Chaqaloqlarda shamollash - bu haddan tashqari sovuqlik natijasida kelib chiqqan nafas yo'llarining yallig'lanish jarayonlarini anglatadigan atama. Shamollashni - Lor, pediatr va yuqumli kasalliklar shifokorlaridan biri kasallik turiga qarab davolaydi. Kasalliklarning xalqaro tasnifida "shamollash" degan tashxis mavjud emas, odatda o'tkir respiratorli infeksiyalar umumiy qilib shunday ataladi.

Go'daklarda shamollash
Foto: valio.ru

Ko'pincha, shamollashni nafas olish epiteliysiga kirib borgan viruslar qo'zg'atadi (misol uchun: sitsitial virus, gripp virusi, paragripp va boshqalar). Kasallik rivojlanishiga haddan tashqari sovuq havo va oyoqlarning ho'lligi ham yordam beradi

Virusli infeksiya nafas olish tizimining shilliq qavatida doimo yashaydigan mikrofloraning xususiyatlarini o'zgartirishi mumkin. Bu mikroflorada bizning tanamizda o'zlarining yashashlari uchun kurashadigan bakteriyalar mavjud. Bularga Klebsiels, Enterobacteriaceae, gemolitik bo'lmagan stafilokokklar, streptokokklar, Candida turkumidagi zamburug’lar va boshqalar kiradi. Ular yashash sharoitlariga qarab ham foydali, ham patogen bo'lishi mumkin.

Agar immunitet tizimi to'g'ri ishlayotgan bo'lsa, unda bu bakteriyalar kasallikning rivojlanishiga olib kelmaydi, ya'ni, "xavfsiz qo'shnilar" kabi o’zini tutadilar. Ammo agar immunitet tizimining faoliyati viruslarni tanaga kiritish oqibatida buzilgan bo'lsa, bakterial asoratlar rivojlanadi (shamollash davom etadi va og’irlashadi).

Chaqaloqlarda shamollash belgilari

Boladagi dastlabki shamollash alomatlari shamollashga deyarli o'xshamaydi. Bolalarda xulq-atvor o'zgaradi - chaqaloq injiq, sust bo'lib qoladi, ovqat yeyishni rad etadi, yaxshi uxlamaydi va hatto sevimli o’yinlarini ham o’ynamay qo’yadi. Burun, isitma, tomoq og'rig'i ko'rinishidagi haqiqiy shamollash alomatlar faqat 1-2 kundan keyin paydo bo'ladi.

Umumiy shamollash har doim asta-sekin, bosqichma-bosqich yoki tartibsiz rivojlanadi. Ushbu rivojlanish viruslar va bakteriyalarni ko'payishi uchun vaqt talab etilishi bilan bog'liq. Shamollash alomatlarga viruslar va bakteriyalar ajratadigan toksinlar sabab bo'ladi.

Shamollash uchun inkubatsiya davri har xil bo’ladi, ko'pincha 1-5 kun. Davomiyligi bolaning yoshiga va immunitet tizimining kuchiga bog'liq

Chaqaloqda shamollash boshlanayotgani alomatlari:

  • injiqlik, ko'p yig’lash;
  • ko'zlarning qizarishi va ko’zlardan yosh oqishi;
  • bo'shashgan axlat va ovqat hazm qilishning boshqa kasalliklari, shu jumladan ishtahani pasayishi;
  • kam siyish - degidratatsiya (suv yo’qotish) belgisidir;
  • tomoq og`rig`i;
  • yutinayotganda chiqqillagan ovoz - bu eshitish naychalarining shishishi belgisidir;
  • tumov, nafas olish qiyinlashishi;
  • yo'tal;
  • limfa tugunlarining kattalashishi;
  • subfebril holat - tana haroratining 380C dan yuqori bo'lmagan ko'tarilishi;
  • burun qanotlarida yoki lablarda toshmalar;
  • bosh og'rig'i.

Chaqaloqlarda shamollash sabablari

Noqulay tashqi va ichki omillar mos keladigan bo'lsa, chaqaloq shamollaydi. Tashqi omillarga sovuq havo, yelvizak, nam yoki shamolli ob-havo, oyoqlar ho’lligi, uzoq vaqt nam kiyimda bo’lish kiradi. Kasallikning rivojlanishi uchun ichki omillar juda muhim, ularga - immunitet kuchlarining zaiflashishi va zarur oziq moddalarining yetishmasligi kiradi.

Bolaning immuniteti ichki organlarning surunkali kasalliklari yoki rivojlanish anomaliyalari tufayli pasayishi mumkin. Buyrak, jigar, yurak, endokrin, ovqat hazm qilish, nafas olish yoki qon tizimlarning surunkali kasalliklariga chalingan bolalar shamollashga moyil. Stress ham immunitetga yomon ta'sir qiladi.

Bolaning hayotida ovqatlanish alohida o'rin tutadi. Agar chaqaloq zarur moddalarni olmasa, uning a'zolari to'liq o'sishi va rivojlanishi mumkin emas. Ratsion muvozanatli bo'lishi muhim - nafaqat kaloriya miqdori, balki oqsillar, yog'lar, uglevodlar, mikroelementlar, minerallar va vitaminlarning yoshiga xos me'yorini o'z ichiga oladi. Ovqat hazm qilishning eng kichik buzilishlarini ham darhol tuzatish kerak, shunda bola yeyilgan hamma narsani o'zlashtirishi mumkin.

Chaqaloqlarda shamollashni tashxislash

Yallig'lanish belgilarini baholash va virusli yoki bakterial kasalliklar belgilarini aniqlash uchun pediatrning tekshiruvi zarur. Vaziyatga ko'ra, shifokor kerakli tahlilni tayinlaydi: siydik va qonning klinik tahlillari, rentgen, ultratovush va boshqalar. Diagnostika usullari to'plami har bir holatda farq qiladi.

Chaqaloqlarda shamollashni davolash

Chaqaloqlar shamollashini davolash
Foto: onnispb.ru

Shamollasni davolash aslida davolash ko'p harakat talab etmaydi. Davolashda uchta asosiy qoida mavjud:

  • tana harorati 380C dan oshmagan bo'lsa, uni tushurmang;
  • ko’proq iliq ichimlik bering;
  • har kuni nam tozalashni amalga oshiring va kasal bola joylashgan xonadagi havoni kuniga bir necha marta yangilang (ventilyatsiya qiling).

Tana haroratining ko'tarilishi tabiiy (normal) reaksiya bo'lib, bu immunitetning yetarli ekanligini va organizm infeksiyaga qarshi kurashayotganligini ko'rsatadi. Harorat ko'tarilganda viruslar va bakteriyalarni ko'payishi uchun noqulay sharoitlar yaratiladi va ular asta-sekin nobud bo'ladi. Agar harorat tushirilsa, unda shamollash uzoq vaqt davom etadi. Haroratni 380C ga tushirish zararli ham bo’lishi mumkin. Qaysi dori-darmonni yuqori haroratda qo'llash haqida pediatrga murojaat qilish yaxshiroqdir.

Toksinlarni tezroq yo'q qilish uchun ko'proq suyuqlik ichish kerak. Bundan tashqari, yuqori haroratlarda chaqaloq suyuqlikni yo'qotadi (bug'lanadi) va bunda suyuqlik o’rnini to'ldirish kerak, aks holda suvsizlanish sharoitida hayotiy funksiyalarga (qon aylanishi, miya faoliyati va boshqalar) shikast yetishi mumkin.

Toza havo va nam tozalash mikrob zarralarini, changni va boshqa agressiv moddalarni yo'q qiladi. Toza namlangan havo tez tiklanishiga yordam beradi.

Umumiy shamollash 4-5 kun davom etadi va hech qanday asoratsiz o'tib ketadi. Agar bolaning ahvoli og’ir bo'lsa - harorat pasaymasa, yo'tal ho’l, zaiflik kuchaygan bo'lsa - pediatrga shoshilinch murojaat etish zarur.

Chaqaloqlarda samollashni oldini olish

Shamollashni oldini olishda asosiy narsa yaxshi ovqatlanish va chiniqishdir. Bolani haddan tashqari o'rash va unga "yuzta kiyim" kiydirish juda zararli. Bola doimo harakatda bo’ladi va natijada terlaydi, so'ngra shamollaydi. Kiyim issiqlik almashinuviga xalaqit bermasligi, harakatga to'sqinlik qilmasligi yoki terni ushlab turmasligi kerak.

Yozda dengizga cho'milish, o'rmonda sayr qilish, havo va quyosh vannalarini qabul qilish odamni chiniqtiradi. Tabiiy omillar immunitet tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

manba: smdoctor.ru