Bolalarda gijjalar paydo bo‘lishi eng katta xavf-xatarlardan biridir. Organizmda bunday parazitlarning paydo bo‘lishi bolaning rivojlanishiga yomon ta’sir ko‘rsatishidan tashqari, ovqat hazm qilish tizimida ham namoyon bo‘ladi.
Shifokorlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har 10 bolaning 8 nafarida parazitlar aniqlanadi. Lekin gijjalarning alomatlari hammada ham namoyon bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik bolalarda gijjalar yashirin shaklda paydo bo‘ladi.
Gijjalar bola organizmiga qanday tushadi?
Bolalarda me’da-ichak yo‘llari mutlaqo himoyasiz bo‘lgani uchun, uning bu sohadagi ta’sirlarga duchor bo‘lish va yuqtirish imkoniyati kattaroq bo‘ladi. Bakteriyalarning bola organizmiga tushishi asosiy variantlari: uy hayvonlari, sifatsiz oziq-ovqatlar (go‘sht, baliq, sut, sabzavotlar va boshqalar) orqali. Shuningdek, asosiy sabab – bolaning shaxsiy gigiyenasi buzilishi.Bolalarda gijjalar paydo bo‘lgani alomatlari
- ko‘ngil aynishi;
- so‘lak ajralishi;
- kindik atrofidagi og‘riqlar;
- ich kelishining izdan chiqishi;
- tez charchab qolish;
- tez-tez bosh og‘rishi;
- uyqusida tishini g‘ijirlatishi;
- bezovta uyqu;
- dermatit ko‘rinishidagi teri reaksiyalari.
© Mail.ru / Daryo.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Bola necha yoshda gapiradi? "Tili chiqishi" kechikishiga sabablar nima?