Chet elda diatez - kasallik deb qabul qilinmaydi. Bizda esa deyarli har uchinchi bolaga shunday tashxis qo‘yiladi. Nega unday?
Aslida diatez (grekcha «moyillik» so‘zidan olingan) bu kasallik emas, balki bolaning ayrim kasalliklarga bo‘lgan moyilligini ko‘rsatuvchi belgidir.
Diatezning bir necha shakllari mavjud:
- Allergik diatez - bolaning allergik kasalliklarga moyilligini ko‘rsatadi;
- Limfatik - gipoplastik diatez - infeksion va allergik kasalliklarga moyilligini va limfotugunchalarda patalogiya mavjudligini ko‘rsatadi;
- Asab-artrit diatezi - semirishga, diabetga, ateroskleroz va gipertoniyaga moyillikni ko‘rsatadi.
Ya’ni, diatez holati bola organizmi faoliyati normal emasligini ko‘rsatib berib, bu bolada ayrim kasalliklarga moyillik bor ekanligini belgilaydi.
Masalan, emizuvchi ona apelsin yeganidan so‘ng bola yuzi qizarib ketdi. Bolaga diatez tashxisi qo‘yiladi. Aslida esa diatez holati bolada allergik dermatit kasalligi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Uni davolash usullari mavjud. Diatez tashxisi qo‘yilganda esa, vrachlar davolash usulini topa olmay turli xil yondashuvlar izlaydilar, chunki bu kasallik emas, bu boshqa bir kasallikka moyillikni ko‘rsatuvchi belgi.
Bolada diatez holatini keltirib chiqaruvchi sabablar:
- Bolani chaqaloqligidanoq chiniqtirmaslik (judayam issiq kiyintirib, terlatib olib yurish);
- Bola 6 oylik bo‘lmasidan oldin banan, sok va boshqa qo‘shimcha ovqatdan yalatib yedirish;
- Bola kiyimlarini kuchli kimyoviy vositalar bilan yuvish;
- Zararli plastmassadan qilingan o‘yinchoqlarni bolaga berish;
- Bola oddiy virusli shamollaganda ham antibiotik berish;
- Bolani terini parvarish etishda, kimyoviy yog‘, pudra va boshqa shu kabi vositalardan ko‘p foydalanish.
Agar farzandingizda diatez mavjudligini vrach ta’kidlasa, vrachdan aynan qaysi kasallikka moyillik boladagi diatez holati ko‘rsatayotganini va aynan o‘sha kasallikka doir davoni belgilashini so‘rang.
Uzbaby.uz nashri.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.