Bugun yurtimizdagi barcha savdo shoxobchalari va bozorlarda sotilayotgan bu mahsulotning foydasinibilasizmi? Dengiz tuzi insonda modda almashinuvini faollashtiradi, yurak-qon tomir faoliyatiniyaxshilaydi, immunitet va asab tizimini mustahkamlaydi, teri, soch va tirnoqlarni chiroyli qiladi. Undan taom tayyorlashda ham foydalansa bo‘ladi. dengiz tuzi

Ozdiradi

Dengiz tuzi qo‘shilgan vanna qabul qilish natijasida bir oy ichida o‘n kilogrammga ozish mumkin. Buning uchun har uch kunda bir marta dengiz tuzi qo‘shilgan suvda cho‘miling. Bu vaznni kamaytirish bilan birga, terini mayin va tarang qiladi. Biroq vannada juda ko‘p vaqt qolmaslik kerak.

Husnbuzarni yo‘qotadi

Antiseptik xususiyatga ega dengiz tuzi husnbuzarlarga qarshi eng yaxshi vositadir. Haftasiga 2 3 marta dengiz tuzining suvli eritmasi bilan yuzdagi toshmalar artib turilsa, muammo tezda yechim topadi. Badandagi toshmalar uchun esa vanna qabul qilish tavsiya etiladi.

Soch to‘kilsa...

Agar sochingiz to‘kilayotgan bo‘lsa, ozroq suv bilan namlangan tuzni bosh terisiga surtasiz. Yengil harakatlar bilan uqalab, 15 daqiqadan so‘ng iliq suvda chayasiz. Agar tuzning o‘zini sochga surtishning uddasidan chiqolmasangiz, zaytun yog‘i yoki qatiqqa aralashtirib surtish mumkin. Aralashmali niqobdan so‘ng boshni sellofan bilan o‘rab, bir soatcha kuting. Haftasiga bir yoki ikki marta muolajani takrorlash kifoya. Bir oydan so‘ng natija faqat o‘zingizga emas, atrofdagilarga ham sezila boshlaydi.

Sellyulitni yo‘qotadi

Bugungi kunda sellyulitga qarshi turli dori vositalari mavjud. Biroq ulardan hech biri oddiy dengiz tuziga teng kela olmaydi. Birorta dag‘alroq matoga dengiz tuzini sepib, u bilan muammoli tana sohasini ishqalaysiz. Natija birinchi muolajaning o‘zidayoq seziladi.

Bilib qo‘ygan yaxshi

Dengiz tuzini oddiy tuz o‘rnida ham ishlatish mumkin. Biroq bir kunlik miqdor 5 grammdan oshmasligi kerak. Qon bosimi oshib turuvchilar, ba’zi yurak qon-tomir kasalliklari, onkologik xastaliklarda, shuningdek, homiladorlarga dengiz tuzini iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Yana o‘qing: Teri uchun foydali mahsulotlar

© "Oila davrasida" gazetasi.