Yaqindagina “Gripp” to‘g‘risida suhbatlashgan edik. Gripp haqida batafsil o‘qish. Va shu maqola so‘ngida “Gripp va uning asoratlarini xalq tabobati usulida davolash” haqida ham ma’lumot berishimizni aytib o‘tgan edik. Bugun shu vadani bajargan holda xalq tabobati orqali gripp va uning asosiy asoratlarini davolash to‘g‘risida suhbatlashamiz!
Hozirgi berayotgan ma’lumotlarimiz ilmiy-ommabop kitoblardan ( Avitsenna asarlari asosidagi ) olingan.
Piyozdan gripp uchun sirop tayyorlash mumkin. U gripp hamda uning asoratlarni davolashda ancha samarali. Buning uchun 1 bosh piyoz archiladi, maydalab to‘g‘raladi, qo‘l orqali ezib maydalanadi va unga 150 gr shakar sepiladi. So‘ngra bir necha soat o‘tgach siqib suyuqligi olinadi. Bu olingan suyuqlik, sirop har soatda 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.
Bundan tashqari,
- Sarimsoq piyozni ezib 2-3 daqiqa davomida uni hidlash ham samarali natija beradi.
- Bug‘li ingalyatsiyalar; moychechak, soda eritmasi ustida 2-5 daqiqa davomida boshni o‘rab taralayotgan bug‘dan nafas olish tavsiya etiladi.
- Yarim kilogram piyoz, yarim payola toza asal, 4 piyola shakarni aralashtirib 3 soat past olovda qaynatiladi. Va sovutib sirli idishga solinadi. Kuniga 4-5 mahal 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinsa, gripp, shamollash, yo‘tal hamda gripp asoratlariga ancha foydali.
- Agar gripp natijasida bosh, burun, quloqda og‘riq paydo bo‘lsa, turp shirasidan har bir burunga 7-10 tomchi tomiziladi yoki paxtaga turp shirasini shimdirib, burunga tiqib qo‘yish mumkin.
- 1 bosh sarimsoqni ezib maydalab, 100 gramm saryog‘ yoki mol yog‘i bilan aralashtiriladi. Hamda har kuni kechasi oyoq tagiga surtiladi.
- Chilonjiydaning damlamasi gripp natijasida kelib chiqadigan nafas yo‘llarining turli yallig‘lanish kasalliklarida (rinit, laringit, bronxit) foydali. Bu damlamani tayyorlash uchun 20 gramm meva yarim choynak qaynagan suvda 1 soat damlab qo‘yiladi.Suzib, damlamadan kuniga 3 mahal ovqatlanishdan oldin ichiladi.
Bilasizki, barcha mavsumiy kasalliklar, asosan, organizmning immuniteti sustlashganda yuzaga keladi. Shuning uchun doimiy ravishda na’matak damlamasidan iste’mol qilib yurishingiz sizni gripp va shu kabi kasalliklardan “emlaydi”.
Salomat bo‘ling!!!
Mavzuga aloqador maqolalar:
Ushbu maqolani ham o'qing:
Grippni davolash uchun qo‘shimcha tabiiy muolajalar