Har bir fikrlaydigan kishi, qachondir o‘ziga: “hayotda men uchun eng aziz narsa nima?”, deb savol bermog‘i lozim. Buyuk komik aktyor Ed Uinn donishmandlik bilan ta’kidlagan: “Agarda sog‘liq bo‘lmasa, boylik va obro‘ arzimas narsalardir!”- degan gapni keltirmoqchiman. Bu qanday xolki, inson obro‘li va badavlat bo‘lsayu, sog‘ligi bo‘lmasa? Boy kishilar o‘zlari uchun baxtni sotib ololmaydilar. Inson mashxurlikka erisha olishi mumkin, ammo bu hali to‘lik baxt soxibi degani emas. Men boylikni atay qadrsizlantirayotganim yo‘q. Bizning tamaddunimizda pul va obro‘, albatta, katta o‘rin tutadi. Qulaylik va lazzat ko‘pchilik odamlar uchun juda muximdir. Insonning bor bisotini olingu, unga sog‘liq bering. Ana shunda insonning birinchi istagi, yo‘qotgan boyligini qaytarib olish bo‘ladi. Bordi-yu, insonda boylik xam, salomatlik xam but bo‘lsa, unda biz nomini xam aytishga xayiqadigan, lekin xayotiy xaqiqat - O‘LIM xaqida o‘ylay boshlaymiz. Qiyinchiliklar tufayli xayotdan to‘yib ketgan damlarda xam, yashash uchun qanday kurash kechishini bilasiz! O‘limga qarshi qalb quringiz bilan kurashishga tayyorsiz! Yashash uchun katta matonat bilan kurashasiz! Insoniyatning buyuk orzusi bu - sog‘lom bo‘lish va uzoq umr ko‘rish! Agar inson salomat va yoshlik kuch-quvvati bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa, dunyoda u o‘zini o‘z uyidagidek xis qiladi, abadiy yashashni istaydi.

Hayotni sevaman va yashashni istayman! Indometatsin maz.

Salomatlik xaqidagi ma’ruzalarimda talabalik davrimdagi qo‘shiqning quyidagi so‘zlarini ko‘p eslab turaman: “Men hayotni sevaman va yashamoqni istayman!” Bu qudratli so‘zlar har birimizning yashirin istaklarimizni ifodalaydi. Xayotning o‘zi -bir mo‘’jiza. Bu mo‘’jiza esa bizning ixtiyorimizda. Hayot - jozibali. Bu xazinalar xazinasidir! Odam Ota va Momo havoning jannat bog‘ida yashagan davridan boshlab inson umrini uzaytirish eng muxim muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Ko‘plab yunon va fors donishmandlari xristianlikdan necha yuz yillar oldin bu muammoni xal etish uchun o‘rindilar, lekin natija chiqmadi. O‘rta asr sxolastlari xam bu masala bilan ko‘p shug‘ullandilar. Albatta, ular xam biror natijaga erisha olmadilar. Bu masalani yechish uchun XX asrning bilimdonlari xam ko‘p ter to‘kishdi. Dunyo paydo bo‘lgandan buyon birorta odam o‘limdan qochib qutula olmadi. Lekin baxtsiz xodisalarni hisobga olmaganda, odamlar tozalik va parxezga rioya qilgan xolda, ko‘p yillar yashashga erishmog‘i mumkin. Har bir inson o‘zi uchun, yaqinlari uchun, vatani uchun shunday qilmoqlari lozim. Tana sog‘ligi xaqida doimiy g‘amxo‘rlik qilgandagina uzoq umr ko‘rish mumkin. Zero to‘g‘ri amalga oshirilgan ishgina inson umrini muayyan darajada uzaytirib, uni foydali fuqaroga aylantirishi mumkin. Xar bir insonning 120 yil kam umr ko‘rmasligiga ishonaman. Bu haqida ”Injil” da xam ta’kidlanadi. Inson umrining uzoqligi sog‘lom kishining juda qulay sharoitda yashab o‘tgan umriga teng bo‘lmog‘i lozim.

Zararli odatlar odamlarni o‘ldirmoqda!

Inson ko‘p yeyish va ichishdan uyatsizlarcha o‘zini tiya olmagani uchun o‘ziga o‘lchab berilgan umrning yarmini xam yashamay olamdan ko‘z yumadi. Jonivorlar, agarda ularga noqulay tashqi muxit ta’sir etmasa, o‘z umrini to‘liq kechiradilar. Bu qoidadan istisno bo‘lgan yaratiq birgina insondir. Millionlab jonzotlar ichida, extimol, birgina inson tabiat ato etgan umrning oxirigacha yashamaydilar. Xayvonlar tuta instinkt tufayli qanday yashash, nima yeyish va ichishni biladilar. Agarda ular yarador yoki kasal bo‘lsalar, odatda ochlikni ixtiyor qiladilar. Xayvonlarga nima foydali bo‘lsa, instinkt o‘shani yeyishga majbur qiladi. Inson esa qiyin xazm bo‘ladigan narsalarni yeb, zaxarli ichimliklar ichib oladi-da yana nega yuz yil xam yashamaganiga xayron bo‘ladi. Biz nazariyada uzoq yashashni xoxlaymiz, amalda esa umrimizni qisqartirish uchun harakat qilamiz. Bunda bir ma’no bormi? Shunday mukammal yaralgan inson vujudi, xatto uning xar bir zarrasidagi barkamollik va ko‘rinishidagi go‘zallikning barchasini, shu insonning o‘zi tomonidan bema’nilarcha vayron qilinishi jumboq bo‘lib kelmoqda! Buni oqlashga o‘rin yo‘q! Jaxonga mashxur san’at asari bo‘lmish Rimdagi marmardan ishlangan Appolon xaykali bizning ko‘plab vatandoshlarimizning go‘zal tanalaridan chiroyli bo‘lmasa-da, shu marmar xaykalni, qimmatbaxo brilliantni extiyot qilgandek extiyot qilishadi, lekin binoyidek o‘qimishli, farosatli tirik inson esa, o‘z tanasiga, mushugi va kuchugiga qaraganchalik xam e’tibor qilmaydi. Barcha sog‘lom fikrli kishilar uzoq baxtli va foydali xayot kechirishni xoxlaydilar. Uzoq umr ko‘rish va mustahkam sog‘liqqa ega bo‘lish qoidaga aylanishi lozim edi, afsuski xayotda istisnoga aylangan.

Kasallik- jinoyat, jinoyatchi bo‘lmaylik.

Asr boshida men buyuk inson Bernard Makfedden bilan tanishdim va yaqin aloqada bo‘ldim. Bu inson jismonny tarbiya xarakati asoschisi va “Jismoniy tarbiya” jurnali noshiri xam edi. Shu jurnal muqovasida “Kasallik bu - jinoyat, jinoyatchi bo‘lmaylik!” degan yozuv bo‘lardi. Jismoniy kamquvvatlik, lanjlik va kasallanish, nazarimda jinoyatchilik bilan barobardek va shu bilan insonning go‘zal tanasiga xaqorat deb bilaman. Sog‘ligimni tiklab va ozroq o‘nglanib olganimdan buyon tanamning doimo baquvvat bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘raman. Bardamlik, sog‘lik, serg‘ayratlikning yuksak g‘oyalariga amal qila boshlaganimdan buyon shunchalar ko‘p naf ko‘rdimki, xatto men o‘zimni “salomatlik millioneri” deb atayman. Yoshinga bog‘lik bo‘lmagan xolda sog‘lomliging quvonchidan  rohatlanish, salomatlik millioneri bo‘lish uchun qanchalar mexnat qilsang arziydi. Qarilikni bilmaydigan so‘nmas salomatlikning siri ichdan tozalanish va tabiiy oziq-ovqatlar yordamida tiklanish xisoblanadi. Shuningdek, toza havo, ochlik, jismoniy tarbiya, dam olish va xokazolar insonni poklovchi vositalardir. Agarda siz tanangizni vaqti-vaqti bilan ochlik va tabiiy ne’matlar bilan tozalashni niyat qilgan bo‘lsangiz, vujudingizda jismoniy ish bajarish extiyoji tug‘iladi. Agar shu jismoniy xarakat tufayli tanangizni qanday bo‘lishini xohlasangiz, o‘shanga erishasiz. O‘ylab ko‘ring! Siz o‘z tanangizni jismoniy mukammallik darajasiga olib borishingiz mumkin. Mazkur kitobdagi bilimlarni o‘zlashtirib olsangiz va amal qilsangiz to‘laqonli xayot nashidasini surasiz! Inson tabiatning tengsiz hodisasidir. Lekin uni boshqarayotgan qonunlar o‘rganishga erinmagan va tana hayotini doimiy ravishda kuzatib borganlar uchun oddiy va tushunarlidir.Xayot baxtli va quvnoq sarguzashtdek bo‘lishi mumkin. O‘zingizni o‘zingiz bilishingiz masalasi cheksizday tuyuladi, lekin xodisalarga ochiq-ravshan aql bilan qarash va ana shu oddiy, ammo aniq qonunlardan xar kuni muntazam foydalanish tufayli hayot nafaqat maroqli sarguzashtga, balki ajoyib quvonchga xam aylanadi. [su_quote cite="Pol Bregg"]Har birimiz salomatlikning ana shu xayotiy yo‘nalishiga rioya qilmog‘imiz lozim. Buni yillar davomida o‘rganing va u sizga xar kuni sog‘lom, uzoq va to‘laqonli umringizdan qanoatlanish, quvonch, baxt keltiradi.[/su_quote]

 © Pol Bregg «Ochlik mo‘jizasi» kitobi. Ziyouz.uz