Kron kasalligi – bu surunkali yallig‘lanish bo‘lib, asosan oshqozon-ichak tizimi jarohatlanadi. Kasallik surunkali bo‘lganligi tufayli bemor hayoti davomida bir necha bor zo‘rayishi mumkin. Kasallik ichaklarning siqilishi, qorin bo‘shlig‘idagi og‘riq, diareya, bezgak, ozish, qorin shishishi, orqa chiqaruv kanalda og‘riq, bo‘g‘imlarda og‘riq kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Lekin barcha ham bu alomatlarni sezmaydi. Ayrim bemorlarda belgilar umuman sezilmasligi mumkin.
[caption id="attachment_2479" align="aligncenter" width="403"] Kron kasalligi[/caption]
Kasallik yuqumli emas
Kron kasalligi bilan asosan, 16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lganlar ko‘proq og‘rishadi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, kroon bilan og‘rigan bemorlarda 20 % holatda yaqin qarindoshlarida ham bu kasallik uchraydi. Kasallikka sabab sifatida immunalogik yoki bakteriologik muammolarni ko‘rsatishimiz mumkin. Bu kasallik yuqumli emas. Uni tashxislash uchun ichaklar roentgen tekshiruvidan o‘tqaziladi. Davolash gastroenterolog shifokor nazorati ostida dastlab konservativ davolash ishlatiladi. Agar kasallik og‘ir darajada bo‘lsa, jarrohlik amaliyoti o‘tqaziladi. [box type="info" ]Maqola Avitsenna.uz saytining "Ensiklopediya" rukni orqali e'lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi![/box] Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )