Yuz terisi uchun bahoriy oziqlantiruvchi niqoblar har bir ayol uchun zarur hisoblanadi. Chunki issiq kunlar boshlanishi bilan quruq havo teriga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Natijada yoqimsiz turli muammolar kelib chiqadi. Aynan shuning uchun ham bahoriy niqoblardan ayollar foydalanmog‘i lozim.
Kosmetologlar fikricha, bunday niqoblar tarkibidagi:
- A vitamini – regeneratsiya jarayonini rivojlantirib, terini samarali namlantiradi;
- B guruh vitaminlari – teri katakchalarini nafas oldirib, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Meva kislotalari – yuzni oqartirish xususiyatiga ega;
- E vitamin – yuz terisini ultrabinafsha nurlardan himoyalaydi.
Yalpiz
Ikki osh qoshiq maydalangan sarxil yalpiz yaproqlari ustidan qaynoq suv quying. Damlama iligach, unga salfetkani namlab, yuzga qo‘yasiz. Ushbu compress uzoq vaqt oftobda yurganda foydali. Yog‘li terida yuzaga keluvchi achishish hissini bartaraf etadi.Bodring
Bodring po‘stini archib, mag‘sini maydalang. Unga 2 osh qoshiq limon suvidan tomizing. Ushbu niqobni yuzga surtib, quriganidan keyin yuzni tozalaysiz. Niqobning samarasi sezilishi uchun yuzni niqobdan kamida bir soat tozalamaslik kerak. Ushbu niqob sepkil va pigment dog‘larini oqartirib, yuz terisini oziqlantiradi.Ildizmeva
Bir dona sabzi, yarim bog‘dan selderva petrushka kerak bo‘ladi. Avvalo, ularni mayda tishli qirg‘ichdan o‘tqazing va ikkita tuxum sarig‘iga aralashtiring. Ushbu niqob terini oziqlantirish va tetiklantirish xossasiga ega.Dorivor o‘simliklar
Quritilgan yalpiz yaproqlari, moychechak va atirgul gulbarglari jo‘ka yaproqlaridn teng miqdorda olib, hovonchada ezg‘ilang. Hosil bo‘lgan kukunni tindirma tayyorlash uchun olib qo‘yasiz. Ushbu kukun ko‘rinishiga keltirilgan dorivor o‘simliklar jamlanmasidan 6 osh qoshig‘ini 1 stakan qaynoq suvga soling. Iligach, salfetkani namlab, yuzingiz qo‘yasiz va 20 daqiqa kutasiz. Mazkur niqob, ayniqsa, yog‘li terilar uchun foydali.Parizoda. “Tashxis” gazetasidan.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?