Yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar odatiy jarayondir va teri avvalgidek tarangligini yo‘qotganligi uchun xafa bo‘lish yaramaydi. Biroq qarish jarayoniga taslim bo‘lish ham kerak emas. Yuz holatini yaxshilash va uy sharoitida ajinlardan qutulishda sizga feys-fitnes ko‘mak beradi.
Feys-fitnesni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar deyarli yo‘q. Bu oddiy mashqlar kompleksi bo‘lib, yuz mushaklarini mustahkamlab, uning turli sohalaridagi ajinlarga qarshi kurashadi. Mashqlar ko‘p vaqtingizni olmaydi, asosiysi ularni muntazam bajarib turish lozim.
Burun va lab sohasidagi ajinlar faol mimika va artikulyatsiyaga ega, jilmayib turadigan kishilarga xos. U o‘smirlik paytidanoq mushaklar qatlamida shakllana boshlaydi va yosh o‘tishi bilan ko‘proq sezila boshlaydi.
Har ikkala qo‘lingizning ko‘rsatkich barmog‘ini burun-lab burmalariga qo‘ying va ohistalik bilan yuzingizni yuqoriga va ikki tomonga bosing. Yuzingizni yuqoriga ko‘targandek bo‘lasiz. Burun-lab ajinlariga bir hafta davomida kuniga bir daqiqadan vaqt ajrating. Natija sizni uzoq kuttirmaydi.
Qovoqlarni uymang!
Qovoq uyushni yaxshi ko‘rasizmi? Bekor qilasiz! Qoshlar o‘rtasidagi ajinlarni ketkazish oson ish emas. Biroq urinib ko‘rish mumkin. Oynaga qarab jahlingiz chiqqandek xo‘mraying. Qoshlaringiz o‘rtasida paydo bo‘lgan burmalarni ko‘rdingizmi? Endi ular paydo bo‘lgan joyga ko‘rsatkich va o‘rta barmog‘ingizni birlashtirib, bosib turing. Qoshlaringizni yana tirishtirishga harakat qiling. Taranglikni bir daqiqa davomida saqlab turing. Bo‘yin sohasidagi ajinlar uchun quyidagi mashqlarni bajarishni tavsiya etamiz. Bo‘yningizni cho‘zib, yuqoriga qarang. Boshingizni avval bir tomonga, keyin boshqa tomonga buring. Harakatlaringizni asta-sekinlik bilan, shiftdagi suratlarni tomosha qilgandek bajaring. Mashqni o‘n marta bajaring. Ko‘z ostidagi shishlar — to‘yib uxlamaslik, doimiy stresslar va yomon ekologiya sababli yuzaga keladigan muammolar. Barmoqlaringizni ko‘z burchaklariga: ko‘rsatkich barmoqlarni tashqi, o‘rta barmoqlarni ichki burchaklarga qo‘ying. Ularni yengil bosib, yuqoriga qarang va ko‘zlaringizni qattiq qising. Ushbu video orqali siz mutaxassida "Feys-fitnes" bajarilish texnikasi haqida ma’lumot olasiz. [su_youtube_advanced url="https://www.youtube.com/watch?v=-x3iCiJzB1I" width="480" height="360" showinfo="no" loop="yes" rel="no"] Foydali maqola: Yuz terisidagi ajinlarni yo‘qotishning oddiy usullari Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?