Achchiqlanish bizni nafaqat atrofdagi odamlarga o‘dag‘aylashga majbur qiladi, balki bizning ichki, jismoniy holatimizda ham o‘z aksini topadi. Salbiy hissiyotlar jo‘sh urganda qaysi a’zolar aziyat chekadi? jahl chiqishi

Miya

Ma’lum bo‘lishicha, g‘azablanish natijasida bizning qonimiz qaynash o‘rniga ivir ekan. Garvarddagi sog‘liqni saqlash maktabida o‘tkazilgan tekshirishlarga ko‘ra, tomirda ivib qolgan qonlar keltirib chiqaradigan ishemik hujum xavfi g‘azab alangasidan bir necha soatdan keyin uch martaga oshar ekan.

Yurak

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 2 soat davom etgan o‘z salbiy hissiyotlarini nazorat qilolmaslik holati infarkt xavfini 8,5 marta oshirar ekan. Shuningdek, ko‘proq kelishmovchilik holatiga g‘azabli munosabat bildiruvchi kishilar yuqori qon bosimi, ko‘krak qafasidagi og‘riq va boshqa yurak-tomir tizimi muammolari bilan bog‘liq kasalliklarga duchor bo‘lishar ekan.

Teri

Yuzning  jahldan qizarishi teri holatiga zarar yetkazadi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bunday holat terini atopik dermatit xurujigacha olib kelar ekan.

O‘pka

Yuqori “qaynash darajasi” va g‘azabni boshidan kechirgan odamlar o‘pkasi zaif holatda bo‘lar ekan. Mutaxassislar fikricha, g‘azab tufayli stress gormonlarining yuqori miqdori nafas yo‘llarining yallig‘lanishiga olib kelar ekan. Xulosa – har qanday, hatto eng qaltis vaziyatlarda ham aql bilan suhbatlashishga harakat qiling va jahlning shaxsiy hayotingizga va sog‘lig‘ingizga ziyon yetkazishiga yo‘l qo‘ymang.

© Men’s Health / Daryo