Bola dunyoga kelishi katta baxt, lekin uni to‘g‘ri parvarishlab voyaga yetkazish esa ancha mashaqqat tug‘diradigan vazifalardan biridir. Shu sababdan bu baxtga muyassar bo‘lgan onalar uchun bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishi uchun har bir organda bo‘ladigan jarayonlarga qarshi zarur tavsiyalar berilgan.
Foydali tavsiyalarlar...
Kindik - Yangi tug‘ilgan chaqaloqning yo‘ldoshidan qirqib olingan qismi, ya’ni kindigi 7-14 kun ichida tushib, yara joyi butkul bitadi. Ba’zi paytlarda bu holat cho‘zilishi mumkin. Tug‘ruqxonadan chiqqandan so‘ng chaqaloqning kindigi maxsus parvarishga muhtoj bo‘lmaydi. Chaqaloqning kiyimini har kuni almashtirish va kiydirishdan oldin albatta, dazmollash zarur. Agar chaqaloqning kindigidan qizg‘ish suyuqlik ajralsa yoxud noxush hidni sezsangiz zudlik bilan xirurgga yoki oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.
Teri - Ko‘pchilik hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning yuz va tana terisida qizg‘ish tusdagi dog‘lar, toz suyagi sohasida esa ko‘kimtir tusdagi dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bu dog‘lar ma’lum bir muddat o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Chaqaloqning burun sohasidagi oq donachalarga esa onaning xavotirlanishi o‘rinsiz, chunki bu tabiiy hol bo‘lib, u alohida parvarishni talab etmaydi va chaqaloq rivojlangan sari yo‘qolib boradi.
Sochlar - Ba’zi chaqaloqlar qalin sochlar bilan dunyoga kelishsa, ba’zi birlari esa sochlari kam holda tug‘ilishadi. Bu qorin sochlari hisoblanib, chaqaloq rivojlanish davrida to‘kilib, ularning o‘rnida yangi sochlar o‘sib chiqadi. Shu bilan birga chaqaloqning peshona va tana qismida ham mayda yumshoq sochlar bo‘lishi mumkin, bu sochlar ham vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi.
Liqildoq - Chaqaloqning bosh sohasini ushlab ko‘rganda yumshoq va tomir urib turgan joyni sezish mumkin (katta liqildoq) sal pastroqda, ya’ni ensa sohasida kichik liqildoq mavjud. Bir necha oy ichida bu sohalarda suyak rivojlanadi. Bosh terisi esa juda ham qalin bo‘lib, bolani cho‘miltirishda hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Ko‘zlar - Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘zlari shishgan yoki uning ichida qizil dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bu normal hol hisoblanadi. Agar bu holat bir haftadan ortiq davom etsa, zudlik bilan okulistga murojaat qilish zarur.
Og‘iz - Chaqaloqning og‘iz bo‘shlig‘idagi oq rangdagi dog‘lar infeksiya mavjudligidan dalolat berib, shifokor ko‘rigiga zarurat tug‘diradi.
Lab - Go‘dak lab sohasining tepa qismidagi shish normal hisoblanib, onaning xavotirlanishiga o‘rin yo‘q.
Ko‘krak qismi - Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘krakchalari sal shishgan bo‘lishi mumkin. Bu shishlarni siqish man etiladi, aks holda siz ko‘krak bezlariga shikast yetkazishingiz mumkin. Agar siz bilmagan holda ko‘krak bezlarini siqqan bo‘lsangiz, unda ilitilgan kamfor yog‘i bilan kompress qilish zarur va zudlik bilan shifokorga murojaat eting.
Ich kelishi - Chaqaloq hayotining ilk kunlarida ich kelishi biroz ko‘kimtir shilimshiq holda bo‘ladi, biroq ona suti bilan oziqlana boshlagandan so‘ng ich ketishi normal sariq tusga kiradi.
Peshob - Yangi tug‘ilgan bola tez-tez peshob chiqaradi, shuning uchun tagliklarni tez-tez almashtirib turish zarur.
Jinsiy a’zolar - Qiz bolalarning tashqi jinsiy a’zolari shishgan va ba’zi hollarda qonli ajralmalar kelishi mumkin, bu normal holdir. O‘g‘il bolalarda esa peshob chiqishining og‘riqli kechishi, shish va qizarish holatlari kuzatiladi, bu holat ro‘y berganda mutaxassisga murojaat qilish kerak bo‘ladi.
Bolani sog‘lom va kasalliklarga chalintirmay o‘stirish uchun uni chiniqtirish lozim. Chiniqtirishning asosiy qoidalaridan biri, bu bolaning chiniqtirish paytidagi sog‘lig‘idir. Bola sog‘lom bo‘lishi kerak. Chiniqtirish muolajalari ijobiy ta’sir etishi uchun ularni tez-tez amalga oshirib turish kerak. Chiniqtirish muolajalarini chaqaloq tug‘ilgan davridan o‘smirlik davrigacha davom ettirish mumkin.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.