Autizm (grekcha “autos” – “o‘zim” degan so‘z) – bu ruhiyatning o‘ziga xos holati bo‘lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi. Kasallikka doir “autizm” terminini fanga 1912-yilda E.Bleyler kiritgan. Uning fikricha xasta odam o‘z olamida yashaydi. Fikrlashi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Ularning xatti-harakatlari real voqelik bilan bog‘liq emas. Bemorlarning harakatlarida hissiy kechinmalar asosiy o‘rin tutadi. Bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Simptomlarning har xilligi va kasallik o‘zgaruvchanligi ushbu kasallikni qiyinligidan dalolat beradi: sezilarsiz autistik xususiyatlardan to doimiy parvarish talab etilishigacha. [caption id="attachment_10944" align="aligncenter" width="750"]autizm belgilari Foto: Africa Studio/Shutterstock.com[/caption]

Autizm epidemiyasi: vahima qilishga sabab bormi?

Oxirgi yillarda OAV autizm epidemiyalari butun dunyoni qamrab olmoqda. Autistik xususiyatlar har xil ma’lumotlarda tarqalmoqda, ba’zi joylarda har 100 boladan 1 tasi deyilsa, ba’zi joylarda har 1000 taga 1 ta autist to‘g‘ri keladi. Ma’lum vaqt ilgari autizm kam hollarda uchraydigan psixik kasallik deb kelinar edi. Nima uchun autizmga moyillik ko‘paymoqda? Birinchidan, “epidemiya” sabablari deganda olimlar autizm kasalligi belgilarining kengayishini ya’ni rivojlanishdan ortda qolish belgilari Retta sindromi, Aspergera sindromi va autizmning klassik simptom komplekslarining ko‘p uchrashini aytishmoqda. Ikkinchidan, kasallik haqida ma’lumot ko‘paymoqda. Ilgari tortinchoq, uyatchan, introvert va shizofreniyaga moyil bolalarni “g‘ayritabiiy bolalar” deyishgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib bunday bolalarni autistik bolalar (autizm) deyishmoqda. Uchinchidan, giperdiagnostika ya’ni ota-onalar tomonidan vahimakashlik sabab bo‘lmoqda. Autizm o‘z navbatida “zamonaviy” kasallikka aylanib bormoqda, bunga autist bolalar haqidagi kinofilmlar ularni “super aql” egalari sifatida namoyon bo‘lishlari sabab bo‘lmoqda. Yana bir ahamiyatli jihati ba’zi ota-onalar bolalar tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni autizm kasalligi bilan berkitishmoqda. Demak “autizm epidemiyasi” tushunchasi ostida – insonlarning kasallik haqida ma’lumot olishlari ko‘payganligi va kasallik simptomlarining oydinlashgani yotadi.

Autizm belgilar qaysi yoshda paydo bo‘ladi?

[caption id="attachment_1343" align="aligncenter" width="582"]autizm, autizm belgilari Foto: praisecleveland.com[/caption] Oxirgi izlanishlarga asoslanib, autistik o‘zgarishlar bolaning 2-3 yoshlaridan boshlab yuzaga chiqadi desak bo‘ladi. Emizikli bolalarda esa hayotiy xususiyatlar ya’ni ota-onalarni tanish, kulish, qo‘zg‘atuvchilarga bo‘lgan sezgining yo‘qligi: taktil, yorug‘lik, tovush va shu kabilar. Ammo bu yoshda autizm kasalligiga faqatgina aniq belgilar yuzaga chiqsa gumon qilsa bo‘ladi. Odatda belgilarni mutaxassisdan ko‘ra yaqin qarindoshlar orasida autist farzandlari bor ota-onalar aniqlashadi. Shunday qilib, autizmni ko‘pincha oilada aniqlashadi. Yosh oilalar o‘zlariga ishonch hosil qila olmaydilar ya’ni bu o‘ziga xosliklar bolaning xususiyatimi (xarakteri) yoki rivojlanishning buzilishimi. Autizm diagnozi o‘rtacha 2,5-3 yoshlarda qo‘yiladi. Bu yoshga kelib bolada umumiy belgilar yuzaga kela boshlaydi, o‘z tengdoshlari rivojlanishda oldinga o‘tib ketadi. Bolaning qabul qilib olish, o‘rganish, moslashish xususiyatlari yo‘qoladi yoki sekinlashadi va uzoq vaqt talab qiladi. Autizm kasalligida erta aniqlash va ularga alohida erta parvarish qilish bolaning hayotga moslashishida ancha katta yordam beradi. Shuning uchun chet olimlari bolani 1-1,5 yoshlarda mustaqil ravishda test qilib ko‘rishni tavsiya qiladilar. Qobiliyatlarni aniqlash uchun quyidagi holatlarga ahamiyat berish kerak:
  • Bolaga ota-ona qo‘lida bo‘lish yoqadimi yo‘qmi, tizzada olib o‘tirilganda bolaning emotsiyasi, yig‘laganda yoki uxlashidan oldin ota-onaga ehtiyoj sezadimi yo‘qmi?;
  • Boshqa bolalarga qiziqishi bormi?;
  • O‘yinlar o‘ynashga ishtiyoqi bormi yoki yo‘qmi? (qo‘g‘irchoqlarni ovqatlantirish, ovqatlar pishirish, soldatchalar o‘ynash, mashina va shu kabilar);
  • Ko‘zlari bilan atrof olamni kuzatadimi yoki qo‘llaringiz harakatini kuzatadimi yo‘qmi?;
  • Bola ota-ona bilan o‘ynashni yoqtiradimi yo‘qmi?;
  • Barmoqlaringiz bilan ko‘rsatayotgan narsalarga qaraydimi yo‘qmi? (biror bir o‘yinchoq, hayvon shu kabilar).
Barcha savollar bolaning atrof muhitga va odamlarga bo‘lgan qiziqishini aniqlashga qaratilgan. Agar 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yuqoridagi savollardan ko‘pchiligi manfiy bo‘lsa, bolani mutaxassisga olib boorish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, yuqoridagi reaksiyalar faqatgina autizm uchungina xos bo‘lmay, balki bolalarda eshitish qobiliyati yo‘qligi, e’tibor yetishmaslik sindromi va shizofreniyaga moyil bolalarda ham kuzatilishi mumkin.

Autizm kasalligi turlari

Autizm kasalligi yoshga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
  • Erta bolalik autizmi – 2 yoshgacha;
  • Bolalik autizmi – 2-11 yoshgacha;
  • O‘smirlik autizmi 11-18 yoshlargacha.
Har bir davr uchun spetsfik belgilar farqlanadi, ular bola yoshiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Autizm haqidagi ma’lumotlar kasallikni erta aniqlash va uni bartaraf etishga yordam beradi, qancha erta davo boshlansa, bolaning tashqi muhitga adaptatsiyasi shuncha osonlashadi.

Autizm sabablari

[caption id="attachment_10948" align="aligncenter" width="900"]autizm sabablari Illyustratsiya: Sara Wong / www.npr.org[/caption] Autizmning shakllanishida bir qator faktorlar bor, ammo ularning ko‘pchiligi hali ilmiy asos topmagan. Masalan, 70-yillarda autizm kasalligi kelib chiqishini “bag‘ritosh, bemehr ona” nazariyasi bilan bog‘lashgan. Bu nazariyaning haqiqatga yaqin bir jihati bor – autist bolalarning ko‘pchilik ota-onalari bolalariga e’tiborni kam qaratishadi va ular bilan kam muloqotda bo‘lishadi. Chunki deyarli barcha autist bolalar ota-onalar gap so‘zlariga befarq, emotsiyasiz bo‘lishadi, ular fikrlarini nutq orqali ifodalashga qiynalganlaridan giperaktiv bo‘lib ham ko‘rinishadi. Autizm kelib chiqishining ikkinchi afsonasi – qizamiqqa qarshi vaksina olish. Bu “afsona”ni bir necha bor ilmiy jihatdan rad etishgan bo‘lsada, ushbu teoriyani o‘ylab topgan odam yolg‘on izlanishlari bilan hali hanuz odamlarni ishontirishga harakat qilib kelmoqda. Autizmning kelib chiqishining aniq bir sababi o‘rganilmagan bo‘lsada, ba’zi bir ehtimoliy xavflar ham bor. Masalan:
  • Kech farzand ko‘rish ya’ni otaning yoshi ancha katta bo‘lsa;
  • Oilada autist bolalar bo‘lsa;
  • Ko‘p farzandli oilalarda tug‘ilajak farzand (masalan 7-8 farzandlar);
  • Bolalar serebral paralichi (shollik);
Bundan tashqari bir qancha kasalliklar ham autizmga olib kelishi mumkin. Eshitish qobiliyati yo‘qligi, e’tiborning kamlik sindromi, ba’zi xromosom kasalliklar (Retta sindromi), gapirish qobiliyati yo‘qligi.

Autizm belgilari

Autizm bolalarda ularning yoshiga, kasallik darajasiga qarab 4 xil ko‘rinishda keladi:
  • Ijtimoiy qoloqlik;
  • Muloqotda o‘z-o‘zi bilan gaplashish, har xil qo‘l harakatlari qilish;
  • Umumiy belgilarning erta boshlanishi.
3 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda quyidagi belgilar ko‘zga tashlanishi mumkin:
  • Bolaning onasiga bee’tiborlikligi (kulish, jismoniy harakatlar, ovoz chiqarishlar);
  • Bolaning “tayyorgarlik” holati yo‘qligi ya’ni uni ko‘tarishga uringanda qo‘llarini cho‘zmasligi, tizzalarida turishga harakat qilmasligi, emishdan butunlay to‘xtashligi;
  • Jamoa bilan o‘ynashni istamaslik, ota-ona va boshqalar bilan o‘ynaganda injiqlik qilish, yolg‘iz holda o‘ynashni xohlash;
  • Sezuvchanlikning oshib ketishi ovoz, yorug‘likka bo‘lgan. Bundan tashqari qo‘rqitish, baqiriq, arg‘imchoq uchish kabi o‘yinlar paytida injiqliklar qilish;
  • Gapirish qobiliyatining sustayishi, hatto mutizm holatigacha. Exolaliyalar, ya’ni so‘zlarni takrorlash, ota-onadan eshitgan iboralarni qayta-qayta aytib yurish yoki multfilmda eshitgan so‘zlarni doimo aytib yurish, bu Asperger sindromi deyiladi;
  • Tanlab ovqat yeyish, ishtaha sustligi, uyquning yomonlashuvi;
  • Buyruqlarni bajarmaslik, buyumlarni ko‘rsatsa qaramaslik, o‘zining ismiga e’tibor bermaslik;
  • Belgilangan tartibga qat’iy rioya qilishi, ya’ni bir vaqtda uyg‘onishi, buyumlarni bir joyda saqlash, jismlar shakliga qarab saralash va shu kabilar;
2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan autist bolalarda quyidagi belgilar qo‘shilishi mumkin:
  • So‘zlashish qobiliyatining yaqqol buzilishi kattalar kabi iboralar ishlatib gapirish, bir xil so‘zlarni takrorlab yurish, dialogga kirishmaslik;
  • Xavflardan qo‘rqmaslik: balandlik, avtotrassa, hayvonlardan qo‘rqmaslik, lekin oddiy buyumlardan qo‘rqish, masalan qaynab turgan choynak, elektr yoqgich va shu kabilar;
  • Harakatlardagi takrorlar aylanib turish, tebranib turish, imo-ishoralarning takrorlanishi;
  • Jahldorlik, kulgi, vahimaning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi;
  • Ba’zi bir g‘ayritabiiy holatlarga e’tibor qaratish, masalan eslab qolish qiyin bo‘lgan sonlarni eslab qolish, qo‘shiqlar so‘zlarini esda saqlash, o‘qib bo‘lmaydigan yozuvlar yozish;
O‘smirlik autizmida belgilarga autistning gormonal o‘zgarishlari ham qo‘shiladi. Diagnozni faqatgina belgilarga asoslanib, psixiatr shifokor qo‘yadi. Ko‘pchilik autist bolalar adabiyotlarda keltirilgan autizm belgilariga mos kelmasligi mumkin. Ba’zi hollarda autist bolalar insonlar bilan muloqotga ham kirishishlari mumkin, bu esa diagnoz qo‘yishda qiyinchiliklar tug‘diradi.

Autizmni davolash

[caption id="attachment_10945" align="aligncenter" width="700"]autizmni davolash Foto: www.medicalnewstoday.com[/caption] Hozirgi kunda autizmni medikamentoz davolash usullari o‘ylab topilmagan. Lekin, uni oxirgi ma'lumotlarga qaraganda "Delfin ovozi" bilan davolash mumkin. Bundan tashqari, ota-onalar pedagog, psixiatr, psixolog, pediatr bilan hamkorlikda bemor bolalar bilan barvaqt shug‘ullansalar, ularning xatti-harakatlarini ijobiy tomonga yo‘naltirishlari mumkin. Davolash maqsadida ortda qolayotgan jihatlarni korreksiya qilish uchun barcha turdagi autist bolalarga mos keladigan quyidagi chora tadbirlar qo‘llash mumkin:
  • Gapirish qobiliyatini yaxshilash maqsadida logoped bilan mashg‘ulotlar olib boorish;
  • So‘zlashish uchun rasmli kartochkalardan foydalanish yoki planshet, kompyuterda so‘zlarni yozib o‘rgatish;
  • Bola bilan har xil o‘yinlar o‘ynash, bir sferada faqat bir mutaxassis bilan;
Medikamentoz davo faqatgina qo‘shimcha sifatida bolada kuchli agressiya bo‘lsagina buyuriladi. Autizmga chalingan bemor bolalarni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilish kerak. Kattalar buni o‘z vaqtida aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlashlari zarur. Autizm kasalligi homila ona qornidalik davridayoq uning bosh miyasi rivojlanishida ba'zi oqsillarning yetishmasligi  sababli paydo bo‘lishi mumkin, degan tahminlar mavjud. Bu xastalikning irsiyat bilan bog‘liqligi hali to‘liq o‘rganilmagan. Amerikalik va fransiyalik olimlar guruhi bosh miya rivojlanishining ilk bosqichlarida hid sezishda ishtirok etadigan o‘zak hujayralarni o‘rganish zarur, degan xulosaga kelishdi. Chunki, burundan osonlik bilan olinadigan biopsiya surtmasi bu hujayralarni o‘rganishda bebaho usul hisoblanadi.

Ijtimoiy rolik

Autizm kasalligi borasidagi so‘ngi  yangiliklarni, ilmiy izlanishlar natijalarini medicalnewstoday.com nashrining, ushbu kasallikka oid bo‘limi orqali o‘qib borishingizni tavsiya etamiz.

© Maqola 14.04.2018 sanasida yangilandi.