Amerika pediatriya akademiyasi (American Academy of Pediatrics/AAP) bolalarni ovqatlantirish bo‘yicha tavsiyalarini kengaytirdi va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga meva sharbatlarini berishga qarshi chiqdi. Bolalarni ovqatlantirish bo‘yicha qo‘mita arizasi Pediatrics jurnalida chop etildi.
Arizaning asosiy qismlari
- 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga meva sharbatlarini berishning hech qanday foydasi yo‘q. Bolalarning sog‘lom mo‘’tadillashtirilgan ratsionida meva sharbatlari hech qanday o‘rin tutishmaydi va ularning butun mevalardan ustunligi yo‘q.
- Tiklangan meva sharbatlari va 100 %li yangi sharbatlar 1 yoshdan katta bo‘lgan bolalar ovqatlanish ratsionini bir qismi bo‘lishi mumkin. Lekin mevali ichimliklar meva sharbatining to‘liq ekvivalenti sifatida qaralmaydi.
- Diareyani davolashda va organizmning suvsizlanishida sharbatdan foydalanilmaydi.
- Sharbatlarni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish ovqatlarni ko‘p yoki kam, shuningdek diareya, meteorizm, qorin dam bo‘lishi va kariyes bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
- Kalsiy bilan boyitilgan sharbatlar kalsiy va vitamin D manbai bo‘lishi mumkin, lekin uning tarkibida ona suti, bolalar aralashmalari yoki sigir suti tarkibidagi ozuqlantiruvchi moddalar yo‘q.
Bolalarni ovqatlantirish bo‘yicha AAP tavsiyalari:
- Agar klinik ko‘rsatma bo‘lmasa, sharbatlarni 12 oygacha bolalar ovqatlanish ratsioniga kiritish kerak emas.
- Sharbatni iste’mol qilishni chegaralash:
- 1 yoshdan 3 yoshgacha bolalarga 1 kunda 4 unsiy (120 ml);
-4-6 yoshdagilarga 1 kunda 4 dan 6 unsiy (120-180ml);
- 7-18 yoshdagilarga 1 kunda 8 unsiydan oshmagan (240ml) yoki 1 stakan sharbat buyuriladi. - Butilkadagi yoki yengil transportirovka qilinadigan idishdagi sharbatlarni bolalarga berish mumkin emas.
- Sharbatni uyqudan oldin berish mumkin emas.
© med-info.uz
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.