Kattalashtiruvchi (augmentatsion) mammoplastika ham juda mashhur bo‘lgan plastik operatsiya deb hisoblanadi. Ma’lumki, 2012 yilda amerikalik jarroxlar amaliyotida augmentatsion mammoplastika eng ko‘p bajarilgan plastik korreksiya deb topilgan.
Mazkur amaliyoti kimlar uchun mo‘ljallangan?
Kattalashtiruvchi yoki augmentatsion mammoplastika haqida ba’tafsil ma’lumot olish uchun va «kichik hajmli» ko‘krakning estetik shaklini yanada yaxshilash maqsadida plastik jarrohga ko‘pincha nisbatan yosh ayollar murojaat qilishadi.
Bu plastik amaliyot odatda quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- ko‘krak hajmi va kattaligi yetarlicha emas;
- tug‘ruqdan keyin ko‘krakning avvalgi shakli va hajmi «yo‘qolgan»;
- ko‘krak hajmi va shaklining assimetrik bo‘lishi.
[caption id="attachment_4828" align="aligncenter" width="400"] Ko‘krakni kattalashtiruvchi mammoplastika[/caption]
Ko‘krak kattalashtiruvchi mammoplastika turlari
Bugungi kunda, ko‘krak hajmini kattalashtirish maqsadida bajariladigan amaliyotlar qatorida ko‘krakni endoprotezlash usuli butun dunyoda eng samarali va ishonchli deb tan olingan.
[caption id="attachment_4827" align="aligncenter" width="500"] Ko‘krakni kattalashtiruvchi mammoplastika[/caption]
Endoprotez o‘rnatish uslubiga qaragan holda quyidagi yondashuvlar farqlanadi:
- Ko‘krak osti yondashuvi - bu holda, kesma ko‘krak osti burmasi (KOB) bo‘ylab amalga oshiriladi. Mazkur uslub qo‘llanilganda jarroh endoprotez uchun qulay tarzda maxsus «joy» yaratish va implantni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yondashuv ko‘krak bezining to‘qimalari (yani parenximasi) yetarli miqdorda bo‘lgan hollarda tavsiya etiladi. Operatsiyadan keyin chandiq tabiiy teri burma ichida qolganligi tufayli odatda ko‘rinmas bo‘ladi.
- Qo‘ltiq osti yondashuvi - mazkur uslub yordamida hatto ko‘krak bezining to‘qimasi nisbatan kam miqdorda bo‘lgan holatlarda ham yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bundan tashqari, bu texnika qo‘llanilganidan keyin so‘rg‘ich-areola kompleksining sezuvchanligining buzulishi odatda kam uchraydi. Qo‘ltiq osti yondashuvi texnik tomonidan nisbatan murakkab bo‘lishi bilan va amaliyotdan so‘ng implant siljib qolishi kabi asoratlar foizi yuqoriroq bo‘lishi bilan farqlanadi. Operatsiyadan keyingi chandiq qo‘ltiq osti chuqurchasida qoladi va odatda tashqaridan bilinmas bo‘ladi.
- Periareolar yondashuv - bu usul ko‘pincha mastopeksiya bilan birgalikda o‘tkaziladi. Bu holatda, operatsiyadan keyingi chandiq areola dog‘i bilan teri chegarasi bo‘ylab o‘tadi, va deyarli umuman bilinmaydi. Lekin operatsiyadan keyingi davrda, odatda, so‘rg‘ich va areola sohasida teri sezuvchanligining keskin pasayishi kuzatilishi mumkin.
Foydali maslahat...
Operatsiyadan oldin jarroh va bemor birgalikda endoprotez hajmini aniqlash masalasi juda katta ahamiyatga ega. Implantni individual tarzda tanlash uchun jarroh bemor anatomiyasini va boshqa muhim omillarni hisobga olishi kerak. Mazkur operatsiya o‘rtacha 2 soat davom etadi va umumiy og‘riqsizlantirish yordamida o‘tkaziladi. Odatda operatsiyadan keyin 10 kun ichida choklar olinadi. Ko‘krakni endoprotezlash operatsiyasi ba’zan mastopeksiya yoki liposaksiya, lipofilling, abdominoplastika kabi amaliyotlar bilan birgalikda ham o‘tkazilishi mumkin.
[caption id="attachment_4826" align="aligncenter" width="564"] Ko‘krakni kattalashtirishda ishlatiluvchi implant[/caption]
Bir qator klinik tahlillar va ba’zan instrumental tekshiruvlardan so‘ng amaliyot o‘tkazish masalasida bir qarorga kelish mumkin. Amaliyotdan kamida 2 hafta oldin chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish lozim. Korreksiyadan oldin bemor uchun ko‘krakni siqib turish maqsadida kattaligi bo‘yicha mos keladigan kompressiyon libos tanlab qo‘yish zarur.
Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar:
- Implant konturlanishi;
- Kapsulali kontraktura (odatda xirurgik yol bilan bartaraf etiladi);
- Keloid chandiqlar;
- Gematoma paydo bo‘lishi;
- Areola sezuvchanligining kamayishi (odatda 6 oygacha davom etishi mumkin);
- Endoprotez joyidan siljib ketishi (qo‘ltiq osti yondashuvda nisbatan ko‘proq uchraydi).
Amaliyotdan so‘nggi davr
Mammoplastikadan keyin reabilitatsiya davri odatda silliq kechadi. Amaliyotdan so‘ng bemor bir necha oy davomida maxsus kompression libos kiyib yurishi juda muximdir. Bu implantni joyidan siljib ketishining oldini olish maqsadida tavsiya qilinadi. Birinchi oylar ichida bemorlar avtomashina haydamasligi lozim, chunki bexosdan, xavfsizlik kamari ham implantni joyi o‘zgarib qolishiga sabab bo‘lib qolishi mumkin.
Qanday holatlarda kattalashtiruvchi mammoplastika tavsiya etilmaydi?
- Infektsion kasalliklar aniqlangan holatlarda;
- Og’ir somatik patologiya aniqlangan holatlarda;
- Bir yildan kam bo’lgan muddat ichida homiladorlik rejalashtirilganda;
- Endokrin tizimining kasalliklari aniqlangan holatlarda;
- Qon ivishi buzulishida;
- Qandli diabet kasalligida;
- Keloidozga moyillik aniqlangan holatlarda.
[su_note note_color="#e7e7e7"] [su_frame][/su_frame]Maqola muallifi, plastik jarroh Alohanov Laziz Bahodirovich. Maqola muallifiga savollaringiz bo‘lsa, saytimizning "Savol-javob" bo‘limida yoki ushbu maqola ostiga izoh shaklida yozib qoldiring. Plastik jarroh bilan bevosita [email protected] e-maili orqali bog‘lanishingiz mumkin.[/su_note]
Mavzuga aloqador maqola: Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti - mastopeksiya