Ayollarda jinsiy mayl

Ayollarning jinsiy munosabatga bo‘lgan ehtiyoji bir qancha psixologik va fiziologik omillarga, shuningdek, yoshlikda olingan tajriba asosida belgilanadi. Ba’zi ayollar jinsiy aloqaga har kuni, boshqalari esa bir haftada bir yoki ikki bor ehtiyoj sezadilar. Bularning barchasi norma deb hisoblanadi. Biroq jinsiy maylning to‘satdan pasayishi biror o‘zgarishning belgisidir.

Bunga quyidagi holatlar sabab bo‘lishi mumkin:

  • Jismoniy ahvol. Ya’ni ayol yaqinda tug‘gan yoki kasallikni boshigan o‘tqazgan bo‘lsa;
  • Ruhiy ahvol. Masalan, charchash, kundalik tashvishlar, er-xotin o‘rtasidagi munosababt buzilishi;
  • Gormonal buzilishlar. Xususan, esterogen gormoni kam ishlab chiqarilishi natijasida qin quriqlashadi va yaqinlik vaqtida og‘riq yuzaga keladi. Ayolda esa og‘riqdan qo‘rqish natijasida jinsiy mayl susayadi.
  • Bundan tashqari ba‘zi ayollardagi homiladorlikdan qo‘rqish ham ularning maylini ancha pasaytiradi.

Ayollardagi jinsiy muammolarga jinsiy maylning susayishidan tashqari jinsiy aloqa vaqtida yuzaga keladigan og‘riqlarni ham kiritmay ilojimiz yo‘q. Chunki, yaqinlik vaqtida yuzaga keladigan og‘riqlar har doim ham jinsiy aloqaning qoniqarli ravishda tugallanishiga imkon beravermaydi. Jinsiy aloqa vaqtida ayollarda kuzatiluvchi og‘riq dispaunareya deb yuritiladi.

Ba’zida ayollar jinsiy olatning qinga kirish yoki chiqish vaqtida, jinsiy aloqa vaqtida yoki undan keyin og‘riq yoki yoqimsiz noxushlik sezadilar. Bu barcha yoshdagi ayollarga xos bo‘lib, turli jismoniy va ruhiy omillar sabab bo‘ladi.

Jinsiy aloqa vaqtidagi og‘riqlar quyidagi hollarda yuzaga keladi:

  • Birinchi jinsiy aloqa vaqtida qinga kirish yo‘lini yopib turuvchi qizlik pardasi yirtilganda; Bu vaqtda biroz qon ketadi va holat o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Agar og‘riq paydo bo‘laversa, bir-necha kun jinsiy aloqadan tiyilish lozim;
  • Qin yallig‘lanishida;
  • Qinning namlanishi kamayganda, ya’ni esterogen gormoni kam ishlab chiqarilganda;
  • Tug‘ishdan keyingi holatlarda;
  • Jinsiy a‘zoning turli kasalliklarida. Masalan, bachadon va tuxumdon kistasida, bachadon miomasi, endomitrioz, kichik tos tomirlarining kengayishi;
  • Hamda yaqinlikka nisbatan qo‘rquv yoki munosabatga kirishuvchiga nisbatan salbiy fikrlar mavjudligi mushaklar siqilishiga olib keladi. U esa o‘z-o‘zidan kirish yo‘llarning ham siqilishiga sababchi bo‘ladi. O‘ta siqilgan kirish yo‘llari ayolda kuchli og‘riq yuzaga kelishiga turtki bo‘ladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Sog‘liqni saqlash vazirligi yagona ishonch telefoni ishga tushirildi

Nima qilish lozim?

  • Birinchidan, ginekologga uchrang, agar sizning jinsiy organlaringizda kasaliklar mavjud bo’lsa, birinchi navbatta ularni yo’q qilish lozim.
  • O’z intim hayotingizga ahamiyat bering : Suyukli inson bilan jinsiy aloqa bu sizning ham xohishingiz. Unga ijobiy yondashib, undan faqat foyda olayotganligingizni unutmang; Jinsiy aloqa ayol uchun nafaqat lazzat yoki ona bo’lish uchun kerak, balki ginekologik sog’liqni yaxshi ushlab turish uchun ham zarur.

Jinsiy aloqadan nafaqat erkak, ayol ham lazzat olishi shartligini unutmang!


Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham oqishingiz mumkin:

 

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button