Biroz avval "Nega chivinlar aynan sizni chaqadi? Shunchalik qoningiz "shirin"mi?" maqolasini saytimizda chop etgan edik. Agar sizni chivinlar juda bezovta qilayotgan bo‘lsa, ushbu maqola siz uchun. Maqola orqali siz chivin chaqishiga qarshi va ularni haydashning eng samarali hisoblangan usullari haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin.
Birinchi navbatda atrof-muhitning chivin makoniga aylanmasligi uchun nimalar qilish kerakligi haqida ma’lumotlarni ko‘rib chiqsak.
Chivinlarni kamaytirish va yo‘qotish uchun umumiy choralar
Ko‘lmaklarni yo‘qoting
Hovlida turib qolgan suv yoki ko‘lmak bo‘lmasligiga ahamiyat berish kerak. Chivinlar suvga tuxum qo‘yadi. Ularga kichkina qopqoq hajmida suv ham tuxum qo‘shish uchun yetarli. Bu yerda aynan turib qolgan suv haqida gap ketyapti. Yomg‘ir yog‘gach hosil bo‘lgan ko‘maklar quyoshda tez qurib qolsa, ular xavfli emas.
Ko‘rshapalak boqing
Aniqrog‘i, ularning uyingiz atrofida yashashiga halal bermang. Ko‘rshapalaklar chivinlar bilan oziqlanadi va ular mavjud joyda chivinlar deyarli uchramaydi.
Maxsus ekinlar eking
Hovliga chivin zoti yoqtirmaydigan ekinlar eking va qolgan yovvoyi o‘tlarni iloji bo‘lsa kaltalating. Chivin yoqtirmaydigan o‘simliklardan ayrimlari:
[caption id="attachment_8833" align="aligncenter" width="640"] Tagetes lucida[/caption]
- Piretrum margaritkasi (Tanacetum cinerariifolium)
- Marigolds (Tagetes lucida)
- Melissa (Lemon balm)
- Rayhon
- Lavanda
- Evkalipt
- Yalpiz
- Sarimsoq
- Choy daraxti
Chivin chaqishidan himoyalanish uchun qanday oziqlanish kerak?
Chivinlar ham odam tanlaydi. Ular ba’zi insonlarga ko‘proq talpinadi, ba’zilarini esa chetlab uchib o‘tadi. Buning sababi insonning ovqatlanish tarziga ham bog‘liq bo‘lar ekan. Chivinlar uchun "bemaza" bo‘lish sirlari nimada?
- Doim sarimsoq iste’mol qiluvchi insonlarni chivinlar xushlamaydi. Sarimsoqdan tayyorlangan spreylar ham chivinlarni uzoqlashtirishda yordam beradi.
- Ertalab doim limonli (shakarsiz) suv ichib yurish ham chivinlarni sizdan uzoqlashtiradi degan ma’lumotlar mavjud.
- Piyoz, qalampir, sarimsoq, kashnich urug‘larini ovqat bilan doim iste’mol qilish ham yaxshi naf beradi.
- Vitamin B1 ga boy mahsulotlar iste’mol qilish ham chivinlarni sizdan uzoq qiladi.
- Har kuni 1-2 ta petrushka poyasini barglari bilan iste’mol qilib yuradiganlar ham chivinlar ulardan uzoqroq uchishini ta’kidlashadi.
Chivin chaqishidan himoya qiluvchi tabiiy vositalar mavjudmi?
Tabiiy vositalardan eng samarali hisoblanganlari quyidagilardirdir:
Magniy sulfatli aralashma
Magniy sulfatli aralashma chivin haydash uchun eng samarali usullardan hisoblanadi. Bu aralashmani tayyorlash uchun bir xil miqdorda Magniy sulfat, og‘iz chayishga mo‘ljallangan antiseptik suyuqlik (masalan, Listerine) va pivo aralashtiriladi. Bu aralashma atrofga (hovliga) sepiladi. O‘sha yerga anchagacha chivinlar yaqinlashmaydi.
Chivin uchun qopqon
Uni tayyorlash uchun 2 litrlik bo‘sh plastik butilka, 200 gr suv, 50 gr shakar va 1 gr xamirturush kerak bo‘ladi. Butilka 2ga bo‘linadi va pastki qismiga iliq suv va shakar solib eritiladi. Suv erigach droja solib aralashtiriladi. Butilkaning tepa qismini voronkaga o‘xshatib butilkaning pastki qismiga solib qo‘yiladi, chetlari qora rangli lenta bilan qotiriladi. Bu idishni siz o‘tiraidgna joydan uzoqroqqa qo‘yib qo‘yiladi. Droja hosil qiladigan gazlar chivinlarni o‘ziga chorlaydi.
Kofe qoldiqlari
Kofe qoldiqlarini huddi isiriqdek yondirib tutating, chivinlar o‘sha yerni tark etishadi.
Chivin chaqqanidan so‘ng paydo bo‘luvchi teri qichishishini qanday yo‘q qilsa bo‘ladi?
Chivin chaqqan joyga issiqlik qilinsa, teri qichishi tez yoq bo‘ladi. Bunda fendan chiquvchi issiqlikdan foydalansa bo‘ladi. Chivin chaqqan joyga yetarlicha issiq havo to‘g‘rilanadi va taxminan 2-3 daqiqa ushlab turiladi. Juda isib ketsa, teri kuymasligi uchun orada bir necha soniyalik tanaffus qilinadi. Boshida issiqlik juda qichishtiradi, ammo birozdan so‘ng bu qichishish yo‘q bo‘ladi. Fendan chiquvchi havo juda issiq bo‘lishi kerak. Kuyib qolmaslik uchun bu usuldan ehtiyot bo‘lib foydalaning.
Bu usul juda samarali, lekin chivin chaqqan joy ko‘p bo‘lsa biroz vaqt oladi.
Chivin chaqqan joyga quyidagilar surtish umumiy holda tavsiya qilinadi:
- Arnika geli;
- Ezilgan yalpiz barglaridan tayyorlangan pasta;
- Muz;
- Choy daraxti yoki lavanda efir yog‘i;
- Bananning ichki po‘sti;
- Tabiiy olma sirkasi;
- Limon;
- Tuz va suv aralashmasi;
- Aloe suvi;
- Osh sodasi.
Chivinlar nega ba'zi insonlarnigina tanlab chaqishi haqida, MANA BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.
© Feruzabegim, bloger.
Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.
Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.
Har bir paket tarkibi:
Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot
Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.