Dismorfofobiya sindromi tushunchasi ostida sohta yoki asoslanmagan, oshirib ko‘rsatilgan jismoniy yetishmovchilik to‘g‘risidagi xasta fikrlar tushuniladi. Miyadan ketmaydigan o‘rinsiz shubha, xavotir va qo‘rqinchli fikrlar – dismorfofobiya deb ataladi.
Ko‘pchiligimiz o‘z tanamizdan unchalik mamnun emasmiz. Masalan, burun, quloq, ko‘krak yoki hamma ham ko‘ravermaydigan tana a’zolaridan. Biroq ushbu norozilik kasallik darajasiga yetganda insonlar bilan normal munosabatda bo‘lish va baxtni his qilishga halal beradi, o‘ziga e’tibor tortib, kishini ta’qib qiladi. Bu kasallik – dismorfofobiyadir (DMF).
Butunlay normal ko‘rinishdagi kishi o‘zining tasavvuridagi jismoniy kamchiliklaridan tashvishga tushsa – DMF paydo bo‘ladi. Yoki bunga tashqi ko‘rinishdagi arzimagan kamchiliklarni bo‘rttirish ham sabab bo‘ladi.
Doktor Ketrin Fillipsning fikricha DMF avval taxmin qilinganidan ko‘ra ancha kengroq tarqalgan. Garchi shifokorlar va jamoatchilik hanuzgacha bu hodisani jiddiy o‘rganib chiqmadilar, DMF dan aziyat chekuvchi bemorlar soni anoreksiya, bulimiya va nevroz bilan og‘rigan bemorlar soniga tenglashtiriladi. Tadqiqotlardan biri shuni ko‘rsatadiki, kishilarning 70%i o‘z tana a’zolarining birontasidan «norozilar»., 46%i bundan havotirdalar, 28%ida esa «kasallikning barcha belgilari kuzatiladi».
DMF bilan og‘rigan bemorlar o‘z tasavvurlaridagi hayoliy kamchiliklaridan nihoyatda uyaladilar. Ba’zan havotir ularni tahlikaga solganida boshqa hech narsa haqida o‘ylay olmasliklarini aytadilar. Ayrimlar esa ko‘zgu oldidan o‘z hayoliy nuqsonlarini yana bir bor ko‘zdan kechirmay o‘ta olmaydilar. Shunday kishilar ham borki, ular o‘z nuqsonlarini ko‘rmaslik uchun ko‘zgularni chetlab o‘tadilar.
Afsuski bunday holatda inson o‘z qadri va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi. Agar kishi biron tana a’zosini juda yomon ko‘rsa, qolganlaridan ham nafratlanishi hech gap emas. DMF natijasidagi ruhiy zo‘riqish shunchalik jiddiy bo‘lishi mumkinki, odam chuqur depressiya holatiga tushib, xatto o‘z joniga qasd qilishi mumkin.
Do‘stlari va oila a’zolari kamchiliklari hayoliy ekaniga ishontirsalar ham DMF bemorlari o‘z fikrida turib oladi. Bu faqat ularga emas atrofdagilarga ham bog‘liq. DMFdan aziyat chekuvchi bemorlar «atrofdagilar nuqsonli a’zolariga to‘xtovsiz qarashlari»ni aytadilar. «O‘zlarini qaramayotgandek ko‘rsatadilar» deb qo‘shib ham qo‘yadilar.
DMFning kengroq tarqalgan nevrozdan farqi, DMF bemorlari ularning havotirlari hech bo‘lmaganda «g‘alati» ekanini tushunadilar. Bunday hollarda bemorlar asosan yuzdagi kamchiliklar: ajin, dog‘lar, chandiqlar, ko‘rinib turuvchi qon tomirlari, terining rangsizligi yoki qizarishlar, terlash sochlarning siyrakligi yoki o‘ta qalinligi, tananing noproporsional ekanidan shikoyat qiladilar. Havotirning sababi tananing har qanday qismi bo‘lishi mumkin.
Shunisi qiziqarliki, vaqt o‘tishi bilan norozilik bir tana a’zosidan boshqasiga o‘tishi mumkin. Masalan 20 yoshda kishini bir «muammo» qiynagan bo‘lsa, 40 yoshda uni butunlay boshqa tana qismi tashvishga soladi.
G‘arbda DMF bilan erkaklarga qaraganda ayollar ko‘proq og‘riydilar. Bu muammo bilan ruhshunosga murojaat qiluvchi har erkakka 1,3 bemor ayol to‘g‘ri keladi.
Fillipsning fikricha, DMF ko‘pincha oilaviy va kasbiy qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Ko‘pchilik bemorlar o‘zlaridan uyalib odamlar ko‘ziga ko‘rinishdan qo‘rqqanlaridan, kunning ko‘p qismini uyda o‘tkazadilar. Ayrimlar umuman ko‘chaga chiqmaydilar. Bir hodisada tasavvurdagi «yuzning terlashi» tufayli o‘smir qiz tengdoshlari unga qaramasliklari uchun maktabni tashlashga majbur bo‘ladi. Boshqa holatda esa uyda ishlovchi bir kishi odamlar uning «hunuk tanasi»ni ko‘rmasliklari uchun ko‘chadagi daromadliroq ishdan voz kechadi.
DMF muammolari turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Bir ayol sochlarini ikki tarafdan ideal simmetrik qilish uchun ularni kuniga 8 soat kesgan. Boshqasi esa to‘xtovsiz ravishda yuzidan kattalashtiruvchi oyna yordamida ortiqcha tuk qidirgan.
Ayrim mutaxassislarning fikricha, DMF bemorlarining umumiy belgilari mavjud. Kimdir idealga erishishni xohlaydi, boshqasi esa o‘ziga nisbatan nihoyatda talabchan, yana biri o‘ziga ishonchsiz, ta’sirchan yoki uyatchan. Boshqa shifokorlar DMF avloddan-avlodga o‘tadi deb hisoblaydilar.
Janubiy Karolinalik tadqiqotchilarning kuzatuvlariga ko‘ra DMF asosan sotsiofobiya (jamoatga qo‘shilishdan qo‘rqish) bilan og‘riydigan bemorlarning 11%ida, vahimali ruhiy zo‘riqishdagi bemorlarning 2%ida uchragan.
Boshqa bir tadqiqotda esa Fillips bemorlarning 97%i terida sanchiqlar sezishini bayon qiladi. Shu bilan birga bemorlar ko‘pincha haqiqatdan ham nuqsonli ekanliklariga dalil izlaydilar.
Tabiiyki, bunday kishilar bir qator keraksiz plastik jarrohliklarga tayyorlar. Kuzatuvlarga ko‘ra plastik jarrohlik bemorlarining har 50 tadan 1 tasi DMF bilan og‘riganlardir. Bemorlar ko‘pincha elektroliz yoki soch va teri ko‘chirib o‘tkazishni so‘rab dermatolog va boshqa mutaxassislarga murojaat qiladilar. Biroq Fillipsning ogohlantirishicha DMF bemorlarining nuqsoni jismoniy emas, balki ruhiy bo‘lgani sababli ular ko‘pincha davolash natijasidan qoniqmaydilar.
Fillipsning so‘zlariga ko‘ra ruhshunoslar bu kasallikni kam uchratadilar, sababi DMF bemorlari dermatolog, umumiy amaliyot shifokori va plastik jarrohlar qabuliga ko‘proq boradilar.
Biroq eng avvalo bu bemorlar aynan psixoterapevtik yordamga muhtojlar. Yaxshiyamki DMFni psixoterapiya hamda moslashish va dori vositalari (antidepressantlar) yordamida samarali davolash mumkin.
Bemorning qiziqish va intilishlariga asoslangan terapiya keng tarqalgan bo‘lib, bunda bemor o‘z muammolari va ularni yechishdagi say-harakatlarini belgilab oladi. Bir tadqiqotda aytilishicha umumiy depressiya va tashvishlanish holatining pasaytirilishi ham juda muhim ekan.
DMF turli ijtimoiy guruhlar va turli xalqlarda uchraydi. DMF bemorlarining 85%i turmush qurmaganlardir. Ko‘pincha bu dardning ilk belgilari o‘smirlik paytlarida paydo bo‘lib, keyinroq – 30 yoshlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Kasallik belgilari bemorni butun umr ta’qib qilishi, yoki davolash natijasida yo‘qolishi mumkin.
DMFning sababi nimada?
Ayrim mutaxassislarning tahminlariga ko‘ra DMF chuqur nevroz, sotsiofobiya yoki depressiya bilan bog‘liq bo‘lgan miya faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Doktor Erika Xollanderaning aytishicha serotonin hamda dofamin ham bu dardning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ekan.Karen voqeasi
Bunday qomat uchun ayollar qotillik qilishlari, erkaklar esa jon berishlari mumkin. U – Avstraliyaning eng go‘zal ayoli. Biroq Karen o‘zining hunuk ekaniga ishonchi komil. U o‘z tovonlarini juda hunuk deb hisoblaydi, shuning uchun ham hatto yozda yopiq oyoq kiyimlar kiyib yuradi. U suzishni juda yaxshi ko‘rsada, hovuzlarga borishdan bosh tortadi, va hatto jinsiy aloqa paytida ham paypoqlarini yechmaydi. U hech kimga o‘z tovonlarini ko‘rsatmaydi. Karenning so‘zlariga ko‘ra – «men esimni tanibmanki, tovonlarim juda hunuk bo‘lgan». U model yoki aktrisa bo‘lishni juda istaydi. Biroq sahnada yoki suratga tushish paytida odamlar uning tovonini ko‘rib qolishlaridan qo‘rqqanligi sababli ko‘plab takliflarni ra’d etadi. Hozirda u kotiba bo‘lib bo‘lib ishlamoqda va DMFdan davolanish kursini o‘tamoqda.Margo Heminguey voqeasi: DMF va o‘lim
Shunisi ajablanarliki, o‘z go‘zalligi bilan mashhur kishilar ham DMFdan chetda qolmaganlar. Aksincha, ularda bu dard chuqurroq bo‘lishi mumkin. Shunday holatlar ham bo‘ladiki, muvaqiyatli model yoki aktyorlar ham tanalarida biron hayoliy nuqson topib, o‘zlarini badbashara hisoblaydilar. Margo Hemingueyning o‘limidan so‘ng shifokorlar sezmagan DMF depressiyani keltirib chiqargan va o‘z joniga qasd qilishgacha olib borgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga keldilar. «Menga passportning keragi yo‘q – mening qoshlarim bor» – deb maqtangan Heminguey og‘zi juda hunuk ekanidan arz qilgan. Margo kelib chiqqan oilada ruhiy kasalliklar va o‘z joniga qasd qilish holatlari uchragan. U epilepsiya, disleksiya, bulimiya, depressiya va giyohvandlikdan aziyat chekkan. Shuning uchun ham o‘limining aniq sababini aytish qiyin. Ayol ko‘zguda pari yoki yalmog‘izni ko‘rishi mumkin. Bu faqat o‘ziga bog‘liq.©
Neyro.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?