Bachadon kichikligi — sabablari, tashxislash va davolash

0
()

Gipoplaziya, infantil yoki kichik bachadon — bu ayol jinsiy organlarining rivojlanmaganligi. Bu jinsiy organ (bachadon) ning rivojlanishi kechikishida va hajmining kichikligida namoyon bo’ladi.

Bachadon gipoplaziyasi
Foto: goodhouse.ru

Boshqacha qilib aytganda, ayolining bachadoni yoshi va fiziologik me’yorlariga mos kelmaydi, kattaligi bo’yicha esa, u kichkina qiz yoki o’spirinning bachadoniga o’xshaydi. Ushbu patologiya ayollarning 5 foizida uchraydi, shuningdek, tuxumdonlar, jinsiy lablar, qin va bachadon naychalari rivojlanmaganligi va bachadon bo’yni bilan bog’liq muammolar bo’lishi mumkin. Bachadon tanasi har qanday yoshda o’sishni to’xtatishi mumkin, ammo bunday holat qancha tez sodir bo’lsa, oqibatlari shunchalik jiddiy bo’ladi va homiladorlik ehtimoli kamayadi.

Bachadon kichikligi sabablari

Kichik bachadon onaning qornida rivojlanish jarayonida ham, qiz bola tug’ilgandan keyin ham shakllanishi mumkin.

Masalan, embrionning rivojlanishi paytida bachadonning rivojlanmaganligi salbiy omillar (dori-darmonlar, virusli kasalliklar, xromosomalar anomaliyalari, kimyoviy moddalar ta’sirida va boshqalar) ta’siridan kelib chiqqan tug’ma nuqsonlar tufayli paydo bo’lishi mumkin. Ya’ni, agar homiladorlik paytida ayol spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarni iste’mol qilgan bo’lsa, chekkan yoki rentgen nurlanishga duchor bo’lgan bo’lsa, bu kelajakdagi bolada tug’ma bachadon gipoplaziyasining rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, kichkina bachadon genetik moyillikning natijasidir, chunki jinsiy a’zolarning hajmi va rivojlanishi ayollar irsiy tizimi orqali uzatiladi. Gormonal buzilishlar, ya’ni gipofiz bezi tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlar yetishmovchiligi va estrogen ishlab chiqarishning pasayishi ham «infantil» yoki kichik bachadonning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Mutaxassislar bachadon kichikligining tashqi ta’siriga bog’liq bo’lgan bir qator sabablarni ajratib o’tadilar:

  • gipovitaminozga olib keladigan yomon va tartibsiz ovqatlanish;
  • qiz bolaning ruhiy nosog’lom holati (asab kasalliklari), stress, tushkunlik, asabiy buzilishlar;
  • bolalikda vazn yo’qotishga qaratilgan anoreksiya va qattiq dietalar;
  •  bolalik davrida yuqadigan tez-tez uchraydigan yuqumli kasalliklar, shamollash va virusli kasalliklar (tonzillit, ORVI, gripp).
  • o’sayotgan organizmning intoksikatsiyasi: giyohvand moddalar va boshqa toksik moddalardan foydalanish;
  • tuxumdonlar sohasidagi jarrohlik operatsiyalari;
  • haddan tashqari jismoniy kuch va charchatadigan mashqlar;
  • endokrin kasalliklar;
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish usullari

Bachadon kichikligini tashxislash

Bachadon kichikligi
Foto: detstvo-kaluga-new.ru

Bachadonning gipoplaziyasini aniqlash uchun ginekologik tekshiruvdan tashqari tos suyagi ultratovush tekshiruvi, gisterosalpingografiya va gormonlarni tekshirishni o’z ichiga olgan keng qamrovli tadqiqotlar o’tkazish kerak. Faqatgina puxta tahlildan so’ng to’g’ri terapiyani tayinlash mumkin. Dastlabki tekshiruv paytida ayolning jinsiy labi va qinning rivojlanmaganligi, shuningdek bo’yin qismi cho’zilganligini aniqlash mumkin. Masalan, shifokor qinning tor va kalta ekanligini va uning tonozlari yomon ifodalanganligini sezishi mumkin. Ultratovush shuningdek, bachadonning kattaligi bemorning yoshiga to’g’ri keladimi-yo’qligini aniqlashga imkon beradi (gipoplaziya darajasiga qarab, bachadonning kattaligi me’yordan qancha kamligini) va tuxumdonlarning rivojlanish darajasi, o’zgarishlar mavjudligini bachadon naychalarining maydonini ko’rishga imkon beradi. 

Bundan tashqari, ayol gormonlar tahlilini topshirish kerak. Ushbu tadqiqot va usul bemorning qonidagi jinsiy gormonlar sonini va bachadon yoki tuxumdondagi muammolarni aniqlashga yordam beradi. Ko’pincha shifokor tiroid gormoni testini buyuradi.

Bachadon kichikligi alomatlari

Mutaxassislar bachadon kichikligining asosiy belgisini jinsiy va jismoniy rivojlanish kechikishi deb atashadi. Shunday qilib, ayol tashqi jinsiy a’zolari aniq rivojlanmaganligini jismoniy tekshiruvda ko’rish mumkin. Ammo ultratovush tekshiruvi natijasida bachadon tanasining kattaligi 4 sm ga yetmasligi aniqlangan bo’lsa, yakuniy tashxis qo’yilish mumkin (hajmi bo’yicha: 3,8 sm x 2,7 sm x 3,7 sm).

Kichkina bachadon, shuningdek, hayz ko’rishning kechikishi bilan tavsiflanadi (odatda o’n olti yoshdan keyin), ular tartibsiz va og’riqli (algomenoreya) kechadi. Biroq, ularning to’liq yo’qligi ham istisno qilinmaydi

Bachadon gipoplaziyasi umumiy jismoniy rivojlanishda bemorning past bo’yi, tor ko’krak qafasi va toraygan tos suyagi va boshqalarni o’z ichiga oladi.

Reproduktiv yoshdagi ayollarda libidoning pasayishi, orgazm olish qiyinligi yoki uning to’liq yo’qligi (anorgazmiya) mavjud. Mutaxassislar reproduktiv patologiya deb bachadondan tashqi homiladorlik, abort, bepushtliklarni ham atashadi. Gipoplaziyada homilador ayol og’ir toksikozni boshdan kechirishi mumkin va tug’ruq paytida bachadon tomog’i yetarlicha ochilmaydi. Qon ketishi tug’ruqdan keyin sodir bo’ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bachadon eroziyasi sabablari, alomatlari va davolash

Bachadonning gipoplaziyasida, odatda, reproduktiv tizim turli xil infeksiyalarga chidamli emas. Shuning uchun, ko’pincha «kichik bachadon» tashxisi qo’yilgan ayollarda servitsit yoki endometritni topadilar.

Bachadon kichikligida homilador bo’lish mumkinmi?

Bachadon kichikligida homiladorlik sodir bo’lishi qiyin. Kichkina bachadon ko’pincha rivojlanmagan tuxumdonlar bilan birga bo’ladi. Ammo, bachadonning gipoplaziyasi tashxisi bilan ham homilador bo’lishi mumkin. Bunday holda, homiladorlik ehtimoli gipoplaziya darajasiga qarab aniqlanadi.

Bachadonning rivojlanmaganlik darajasini aniqlash uchun organning holati sabablari va tana hajmi asos qilib olinadi.

Bachadon gipoplaziyasining 3 ta darajasi mavjud:

Bachadonning birinchi darajali gipoplaziyasi va homilador bo’lish ehtimoli

Gipoplaziyaning birinchi darajasi — bachadon juda kichik bo’lib, atigi uch santimetrga yetadi (yetti santimetr norma hisoblanadi). Ushbu darajadagi davolanish mumkin emas. Bu shuningdek hayz ko’rishning to’liq yo’qligi bilan tavsiflanadi. Bunday holatda EKO orqali homiladorlik mumkin, undan keyin embrion bachadon bo’shlig’ida rivojlanishini davom etadi yoki ayol surrogat onalikka murojaat qiladi.

Bachadonning ikkinchi darajali gipoplaziyasi va homilador bo’lish ehtimoli

Bachadonning 2-darajali gipoplazasi yoki bolalar bachadoni — bu organning tanasi kattaligi 3 dan 5 santimetrgacha, tuxumdonlari baland, bachadon naychalari buralgan va cho’zilgan holat bilan tavsiflanadi. Ushbu daraja bachadon tanasining bo’yniga nisbati 1: 3 bilan tavsiflanadi. Hayz kech, og’riqli va tartibsiz keladi. Ushbu patologiyani davolash mumkin, ammo terapiya uzoq muddatli. Homiladorlik ehtimoli katta, ammo homila tug’ilishi xavf ostida (spontan abort xavfi).

Uchinchi darajali gipoplaziya va homilador bo’lish ehtimoli

Bachadon gipoplaziyasining uchinchi darajasi — bu organning kattaligi besh dan yetti santimetrgacha bo’lgan holat. Bunday holda, bachadon tanasining bo’yniga nisbati 3: 1 ni tashkil qiladi. Homiladorlik mumkin. Gormonal dorilar qo’llanganda uchinchi darajadagi gipoplaziya professional davolanishi ko’rsatiladi. Ba’zida bu patologiya yoshga qarab butunlay yo’qolishi mumkin (masalan, jinsiy faoliyat boshlangandan yoki birinchi homiladorlikdan keyin). Uchinchi darajali gipoplaziya odatda bo’yinning shakli va uzunligidagi o’zgarishlar bilan tavsiflanadi va ba’zi ekspertlar buni patologiya emas, balki me’yorning pastki chegarasi sifatida belgilaydilar.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qizlik pardasi - ko'rinishi, qanday olinishi, bokiralik pardasi haqida ma'lumot, tiklash

Bachadon kichikligini davolash

Yuqorida sanab o’tilgan belgilar shifokorga dastlabki tahlillarni o’tkazishda yordam beradi. Shundan so’ng ayol keyingi keng qamrovli tadqiqotga yuboriladi.

Bachadon gipoplaziyasini davolashda birinchi qadam sog’lom turmush tarziga o’tishdir, bu ovqatlanishni  tuzatish, vitaminli terapiya, uyqu rejimini normallashtirish, stressni yo’qotish, ortiqcha jismoniy mashqlardan voz kechishlarni o’z ichiga oladi. Kichkina bachadonni davolash paytida asabiy va gormonal muvozanatni tiklashga katta e’tibor qaratiladi.

Dori terapiyasi orqali davolash stimulyatsiya qiluvchi yoki gormonlarni almashtirish terapiyasini o’z ichiga oladi. Ko’pincha estrogen va progesteron miqdorini oshiradigan gormonlar tayinlanadi. Kompleks davolash bachadonni kerakli hajmda kattalashtirishga va ayolni homiladorlikka tayyorlashga yordam beradi. Shu bilan birga, hayz davrini va ovulyatsiyani normallashtiradigan dorilar buyuriladi. Bachadondagi qon aylanishini oshirish uchun fizioterapiya buyurilishi mumkin. Spa va loy terapiyasi, shuningdek jismoniy mashqlar terapiyasi gormonlar va reproduktiv tizimga foydali ta’sir ko’rsatadi.

Shuni anglash kerakki, kichkina bachadonni xalq tabobati bilan davolash hech qanday terapevtik ta’sirga ega emas. Aksincha, bunday holatda mutaxassislar tomonidan yetarli darajada yondashuv va nazorat bo’lmaganda vaziyatni yanada og’irlashtirishi mumkin. Kichkina bachadon yoki endometrial gipoplaziya tashxisi qo’yilgan ayollarda homiladorlikni tushib qolishi (abort) va tug’ruq paytida asoratlar paydo bo’lishi xavfi mavjud.

Bachadon gipoplaziyasini oldini olish

Gipoplaziyaning o’ziga xos profilaktikasi yo’q. Bolalik va o’spirinlik davrida bachadon kattaligining normal va to’g’ri rivojlanishini ta’minlash uchun qizlar to’g’ri ovqatlanishlari va sog’lom turmush tarzini olib borishlari kerak. Homilador ayollarga homila sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillardan qochish tavsiya etiladi. Homiladorlik paytida chekishni, spirtli ichimliklarni, ba’zi dorilarni, charchatadigan mashqlarni chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

Bachadon gipoplaziyasini davolamaslik asoratlari

O’z vaqtida davolanishning yetishmasligi birlamchi yoki ikkilamchi bepushtlikka va bachadon naychalarining obstruktsiyasiga olib keladi. Bundan tashqari, gormonal yetishmovchilik bachadonning gipoplaziyasiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, tanosil tizimning himoya xususiyatlarini buzilishi mavjud bo’lib, kelajakda bachadon va bachadon bo’yni yuqumli va yallig’lanish jarayonlariga olib kelishi mumkin.

manba: clutch.net.ua

Ushbu maqola qanchalik foydali?

Baholash uchun yulduzchalardan birini bosing!

O'rtacha baho / 5. Baholar soni:

Maqolaga hech kim baho qo'ymagan. Birinchi bo'lib siz baholang!

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button