Xavfli virus: Koksaki virusi

Koksaki virusi enteroviruslar, ya’ni oshqozon-ichak viruslari toifasiga kiradi. Mazkur virus ekzantemali enterovirus stomatit infeksiya jarayonini qo‘zg‘atishi bilan xavflidir.

koksaki virusi

Bu virus birinchi marta AQSHning Koksaki shaharchasida qayd etilgan. Fanga koksakining 30 ga yaqin turi ma’lum.

Virus qanday yuqadi?

Koksaki asosan havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Virus muhitga moslashuvchanligi bilan xavflidir. Oddiy vodoprovod suvida ushbu virus 780 kungacha yashashi mumkin. Koksaki bolalar infeksiyasini qo‘zg‘atuvchi virus sifatida asosan yosh bolalarda uchraydi. Odatda virus yuqqanidan keyin kasallik 7 kundan 10 kungacha davom etadi. Kamda-kam hollarda kasallik tananing suvsizlanishi, meningit yoki ensefalit (bosh miyaning shamollashi) bilan kechadi.

Kasallikning dastlabki belgilari

Koksaki virusining dastlabki belgilari kasallik yuqqanidan keyin bir kun ichida namoyon bo‘la boshlaydi. Bolaning umumiy holati va virusning turiga o‘kra dastlabki belgilar turlicha kechadi:

  • tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi;
  • umumiy holsizlik;
  • ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
  • ich ketishi;
  • og‘izning shilliq qatlamida, ichki tomoq qismida og‘riqli toshmalar paydo bo‘lishi;
  • kaftda, oyoq ostida, barmoqlar orasida kichkina suvli toshmalarning toshishi bilan kuzatiladi.

Faqat laboratoriya tahlili orqali koksakini aniqlash mumkin.

Kasallik aniqlanganda bolani qanday davolash mumkin?

  • Bola to‘liq tuzalib ketmaguncha yotishi zarur;
  • Ko‘p suyuqlik ichish;
  • Bolada diareya yoki qayt qilish holati kuzatilganda maxsus tayyorlangan dorilar ichishi tavsiya etiladi.
  • Shuningdek, shifokor ko‘rsatmasiga qat’iy amal qilish zarur.

Virusdan qanday saqlanish mumkin?

Kasallikni yuqtirmaslik uchun oddiy sanitariya qoidalariga rioya etish, meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish, umumiy cho‘milish havzalaridagi suvni yutmaslik va ovqatlanish uchun ishlatiladigan idishlarni toza saqlash kerak.

© Muhayyo Saidova.
Qalampir.uz

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

2 ta izoh

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button