qismi bir oyda 2 martadan ortiq paydo bo‘ladigan, jadalligi bo‘yicha o‘rtacha va davriy kuchli bo‘lgan, ko‘proq psixoemotsional yuklamaga bog‘liq bo‘lgan bosh og‘rig‘iga shikoyat qilgan - birinchi guruhda 47,9% va 2-chi guruhda 51,6%.
Aniq bosh aylanishiga shikoyatlarning uchrash tezligi 1-chi guruhda 31,5% va 2-chi guruhda 36,7% bo‘lgan. Quloqlardagi aniq shovqindan pog‘onali terapiya guruhidan 39,7% patsiyentlar va preparatni peroral qabul qilgan 39,3% patsiyentlar shikoyat qilgan.
Shifokor tomonidan aniqlanadigan aniq ifodalangan emotsional labillik simptomlari, shuningdek, patsiyentlarning ortiqcha asabiylashish, yig‘loqilik, asoslanmagan g‘azab qo‘zg‘alishlariga bo‘lgan shikoyatlari 1-chi guruhda 28,7% holatlarda va 2-chi guruhda 39,3% holatlarda uchragan.
Obyektiv mo‘tadil va yaqqol nevrologik simptomlar ichida statika buzilishi va koordinator buzilishlar ustunlik qilgan. Romberg pozasida nobarqarorlik, yurish paytida tez-tez silkinish, koordinator probalarni bajarishda tremor 1-chi guruhdagi 25,5% patsiyentlarda va 2-chi guruhda 21,2% patsiyentlarda tashxis qo‘yilgan. Sezgirlikni mo‘tadil va aniq buzilishlarining, akinetik-rigid sindromning, nutq buzilishining uchrashish tez-tezligi Mildronat bilan davolangan bemorlarning ikkala guruhida 8% holatdan oshmagan. Davolashdan oldin o'rganilayotgan guruhlarda baholangan nevrologik alomatlarning paydo bo'lish chastotasini o'rganish ularning taqqoslanishini ko'rsatdi.
Mildronat bilan pog‘onali terapiya olgan patsiyentlar guruhida mo‘tadil va aniq nevrologik simptomlarning uchrashish tez-tezligi (2-rasmga qarang) quyidagi tarzda pasaygan: bosh og‘rig‘i – 45,6% ga (c2 = 761,9; r < 0,01); bosh aylanishi – 30,3% ga (c2 = 2913,8; r < 0,01); quloqlardagi shovqin – 33,8% ga (c2 = 2008,5; r < 0,01); emotsional labillik – 27,7% ga (c2 = 3067,4; r < 0,01); statika va yurishni buzilishi – 23,5% ga (c2 = 3089,5; r < 0,01); harakat buzilishlari – 3% ga (c2 = 3876,8; r < 0,01); sezgirlik buzilishlari – 3,5% ga (c2 = 4181,7; r < 0,01); nutq buzilishlari – 1,8% ga (c2 = 4346,2; r < 0,01).
Mildronat bilan peroral terapiya olgan patsiyentlar guruhida ham mo‘tadil va aniq nevrologik simptomlarning uchrashish tezligi pasaygan: bosh og‘rig‘i – 49% ga (c2 = 188,7; r < 0,01); bosh aylanishi – 33,4% ga (c2 = 259,7; r < 0,01); quloqlardagi shovqin – 32,8% ga (c2 = 200,9; r < 0,01); emotsional labillik – 37,6% ga (c2 = 256,0; r < 0,01); statika va yurishni buzilishi – 18,8% ga (c2 = 270,2; r < 0,01); harakat buzilishlari – 4,7% ga (c2 = 392,4; r < 0,01); sezgirlik buzilishlari – 5,6% ga (c2 = 411,4; r < 0,01); nutq buzilishlari – 3,7% ga (c2 = 420,3; r < 0,01).
Davolash fonida bosh og‘rig‘i simptomlarisiz (23,4% ga 1-chi guruhda, 13,8% ga 2-chi guruhda), bosh aylanishisiz (31% ga 1-chi guruhda va 23,1% 2-chi guruhda), quloqdagi shovqinsiz (25,9% ga 1-chi guruhda va 19,3% 2-chi guruhda), statika va yurish buzilishlarisiz (22,3% ga 1-chi guruhda va 17,3% 2-chi guruhda), harakat buzilishlarisiz (10,9% ga 1-chi guruhda va 12,3% 2-chi guruhda), sezuvchanlik buzilishlarisiz (13,1% ga 1-chi guruhda va 10,2% 2-chi guruhda), nutq buzilishlarisiz (10,4% ga 1-chi guruhda va 12,9% 2-chi guruhda), emotsional buzilishlarsiz (19,4% ga 1-chi guruhda va 19,1% 2-chi guruhda) bemorlarning soni oshgan.
Shu bilan birga, Mildronat bilan pog‘onali terapiyani olgan bemorlar guruhida nevrologik simptomlar to‘liq regress holatlarining o‘sishi (%da ) yanada yuqori bo‘lgan.
Davolash oldidan taqdim etilgan 1 guruhidagi anketalarda astenik sindrom 90% dan ortiq hollarda aniqlangan. 90,6% hollarda umumiy asteniya, 80,6% – faollikning pasayishi, 57,1% – motivatsiyaning pasayishi, 81,1% – jismoniy asteniya, 77,3% – ruhiy asteniya tashxis qilingan. Solishtirma natijalar 2-chi guruhda olingan: 89% hollarda umumiy asteniya, 79% da- faollikning pasayishi, 63,5% da - motivasiyaning pasayishi, 80,1% da - jismoniy asteniya, 77,5% da - ruhiy asteniya tashxisi qo‘yilgan.
Turli davolash sxemalarini qo‘llash natijalari dinamikasining tahlili 6-rasmda keltirilgan. Umumiy asteniya namoyishining tez-tezligi 1-chi guruhda 78,3% ga (c2 = 16,5; r < 0,01), 2-chi guruhda – 77,5% ga (c2 = 70,3; r < 0,01) kamaygan; faollikni pasayishi 1-chi guruhda 78,3% ga (c2 = 70,8; r < 0,01), 2-chi guruhda – 47,8% ga (c2 = 8,8; r < 0,01) kamaygan; motivasiyani pasayishi 1-chi guruhda 52,1% ga (c2 = 1339,5; r < 0,01), 2-chi guruhda – 56,6% ga (c2 = 92,0; r < 0,01) kamaygan; jismoniy asteniya 1-chi guruhda 67,4% ga (c2 = 35,8; r < 0,01), 2-chi guruhda – 65,6% ga (c2 = 3,6; r < 0,01) pasaygan; ruhiy asteniya 1-chi guruhda 66,9% ga (c2 = 204,3; r < 0,01), 2-chi guruhda – 69,3% ga pasaygan (c2 = 29,8; r < 0,01). Mildronat bilan turli davolash sxemalari fonida umumiy, jismoniy va ruhiy asteniya namoyishlari dinamikasining qiyosiyligida past faollikni va jismoniy asteniyani tiklashga bo‘lgan ta’siri pog‘onali terapiya olayotgan patsiyentlar guruhida yanada aniqroq bo‘lgan.
Kognitiv buzilishlarni tez skrining qilish uchun tadqiqotda dodementli kognitiv buzilishlarga nisbatan validasiyalangan Monreal kognitiv shkalasidan (Montreal Cognitive Assessment – MoCA) foydalanilgan. Shkala turlicha kognitiv funksiyalarni baholash imkonini beradi - e’tibor va konsentrasiya, ijro funksiyalari, xotira, nutq, optik-atrofli faoliyat, konseptual fikrlash, hisob va yo‘nalish. Kognitiv disfunksiyaning dodementli shakllariga nisbatan MoCA sezgirligi 90%ni, usulning o‘ziga xosligi -87%ni tashkil qiladi. Bundan tashqari har qanday mutaxassislikdagi shifokorlar uchun test foydalanishda juda qulay va tushunarli, MoCA o‘tkazishga sarflanadigan vaqt esa taxminan 10 daqiqani tashkil etadi. Maksimal ballar soni 30. MoCA shkalasi uchun muhokama qilinadigan kesish chegarasi variabelli, biroq, ko‘pchilik mualliflar 26 ball qiymatni ko‘rsatib, shu o‘rinda subyektiv omilni va neyropsixologik testlarni o‘tkazishda ham yolg‘onmusbat, ham yolg‘onmanfiy natijalarni olish mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi deb hisoblaydi.
MoSA ma’lumotlari bo‘yicha Mildronat bilan terapiyadan oldin o‘rtacha ko‘rsatkich 1-chi guruh kogortasida 23 ± 3,72 ballni, 2-chi guruhda – 22 ± 3,9 ballni tashkil etgan, ya’ni yosh me’yoriga kiritilgan va mo‘tadil kognitiv buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda nisbatan past bo‘lgan. Eng ko‘proq farqlar e’tibor va reaksiya tezligiga taalluqli bo‘lgan. Dement buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar ushbu kognitiv shkala bo‘yicha aniqlanmagan. Jami davolashdan oldin kognitiv buzilish (MoSA shkalasi bo‘yicha umumiy baho 26 balldan kam) 1-chi guruhda 57,2% patsiyentlarda va 2-chi guruhda 58,4% patsiyentlarda aniqlangan.
Mildronat terapiyasining turli sxemalaridan foydalanish fonida kognitiv funksiyalar sinov natijalarining ahamiyatli ijobiy o‘zgarishlari qayd etilgan - MoSA shkalasi bo‘yicha o‘rtacha ballning ahamiyatli oshishi: 40 kun davolangandan keyin u 1-chi guruhda 27,0 ± 3,72 ballga (o‘sish 4 ball; r < 0,005), 2-chi guruhda 27,0 ± 4,02 ballga (o‘sish 5 ball; r < 0,005) etgan.
Shuningdek, bog‘langan guruhda terapevtik samarani yanada to‘g‘riroq tahlil qilish uchun kognitiv funksiyalar dinamikasiga statistik ishlov berish miqdoriy binar alomatni taqqoslash imkonini beruvchi c2 mezondan foydalanib o‘tkazilgan. Shunday qilib, davolashdan keyin MoSA shkalasi bahosi 26 balldan ortiq bo‘lgan bemorlar soni 1-chi guruhda (7-rasm) 81,4% da (c2 =1037,4; r < 0,01), 2-chi guruhda (8-rasm) 74,5% da (c2 = 1203,4; r < 0,01) aniqlangan. Shu o‘rinda, kognitiv buzilishi bo‘lmagan patsiyentlar sonining o‘sishi peroral terapiya guruhiga (32,9%) qaraganda pog‘onali terapiya guruhida (38,6%) yuqoriroq bo‘lgan.
Preparat psixik reaksiyalar tezligiga va diqqat jarayonlariga ko‘proq samara ko‘rsatgan, shu o‘rinda MoSA shkalasi bo‘yicha dinamika yakuniy ball qiymati yanada pastroq bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilgan. Shunday qilib, mazkur tadqiqot doirasida shu narsa aniqlandiki, Mildronat preparatini umumiy terapiya sxemasiga qo‘shish yurak-qon tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, emotsional buzilishlar jadalligining ishonchli pasayishiga olib kelar ekan. sVK subyektiv namoyishlari dinamikasi bilan birga obyektiv nevrologik simptomlarning ham ishonchli pasayishi qayd etiladi - statika va koordinasion kasalliklarning buzilishlari. Shu o‘rinda, Mildronat terapiyasining pog‘onali sxemasi peroral sxemaga qaraganda ushbu simptomlarning to‘liq regressiga ko‘proq ta’sir qiladi.
Har qanday foydalanish sxemasida Mildronat astenik buzilishlarning asosiy umumiy belgilariga va kognitiv funksiyalarga statistik ishonchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mildronat bilan turli davolash sxemalari fonida umumiy, jismoniy va ruhiy asteniya namoyishlari dinamikasining qiyosiyligida past faollikni tiklashga va jismoniy asteniyaga bo‘lgan ta’siri pog‘onali terapiya olayotgan patsiyentlar guruhida ko‘proq ifodalangan. Xuddi shu guruhda davolash fonida MoSA shkalasi bo‘yicha test natijasi yaxshilangan patsiyentlarning ko‘proq o‘sishi qayd etilgan.
Tadqiqot ma’lumotlari bo‘yicha barcha patsiyentlar Mildronat terapiyasini yaxshi ko‘targan; preparat parenteral va peroral yuborilishida dorilarning o‘zaro ta’siri, nojo‘ya samaralar va davolashning asoratlari aniqlanmagan. Mildronat terapiyasi 40-kunlik kursining klinik samaradorligi 29,2% holatlarda shifokorlar tomonidan ahamiyatli yaxshilanish kabi, 59,2% da - yaxshilanish kabi baholangan.
Shunday qilib, Mildronatni yurak-qon tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarda kognitiv funksiyaga, astenik, umumiy miya va o‘choqli nevrologik simptomlarga ta’sir qilish natijalari ushbu guruh bemorlariga preparatni kursli qo‘llashni tavsiya qilish imkonini beradi. Mildronatning 40-kunlik kursini buyurishdan asosiy maqsad: vertebral-bazilyar basseynda qon aylanishi etishmasligidan kelib chiqqan namoyishlarning kamayishi (yurishda chayqalish, bosh aylanishi, quloqlardagi shovqin), ma’lum darajada surunkali gipoksiya bilan bog‘liq bosh og‘rig‘ini pasayishi, emotsional statusni me’yorlashishi (asabiylashishni kamayishi, kayfiyatni yaxshilanishi), ruhiy faoliyatni tiklanishi (e’tibor, anglash, psixik reaksiyalar tezligi), ijtimoiy-maishiy motivasiya darajasini oshishi, jismoniy faollikni kuchayishi, jumladan, reabilitasiya va davolovchi jismoniy tarbiya dasturlarida ishtirok etish uchun.
Mildronat kognitiv funksiyalarga ta’sir qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida muhokamaga loyiq. 40 kun davomida Mildronat terapiyasining turli sxemalaridan foydalanish natijalari bo‘yicha yurak-qon tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarda kognitiv funksiyalarning ahamiyatli yaxshilanishi aniqlangan. Mazkur tadqiqotning dizayni va vazifalariga terapevtik samara aniqligining bog‘liqligini baholash kirmagan. Komorbid bemorlarda dorini tayinlash muddatlari terapevtik samaraning aniqligi va saqlanib qolinishini belgilab beradimi? Mildronat preparatini qo'llash bo'yicha boshqa tadqiqotchilarning ma'lumotlariga murojaat qilamiz.
I.V.Damulin va hammualliflar ishida (2006) umumtan olingan neyropsixologik testlar batareyasini va tadqiqotlarning elektrfiziologik usullarini (kognitiv chaqirilgan potensiallar (KChP) R300) qo‘llab, surunkali serebrovaskulyar etishmovchiligi bo‘lgan keksa patsiyentlarning kognitiv funksiyalariga Mildronatning ta’siri baholangan. Davolash sxemasi quyidagicha bo‘lgan: 1-ya gruppa – Mildronat 500 mg/sut dan ichga 3 oy davomida; 2-chi guruh – Mildronat 500 mg/sut dan ichga 1,5 oy davomida, keyin 1,5 oy 1000 mg/sut ichga. Ta’kidlash muhimki, gipotenziv preparatlar va antiagregantlar bilan avval tanlangan davolashdan tashqari patsiyentlar boshqa metabolik, nootrop va qon-tomir terapiyasini olmagan. Ish natijasida harakat (barqarorlik va yurish) va kognitiv (xotira va e’tibor) funksiyalarning hamda KChP R300 (r < 0,05) parametrlarining ishonchli yaxshilanishi aniqlanmagan. Mildronat dozasini 1000 mg/sut gacha oshirishdan yanada ijobiy samara anamnezda ishemik insulti bo‘lgan patsiyentlarda olingan.
M.E.Stasenko va hammualliflar tadqiqotida (2011) Mildronatning sutkalik 500 mg dozada uzluksiz va kursli terapiyasi fonida preparatning kognitiv funksiyalarga nisbatan samaradorligi va uzoq qo‘llashda xavfsizligi arterial gipertoniyasi va kognitiv tanqisligi bo‘lgan 180 nafar patsiyentlarda qayd etilgan. Preparatni uzluksiz qabul qilish 52 hafta davom etgan, kursli terapiyasi - yil davomida ikkita 3-oylik kurs ko‘rinishi bo‘lgan. Ikkala davolash sxemasi fonida ham astenik va xavotirli buzilishlarning kamayishi aniqlangan. Mildronat bilan uzluksiz terapiya davolash rejimi bo‘lib chiqdi, u dastlabki darajaga va nazorat guruhiga qaraganda kognitiv funksiyalarning barcha ko‘rsatkichlarini ishonchli tarzda yaxshilagan. Shunday qilib, yuqorida zikr qilingan tadqiqotlarning natijalari kognitiv disfunksiyani to‘g‘rilash maqsadida Mildronat preparatini yanada ko‘proq qo‘llash maqsadga muvofiq ekanligidan dalolat beradi.
Mildronat bilan 40-kunlik terapiya kursi, ko‘rinib turganidek, birinchi navbatda, g-butirobetain efirlarini hosil qilish va azot oksidi endotelial sintazasini faollashtirish orqali xolinomimetik samaralarni va tizimli qon-tomirli reaksiyalarni rag‘batlantirib, miokardning funksional qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, glyukoza almashuvida, lipid almashuvida va aterosklerozni to‘xtatish jarayonida ishtirok etib, shaklli elementlarning agregasiyasiga va qonning reologik xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatib, miyadagi qon aylanishi yaxshilash va xavf omillari ta’sirini bartaraf etish hisobiga nevrologik va umumiy astenik namoyishlarning dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ehtimol, Mildronatning sitoprotektiv va antigipoksantli samaralarini realizasiya qilish uchun 30-40 kunlik kursning o‘zi etarli bo‘ladi, lekin shu o‘rinda, kognitiv disfunksiyaga uzoq ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan yanada aniqroq neyromoddulovchi ta’sir uchun (ehtimol, asetilxolin reseptorlarni faollashtiruvchi g-butirobetain efirlarini shakllantirish bilan neyrotransmissiv xolinergik samara orqali) yanada uzoqroq vaqt talab etiladi. Ehtimol, Mildronatni qo‘llashda kognitiv funksiyalarning yaxshilanishi neyrodegenerasiya, yallig‘lanish va apoptoz jarayonlariga jalb qilingan oqsillar ekspressiyasini me’yorlashtirish orqali ikkilamchi tabiatga ega. Bunday holatda miyaning neyroplastik effektini rag‘batlantirish uchun yanada uzoqroq davolash sxemalari yoki terapiyaning bir martadan ortiq kurslari talab etiladi. Har qanday holatda Mildronat preparati bo‘yicha bugungi kungacha to‘plangan ma’lumotlar o‘zi bilan shubhasiz klinik qiziqishni ifoda etadi va qon tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarning majmuaviy terapiyasida uni tayinlash maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Sog‘liqni saqlash mutaxassislari uchun ma’lumot
Mildronat dori preparatini tibbiyotda qo‘llanilishiga doir qisqacha yo‘riqnomaQayd etish guvohnomasi: LS-001115 12.05.2011; P N016028/02 23.10.2014 Savdo nomi: MILDRONAT XPN: meldoniy. Dori shakli/tarkibi: kapsulalar, 1 kapsuladagi faol modda: meldoniy digidrati – 250/500 mg; mushak ichi, vena ichi va parabulbar yuborish uchun eritma, 100 mg/ml; Qo‘llanilishi: yurak ishemik kasalligining (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligining va disgormonal kardiomiopatiyaning majmuaviy terapiyasida, shuningdek miya qon aylanishi o‘tkir va surunkali buzilishlarining (insultdan keyin, serebrovaskulyar yetishmovchilik) majmuaviy terapiyasida. Susaygan ishlash qobiliyati; aqliy va jismoniy ortiqcha yuklamalar (jumladan, sportchilarda). Surunkali alkogolizmda abstinensiya sindromi (o‘ziga xos terapiya bilan kombinatsiyada). Qo‘shimcha(eritma uchun): Gemoftalm va pardaga turli etiologiyadagi qon quyilishlar, parda va uning shoxlari markaziy venasining trombozi, turli etiologiyadagi retinopatiyalar (diabetik, gipertonik). Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Preparatning ta’sir etuvchi moddasiga va boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bosh miya ichi bosimini oshishi (venoz oqim buzilishida, miya ichi o‘simtalarida), 18 yoshgacha bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan), homiladorlik, emizish davri.
Mualliflar haqida
A.I. Fedin, E.Yu. Solovyova, O.A. Baranova
Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.