Bosh miyada kista bo‘lishi xavflimi?

 

MRT tekshiruvidan so‘ng ba’zi bemorlarning boshida kista (bo‘shliq) aniqlanadi. Aksariyat bemorlar bundan xavotirga tushib qolishadi: “Boshimda kista bor ekan, u kattalashib ketmaydimi, uni operatsiya qilish kerak emasmi?”

Bosh miyada kista qanday hosil bo‘ladi?

Nima uchun u KT yoki MRT tekshiruvlarida tasodifan aniqlanib qoladi? Kista ko‘pincha bosh miyaning orqa ensa chuqurchasi sohasida aniqlanadi. Kista ko‘pincha erta bolalik davrida paydo bo‘ladi. Bora-bora aksariyat kistalar so‘rilib bitib ketadi, boshqa birlari esa odamning umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Kista paydo bo‘lishining asosiy sabablari – bular erta bolalik davrida o‘tkazilgan bosh miya jaroxatlari (ayniqsa ensa bilan yiqilishlar) va miya pardalarida o‘tkazilgan yallig‘lanish kasalliklari. Buning oqibatida miyaning ikki pardasi orasi ochilib, u yerda miya suyuqligidan iborat bo‘shliq shakllanadi. Bu bo‘shliq, ya’ni kista turli xajmga yetib o‘sishdan to‘xtab qoladi. Bosh miyaning orqa qismida, ya’ni ensa sohasida joylashgan aksariyat kistalar umuman havfli emas. Bosh miyaning chakka sohasida shakllangan kistalar esa nevropatolog nazoratini talab qiladi.

Demak, bosh miyasida kista aniqlangan bemorlar xavotirga tushmasdan, malakali nevropatolog ko‘rigidan o‘tishlari va uning maslahatiga quloq tutishlari lozim.

Prof. Ibodullayev Z.R.
«Asab va ruhiyat» kitobi.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

4 ta izoh

  1. Salom Manda bosh miya kestasi aniqlandi xaflimas degandi ammo mani yurishimda uzgarish buldi yurgan vaqtimda tebranib ketaman balandlikdan qurqaman buni qanday davosi bor apiratsiyaga kuchim etmaydi iltimos tablitkada davolasa buladimi aytsayiz tablikasini olsam

      1. Asalom alekum mani ukamdayam kista aniqlandi boshning orqa qismida va peshanada. Ukamning har kuni boshi oğriydi va davleniyasi kótariladi buni qanday davosi bor? Iloji bo’lsa telefon no’meringizni bersangiz tôliq ma’lumot berardim!

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button