Appenditsit – ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. O‘tkir va surunkali kechishi mumkin.
Appenditsit sabablari
- Chuvalchangsimon o‘simta bo‘shlig‘ining yopilishi;
- Infeksion kasalliklar (qorin tifi, tuberkulyoz);
- Qabziyat;
- Sistemali vaskulit;
- Go‘shtli ovqat iste’mol qilish;
- Pista (semechka) chaqish.
Appenditsit belgilari
- Kindik, qorin yuqorisida o‘tkir og‘riq, 2- 6 soatdan so‘ng o‘ng tomonga siljiydi;
- Ko‘ngil aynish, qayt qilish;
- Oshqozon faoliyati buzilishi;
- Tez-tez siydik chiqarish;
- Til oq karash bilan qoplanishi;
- Tana harorati 38C gacha oshishi;
- Taxikardiya.
Appenditsit diagnostikasi
- Qon umumiy tahlili;
- Siydik tahlili;
- Qorin palpatsiyasi;
- Qorin bo‘shlig‘i a’zolari UTTsi;
- Qorin bo‘shlig‘i a’zolari, o‘pka rentgenologik tekshiruvi;
- Diagnostik laparoskopiya. Ayollarda ginekologik kasalliklarni istisno qilish uchun ginekolog ko‘rigidan o‘tish lozim.
Appenditsitni davolash
O‘tkir turida – operativ usulda operatsiya qilinadi. Surunkali appenditsitda: Antibiotiklar, spazmolitiklar, fizioterapiyadan foydalaniladi.Appenditsitda parhez
Quyidagilar man etiladi:- Yog‘li go‘sht va baliq turlari;
- Qovurilgan ovqatlar;
- Dudlanganlar;
- Achchiq ovqatlar, ziravorlar;
- Hamirli ovqatlar;
- Tuzlanganlar;
- Yog‘li pishloq va sut navlari;
- Spirtli va gazlangan ichimliklar.
Appenditsit o‘z vaqtida davolanilmasa, quyidagi asoratlar berishi mumkin?
- Qorin bo‘shlig‘i absesi;
- O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi;
- Tos venalari tromboflebiti;
- Peritonit;
- Jigar absesi;
- Darvoza venasi yiringli yallig‘lanishi;
- O‘lim holatlari.
Kimlar bu kasallikka ko‘proq moyil bo‘lishadi?
- Homiladorlar;
- 10-12 yoshdagi bolalar;
- Qabziyat kuzatilayotgan bemorlar;
- Ko‘p miqdorda oqsilli ovqat qabul qiluvchilar.
Profilaktikasi
- Qabziyat va oshqozon-ichak kasalliklarini vaqtida davolash;
- Pista va danakli mevalar iste’molini cheklash;
- O‘simlik kletchatkasini saqlovchi mahsulotlarni iste’mol qilish;
- Ko‘p ovqatlanmaslik.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Bavosil yoxud gemorroy qiynoqlari