Mastoidit – chakka suyagi so‘rg‘ichsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. So‘rg‘ichsimon o‘simta quloq suprasi pastki qismining orqasida joylashgan suyak hisoblanadi. Bu yallig‘lanishning xavflilik jihati shundaki, miya bilan bu o‘simtani yupqa suyak plastinkagina ajratib turadi. Ya’ni yallig‘lanish bevosita bosh miyaga ta’sir etishi mumkin. Mastoidit yuzaga kelishiga ko‘ra ikki turi turi tafovut etiladi.
- Birlamchi mastoidit – yallig‘lanish aynan so‘rg‘ichsimon o‘simtada paydo bo‘ladi;
- Ikkilamchi mastoidit – organizmdagi boshqa yallig‘lanish kasalliklarining asoratlari sifatida yuzaga keladi. [caption id="attachment_2732" align="aligncenter" width="450"] Mastoidit[/caption]
- Immunitet sustligi;
- o‘rta quloq yallig‘lanishi va uni davolamatlik;
- chakka suyagidagi travmalar;
- zotiljam va uni o‘z vaqtida davolatmaslik;
- o‘pka sili;
- surunkali tonzillit;
- quloqda yiringli ajralmalarning chiqishiga imkon bo‘lmasdan ularning ko‘plab to‘planib qolishi;
- hamda deyarli barcha yallig‘lanish kasalliklariga befarq bo‘lib, o‘z vaqtida chora ko‘rmaslik kasallikning avj olib rivojlanishiga imkon tug‘diradi.
- eshitish qobilyatining sustlashuvi;
- quloq hamda uning ort tarafida yoqimsiz og‘riq, ayniqsa soha bosib ko‘rilganda yaqqol seziladi;
- so‘rg‘ichsimon o‘simtaning ust qismi qizarib, ma’lum darajada shish ham yuzaga keladi;
- quloq suprasining shish hisobiga oldinga bukilishi yuzaga keladi. Ya’ni supra shalpanglashadi;
- tashqi eshituv yo‘lidan yiringli ajralmalar keladi;
- umumiy holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )