Inson dunyoga kelganda birinchi bor qiladigan ishi bu chuqur nafas  olish bo‘ladi.   Hayot  bilan   vidolashayotganda   esa   nafas chiqaradi   va  nafas  olishdan  to‘xtaydi.  Tug‘ilish  bilan  o‘lish orasida xayot yotibdiki, buning xammasi nafasga, havoga bog‘liq. Toza havo bizning uzoq va faol umr ko‘rishimizni istaydi. U mutaxassis sifatida biladiki, agarda siz uning chuqur nafas olish oddiy   yo‘riqlariga amal qilsangiz,  xar   bir   nafas olishingiz bilan o‘z tanangizga xayotbaxsh kislorod yuborayotganingizga ishonchingiz komil bo‘ladi.
Ko‘pchilik kishilar hakimlar tayinlagan toza havoda ko‘proq bo‘lmay, ularning maslahatiga amal qilmay, ko‘p qiyinchiliklarga ro‘baro‘ bo‘lishadi.
Ijozatingiz bilan nafas olishning vazifasi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsam. Birinchidan, nafas shunday ko‘zga ko‘rinmas ozuqaki, shu ozuqasiz biz besh-yetti daqiqadan ortiq yashay olmaymiz. Usiz biz o‘lamiz. Tanamizdagi har bir to‘qima uchun kerak bo‘ladigan kislorodni ana shu havodan olamiz. Nafas olganimizda, u qon bilan o‘pkaga boradi va u yerda buyuk mo‘’jiza sodir bo‘ladi. Erigan toksinli zaxarlar bo‘lgan halokatli karbonat kislotasini kislorod oladi. Axir, xayotimiz jarayonida biz zahar ham ishlab chiqaramiz. Ular qon bilan to‘planadi va qon karbonat kislotani o‘pkaga olib kelganda, har bir yangi kislorod kelishi bilan zahardan tozalanib boraveradi. Agarda biz yetarli miqdorda toza havo olmasak yoki yengil nafas olsak va olayotgan kislorodimiz chiqarayotgan karbonat kislotasiga teng bo‘lmasa, bu bilan biz tanamizning karbonat kislotasi bilan zaharlanishiga sababchi bo‘lamiz. Bu ko‘p kasalliklarga olib kelishi mumkin. Biz o‘zimizni havo bilan ishlaydigan mashinalarga qiyoslashimiz mumkin. Kislorod nafaqat tanamizni tozalovchi, balki unga kerakli energiyani eltuvchi hamdir. Biz havo bosimi ostida ishlaydigan mashinalardirmiz. Biz chuqurligi taxminan 100 km bo‘lgan havo okeani tubida yashaymiz. Havo bosimi taxminan bir santimetr kvadratga bir kilogrammni tashkil etadi. Nafas olish bilan nafas chiqarish oralig‘ida bo‘shliq (vakum) hosil bo‘ladi. Qancha vaqt shu dinamik nasosdan foydalansak, shuncha vaqt yashaymiz. Biz och xolda o‘ttiz kundan ortiq yurish mumkinligini bilamiz. Lekin xavosiz bir necha daqiqagina bo‘la olamiz, xolos. Ko‘p umr ko‘rganlarni 50 yildan buyon kuzataman. Ularning barchasi sekin nafas oluvchilar ekanligini aniqladim. Yana shuni xam aniqladimki, odam qanchalik chuqur nafas olsa, bir daqiqada shunchalik kam marta nafas oladi va shunchalik umri uzun bo‘lar ekan. Tez-tez nafas oluvchilar kam umr ko‘rar ekanlar. Bu hayvonot dunyosida xam o‘z tasdig‘ini topadi. Masalan, quyon, dengiz cho‘chqasi va boshqa barcha kemiruvchilar tez-tez nafas oluvchilarga kiradi va bir daqiqada ko‘p marta nafas oluvchilar hisoblanadi. Ular kam umr ko‘radilar. Mana ko‘p yillardirki, men uyg‘onganimdan keyin chuqur va sokin nafas olish va nafas chiqarish mashqini bajaraman. Kun davomida shunday nafas olish mashqlarini vaqti-vaqti bilan takrorlayman.

Yog‘larning chuqur va sekin nafas olish amallari

Hidistonga sayohatlarim vaqtida, ovloq joylarda yuqori darajadagi ruxiy holatga erishish uchun mustahkam tana bo‘lishiga umrlarini bag‘ishlagan ruhoniylarni uchratganman. Ular har kuni ritmik chuqur va sekin nafas olish mashqlariga bir necha soat bag‘ishlaydilar. Bu xind ruxoniylari jismonan nixoyatda baquvvat bo‘lib, toza havo va chuqur nafas olish ularni vaqt qahridan omon saqlangan. Ximolay tog‘ etaklarida shunday kishilardan birini uchratdim va u menga 126 yoshdaligini aytdi. Uning menga yolg‘on gapirishining hojati yo‘q edi. Chunki u umri davomida ollox yo‘lida xizmat qilgan. U meni “tozalovchi chuqur nafas olish” deb nomlangan tizimga o‘rgatdi. Afsuski, hozir bu tizimning barcha tafsiloti haqida so‘zlab bera olmayman. U kishi ajoyib salomatlikka ega, boshida esa bir dona ham sochi oqarmagan edi. Uning barcha tishlari saqlanib qolgan va ko‘rinishi polvonlarga o‘xshardi. U yetti tilda bemalol gaplasha olardi. Men undan, bundan jismonan va aqliy faollikka qanday erishgansiz deganimda u: “menda chuqur nafas olish bo‘yicha katta tajriba bor va men har kuni tegishli nafas olish mashqlarini muttasil bajarib boraman” dedi. Men ayollardan ularning yoshi haqida so‘rashni xush ko‘rmayman. Lekin Hindistonga paraxodda ketayotib taxminan ellik yoshlardagi ayolni uchratib qoldim. Bu ayol yoshi sakson oltidaligini aytganda men qanchalar ajablanganimni bilsangiz edi. Bu ayol qarilikdan nishona ham bo‘lmagan go‘zal bir juvonday edi. Men bu xonimdan bunday go‘zalligi va salomatligi haqida so‘raganimda, bu ayoldan ham yukoridagi ruhoniydan eshitgan javobni yana bir bor eshitdim. Bu ayol chuqur nafas olishning ahamiyatini anglab yetgan edi. Yugurayotgan va sakrayotgan, o‘ynayotgan va velosipedda yurgan bolalarni bir kuzating. Ular u yoki bu mashqlarni bajarib kelgach shu darajada ko‘p kislorod yutadilarki, biz uni hatto tasavvur xam qila olmaymiz. Biz faoliyatimizni saqlab qolmog‘imiz kerak, biz piyoda ko‘p sayr qilib yurishimiz lozim. Havosi zaharlangan dunyoda yashayotganimizni bilaman va aynan shuning uchun xam chuqur nafas olishni mashq qilmog‘imiz lozim. O‘troq ish tarzidagi va jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishni xoxlamayotganlarni o‘z umrlarini ko‘ra bila turib qisqartirayotganlar deb bilaman.

Chuqur nafas olish

Mening Amas Stegg ismli futbol va yengil atletika bo‘yicha mashxur murabbiy do‘stim bo‘lardi. Mister Stegg 100 yildan ko‘proq umr ko‘rdi. Bundan uzoq umr ko‘rishning siri nimada deb so‘raganimda u shunday javob qildi: “hayotimning katta qismida men yugurdim va jismoniy mashqlarni bajardim, bu esa o‘z navbatida mening organizmimga katta miqdordagi kislorod yetkazib berdi.” Nyu-Yorkda Djeyms Xokking degan uzoq masofaga yurish bo‘yicha mamlakat chempioni bo‘lgan tanishim bor edi. Men mister Xokkingdan uning 100 yillik yubileyida undan: “Bunday mustahkam sog‘lik va uzoq hamda faol hayotning siri nimada?”,- deb so‘raganimda u shunday javob qaytardi: “Men juda ko‘p piyoda yuraman va chuqur nafas olaman”. Shunday qilib, ko‘rdingizki, kislorod xam ochlik singari tanadan zaxarlarni xaydaydi. Shaxsan men chuqur nafas olishga amal qilaman va ishonchim komilki, odamlar harakatlanayotgan xavoning erkin ta’siriga o‘z tanalarini tutmoqlari lozim. Mustahkam salomatlik uchun toza xavo juda zarur. Toza havo almashinishiga erishish uchun derazalari doimo ochik yotokxonada uxlamoq lozim. Men tunda o‘ranib yotmasam yaxshi uxlayman va uyqudan keyin xam o‘zimni yaxshi xis qilaman. Issiq o‘ranaman deb biz tanamizning kislorod olishi uchun imkon bermaymiz. Agarda sizning umringizning katta qismi o‘tirish bilan bog‘liq bo‘lsa, buning o‘rnini qoplash uchun siz toza xavoda ko‘prok piyoda sayr qilish va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishingiz lozim bo‘ladi. Siz 3-5 kilometrlik masofani piyoda sayr qilish bilan ko‘p muommalaringizni hal etasiz. Kechki uzoq sayr meni kunlik charchoqlardan xalos qiladi. Kechki ovqatdan keyin har bir kishi uch kilometrlik piyoda sayr qilmogi lozim deb hisoblayman. Bugungi kunda biz o‘tiruvchilar irqi hisoblanamiz. Biz havo va kislorod tanqisligini sezamiz. Biz o‘z tanamizdagi barcha korbanat kislotasini chiqarib tashlay olmaymiz va shuning uchun dam og‘riqlar, qiynoqlarga botgaymiz va barvaqt qarib qolishga mubtalo bo‘lamiz. Buning barchasiga sabab bizning o‘ta yalqov va loqaydligimizdir. Barcha shaharlarni ko‘chalarida rangsiz va ezilgan kishilarni uchratish mumkin. Buning barchasiga sabab ularga kislorod yetishmasligidir. Lekin ochlik vaqtida siz tananing chuqur nafas olishi uchun imkon bermayotgan karbonat kislotasidan xalos bo‘lasiz. Shunday qilib, ochlik vaqtida, ertalab yoki kechqurun oz bo‘lsa-da, piyoda sayr qilishingiz lozim. Faol inson bo‘lish qoidasiga amal qiling. Bu toza havoga chiqish, sayr qilish, yugurish, suzish, o‘yinga tushishlarni anglatadi. O‘z tanangizda karbonat kislotasining to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymasligingiz lozim, unga imkon bersangiz yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib ochlik dasturiga amal qila turib, kuniga 2-3 kilometrlik piyoda sayrni odat qilmog‘imiz lozim. Ana shu sayr davomida sekin va chuqur nafas olishga e’tibor qaratmog‘imiz lozim. Men sizga aytganlarimni esga oling, qanchalik sekin va chuqur nafas olsangiz, shunchalik ko‘proq umr ko‘rasiz. Agarda chuqur nafas olishni ochlik bilan qo‘shib amalga oshirsangiz, umringizga uzoq yillar umr qo‘shgan bo‘lasiz.

© Pol Bregg «Ochlik mo‘jizasi» kitobi. Ziyouz.uz