Limfadenit — sabablari, turlari, alomatlari, asoratlari, oldini olish va davolash

0
()

Limfadenit — bu tanadagi surunkali yoki kuchaygan jiddiy kasallikka reaksiya natijasida paydo bo’lgan, limfa tugunlarining yallig’lanishidir. Limfa tugunlari — bu infeksiya, organ yoki to’qimalarning kasalliklariga javoban ularga qarshi kurashish uchun maxsus hujayralarni ishlab chiqaradigan limfa tomirlari to’plamidir.

Limfadenit ko'rinishi
Foto: klinikarassvet.ru

Limfadenit sababi

Tugunlarning yallig’lanishi va kattalashishi limfa tizimiga yoki yallig’langan limfa tugunlari yaqinidagi organlarga ta’sir qiladigan jiddiy kasallik tufayli kelib chiqishi mumkin. Birinchi holda, infeksiya limfa tuguniga kiradi, ikkinchi holda esa, limfa tuguni kuchli tahdidga qarshi kurashish uchun faol ravishda limfotsitlar ishlab chiqarishni boshlaydi.

O’tkir respirator virusli infeksiyalar, har qanday a’zolarning yuqumli, bakterial va zamburug’li kasalliklari, OIV, organizmda parazitlar borligi, vabo, kuydirgi, autoimmun kasalliklar, immunitet buzilishi, har qanday o’tkir yallig’lanish, limfoma va har qanday a’zodagi onkologik metastazlar limfadenitga sabab bo’lishi mumkin.

Odatda, shifokor limfadenitni dastlabki kasallik alomatlari va tekshiruv orqali aniqlab oladi. Ammo ba’zida kasallikning dastlabki belgilari ilgari sezilmasa, tanani to’liq tekshirish kerak.

Patogen qo’zg’atuvchi organizmdagi istalgan organga limfa tizimi orqali kirib borishi mumkin. Shu sababli limfadenit kasalligi xavfli hisoblanadi. Bundan tashqari, agar siz yallig’langan tugunga e’tibor bermasangiz, tez orada boshqa to’qimalarda ham yallig’lanish jarayonini boshlaydi — shundan keyin kasallikning boshlang’ich nuqtasini topish ancha qiyinlashadi.

Immuniteti zaif, allergiya bilan kasallanganlar, surunkali alkogolizmdan aziyat chekadiganlar, qalqonsimon bez kasalligi bo’lgan va gormonal kasalliklarga chalingan odamlar limfadenit kasalligining rivojlanishi xavfi ostida.

Limfadenit turlari

Birinchi navbatda limfadenit limfa tugunlari yallig’lanishining lokalizatsiyasiga qarab bo’linadi. Shunday qilib, limfadenit tanadagi tugunlarning joylashishiga qarab chuqur va yuzaki, shuningdek:

  • iyakda;
  • jag’ ostida;
  • quloq orqasida;
  • qo’ltiq ostida;
  • chov qismda bo’lishi mumkin.
Limfadenit turlari
Foto: stomdet.ru

Vujudga kirib borish turiga qarab limfadenit — odontogen va odontogen bo’lmagan (ORVI, sepsis…) turlarga bo’linadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Semizlik - sabablari, darajalari, belgilari va davolash usullari

Holatiga qarab o’tkir yoki surunkali bo’lishi mumkin. Surunkali limfadenit — yiringli, giperalastik va o’tkir surunkali bo’lishi mumkin.

O’tkir odontogen limfadenitda, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Chunki u 10 kun ichida u surunkali holatga o’tishi mumkin. O’tkir odontogen limfadenitda tugunlar qattiq koptoklar kabi seziladi, bemor ularni bosganda og’riq sezadi, ammo terisi o’zgarishsiz qoladi. Ta’sirlangan to’qima sohasi esa yallig’langan limfa tugunidan unchalik uzoq bo’lmagan joyda topiladi.

Agar 10-14 kun ichida hech qanday choralar ko’rilmasa, o’tkir limfadenit surunkali holatga o’tadi va hatto yiringli holatga ham o’tishi mumkin. Bu haroratning o’zgarishi, limfa tuguni atrofidagi terining o’zgarishi va shikastlanishi va yangi zaiflashtiradigan alomatlar bilan birga keladi.

Yiringli surunkali limfadenit xavfi — ta’sirlangan limfa tuguni joylashgan qismning yonlarida yallig’lanish va to’qimalarning shikastlanishi sodir bo’ladi. Yiringning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan hujayralar to’planishi mavjud.

Limfadenit alomatlari

Oddiy holatda limfa tugunlari sezilmaydi yoki faqat teri ostidagi elastik to’pchalar kabi seziladi. Limfadenitda sababiga qarab, turli xil alomatlar paydo bo’lishi mumkin:

  • kengaygan limfa tugunlari;
  • limfa tugunlariga zarar yetkazilgan hududida terining qizarishi;
  • limfa tuguniga tegilganda og’riq;
  • tugunlarni bir biri bilan birlashishi;
  • yuqori harorat;
  • limfa tugunlarini qo’shni to’qima bilan birlashishi va kengayishi;

Kasallik isitma, zaiflik va zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin.

Agar limfadenitni qandaydir kasallik qo’zg’atgan bo’lsa, unda o’tkir limfadenit paytida ko’rsatilgan birinchi alomatlar paydo bo’ladi, surunkali limfadenitda esa — ushbu ro’yxatdagi barcha alomatlar paydo bo’ladi . Shuning uchun, agar ikkala kasallik ham boshlang’ich darajadan o’tkazib yuborilgan bo’lsa, surunkali limfadenitni davolash ancha qiyin bo’ladi.

Sil va sifiliz odatda surunkali limfadenitni keltirib chiqaradi. Bakteriyalar va zamburug’lar keyinchalik tromboflebitni keltirib chiqaradigan o’tkir limfadenitni keltirib chiqaradi.

Ammo, limfa tugunlarining shishishi immun tizimining zaiflashishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda, tanada jiddiy kasalliklar bo’lmaydi. Bunday birikma autoimmun kasallikka olib kelishi mumkin, shuning uchun bunday holat ham jiddiy va xavflidir.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Burun to‘sig‘i qiyshiqligi

Limfadenitni tashxislash

Ko’pincha, shifokor tekshiruv, limfa tugunlarining anamnezi va palpatsiyasidan so’ng limfadenitni aniqlaydi, ammo ko’pincha biokimyoviy va umumiy qon tahlili va ultratovush tekshiruvi buyuriladi. Burun va tomoq to’liq tekshiruvi ushbu joyda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kasalliklarni aniqlash uchun o’tkaziladi. Shuningdek, biopsiya yoki tana suyuqligining qo’shimcha tekshiruvlari buyurilishi mumkin. Limfa tugunlari materiallari tahlili nafaqat kasalliklarni, balki saraton va boshqa jiddiy yuqumli kasalliklarni ham chiqarib tashlashga imkon beradi.

Limfa tugunlari
Foto: stomdet.ru

Limfadenit unga sabab bo’lgan kasallik bilan parallel ravishda davolanadi.

Limfadenitni davolash

Limfadenitni davolash uchun, avvalambor, uning sababi aniqlanadi — davolash kasallikka bog’liq bo’ladi

Odatda, davolash konservativ holatda dorilar orqali amalga oshiriladi. Ammo, kasallik avjiga chiqqan holatlarda jarrohlik aralashuvi mumkin.

Tashxis qo’yilgandan so’ng, shifokor bakteriyalar uchun antibiotik dorilarni  buyuradi, yuqma holatlar uchun esa asosiy infeksiyani davolash (antibiotiklar, sedativlar, og’riq qoldiruvchi vositalar, yallig’lanishga qarshi dorilar va boshqalarni tayinlash) va ta’sirlangan limfa tugunining og’rig’ini yengillatish uchun dorilar buyuradi. Uyda ambulator davolashda ko’pincha teri va teri osti to’qimasiga ta’sir qiladigan malhamlar davolanishni tezlashtirish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, aksariyat hollarda suv rejimini ko’paytirish majburiydir, agar jismoniy faoliyat bo’lsa uni susaytirish va o’ziga xos parhezlarni buyuriladi.

Agar kasallik qo’zg’atuvchisi og’ir infeksiya bo’lsa va limfa tugunlarini konservativ usullar bilan davolash mumkin bo’lmasa, ularni olib tashlash kerak. Ba’zida davolanish uchun  limfa tugunlarini yorish, drenajlash va tozalash ishlari olib boriladi. Bezarar o’smalar bo’lsa, uni olib tashlanadi yoki kuzatib boriladi. Saraton kasalligi limfadenitning sababi bo’lsa, shifokorlar saratonni davolashga e’tibor berishadi.

Operatsiyadan so’ng shifokor shuningdek, keng spektrli antibiotiklarni (masalan, makrolidlar), antigistaminlarni, yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiruvchi vositalarni o’z ichiga olgan qo’shimcha davolash terapiyasini buyuradi.

Limfadenitni oldini olish

Limfadenit o’tkazib yuborilgan yoki surunkali kasallikka reaksiya sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun kasallikning oldini olish uchun kasalliklarni o’z vaqtida va to’liq davolash kerak. Yiringli yaralarni, yuqumli, bakteriologik kasalliklarda o’zboshimchalik bilan davolanish kerak emas. Shikastlanishlardan o’zingizni saqlang. Kasallik xavfi ostidagi odamlar: immunitet tanqisligi, surunkali kasalliklarga chalingan, doimo ORVI bilan og’rigan odamlar.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Burun qonashi sabablari va uni to‘xtatish usullari

Limfadenit asoratlari

Limfadenitning asosiy asoratlari saraton yoki yuqumli kasallikning tarqalishi, saraton kasalligining yoki, tromboflebitning paydo bo’lishi. Limfadenit jiddiy kasallik haqida signal ekanligi sababli, uni e’tiborsiz qoldirish hattoki o’limga olib kelishi mumkin.

Tomoqdagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Lorobendir.

Loroben bu – 200 ml og’izni chayqash uchun eritma (o’lchov stakani bilan birgalikda).

100 ml eritma tarkibi:

Faol moddalar: benzidamin gidroxloridi 150 mg, xlorheksidin glyukonat 120 mg. Yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilen glikol, sariq xinolin, yalpiz essensiyasi, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, tozalangan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/loroben

Tomoqdagi yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Lizobakt, Adjisept, Lorsept, Geksolarin, Grammidin Neo, Tonzilotren va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

manba: likar.24tv.ua

Ushbu maqola qanchalik foydali?

Baholash uchun yulduzchalardan birini bosing!

O'rtacha baho / 5. Baholar soni:

Maqolaga hech kim baho qo'ymagan. Birinchi bo'lib siz baholang!

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button