Quruq yo’tal sabablari va samarali davolash usullari

Quruq yo’tal – nafas yo’llari kasalliklarida eng ko’p kuzatiladigan simptom. Bu holat har qanday odamda uchrashi mumkin – yosh, qari, erkak, ayol buning ahamiyati yo’q. Har qanday holatda ham kasallik tufayli yuzaga kelgan yo’talni bartaraf etish hamda bemor ahvolini yengilashtirish lozim.

Quruq yo’tal

Quruq yo’tal sabablari

Yo’tal nafas yo’llariga yot jism tushishi yoki balg’am to’planib qolganda yuzaga keladi – aynan yo’tal organizmning ximoya mexanizmlaridan biridir. Ammo, quruq yo’tal vaqtida balg’am to’planmaydi, yo’tal bilan birgalikda tomoqda qichishish va diskomfort ham kelib chiqadi.

Quruq yo’tal sabablari:

Deyarli barcha nafas yo’llari infeksion kasalliklari quruq yo’tal bilan namoyon bo’ladi. Agar davo muolajalari to’g’ri olib borilsa, quruq yo’tal nam yo’talga o’tadi. Agar quruq yo’tal uzoq muddat davom etadigan bo’lsa, yo’tal xarakteri o’zgarmasa, yallig’lanish jarayoni o’pkalarni ham qamrab olayotganligidan dalolat beradi.

Muhim!

Quruq yo’talni davolashdan avval, yo’talga sabab bo’layotgan asosiy kasallikni aniqlab olish zarur. Buning uchun albatta, shifokor ko’rigidan o’tish kerak – faqatgina shifoxona sharoitidagina, kerakli tekshiruvlardan o’tgan holda yo’talning asl sababini aniqlash mumkin.

Quruq yo’tal ko’rinishi

Tibbiyot sohasida quruq yo’talning 3 xil ko’rinishi farqlanadi:

  • Jarangsiz yo’tal – bu simptom o’pka o’sma kasalliklarida yoki sil kasalligida kuzatiladi;
  • Xirildoq yo’tal – virusli kasalliklarda kuzatiladi, ko’pincha ovoz boylamlari zararlanadi;
  • Jarangdor yo’tal – yo’talning bu ko’rinishi ko’pincha yosh bolalarda kuzatiladi va bu ko’k yo’tal belgisi bo’lib keladi.

Quruq yo’tal tamaki mahsulotlari chekuvchi insonlarda ham kuzatiladi – odatda yo’tal kunning birinchi qismida, tongda ko’proq yuzaga chiqadi (uyqudan uyg’onganda yoki jismoniy harakat qilganda). Chekuvchi insonlarda surunkali quruq yo’tal bronxitga olib keladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Shamollashni davolash uchun tabiiy retseptlar

Agar yo’tal bronxial astma sababli yuzaga kelsa davo muolajalariga jiddiy eʼtibor qaratish lozim, doimo shifokor nazoratida bo’lish va tekshiruvlardan o’tib turish tavsiya etiladi. Bronxial astmaning xatarli jihati shundaki, kasallik natijasida o’pka shishi kelib chiqishi mumkin va bunday vaziyatda tez tibbiy yordam ko’rsatilmasa o’lim holati ham sodir bo’lish ehtimoli bor.

Quruq yo’tal davosi

Davo muolajalari quruq yo’talni to’xtatishga qaratilmaydi. Yo’talga sabab bo’layotgan asosiy kasallikni davolash natijasida yo’tal ham o’z-o’zidan kamayadi, bemorning ahvoli yaxshilanadi. Ko’pincha quruq yo’tal vaqtida og’riq qoldiruvchi vositalar qo’llaniladi – ular tomoqni yumshatadi, diskomfort hissini kamaytiradi. Ammo, bu kabi preparatlarni yosh bolalarga berish qatʼiyan mumkin emas.

Bolalarda quruq yo’tal davosida quyidagi chora tadbirlar qo’llanilishi mumkin:

  • Iliq sutga asal qo’shib berish;
  • Bola istiqomat qiladigan xonaning namligini taʼminlash;
  • Efir moylari, tuzli eritmalar bilan ingalyatsiya qilish.

Eʼtibor bering: agar quruq yo’tal yuqoridagi chora tadbirlarni bajarganda ham 2-3 kun ichida o’tib ketmasa, darhol shifokorga murojaat eting, shifokor dori preparatlari buyurishi mumkin.

Quruq yo’talda yordam beruvchi dori vositalari

Diqqat!

Quyida keltiriladigan dori preparatlardan foydalanishda avval shifokor bilan maslahatlashing, preparatlarning nojo’ya taʼsirlari va qarshi ko’rsatmalar mavjud.

Yo’talda yordam beruvchi bir necha dorilar mavjud, ular quyidagilar:

Aleks Plyuks. Bu preparat tarkibida yo’talga qarshi hamda balg’am ko’chiruvchi moddalar bor. Kattalar uchun 3-4-marta bir kunda 2-4 plastilka, 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 marotaba 1-2 plastilkadan, 7-12 yosh bolalarga 3 marotaba 2 ta plastilkadan berish mumkin.

Bronxolin Shalfey. Bu preparat sirop ko’rinishida chiqariladi, yo’talga qarshi va bronxlarni kengaytiruvchi xususiyatga ega. Taʼsir etuvchi modda efedrin va glautsin bo’lib, efedrin bronxlarni kengaytiradi va shishni kamaytiradi, glautsin esa yo’talni kamaytiradi. Kattalar uchun 1 osh qoshiq 3-4-marta sutkada, 3-10 yoshdagi bolalarga 1 choy qoshiqdan 3-marta sutkada qabul qilish mumkin.

Bronxikum. Bu preparat dorivor o’simliklardan tashkil topgan. Yo’talga qarshi, yallig’lanishga qarshi va balg’am ko’chiruvchi taʼsirga ega. Katta yoshdagi insonlarga 1 choy qoshiqdan 5-6-marta sutkada, 5-12 yosh bolalarga 1 choy qoshiqdan 3-4 marotaba, 1-4 yoshdagi bolalarga esa yarim choy qoshiqdan 2-3 marotaba sutkada berish mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jigar kasalliklar o‘zini qanday ma’lum qiladi?

Geksapnevmin. Bu dori murakkab tuzilgan bo’lib, antigistamin, yo’talga qarshi va mikroblarga qarshi taʼsirga ega. Bu preparat faqatgina 8 yoshdan katta bolalarga qo’llash mumkin, kattalarga 2-3 choy qoshiq bir sutkada qabul qilish mumkin.

Insti. Bu preparat balg’am ko’chiruvchi, mukolitik va yallig’lanishga qarshi taʼsirga ega. Granulalar ko’rinishida chiqariladi, uning tarkibi dorivor o’simliklarda iborat. Insti sutkada 2-3 marotaba qabul qilish kerak, buning uchun bir o’ramdagi granulalarni bir stakan qaynoq suvda eritish kerak bo’ladi.

Kodelak. Yo’talga qarshi kuchli taʼsir etuvchi vosita, uning tarkibi kodeindan iborat. Kattalarga 1 tabletkadan 2-3-marta sutkada, bolalar uchun sirop ko’rinishida chiqariladi va sutkada 5 ml.gacha qabul qilish mumkin.

Sinekod. Sirop, yo’talga qarshi taʼsirga ega. Taʼsir etuvchi vosita butamirat, yo’tal markazini bloklaydi, ammo nafas faolligini pasaytirmaydi. Kattalar uchun 15 ml ovqatdan oldin sutkada 3-marta qabul qilish mumkin, bolalar esa 6-12 yoshda 10 ml.dan 3 marotaba sutkada . 3-6 yoshdagi bolalar esa 5 ml.dan sutkada 3 marotaba qabul qilish mumkin.

Quruq yo’tal davosi

Quruq yo’tal davosida xalq tabobati

Xalq tabobatiga tayanib quruq yo’taldan xalos bo’lish mumkin, bu muolajalar ancha samarali. Odatda ingalyatsiya, kompress va damlamalarni ichga qabul qilish mumkin.

Quruq yo’talda ingalyatsiya

Yo’taldan xalos bo’lish uchun iliq, nam, yog’li va bug’li ingalyatsiya o’tkaziladi. Ingalyatsiya yordamida dori preparatlarini ham bronxlarga to’g’ridan-to’g’ri yuborish mumkin.

Ingalyatsiya qilish uchun quyidagi dorivor o’simliklardan foydalaniladi:

  • Romashka;
  • Evkalipt;
  • Myata (yalpiz);
  • Zveroboy;
  • Shalfey.

Bu vositalarning barchasi yallig’lanishga qarshi, balg’am ko’chiruvchi va antiseptik taʼsirga ega. Ingalyatsiya o’tkazish juda oson – yuqorida keltirib o’tilgan o’simliklardan damlama tayyorlanadi va biror-bir idishga solinadi, og’iz bilan nafas olgan holda damlamadan chiqayotgan bug’ yutiladi va burun bilan chiqariladi. Muolaja 20 daqiqadan oshmasligi kerak.

Dorivor o’simliklar yordamida ingalyatsiya qilish va muolajaning samarasini oshirish uchun efir moylaridan qo’shish mumkin (sosna, evkalipt, oblepixa moyi).

Damlamalar

Dorivor o’simliklardan tayyorlangan damlamalarni ichga qabul qilishga tayyorlash juda oson.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Taloq kasallansa...

Iliq sutga asal qo’shing. Bunday mazali va yo’talda foydali bo’lgan aralashma bolalar uchun ham kattalar uchun ham qo’llasa bo’ladi. Albatta, bunda bemorda asal yoki sutga bo’lgan allergik reaksiyalar yo’qligiga ishonch hosil qiling.

Sut va asalli damlamaga 1 choy qoshiq o’simlik moyidan qo’shish ham muolaja samarasini oshiradi.

Kompresslar va boshqa muolaja turlari

Shifokorlar tavsiyasiga ko’ra aynan kompress muolajasi quruq yo’tal uchun eng yaxshi samara beruvchi usul hisoblanadi. Uni quyidagi usulda tayyorlash mumkin:

  • 1 qism olma sirkasi olinadi;
  • Uni 3-marta suvda suyultirish kerak bo’ladi;
  • Eritmaga 1 choy qoshiq asal qo’shiladi;
  • Tayyor bo’lgan aralashmani dokaga shimdiriladi;
  • Nam salfetkani ko’krak qafasiga joylashtiriladi (bunda yurak joylashgan soha ochiq qolishi lozim);
  • Ko’krak qafasi sohasi issiq mato bilan o’raladi (jun yoki issiq kiyim).

Bundan tashqari, xalq tabobatida quruq yo’talni yumshatuvchi bir necha usullar ham bor:

  • 1 dona limonni olib suvi siqiladi. Siqib olingan limon suviga 1 choy qoshiq tibbiy glitserin va asal qo’shiladi. Tayyor bo’lgan aralashmadan 1 choy qoshiqdan sutka davomida 5-6-marta ichiladi;
  • 2-3 dona sholg’om oling. Uning orasini o’yib oling va asal bilan to’ldiring. So’ngra sholg’omni bug’da yoki gaz pechkasida yumshoq bo’lgunga qadar pishiring. Tayyor bo’lgan mahsulot ham mazali ham quruq yo’talni yumshatuvchi xususiyatga egadir.

Yo’tal va uning xususiyatiga ko’ra dori preparatlarini qanday tanlash kerak?

  • Quruq, azoblovchi, doimiy xurujsimon, uyquni buzadigan – yo’talga qarshi vositalar;
  • Balg’am ko’chishi qiyin, uyquni buzmaydi, doimiy emas – balg’am ko’chiruvchi preparatlar (masalan Gerbion);
  • Quyuq, yopishqoq, balg’am ko’chishi qiyin – mukolitik preparatlar;
  • Nafas olingan havoga nisbatan bronxlar va traxeyaning sezuvchanligining oshishi – balg’am ko’chiruvchi va yumshatuvchi preparatlar.
Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button