Mammologiya

MAQOLALAR

ico
Ko‘krak bezi saratoni - sabablari, belgilari, turlari va davolash usullari

Ko‘krak bezi saratoni - o‘sma kasalliklari orasida eng ko‘p tarqalgan kasallik. Tibbiy statistik ko‘rsatkichlarlarga ko‘ra bu kasallik bilan dunyo bo‘ylab 10 % ayollar, ayniqsa yevropa mamlakatlarida istiqomat qiluvchi ayollar kasallangan. Ko‘p hollarda saraton 45 yoshdan oshganlarda kuzatiladi. Rivojlangan davlatlarda ushbu kasallik biroz kamaygan, bunga sabab kasallikni aniqlashda zamonaviy tekshiruvlar o‘ylab topilgani va davo choralarining samaradorligidir. Shunday bo‘sa ham o‘sma turli xildagi hujayralar va ularning o‘sish darajalari farq qilgani uchun kasallikni davolash qiyinchiliklar tug‘diradi. Kasallik rivojlanishi sekin, uzoq vaqt davomida belgilarsiz kechadi, ba’zi hollarda kasallik shiddat bilan rivojlanishi ham mumkin. Ko‘krak bezi saratonining samarali davosi uning erta aniqlanishlaridagina amalga oshadi.

Ko‘krak bezi saratonining kelib chiqish sabablari

Saraton kelib chiqishiga turli xil sabablar bo‘lishiga qaramay, asosiy o‘rinni irsiy moyillik va gormonal o‘zgarishlar egallaydi, ayniqsa esterogen gormonlarning ta’siri natijasida o‘sma kelib chiqish xavfi yuqori. O‘sma paydo bo‘lishiga olib keluvchi xavf omillari:

[box type="info" align="alignleft" class="" width=""]Diqqat! Ilmiy izlanishlar ko‘rsatishicha, uzun bo‘yli ayollar va tana vazni ortiqcha ayollar menopauza vaqtida ko‘krak bezi saratoni bilan kasallanishi ko‘proq uchraydi. [/box]

Yuqorida sanab o‘tilgan xavf omillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sma paydo qilmaydi, shunchaki saraton kelib chiqishiga moyillikni oshiradi. Shu qatorda uzun bo‘yli va semiz ayollarning barchasi ham saraton bilan kasallanavermaydi. Albatta ko‘krak bezi saratoni kelib chiqishi uchun bir emas, bir necha faktorlar rol o‘ynaydi.

Ko‘krak bezi saratoni turlari va belgilari

Ko‘krak bezi saratonini davolash

Tibbiy amaliyotda ko‘krak bezi saratonining bir necha turlari farqlanadi:

Tugunli ko‘rinishi – ko‘krak bezida yumaloq yoki noto‘g‘ri shakldagi, ushlab ko‘rilganda og‘riqsiz bo‘lgan hosila paydo bo‘ladi. Qo‘llar bilan shu hosila ushlanganda teri ostidan bo‘rtib turganligi va terining o‘zgarganligi bilinadi. Kasallikning so‘ngi bosqichlarida terida yaralar, ko‘krak bezining deformatsiyasi, qo‘ltiq osti va o‘mrov osti limfa bezlari kattalashadi.

Shishli-infiltrat turi – bunday turdagi ko‘krak bezi o‘smasi ko‘proq yosh ayollarda uchraydi. O‘sma butun ko‘krak bezini egallab olib, palpatsiya qilinganda og‘riq chaqiruvchi bo‘ladi. Ushbu sohadagi teri apelsin po‘sti kabi bo‘lib qoladi, so‘rg‘ichlar atrofida shish paydo bo‘ladi. Qo‘ltiq osti limfa bezlari kattalashadi.

Mastitsimon saraton – har qanday yoshdagi ayollarda uchraydi, ko‘proq yosh ayollarda kuzatiladi. Kasallik natijasida ko‘krak bezi shishadi va hajmi kattalashadi, tana harorati va mahalliy harorat ko‘tariladi. Ko‘krak bezida zich qattiq hosila paydo bo‘ladi.

Saramassimon (roja) formasi – bunday o‘sma kasalligi saramas (roja) yallig‘lanishi kabi kechadi. Ko‘krak bezida qizarish va notekisliklar, bezning qattiqlashishi kuzatiladi. Palpatsiyada hech qanday tugunlar aniqlanmaydi.

Pansirnaya forma – o‘sma hujayralarining o‘sishi butun ko‘krak bezi terisi va teri osti yog‘ qavati bo‘ylab tarqalagan bo‘ladi. Kasallik ikkinchi ko‘krak bezini ham qamrab olishi mumkin. Saratonning bu turida o‘ziga xos jihat shuki, bunda ko‘krak bezi hajmi kichrayadi, uning terisi zichlashadi va bez harakatchanligi cheklanadi.

Pedjet saratoni – o‘sma kasalligining eng kam uchraydigan turi, umumiy o‘sma kasalliklarning 5 %ini tashkil qiladi. Ko‘krak bezida yaralar, teri deformatsiyalari, so‘rg‘ichlar atrofida tugun paydo bo‘lishi, qichishish bilan kechadi. Kechki bosqichlarda metastazlar beradi.

Boshqa o‘sma kasalliklari kabi ko‘krak bezi saratonini ham erta muddatlarda aniqlash qiyin, chunki kasallik belgilarsiz boshlanadi. Har qanday belgi, masalan, ko‘krak bezida og‘riqlar, shish, diskomfort, so‘rg‘ichlar kattalashishi, so‘rg‘ichlardan oqgan patologik suyuqliklar va shu kabi holatlar kuzatilsa, darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak.

[box type="info" align="aligncenter" class="" width=""]Diqqat! Agar sizda ko‘krak bezi so‘rg‘ichlarida har qanday qattiqlashgan hosila paydo bo‘lsa, yuqoridagi belgilar kuzatilmasa ham zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘ting.[/box]

Kasallik darajasini belgilash uchun maxsus jadavaladan foydalaniladi: T – harfi bilan birlamchi o‘sma soni, M – harfi bilan boshqa organlarga tarqalgan metastazlar soni, N – harfi bilan mahalliy zararlangan limfa tugunlari soni belgilanadi.

Yomon sifatli o‘smalar ko‘krak bezining turli sohalarida joylashishi mumkin: teri qoplamalarida, areola va so‘rg‘ichlar atrofida, yuqori va pastki ichki kvadrat, yoki yuqori va pastki ichki kvadrat, orqa qo‘ltiq osti sohasida bo‘lishi mumkin.

ko'krak saratoni

Ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash usullari

Ko‘krak bezi saratonining erta diagnostikasiga o‘z-o‘zini tekshirish va shifokor-mammolog ko‘rigidan o‘tish kiradi. 40 yoshdan oshganda yilda bir marotaba mammografiya tekshiruvidan o‘tib turish kerak.

Ko‘krak bezini mustaqil ravishda tekshirish har oyda, hayz siklining 5-7 kunlarida o‘tkazgan yaxshiroq. Ko‘ruvda ko‘krak bezlarining simmetrikligiga, teri qoplamali va so‘rg‘ichlar holatiga, ko‘krak bezining hajmiga e’tibor qaratish lozim. Palpatsiyani yotgan yoki o‘tirgan holda o‘tkazish mumkin. Har bir ko‘krak bezini galma-galdan, so‘rg‘ichlardan boshlab tanasining oxirigacha palpatsiya qilish kerak. Ko‘krak bezidagi har qanday qattiqlik va zichlashgan hosila kasallikka shubha qilish asos bo‘ladi. Bundan tashqari qo‘ltiq osti sohasidagi limfa bezlariga ham e’tibor qaratish lozim. Har qanday gumon qilinayotgan hosila aniqlansa, darhol mutaxassis shifokorga murojaat qilish zarur.

Aniq diagnoz esa quyidagi tekshiruvlar o‘tkazilgach aniqlanadi:

  • Mammolog ko‘rigi;
  • Mammografiya;
  • Duktografiya;
  • UTT (UZI);
  • Paydo bo‘lgan hosila biopsiyasi;
  • So‘rg‘ichdan kelgan har qanday patologik suyuqlik laborator analizi;
  • Qonni gormon va onkomarkerlarga tekshirish;
[box type="info" align="alignleft" class="" width=""]Muhim! Ko‘krak bezi saratoni erta diagnostikasi uchun 40 yoshdan oshgan ayollar bir yilda 1 marotaba 3 xil tekshiruvdan o‘tib turishlari shart: mammografiya, gormonal va onkomarkerlarga qon analizi.[/box]

Qo‘shimcha tekshiruv usullari:

  • Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi;
  • Kompyuter tomografiyasi;
  • Suyaklar tekshiruvi;
  • Qorin bo‘shlig‘I UTT (UZI) tekshiruvi.

Ko‘krak bezi saratonini davolash

Ko‘krak bezi saratonini zamonaviy tibbiyotda davolash operatsiya, kimyo va nur terapiyasi, gormonal va immunoterapiyani o‘z ichiga oladi. Bu kasallikda davo choralari har bir ayol uchun individual va bir necha usullar kompleksidan iborat bo‘ladi.

Ko‘krak bezi saratoning xirurgik davosi

Kasallikning asosiy davosi bo‘lib operatsiya hisoblanadi. Zamonaviy jarrohlik amaliyotlari maksimal darajada sog‘lom ko‘krak bezini va uning qismlarini saqlab qolishga qaratilgan. Operatsiyadan keyin odatda kimyo va nur terapiyasi buyuriladi.

Jarroh-onkolog tomonidan o‘tkaziladigan operatsiyalarning bir necha turi bor:

  • Radikal kesish – ko‘krak bezini teri osti yog‘ qavati va limfa tugunlari bilan “nursimon” kesish;
  • Radikal mastektomiya – ko‘krak bezini limfa tugunlari bilan birgalikda butunlay olib tashlash. Hozirgi tibbiyotda bu amaliyot kam hollarda qo‘llaniladi;
  • Kvadranektomiya – hosil bo‘lgan o‘smani atrof to‘qimalari bilan 5 sm gacha radiusda olib tashlash. Bu usul kasallikning erta bosqichlarida samarali;
  • Lampektomiya – kichik operativ aralashuv, o‘smaning o‘zini va limfa tuguninigina olib tashlash.

Ko‘krak bezi saratonida nur terapiyasi

O‘sma kasalligida nur terapiyasi operatsiyadan oldin, operatsiya vaqtida, operatsiyadan keyin va mustaqil ravishda nur terapiyasi o‘tkazish mumkin.

Operatsiyadan oldingi nur terapiyasi o‘sma hujayralarining maksimal darajada yo‘qotilishiga mo‘ljallangan bo‘ladi, shunda operatsiya o‘tkazish osonlashadi.

Operatsiydan keyingi nur terapiyasi qayta o‘sma kelib chiqmasligini oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.

Operatsiya davomida nur terapiyasi o‘tkazishdan maqsad maksimal darajada sog‘lom ko‘krak bezini saqlab qolishga qaratiladi.

Operatsiyaga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, mustaqil ravishda nur terapiyasi o‘tkaziladi. Nur terapiyasini masofadan turib o‘tkazishdan tashqari ichki ya’ni o‘smaning o‘zida ham o‘tkazsa bo‘ladi. Bundan tashqari, nur terapiyasi limfa tugunlarida ham o‘tkaziladi.

Kasallikni medikomentoz davosida sitostatik preparatlar - o‘sma hujayralarini o‘sishdan to‘xtatish va yo‘qotish maqsadida o‘tkaziladi. Bu preparatlarning nojo‘ya ta’sirlari ko‘pligi sababli medikomentoz davo qat’iy ko‘rsatmalardagina buyuriladi.

ko'krak bezi saratoni belgilari

Ko‘krak bezi saratonida gormonal terapiya

Ko‘krak bezi saratoni esterogen gormonlari ta’sirida rivojlanishini hisobga olib, uning davosida gormonal preparatlar ham tavsiya etiladi. Bu usulning samaradorligi o‘sma hujayralarining gormonlarga sezgirligi bo‘lsagina bilinadi. Gormonal davoga tuxumdonlarni olib tashlash hamda gormonal preparatlar buyurish kiradi. Ular shifokor tomonidan qat’iy individual ravishda buyuriladi. Davo rejasini tuzishda shifokor o‘smaning hajmi, mahalliy va uzoq metastazlarni, laborator va instrumental tekshiruvlar natijalarini, bemorning umumiy ahvolini inobatga oladi.

Ko‘krak bezi saratonining davosida muhim jihatlari bemorning psixologik va sotsiologik holatini tiklashdir. Ko‘krak bezlari olib tashlanganda kosmetik jihatdan qayta tiklash maqsadida plastik operatsiyalar o‘tkaziladi.

Kasallik prognozi

Bugungi kunga kelib ko‘krak bezi saratoni barcha o‘sma kasalliklari orasida eng yaxshi o‘rganilgan kasallikdir. Uni erta muddatlarda aniqlab samarali davolasa bo‘ladi. Individual prognoz o‘smaning hajmi, joylashgan joyi, rivojlanish darajasi va boshqa kriteriyalarga qarab belgilanadi. Ijobiy natijaga ko‘proq gormonlarga sezgir bo‘lgan o‘sma kasalligida erishsa bo‘ladi, chunki bunday holatda o‘sma rak oldi holatida uzoq muddat saqlanadi.

O‘sma kasalligining prognozi uning metastazlar berishi bilan ham belgilanadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘krak bezi saratoni metastazlar soni 4 ta limfa tugunidan ko‘p bo‘lsa, davolanish samarasi kam bo‘ladi. Gematogen metastazlardan ko‘ra mahalliy metastazlarda davolanish samarasi ijobiyroq bo‘ladi. Eng xavflisi bo‘lib, metastazlar uzoq organlarga tarqalib ketishi hisoblanadi. Bundan tashqari onkomarkerlar ko‘rsatkichi ham muhim rol o‘ynaydi, uning miqdori oshishi metastazlar va qayta rivojlanishlar xavfini oshirib yuboradi.

Hayotchanlik haqida ma’lumotlar

Ko‘krak bezi saratonida yashovchanlik 55 % ni tashkil etadi. Adekvat davo choralari ko‘rilmasa, bu ko‘rsatkich 10 %ni tashkil qiladi. Yashovchanlik darajasiga ko‘plab faktorlar ta’sir qiladi. Agar o‘sma darajalariga qarab yashovchanlik aniqlansa, o‘smaning boshlang‘ich darajalarida 95 %ni tashkil qiladi. Ikkinchi bosqichda, o‘smaning 5 sm gacha paydo bo‘lishida, o‘sma hujayralarining bir ikki limfa tugunlariga metastazlarida yashovchanlik 55-80 %ni tashkil qiladi.

Uchinchi va to‘rtinchi bosqichdagi saratonda yashovchanlik 50-10 %ni tashkil etadi. Ammo shunga qaramay, o‘z vaqtida kasallikni aniqlash, uni davolash, operativ va kimyo-nur terapiyalarni bir vaqtda olib borish, shifokor tavsiyalariga qat’iy rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini olib borish ushbu kasallikni ma'lum darajada yengishga imkon beradi.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Splenomegaliya (Taloq hajmining kattalashishi)
Splenomegaliya – taloq hajmining kattalashishi. Taloq hajmi kattalashishiga sirroz, jigar o‘smalari, surunkali va o‘tkir infeksiyalar, taloqda, umuman butun organizmda qon aylanishing buzilishi, leykoz, kamqonlik va turli gematologik kasalliklari, granulematoz kasalliklarni sabab sifatida ko‘rsatish mumkin. Splenomegaliya chap tomon qovurg‘a ostida og‘riq, ich qotishi, qorin dam bo‘lishi, ishtaha bo‘lmasligi, jig‘ildon qaynashi kabi belgilar bilan bemorda namoyon bo‘ladi. [caption id="attachment_2502" align="aligncenter" width="477"]Soglom va Splenomegaliyaga uchragan taloq Sog‘lom va Splenomegaliyaga uchragan taloq[/caption] Taloq hajmi kattalashishi uning qonni tortish xususiyatini ham oshiradi. Qondan ko‘p miqdorda tortib olingan patalogik hujayralar taloqning filtrlash xossasini yomonlashtiradi. Bu esa taloqning yanada kattalashishiga olib keladi. Natijada qondan juda ko‘p miqdorda hujayralar tortib olina boshlaydi va gipersplinizm(qon hujayralarining faol ravishda yemirilishi) yuzaga keladi. Bu esa qondagi eritrotsit, trombotsit va leykotsitlar miqdori kamayishiga sababchi bo‘ladi. Agar taloq kattalashganda zarur choralar ko‘rilmasa, taloq pataologik hujayralardan tashqari sog‘lom hujayralarini ham yemira boshlaydi. Shu sababdan ham splenomegaliyani o‘z vaqtida davolashga alohida e’tibor qaratish lozim. Davolashda asosan kasallikka sabab bo‘layotgan omilni yo‘qotishdan boshlanadi. Ba’zan kattalashgan taloqni jarrohlik usuli bilan olib tashlashga zarurat tug‘ilishi mumkin.  
ico
Mastopatiya - sut bezlari kasalligi

- Mastopatiya qanday paydo bo‘ladi va u bora-bora sut bezlari saratoniga aylanishi mumkinmi?

- Mastopatiya
sut bezlari kasalliklaridan biri sanaladi. Bunda sut bezlarida har xil kattalikda “tuguncha” va fibroz to‘qimalar paydo bo‘ladi. Shu tugunchalar ushlaganda qo‘lga qattiq unnaydi, ba’zan og‘riqli, ba’zan og‘riqsiz kechadi. Hayz ko‘rishdan oldin yoki hayz ko‘rish davrida ko‘krak bezlari og‘risa va shishib, bezillab tursa, demak, bu ham mastopatiya alomatidir. Mastopatiya ko‘proq yosh ayollarda uchrab, odatda ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzilishi oqibatida vujudga keladi. Bu o‘zgarishlarga jinsiy a’zolarning turli yallig‘lanish kasalliklari, jinsiy hayot tartibining buzilishi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, qalqonsimon bezlari va jigar kasallanishi mastopatiyani keltirib chiqarishi mumkin. Ruhiy iztiroblar, tushkunlik, biror narsadan qattiq tashvishga tushish ham bundan mustasno emas. Ma’lumki, sut bezlari to‘qimasining tuzilishi va faoliyati ayol kishining yoshiga, bo‘yida bo‘lishiga, bolani emizishiga qarab o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar avvalo tuxumdonlar ishlab chiqaradigan gormonlar ta’sirida ro‘y beradi. Ayol bo‘yida bo‘lganida shu gormonlar ta’sirida bezsimon to‘qima shishadi, sut bezlari kattalashadi. Bola tug‘iladigan vaqtga kelib sut bezlarida uvuz suti, keyinchalik haqiqiy sut ishlab chiqariladi. Ayol ko‘zi yoriganidan so‘ng 10-12 oygacha va bundan ham ko‘p vaqt davomida ko‘kragiga sut kelib turadi. Ana shu muddat oxiriga kelib sut bezlari kichrayadi va sut ishlab chiqarilishi kamayadi. Shuni unutmaslik kerakki, ayol bolasini shu muddatda emizmasa, sut to‘planib qolib ko‘krak bezlarida og‘riq paydo bo‘ladi. Bu holat mastit yuzaga kelishi uchun asos sanaladi. Qattiq “tugunchalar” vaqt o‘tishi bilan kattalashadi. Ayniqsa, bola oldirgandan keyin bu jarayon tobora og‘irlashadi. Tuxumdonlar faoliyatining buzilishi ham mastopatiyani keltirib chiqaradi. Natijada hayz ko‘rish tartibi o‘zgaradi. Shunisi muhimki, ginekologik kasalliklarni o‘z vaqtida davolatmagan ayollarning sut bezlarida mastopatiya uzoq vaqt davom etadi. Ba’zan to‘qimalarning kattalashishi xavfi bo‘lmaydi. Ayrim hollarda mastopatiya davolanmasa va uni keltirib chiqargan omillar kuchaysa u xavfli o‘smaga aylanib ketishi mumkin. Dardning qandayligini faqat oila shifokori bilan birga onkolog vrach aniqlaydi.

- Gohida ayollar sut bezlari taranglashib og‘rishidan noliydilar. Nima sababdan shunday bo‘ladi?

- Sut bezlarining taranglashib shishishi kasallik alomatidir. Ba’zan bunday o‘zgarishlar hayz ko‘rishdan oldin seziladi. Keyinchalik bunga aloqasi yo‘q vaqtda ham paydo bo‘laveradi. Ko‘krak uchidan rangsiz (ba’zan qo‘ng‘ir, kulrang, ko‘kimtir) ajralma chiqishiga hech bir ayol beparvo qaramasligi kerak. Ba’zi ayollar mastopatiya bilan og‘rib qolsalar “menda o‘sma borga o‘xshaydi” deb vahimaga tushishadi. Aslida mastopatiyaning hamma turi ham saraton oldi kasalligi bo‘lavermaydi, ammo uni o‘tkazib ham yuborish kerak emas. Masalan, ayol ginekologik kasalliklardan davolanish chog‘ida asabi buzilmasa, dardni tabiiy deb qarab vahimaga tushmasa, tushkunlikka tushmasa va vaqtida davolansa mastopatiya tez tuzaladi. Bordiyu ayol kasallikni ancha o‘tkazib yuborib, so‘ng shifokorga murojaat etsa, unga dori-darmonlar buyuriladi, gormonlar bilan muolaja qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mastopatiyasi bor ayollar onkologik dispanser nazoratida bo‘lib, uch oyda bir marta sut bezlarini tekshirtirib turishlari shart. Sut bezlarining kattalashib, qonli ajralma chiqishi, shish ustidagi teri rangining limon po‘chog‘iga o‘xshashi va tugun paydo bo‘lishi, ko‘krak uchining ichkariga kirishi sut bezlari xavfli o‘smasining ilk alomatlari hisoblanadi. Shunday holatlarni sezgudek bo‘lsangiz, darhol onkolog (mammolog) qabuliga boring, xastalik qancha tez aniqlansa shuncha tez tuzaladi.

- Mastopatiyaning oldini olish uchun ayollar nimalarga ahamiyat berganlari ma’qul?

- Maslahatlarimiz shunday: avvalo jinsiy a’zolardagi yallig‘lanish jarayonlarini o‘tkazib yubormasdan davolatish shart. Ko‘zi yorigan ayollar bolani kamida bir yarim yo ikki yoshgacha emizib boqqanlari ma’qul. Bolani sutdan chiqarishni esa shifokor bilan maslahatlashgan holda amalga oshirish kerak. Har bir ayol hayz tamom bo‘lgandan keyingi beshinchi kundan boshlab ikkala ko‘kragini qo‘llari bilan paypaslab, qattiq tugunlar bor-yo‘qligini aniqlashi zarur. Agar qo‘lga unnaydigan qattiq tugunlar uchrasa, mammolog shifokorni bundan xabardor qilgani ma’qul. Cho‘milayotganda ham ko‘kraklarga sovun surib so‘ng qo‘l yurgizilsa, sut bezlaridagi tugunlar bor-yo‘qligi seziladi. Yana yechingan holda qo‘llarini boshi orqasida ushlagan holda bezlarini so‘rg‘ich qismi bir tekisdami yoki yo‘qmi qarab qo‘yishi va qo‘ltiq osti bezlarining paypaslab ko‘rishi shart. Har bir ayol turli shamollash kasalliklaridan saqlanishi kerak. Mastopatiyaga sabab bo‘luvchi kolpit (jinsiy a’zo shilliq pardasining yallig‘lanishi), bachadon bo‘yni eroziyasi, tuxumdonlar yallig‘lanishini o‘z vaqtida davolab tuzatish lozim. Sut bezlarida sal og‘riq bo‘lsa ham darhol vrach maslahatini olishi kerak. Ayniqsa, ayollarimiz klimaks davrida ko‘krak bezlarini tez-tez tekshirtirib turishlari shart.

© Lola Alimxo‘jayeva, Respublika Onkologiya ilmiy markazining “Onkomammologiya” bo‘limi ilmiy rahbari, tibbiyot fanlari doktori. “Sihat-salomatlik” jurnali

 
ico
Ayol ko‘rki - ko‘krak
Siynalar — ko‘kraklar tabiat tomonidan ayolga ato etilgan eng go‘zal, latif, nafis bir mo‘jiza. Siynalar qomatni chiroyli ko‘rsatadigan eng muhim a’zolardan biri. Bundan tashqari bu a’zo yangi-yangi avlodlarning dunyoga kelib ilk bor totinadigan rizqi — ona sutining sarchashmasi, tiriklik manbai ham. Balki shuning uchun ham siynalar parvarishiga ulg‘ayish jarayonida katta ahamiyat beriladi. Siynalar shaklini saqlab turishda sovuq suv va badan tarbiya muhimdir. Ko‘krakni muntazam yuvib turish va dush qabul qilish ham tavsiya etiladi. Dushda siynalarning har birini alohida pastdan tepaga qarata va aylanasiga yuvish lozim. Oddiy yuvishda esa bir bo‘lak matoni sovuq suvda ho‘llab (suvga bir oz uzum sirkasi qo‘shish mumkin) yuviladi. Shundan so‘ng ko‘kraklar o‘rtasidan tashqariga qarab aylana harakatlarda yengilgina siypalanadi. Ko‘kraklar yuvilganidan keyin ularni zaytun moyi bilan yog‘lab qo‘yish foydali. Bir oz so‘lib qolgan ko‘kraklarni navbati bilan issiq va sovuq suvda kompress qilish tavsiya etiladi. Issiq suvga bir oz tuz qo‘shish, sovuq suvga esa uzum sirkasi yoki limon sharbati qo‘shish mumkin. Muolaja issiq suvdan boshlanadi. Sochiqni issiq suvda ho‘llab ko‘krakning pastidan boshlab yarim daqiqa bosib turiladi. So‘ngra sovuq suvda ho‘llab bir daqiqa davomida bosib turiladi va bu muolaja 10 marta qaytariladi, eng oxirida sovuq suv bilan tugallanadi. Agar qaddingizni bukib, yelkalaringizni tushirib yursangiz ko‘kraklaringiz past bo‘lib, osilib turadi. Yelkalarni kerib, tik yurganda esa ko‘krak muskullari mustahkamlanib, siynalar ham tik va kurkam bo‘ladi. Kichkina ko‘krakka siynaband taqish shart emas. Ko‘krak katta bo‘lganda esa uni ham estetik, ham gigiyenik nuqtai nazardan tutib turish kerak bo‘ladi. Agar siz siynaband taqmaslikni odat qilgan bo‘lsangiz ham sport bilan shug‘ullangan, hayz kurgan va homiladorlik paytingizda uni, albatta, taqib olishni unutmang. Bo‘lg‘usi onalar, emizadigan onalar ko‘krak shakli buzilmasligi uchun hatto uxlab yotgan paytlarida ham siynaband taqib olishlari kerak. Siynaband o‘zingizga loyiq, siynalaringizni yaxshi tutib turadigan bo‘lishi kerak. U ko‘kraklarni yuqoriga juda ko‘tarib yubormaydigan, bir-biriga jipslashtirib yoki me'yordan tashqari uzoqlashtirib yubormaydigan bo‘lsin. Siynalaringizning chiroyli bo‘lishi sizdan ko‘p vaqt talab etmaydi. Buning uchun, yuqorida aytib o‘tilganiday, sovuq dushda cho‘milish va ko‘krakni dag‘al sochiqni ho‘llab ishqalab-ishqalab artish kerak. Sovuq suv siyna terisini tarang qiladi, ishqalab artish esa eng qulay massaj hisoblanadi. Ko‘krak qafasi va ko‘krak bezlarini rivojlantirish uchun mutaxassislar tavsiya etgan badan tarbiya mashqlaridan unumli foydalansangiz yana yaxshi.

Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi.

ico
Ko‘kraklar o‘z shaklini yo‘qotsa, nima qilish kerak?
—Avvalgi holiga kelarmikin? Yoki bo‘ldimi, endi shunday qolaveradimi? – deydi dugonam bolasini emiza turib. Ko‘krak go‘zalligi – nozik, hamda ko‘pchilik ayollarni qiziqtirgan mavzu. Bola emizgandan so‘ng ko‘krak o‘z shaklini o‘zgartiradi. Ammo, emizish davrida ayol ko‘kragini to‘g‘ri parvarishlasa, ularning osilishi ko‘pam sezilmasligi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida

To‘g‘ri siynaband tanlang: u keng tasmali va aynan o‘zingizga mos o‘lchovli bo‘lishi kerak. Homiladorlikning so‘nggi 3 oyligida va emizganda doimo siynaband taqish lozim. Uyquga yotganda kengroq siynaband taqib oling. Sutni sog‘ish ham ko‘krak shakliga ta’sir qiladi, uning mushaklari cho‘zilib ketadi. Iloji bo‘lsa, maxsus sut sog‘uvchi asbobdan foydalaning. Ko‘kragingizni sut yig‘ilib, qotib qolishidan asrang va gigiyena qoidalariga amal qiling. Ikki ko‘krakda ham bir xil miqdorda sut bo‘lyaptimi, yo‘qmi, shunga e’tibor bering. Buning uchun bolani emizganda galma-gal, o‘ng, so‘ngra chap ko‘krakni tutish lozim. Tungi paytda bola nisbatan kam emadi, shuning uchun yotishdan avval ko‘kragingizni bo‘shatib oling, shunda ko‘krakning har ikkisi bir xil hajmda bo‘ladi, ya’ni ulardan birining mushaklari «cho‘zilib» ketmaydi. Hammasi ortda qolganda… Bola emishdan chiqqandan so‘ng ham 3-4 oy mobaynida ko‘krakdan biroz ajralma kelishi mumkin. Ammo ba’zi hollarda bu bir yilgacha davom etishi mumkin, bu holat organizmda gormonal va endokrin buzilishlar hosil bo‘lganidan darak beradi. Ajralmalarning rangiga e’tibor bering: och jigarrang yoki biroz yashil rangli ajralmalar
mastopatiya xavfi borligiga dalolat beradi. Oq yoki qaymoq rang ajralmalar esa tabiiy hisoblanadi, ammo shunga qaramay, ajralmalar bir yildan ortiq ham to‘xtamasa, mammolog shifokorga murojaat qiling. Bola emishdan to‘xtashi bilan ko‘krakning hajmi kichiklashib, osilib qoladi. Maxsus mashqlar va kontrast dush yordamida uning shaklini yaxshilash mumkin. Massaj, suzish ham ko‘krak mushaklarini mustahkamlaydi.

Tirtiqlar

Homiladorlik emizish davrida ko‘krakda tirtiq izlari paydo bo‘ladi. Teri qancha oq bo‘lsa, ular shuncha ko‘zga tashlanadi. Tug‘ruqdan so‘ngra terini qancha erta parvarishlay boshlasangiz, shuncha yaxshi. 1 gr mumiyoni 1 choy qoshiq biroz sovutilgan qaynagan suvda eriting va 80-100 gr bolalar kremiga aralashtiring va muzlatgichda saqlang. Kuniga bir bora teriga yengil uqalash bilan surting. Emizish davrida bu muolaja tavsiya qilinmaydi!

Ko‘krak mushaklarini mustahkamlovchi mashqlar

Ko‘krak mushaklarini mustahkamlovchi mashqlarni homiladorlikdan avval qilish anchayin samarali. Ammo aytishganiday, hechdan ko‘ra kech. Mashqlarni har kuni davomiy tarzda bajarsangiz, 5 haftadan so‘ngra uning natijasi yaqqol ko‘rinadi.

Ko‘krak mushaklarini mustahkamlovchi mashqlar

Ko‘krak mushaklarini mustahkamlovchi mashqlarni homiladorlikdan avval qilish anchayin samarali. Ammo aytishganiday, hechdan ko‘ra kech. Mashqlarni har kuni davomiy tarzda bajarsangiz, 5 haftadan so‘ngra uning natijasi yaqqol ko‘rinadi.

I mashq

1 mashq: devorga qo‘llaringizni tirab turing, tirsaklaringizni buking, ko‘kragingiz devorga tekkach, avvalgi holatingizga qayting. Mashq davomida tanangiz tikka bo‘lishi kerak, belingizni bukmang. Mashqni 8-10 marotaba takrorlang. devor mashqi

II mashq

2 mashq: Bu mashq uchun sizga koptok kerak bo‘ladi. Tik va to‘g‘ri turing, oyoqlar yelka kengligida joylashgan. Ikki qo‘lingiz bilan koptokni ko‘krak balandligida tuting, so‘ngra uni sherigingiz (yoki devorga) oting. Qo‘llar tirsakda bukilib keriladi, ammo ko‘krakdan yuqoriga ko‘tarilmaydi. Mashqni 10-15 marotaba takrorlang. koptok bilan mashq

III mashq

3 mashq: Qorningiz, ko‘kragingiz bilan polga yoting,qo‘llarni yelka kengligida polga tirab, «otjimaniye» deb ataluvchi mashqni takrorlang. Pastga egilganingizda 5-10 soniyada shu holatda qotib turing. Belingizni tekis tuting. Mashqni 8-10 marta takrorlang. Mashqlarni bajarganingizda ko‘krak va qo‘lning yuqori qismi, yelkalar qiziyotganini his qilasiz. Mashqlarni bajarish davomida bir tekis nafas olishni nazorat qiling. Yodingizda bo‘lsin: hech narsaga mehnatsiz erishib bo‘lmaydi. [su_youtube_advanced url="https://www.youtube.com/watch?v=rqsafVzwek4“ showinfo=”no“ loop=”yes"] Ko‘kragingiz tarang va chiroyli bo‘lishini istasangiz, mashqlarni bajaring va doimiy ravishda ko‘kragingizni parvarish qiling va yelkalaringizni ko‘tarib, tik yurishni odat qiling. Ko‘krakni tabiiy usullar orqali katta qilish haqida ushbu maqola orqali ma'lumot olishingiz mumkin: Ko‘krakni katta qilish usullari Manba: Dnk.uz