Tumov (burun bitishi va oqishi)ning sabablari ko‘p: O‘RVI va boshqa infeksiyalardan tortib, mavsumiy allergiya, gormonal o‘zgarish yoki haroratning keskin o‘zgarishigacha bo‘lgan holatlar. Ammo sabablariga qaramay, bu muammodan xalos bo‘lishning oddiy usullari bor.
Yoki boshqa istalgan ichimlik. Muhimi u issiq bo‘lsin, biroq kuydiradigan darajada emas. Issiqlik va bug‘ burun-halqumda qon aylanishini kuchaytiradi. Natijada nafas olish yengillashadi.
2. Iloji boricha ko‘proq suyuqlik iching
Yuqoridagi banddan kelib chiqib, issiq yoki iliq ichimlik ichish kerak. Imkon bo‘lmagan taqdirda esa xona haroratidagi suvni ham ichish mumkin.
Agar organizmga suv yetishmasa, burun ham sog‘lom holatda bo‘lmaydi. Burundagi suyuqlik qurib qoladi va quyuqlashadi. Bu ham burun bitishiga olib keladi. Burundagi suyuqlik qotib qolganida virus va bakteriyalar uchun qulay muhit yuzaga keladi. Ya’ni kasallik uzoq davom etishi yoki shamollashga qaraganda yoqimsizroq ko‘rinish tus olishi mumkin. Masalan, gaymorit.
Suyuqlik ichsangiz, burundagi shilimshiq suyuqlik ko‘proq oqib, burun-halqumdagi viruslar va umuman burun bitishi hamda shamollashdan tezda xalos bo‘lasiz.
3. Ingalyatsiya qiling
Issiq bug‘dan nafas olish shamollash, jumladan, burun bitishini ham kamaytiradi va tuzalishni tezlashtiradi.
Healthline tibbiy resursi ingalyatsiyani quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya qiladi:
Kastryulkada toza suvni isiting. Uni qaynashgacha olib borish shart emas, suyuqlik ustida bug‘ paydo bo‘lishining o‘zi yetarli.
Suv to‘ldirilgan kastryulkani stol yoki boshqa qulay gorizontal yuza ustiga qo‘ying va 20-30 daqiqa davomida yuzingizni bug‘ga tutib turing. Agar bug‘ qaynoq bo‘lsa, undan uzoqroq bo‘ling yoki biroz ilishini kuting.
Burun orqali chuqur nafas oling. Nafasni burun orqali chiqaring. Burundagi shilliq suyuqlikdan xalos bo‘lish uchun kuchli nafas chiqaring.
Ingalyatsiyali suvga bir necha tomchi efir moylaridan ham qo‘shish mumkin. Evkalipt, yalpiz, choy daraxti, qarag‘ay – ta’bga ko‘ra shulardan birini tanlang.
O‘zingizni tezda yengil his qilishni istasangiz, mana shu usul mos keladi. Ingalyatsiya yoki issiq choy kabi dush ham burun oqishini samarali to‘xtatadi va burun bitishini bartaraf etadi.
5. Burun uchun issiq kompress qiling
Issiq, biroq kuydirmaydigan haroratdagi suvda bo‘ktirilgan salfetkani burunga 2-3 daqiqaga kuniga 3-4 marta qo‘ying.
6. Burunni tuzli eritma bilan chaying
Tayyor tuzli aerozolni dorixonadan sotib olish yoki mustaqil ravishda tayyorlash mumkin. Retsepti oson: yarim choy qoshiq tuz va bir chimdim sodani bir stakan (240 ml) iliq suvga soling. Yoqimsiz belgilar butunlay yo‘qolguniga qadar kuniga 3-4 marta mana shu eritma bilan burunni chaying.
7. Tomirni toraytiruvchi burun sprey va tomchilaridan foydalaning
Ular shishishni bartaraf etib, burunda suyuqlik hosil bo‘lishini sekinlashtiradi. Natijani darhol his etish mumkin: nafas olish erkinlashadi. Biroq bu effekt vaqtinchalik: odatda bir necha soat davom etadi xolos.
Shuni yodda tutingki, bunday vositalarni 3 kundan ortiq ishlatib bo‘lmaydi. Aks holda yoqimsiz ta’sirlar kuzatilishi mumkin: muayyan vositaga o‘rganib qolishdan tortib (keyin tomirlar unga reaksiya qilmay qo‘yadi), burun shilliq qavatining yupqalashishi, medikamentoz rinit va boshqa yomon holatlar rivojlanishigacha.
8. Shifokorga boring!
Burun bitishi – alohida kasallik emas, u bor-yo‘g‘i bir belgi. Undan batamom xalos bo‘lish uchun esa kasallikni yengish kerak bo‘ladi. Buni professional shifokor – terapevt yoki tor doiradagi mutaxassis (lor, allergolog) nazorati ostida amalga oshirish samarali bo‘ladi.
Muhim eslatma: burun bitishining shunday turlari borki, ular shifokorga zudlik bilan murojaat etishni talab qiladi. Agar quyidagi holatlar kuzatilsa, shifokor ko‘rigiga boring yoki telefon orqali u bilan maslahatlashing:
Sizdagi burun bitish holati peshona, burun yoki yuz, ko‘zning shishishi bilan kechsa yoki ko‘rish qobiliyati yomonlashishi bilan bog‘liq bo‘lsa;
Burun bitishidan tashqari, tomog‘ingiz kuchli og‘riyotgan bo‘lsa yoki bodomsimon bez yoki burun-halqumning boshqa qismlarida oq yoki sariq dog‘larni ko‘rsangiz;
Mana shu belgilar sizda rinitdan ko‘ra jiddiyroq kasallik bo‘lishi mumkinligidan darak beradi. Gap angina, gaymorit, jiddiy gormonal buzilishlar, bosh miya jarohatlanishi, bakterial zararlanishlar, jumladan, meningit va v h.klar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.
Otrivin bu – burun bo’shlig’iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)
Eritma tarkibi:
Faol moddalar: ksilometazolin gidroxloridi 0,5 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o’n ikki suv, natriy xlorid, disodiy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi —
Tumov (rinit) — sovqotish, infeksiya, allergiya natijasida burun shilliq pardasining yalligʻlanishi. Mustaqil kasallik yoki infeksion kasalliklar (mas., gripp, difteriya, qizamiq va boshqalar) belgisi boʻlishi mumkin. T.da burun yoki tomoq shilliq pardasi shishib, achishadi va quruqshaydi; 3—4 kundan keyin burundan koʻp miqdorda suyuq tiniq shilimshiq keladi. Bemorning umumiy ahvoli aytarli oʻzgarmaydi, harorati, odatda, normal yoki bir oz koʻtariladi (37—37,5°), boshi ogʻirlashib, ish qobiliyati pasayadi; burundan nafas olish qiyinlashadi, baʼzan, koʻz shilliq pardasi yalligʻlanganligi tufayli yosh oqadi, hid bilish pasayadi. T. xususan emadigan bolalarda ogʻir kechadi. Ularning burun yoʻllari juda tor boʻlib, burun shilliq qavatining ozgina boʻlsada shishishi burundan nafas olishni qiyinlashtiradi. Natijada jiddiy oʻzgarishlar: tajanglik, uyqu buzilishi, emmay qoʻyish, juda ozib ketish va boshqa kuzatiladi. Baʼzan yalligʻlanish burunhalqum va eshituv nayi shilliq pardasiga, hatto hiqildoq, bronx va oʻpkaga ham oʻtib ketadi. Shuning uchun T.ni zoʻraytirib yubormaslik kerak.
Kasallik alomatlari paydo boʻlishi bilan vrachga murojaat etish lozim. Asal yoki malina murabbosi solingan issiq choy ichish, vrach tavsiya etgan tomir toraytiruvchi tomchilarni burunga tomizish kerak, bu — shilliq parda shishini pasaytiradi, natijada burun oqishi kamayadi, burun ochilib, nafas olish yaxshilanadi. Vrach buyurgan davo choralarini qatʼiy bajarish lozim, aks holda yalligʻlanish jarayoni surunkali shaklga oʻtib ketishi mumkin. T. hamma vaqt ham sovqotish yoki infeksion kasalliklardan kelib chiqavermaydi. Koʻpincha (asosan, asabi tez qoʻzgʻaluvchan kishilarda) allergik yoki vazomotor T. ham uchrab turadi; kasallik xuruj qilganda bemor tinmay aksa uradi, burnidan suyuq shilimshiq, koʻzidan yosh oqadi, burun va qovoklari qichishadi; T.ning bu shakli baʼzan bir kunda bir necha marta xuruj qiladi. Allergik T.ning alohida bir turi — pichan tumovi, asosan, boshoqli oʻsimliklar gullagan davrda uchraydi.
Oʻtkir T. tez-tez kdytalab tursa, surunkali T.ga aylanib ketishi mumkin. Surunkali T. burun boʻshligʻi shilliq pardasining oʻsib, qalin tortishi (gipertrofiya) yoki uning yupqalashib ketishi (atrofiya)ga olib kelishi mumkin, natijada nafas olish qiyinlashadi. Shuning uchun T.ning surunkali shaklga oʻtib ketishiga yoʻl qoʻymaslik zarur. T.ning oldini olishda organizmni chiniqtirish juda muxim.
Allergik rinit — yuqori nafas yo'llarining kasalligi bo'lib, organizmda allergik reaksiyaning paydo bo'lishi tufayli yuzaga keladi. Bu kasallik ko'pincha mavsumiydir (gul changiga allergiya bo'lsa). Rinit o'tkir va surunkali bo`lishi mumkin.
Kasallik sabablari
Burun shilliq qavatining shishishi tufayli rinit paydo bo'ladi. Kasallikni qo`zg`atuvchi asosiy sabablar – allergiya uyg`otuvchilar bo`lib, ulardan eng tarqalganlari - o`simlik changchilari, chang, uy hayvonlari tuklari, kimyoviy moddalar, dori vositalari va zamburug`lar hisoblanadi.
Bu kasallik nasldan naslga o`tadi. Bolalarda bu kasallik immunitetning zaiflashishi tufayli yuzaga keladi.
Allergik rinitning belgilari
Allergik rinit quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
tumov;
burun bitishi;
tez-tez aksirish;
tomoqdagi qitiqlash hissi;
davomli yo'tal xurujlari;
ko'z qichishishi, ko`z yoshi ajralishining kuchayishi;
ko`zlarning yorug'likka sezgirligi ortishi;
hid bilish qobiliyatining yo`qolishi;
Diagnostika
Davolash uslubini aniqlash uchun allergolog-shifokor umumiy tekshiruvdan ot`kzagandan va bemor shikoyatini tinglagandan so'ng, quyidagi tekshiruvlar va tahlillarni tayinlaydi:
qonning umumiy tahlili;
immunogramma;
burundan ajratilgan shilliq moddaning laboratoriya tekshiruvi;
rinoskopiya;
allergiya sababini aniqlash uchun provokatsion teri testlari.
Allergik rinitni davolash
Allergik rinitni davolash quyidagilarni o'z ichiga oladi:
immunoterapiya;
antigistamin dorilar;
qon tomirlarini toraytiruvchi dorilar;
hujayra membranasi stabilizatorlari;
glyukokortikosteroidlar;
davolovchi mashqlar;
ingalyatsiya.
Burun to`sig`ining qiyshiqligi tufayli kelib chiqqan surunkali rinitda jarrohlik amaliyoti o`tkazilishi buyuriladi
Parhez
Kasallikni davolash paytida shifokor bemorga ma'lum bir parhezni belgilaydi, bu parhez quyidagi oziq-ovqatlarni iste'mol qilishni istisno qiladi:
tovuq go`shti, tovuq tuxumi;
mevalar (ayniqsa, sitrus mevalar);
asal va u bilan bog`liq mahsulotlar;
bo'yoqlar va oziq-ovqat qo'shimchalari bo'lgan yeguliklar va suyuqliklar.
Xavfli jihatlari
Agar allergik rinit o'z vaqtida davolanmasa, quyidagi asoratlar paydo bo'lishi mumkin:
sinusit;
otit;
eshak yemi;
bronxial astma;
Kvinke shishi;
atopik dermatit.
Xavf guruhi
Xavf guruhidagi bemorlar:
naslida allergik kasalliklar borlar;
ekologik jihatdan nosog'lom joyda yashovchi odamlar;
tez-tez yuqumli kasalliklarga chalinadigan bolalar;
Profilaktika
Shifokorlar quyidagi profilaktika choralarini tavsiya qiladilar:
allergiya qo`zg`atuvchilar bilan aloqada bo`lmaslik;
yozda ochiq havoda harakat qilishni cheklash (agar o`simlik changiga allergiya bo'lsa);
haftasiga kamida bir marta uyda nam tozalashni amalga oshirish;
shampunlar, cho`milish uchun gellar, kremlar va boshqa kosmetika vositalarini ishlatishdan oldin, allergik reaksiyani tekshirish uchun ularni tirsakning bukiladigan joyiga surtib ko`rish;
to'g'ri ovqatlanish.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Ushbu kasallikning asosiy xavfi – oddiy spreylar faqat burun oqishlarni yo’q qiladi, asosiy dushman allergiya esa tanaga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Tomchi dorilaridan uzoq muddat foydalanish-kistaning shakllanishi va poliplarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Tajribali shifokor-otorinolaringolog tomonidan malakali tanlab olingan terapiyani davolashda faqat kompleks yondashuv bemorlarimizni ushbu og’ir kasallikdan to’liq davolashga xizmat qiladi.
Tashxis qanday o’tkaziladi? Endoskopiya – burun bo’shlig’idagi allergik rinitni boshqa kasalliklardan ajratishga imkon beruvchi zamonaviy usuldir.
Allergik kurash – sovuqqa qarshi kurashda asosiy qurol.
Tekshiruvdan so’ng individual davolash usuli tanlanadi, shu jumladan: • Dori darmon yordamida davolash • Burun bo’shlig’ini tozalash • Vakuumli tozalash • Fizioterapiya
Tomchi dorilardan keyin ham erkin nafas ololmayapsizmi? O’z-o’zini davolash qilmang!
Maqolada negizida ikkilamchi mitoxondrial disfunksiya yotgan turli kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda meldoniyni qo‘llash samaradorligining obzori berilgan. Mitoxondriyalar - bu ko‘pgina metabolik jarayonlarni, jumladan yog‘li kislotalar (YoK) oksidlanishini, Krebs siklini, elektronlarni tashish zanjirida oksidlovchi fosforlashni va ko‘pgina boshqalarni boshqaradigan murakkab hujayrali organellalar.
Foto: Google Photo
Aynan mitoxondriyalar matriksida trikarbon kislotalar siklidagi glyukozani aerobli oksidlash birikma reaksiyasining kaskadi va piruvatdegidrogenazli reaksiya sodir bo‘ladi, buning natijasida ichki mitoxondrial membranada lokalizatsiyalangan va hujayrada sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarning asosiy energiya manbasi bo‘lgan adenozintrifosfat (ATF) sintezi uchun bevosita javob beradigan mitoxondrriyalarning nafas olish zanjirida oksidlanuvchi substratlar hosil bo‘ladi.
Mitoxondriyalarning shikastlanishi erkin radikalli jarayonlarni faollashishiga va dasturlangan hujayra o‘limi initsiatsiyasiga yordam berishi mumkin. Obzorda meldoniyni mitoxondriyalardagi patologik jarayonlarni to‘xtatishga yordam beruvchi dori vositasida sifatida qo‘llashning samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Meldoniy hujayralar qobiqlari orqali karnitin sintezini va uzun zanjirli YoK tashilishini bostiradi, hujayralarda atsilkarnitin va atsilkoenzim A hosilalari bo‘lgan oxirigacha oksidlanmagan YoKning faollashtirilgan shakllarini to‘planishiga to‘sqinlik qiladi, ishemiya sharoitlarida kislorod yetkazib berish muvozanatini va uni hujayralarda o‘zlashtirilishini tiklaydi, ATF tashilishining buzilishini oldini oladi; shu bilan bir vaqtda glikolizni faollashtiradi, u kislorodni qo‘shimcha iste’mol qilmasdan kechadi. Obzorda meldoniyni yurak qon-tomir tizimi kasalliklari (yurak ishemik kasalliklari, yurak yetishmovchiligi, gipertenziya va hokazo), nevrologik buzilishlari (insult, serebrovaskulyar yetishmovchilik va hokazo), nafas olish organlari kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash samaradorligining ma’lumotlari keltiriladi.
Koronavirus kasalligi, bronxial astma, o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi, grippga qarshi vaksinatsiyadagi immun javobga meldoniyning ijobiy ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan bemorlarda meldoniyni qo‘llash fonida asteniyaning kamayishi qayd etilgan.
Mitoxondriyalar (Mt) - bu ko‘pgina metabolik jarayonlarni, jumladan yog‘li kislotalar (YoK) oksidlanishini, Krebs siklini, elektronlarni tashish zanjirida oksidlovchi fosforlashni va ko‘pgina boshqalarni boshqaradigan murakkab hujayrali organellalar. Aynan mitoxondriyalar matriksida trikarbon kislotalar siklidagi glyukozani aerobli oksidlash birikma reaksiyasining kaskadi va piruvatdegidrogenazli reaksiya sodir bo‘ladi, buning natijasida ichki mitoxondrial membranada lokalizatsiyalangan va hujayrada sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarning asosiy energiya manbasi bo‘lgan adenozintrifosfat (ATF) sintezi uchun bevosita javob beradigan mitoxondrriyalarning nafas olish zanjirida oksidlanuvchi substratlar hosil bo‘ladi. Oxirgi o‘n yillikda mitoxondriyalarning tadqiqotiga bo‘lgan ortib boruvchi qiziqish shuni ko‘rsatdiki, ushbu ko‘p funksional organellalar - biz o‘ylagandan ham ko‘proq narsa ekan, signal shakllar sifatida ular boshqa asosiy rollarni ham o‘ynaydi, bu rollar hujayrali metabolizm, proliferatsiya, o‘lim va immunologik javobni boshqaradi. Asosiy boshqaruvchilar sifatida mitoxondriyalar keng ko‘lamli metabolik, neyrodegenerativ, immun va neoplastik buzilishlarning patogenezida ishtirok etadi .
Mitoxondrial moslashuvchanlikka ega bo‘lib, hujayraning bioenergetik ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhitning turli signallariga va metabolik o‘zgarishlarga tezda moslashib, Mt markaziy metabolik tugunlar sifatida ishlaydi, shu tufayli ular metabolizmda, proliferatsiyada va hujayralarning yashab ketishida muhim rol o‘ynaydigan signalli organellalarning dinamik tarmog‘ini tashkil etadi.
Mitoxondriyalarni shikastlanishi erkin radikalli jarayonlarning faollashuviga va dasturlangan hujayra o‘limi mexanizmlarini initsiatsiyasiga yordam berishi mumkin, mitoxondrial oksidlovchi fosforlashni buzilishi, endoplazmatik retikulumni shikastlanishi, gen faolligini, jumladan, bir vaqtning o‘zida yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni oshishi va uglevodli va lipidli almashinuvlar buzilishi bilan glyukogenezga, glyukoza tashilishiga javob beruvchi genlarni o‘zgarishi esa ikkilamchi mitoxondrial disfunksiyani (MD) keltirib chiqargan patologiyalarni kuchayishiga yordam berishi mumkin. Mitoxondriyalar va MD to‘g‘risidagi bilimlar rivojlanishi bilan birga hozirgi vaqtda hujayraning buzilgan energetik almashinuvini tiklashga va organlarning va butun organizmning gipoksiyaga bo‘lgan rezistentligini oshirishga qodir bo‘lgan dori vositalarni ishlab chiqish va o‘rganish sodir bo‘lmoqda.
MDda nafaqat ATF mitoxondrial sintezini sekinlashishi, balki umuman organellalarda moddalar almashinuvini buzilishini ham sodir bo‘ladi. Shu tufayli, gipoksiya va energiya tanqisligi bilan birikkan energetik almashinuv buzilishini farmakologik tuzatish imkoniyatiga bo‘lgan qiziqish doim ortib bormoqda. Shuning uchun MDda antigipoksantlar, hujayraning energetik almashinuvini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita korrigirlovchi preparatlarni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi shubha tug‘dirmaydi. ATF ishlab chiqarilishini oshiruvchi va laktatatsidoz darajasini pasaytiruvchi, hujayradagi oksidlash jarayonini odatiy aerob yo‘lga qaytarishga qodir bo‘lgan energotrop preparatlar o‘zining mitoxondriyalar funksiyasiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyati tufayli davolash protokollarida ham birlamchi, ham ikkilamchi MDni davolashda keng qo‘llanila boshlandi.
MELDONIYNING FARMAKODINAMIK VA KLINIK SAMARALARI
Meldoniyning ta’sir etish mexanizmi uning ishemiya va yuqori yuklama sharoitida organizmning turli hujayralari himoyasini ta’minlovchi antigipoksantlar bo‘lgan sitoprotektorlar guruhiga mansubligini belgilaydi. Meldoniy - Mildronat®ning faol molekulasi, u aminokislotaga o‘xshash kimyoviy tuzilmaga ega va 3-(2,2,2-Trimetilgidraziniy) propionat digidrati kabi ma’lum - dastlab 1970 yillarda Latviya organik sintez instituti tomonidan ishemiyaga qarshi ta’sirga ega preparat kabi sintezlangan, u uzoq vaqtdan beri miokard va bosh miya ishemiyasini davolashda qo‘llanib kelinmoqda. Klinik kardioprotektiv samaralari surunkali yurak yetishmovchiligida (SYuE) yetarlicha yaxshi o‘rganilgan: yurak ishemik kasalligida (YuIK) SYuEni kechishiga meldoniyning ijobiy ta’siri qayd etilgan. O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatdiki, 12 hafta mobaynida sutkada 1000 mg dozadagi meldoniyni SYuEning majmuaviy terapiyasiga qo‘lishilishi yurak yetishmovchiligi funksional sinfini (FS) pasayishiga, jismoniy yuklamalarni bajarishga bo‘lgan tolerantlikni oshishiga, miokard qisqartirilishini (otib chiqarish fraksiyasi va sistolik hajm) oshishiga, chap qorinchaning (ChQ) diastolik funksiyasini yaxshilashga, bemorlarning holatini va turmush sifatini yaxshilashga yordam bergan. Meldoniy nogemodinamik ishemiyaga qarshi samara ko‘rsatuvchi dori preparati kabi ma’lum. Klinik amaliyotda uning antianginal faolligi isbotlangan va talabgor.
Meldoniy nevrologik amaliyotda ham keng qo‘llaniladi. Ishemik insultning o‘tkir davrini majmuaviy davolashda meldoniy qo‘llashda uning yaqqol ifodalangan neyroprotektorli ta’siri namoyish etilgan. Surunkali dissirkulyatorli ensefalopatiyada preparat miyaning neyrodinamik va boshqaruvchi funksiyasini yaxshilaydi, keksa yoshdagi arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda kognitiv disfunksiyani to‘g‘rilashda samarali hisoblanadi. O‘tkazilgan klinik tadqiqotlar meldoniyni (Mildronat®, GRINDEKS AJ) YuIK (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligida, disgormonal kardiomiopatiyada, miya qon aylanishining o‘tkir osti va surunkali buzilishlarida (insultdan keyin, serebrovaskulyar yetishmovchilikda), aqliy jismoniy ortiqcha yuklamada (jumladan, sportchilarda) majmuaviy terapiya tarkibidagi preparat kabi ifodalash imkonini berdi.
SYuE va o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) bo‘lgan patsiyentlarning prospektiv, randomizatsiyalangan qiyoslash tadqiqotida meldoniy majmuaviy terapiya tarkibida 12 hafta davomida qo‘llanilgan. Sutkada 1000 mg dozada u faqat SYuE va O‘SOK bilan bazis terapiya olayotgan nazorat guruhiga qaraganda S-rektiv oqsilning haqiqatan kamayishida va qon-tomirlar orqali ham elastik, ham mushakli turdagi pulsli to‘lqinning tarqalish tezligini pasayishi ko‘rinishidagi magistral arteriyalarning elastiklik ko‘rsatkichlarini yaxshilanishida namoyish bo‘ladigan yallig‘lanish yaqqolligining statistik ahamiyatli regressiga yordam bergan.
Patsiyentlarning xuddi shu populyatsiyasida meldoniyning mikrotsirkulyatsiya ko‘rsatkichlariga va tashqi nafas olish funksiyasiga bo‘lgan ta’siri qayd etilgan. Shunday qilib, ichki kasalliklar klinikasida meldoniyga keng ko‘lamli klinik samaralarga ega bo‘lgan nadnozologik preparat kabi qarash mumkin.
Organik kationlar/2 (OCTN2) turdagi karnitin tashuvchisini meldoniy tomonidan ingibirlanishi to‘qimalarda uning tashilishini pasayishi va siydik bilan chiqarilishini yengillashishi hisobidan L-karnitin konsentratsiyasini pasayishi bilan kuzatiladi. L-karnitin erishimliligini pasayishi karnitin- palmitoiltransferaza-1 (CPT1) tomonidan atsilkarnitin hosil qilinishini pasaytiradi. Bundan tashqari, ichak mikrobiotasi tomonidan L-karnitindan trimetilamin (TMA) hosil bo‘lishini pasaytiradi va flavin tarkibli mono- oksigenazalar (FMO) tomonidan hosil qilingan trimetilamin-N-oksid (TMAO) – TMA metabolitini chiqarilishiga yordam beradi. Umuman olganda, atsilkarnitinlar va TMAOni pasayishini meldoniyning kardioprotektorli, antiaterosklerotik va antidiabetik samaralari belgilaydi. Meldoniy γ-butirobetaingidroksilaza – karnitin biosintezining oxirgi fermentini va karnitin- palmitoiltransferaza I – mitoxondriyalar ichki membranasining fermentini ingibirlaydi, ushbu ferment atsil guruhni koferment-Adan karnitinga o‘tkazishni katalizatsiyalaydi. Natijada uzun zanjirli YoKlarning sitozoldan mitoxondriyalarga tashilishi pasayadi va peroksisomalarga qayta yo‘naltiriladi, u yerda ular mitoxondriyalarda keyinchalik oksidlanishi uchun o‘rtacha va qisqa zanjirli atsilkarnitinlarga metabolizatsiyalanadi, bu esa mitoxondriyalarda toksik uzun zanjirli oraliq mahsulotlarni to‘planib qolinishini bartaraf etadi va YoK zanjirining uzunligi o‘sishi bilan nisbati oshadigan mitoxondrial KFSh hosil bo‘lishini pasaytiradi. Katabolik oraliq birikmalar va uzun zanjirli YoKlarning yon mahsulotlari, ma’lumki, zanjirda elektronlar oqimining tezligini sekinlashtirishga va mitoxondrial oksidlovchi-tiklovchi muvozanatni buzib, KFSh hosil bo‘lishini kamaytirishga qodir.
Shunday qilib, meldoniy uzun zanjirli YoKlarning metabolizmi bilan vositalangan mitoxondriyalarning shikastlanish xavfini pasaytiradi va energiya ishlab chiqarilishini YoKni oksidlashdan kam kislorodni talab qiluvchi glikolizga o‘tkazadi, bu esa ishemiya sharoitlarida ijobiy samara beradi. Meldoniy metgemoglobin konsentratsiyasini pasaytiradi va natijada eritrositlar tomonidan O2 ko‘proq tashilishiga yordam beradi. Meldoniyning L-karnitin bilan tarkibiy o‘xshashligi ehtimol, unga eritrositlar bilan bog‘lanish imkonini beradi.
Bugungi kunda meldoniyni koronavirus infeksiyasi sharoitlarida qo‘llashning samaradorligi bo‘yicha qiziqarli klinik ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda.
Shunday qilib, A.L. Vertkin va boshqalarning koronavirusli pnevmoniyasi va surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Mildronat® preparatini metabolizm korrektori sifatida qo‘llashni baholash maqsadli tadqiqotida (2020) Mildronat® preparati guruhida nazorat guruhiga qaraganda gospitalizatsiya muddatlarining statistik ahamiyatli pasayishi qayd etilgan, shifoxonadan chiqish paytida S-reaktiv oqsil va D-dimer darajasining ishonchli pasayishi qayd etilgan.
Preparat quyidagi tartibda qo‘llanilgan: inyeksiyalar uchun eritma (0,5 g/5 ml) sutkada 1 grammdan vena ichiga tizillatib butun gospitalizatsiya davomida keyinchalik 500 mg dozadagi kapsulalarni sutkada 2 marta 2 haftagacha muddatda peroral qabul qilish bilan ambulator tartibga o‘tilgan. 3 oydan keyin Mildronat® preparati guruhida turmush sifatining ahamiyatli yaxshilanishi va MFI-20 (asteniyani baholashning subyektiv shkalasi), EQ-5D (turmush sifatining yevropa so‘rovnomasi) shkalalari ma’lumotlari bo‘yicha astenik sindrom yaqqoligining pasayishi, ShOKS (SYuE bo‘lgan patsiyentning klinik holatini baholash shkalasi) shkalasi bo‘yicha SYuE klinik namoyishlarining pasayishi qayd etilgan. Ye.Yu. Ebzeeva va boshqalarning ishida (2020) Mildronatni postinfeksion (postkovid) astenik sindrom korrektori sifatida 14 kun mobaynida sutkada ikki marta 500 mg dan ichga qabul qilish buyurilganda uning ijobiy samarasi qayd etilgan.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar virusli infeksiyalar Mt funksiyalarini modullashtirishi, hujayraning energetik almashuvini boshqarishi, metabolik yo‘llarni qayta dasturlashi va hujayralardagi virusli bo‘shliqlarni qo‘llab turish uchun metabolitlardan foydalanishi mumkinligini namoyish etdi.
SARS-CoV-2 virusi ham istisnolardan emas: yangi ma’lumotlarning guvohlik berishicha, u mitoxondrial tuzilmalarda replitsirlanib, immun hujayralar MT sini ishg‘ol qiladi va ularning funksiyasini buzib, hujayralarning o‘limiga olib kelar ekan (3 rasm). R. Prasun ning oxirgi obzorlaridan birida (2021) nafaqat mitoxondriyalarning tug‘ma virusga qarshi immunitetdagi, hamda yallig‘lanishdagi rolini hisobga olib COVID-19 patogenezida ularning muhim patogenetik roli muhokama qilinadi, balki murakkab savollarga javob berishga ham urinish qilinadi. Masalan, nima uchun semizligi, metabolik sindromi yoki qandli diabeti bo‘lgan odamlardagi prognozi shunchalik salbiy. SARS-CoV-2 Mt funksiyasiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
U keyinchalik angiotenzinni aylantiruvchi ferment-2 (AAF2) retseptorlarini internalizatsiya qilish va toydirish bilan AAF2ga qo‘shilish yo‘li orqali egalik hujayrasiga kirib boradi, bu angiotenzin II darajasini, protrombotik, vazokonstriktiv va yallig‘lanishga qarshi peptid gormonning oshishi bilan kuzatiladi, u oksidlovchi stressni va mitoxondrial disfunksiyani keltirib, kislorodning (KFSh) sitoplazmatik va mitoxondrial faol shakllarining darajalarini oshiradi. Ushbu bilvosita samaradan tashqari SARS-CoV-2 to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining yordamchi Orf9b oqsili orqali mitoxondriyalarning funksiyasini manipulyatsiya qilishi mumkin, u TOM70 - tashqi membrananing mitoxondrial oqsili bilan bog‘lanish orqali interferon I (IFN-I)ning javoblarini bostiradi, bu esa virusli infeksiyaga qarshi immun himoya javobini belgilaydi. Bundan tashqari shu bilan SARS-CoV-2 mitofagiyalari hujayralarning yallig‘lanishini va o‘limini vositalab, shikastlangan mitoxondriyalarning to‘planishiga yordam beradi, mtDNKning sitoplazmaga chiqarilishi esa mtDNK-indutsiyalangan inflammasomani faollashtiradi va tug‘ma va moslashgan immunitetni bostiradi.
XULOSA
Shunday qilib, samarasini realizatsiya qilishning yuqorida ta’riflangan mexanizmlarini hisobga olib, koronavirusli infeksiya sharoitlarida va postkovid davrida majmuaviy terapiya tarkibida meldoniyni qo‘llash uning Mt disfunksiyasini to‘g‘rilash imkoniyatlarini hisobga olganda patogenetik asoslangan hisoblanadi va zamonaviy pandemiya realiyalarida undan foydalanishning yangi ko‘lamlarini ochib beradi. Mildronat® dan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada YuIK, SYuEda majmuaviy terapiya tarkibida preparat 4-6 hafta davomida 500 mg dozada sutkada 1 marta ichga qabul qilish uchun buyurilishi aytib o‘tilgan. Disgormonal kardiomiopatiyada Mildronat® majmuaviy terapiya tarkibida 12 kunlik davolash kursida ichga 500 mg dan buyuriladi.
Miya qon aylanishining o‘tkir osti va surunkali buzilishida (insultdan keyin) Mildronat® preparati bilan inyeksion terapiya kursi yakunlanganidan keyin majmuaviy terapiya tarkibida sutkada 1 marta 500 mg dan barcha doza bir marotabada yoki 2 marta qabul qabul qilishga bo‘linib ichga qabul qilinadi, davolash kursi 4-6 hafta. Susaygan ishlash qobiliyatida, aqliy va jismoniy ortiqcha yuklanishda (jumladan, sportchilarda) 10-14 kunga sutkada 2 marta 500 mg dan ichga buyuriladi. Zaruratga qarab, terapiya 2-3 haftadan keyin takrorlanadi. Qo‘zg‘atuvchi samarasi rivojlanishi mumkinligi tufayli preparatni kunning birinchi yarmida qo‘llash va sutkada bir necha bor qabul qilishda soat 17:00 dan kechikmasdan qabul qilish tavsiya etiladi 2. Koronavirus infeksiyasi sharoitlarida meldoniyni qo‘llash bo‘yicha bo‘lajak tadqiqotlarning muhim jihati bo‘lib murakkab klinik vaziyatda qo‘llash davomiyligi va preparatning samarali dozasini aniqlash hisoblanadi.
Mualliflar haqida ma’lumot:
Stasenko Mixail Yevgenevich, t.f.d., professor, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, ichik kassaliklar kafedrasi mudiri, Volgograd davlat tibbiyot universiteti; 400131, Rossiya, Volgograd, Pavshie borsi maydoni, 1 uy.
Turkina Svetlana Vladimirovna, t.f.d., ichki kasalliklar kafedrasi professori, Volgograd davlat tibbiyot universiteti; 400131, Rossiya, Volgograd, Pavshie borsi maydoni, 1 uy.
Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Добавить комментарий