Tashqarida pag‘a-pag‘a qor yog‘ib tursa, qaysi bola uyda biqinib o‘tirishni xohlaydi?.. Albatta, ko‘chaga otiladi. O‘ynab kelsa mayli-ya, ammo ayrim kichkintoylar oppoqqina qor yoki chiroyligina bo‘lib osilib turgan sumalakni tatib ko‘rgisi keladi…

Qarabsizki, bolaning tomog‘i og‘riydi, u shamollaydi, bundan tashqari, hozirgi ekologiya aynigan bir davrda qorning zaharsiz ekaniga kim kafolat bera oladi?.. Qolaversa, qor ustida odamlar, mashinalar, hayvonlar yuradi, hamma yoqqa mikroblar tarqaydi. Bunday qorni yegan bolada dizenteriya yoki zaharlanish rivojolanishi, unga gijjalar yuqishi mumkin. Sumalaklarni yalaganda ham xuddi shunday holatlar yuz beradi.

Bola qor yemasligi uchun

Qiziq, nima uchun ba’zi bolalar og‘izga qor solishdan o‘zini tiya olmaydi? Ma’lum bo‘lishicha, buning fiziologik sabablari bor ekan. Shuning uchun bolangizni qor yeyishdan to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha sabablarni bartaraf eting.

Ko‘pincha bolalar qorni suv o‘rnida iste’mol qilmoqchi va bu bilan chanqoqni qondirmoqchi bo‘lishadi. Agar bolaning tanasi suvsizlangan bo‘lsa, u suv muvozanatini to‘g‘rilash uchun instinktiv ravishda qor yeya boshlaydi. Shunday ekan, qor o‘ynagani chiqishdan oldin erkatoyingizning chanqog‘ini qondiring.

Odatda qishda ko‘chaga chiqishdan oldin bolani issiq kiyintirib olasiz. Tashqarida o‘ynagan kichkinoy terlaydi, isib ketadi va qor yeyish bilan o‘zini sovitmoqchi bo‘ladi. Xullas, undan ko‘z uzmaslikka to‘g‘ri keladi.

Maslahatlar

— Bolaga nega qor yeb bo‘lmasligini yoki sumalakni yalash mumkin emasligini tushuntiring. Buning eng birinchi xavfli tomoni – sovuq. Qor mutlaqo toza, turli zararli moddalardan xoli bo‘lgan taqdirda ham (albatta, buning ilojisi yo‘q), u sovuq bo‘lgani uchun tomoq og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Shuningdek, bunday sovuq tish emalida yoriqlarni keltirib chiqaradi.

— Bolaga zararli mikroorganizmlarning rasmini ko‘rsating, ular qanday kasalliklarga olib kelishini ayting. Bola oppoq ko‘ringan qorda ham ana shunday mikroorganizmlar borligini bilsin.

— Agar mikroskopingiz bo‘lsa, ozgina qorni eritib, undagi mikroblarni bolaga ko‘rsatsangiz bo‘ladi.

— Agar kichkintoy ko‘chada qor yeyayotgan kuchukni ko‘rib qolsa, uning immuniteti odam immunitetidan farq qilishini tushuntiring. Axir kuchuklar xom go‘shtni yeyaveradi, odam esa yeya olmaydi.

— Sayrga chiqishdan oldin bolaga qaynatilgan suv ichiring.

© Tib.uz

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.