Ko‘pchilik uchun ozish asosiy muammoga aylangan. Biroq shunday vaziyatlar ham uchraydiki, organizmingizning o‘ziga xos jihatlari tufayli vazn to‘play olmaysiz. Aslida vazn tashlashdan ko‘ra uni to‘plash qiyinroq kechadi. Biroq quyida e’tiboringizga havola etilgan ko‘nikmalarni egallab, qisqa muddatda vazn to‘plashingiz mumkin.
1-qoida: Kaloriyalarni hisoblang
Ko‘pchilik qizlarga ko‘p ovqat yesa ham semirmayotgandek tuyuladi. Aslida esa bunday bo‘lmaydi. Kaloriyalarni qat’iy hisoblab borish bilan qancha iste’mol qilayotganingizni bilib olishingiz mumkin. Agar kaloriya yetarli emasligi aniqlansa (o‘rtacha bo‘y uchun 2000 kaloriyadan kamroq), shunchaki ko‘proq yeyish kerak. Aynan nimalarni iste’mol qilish kerak?2-qoida: Super-mahsulotlarni tanlang
Ko‘pchilik shirin va kaloriyasi yuqori mahsulotlarni iste’mol qilishni o‘ziga ruxsat bera olmasa, siz bu masalada erkinsiz. Menyu yuqori kaloriyali mahsulotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Biroq bu kartoshka fri va biskvit tortga ruju qo‘yishni anglatmaydi. Yog‘li go‘sht, tuxum va sutli mahsulotlar ham xolesterin manbasi ekanligini unutmang. Ortiqcha xolesterin esa yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga olib keladi. Ortiqcha shakar esa teri holati, tishlar va sog‘lik uchun salbiy ta’sir qiladi. Xo‘sh unda qanday yo‘l tutish lozim? Bir vaqtning o‘zida ham kaloriyali ham foydali super-mahsulotlarni iste’mol qiling. Bu — yong‘oq, pista, baliqning yog‘li turlari, avokado; shuningdek, asal, xurmo, banan, kunjut va yong‘oqli konfetlar ham foydali sanaladi. Agar kaloriya yetarli bo‘lsa ham vazn to‘play olmayotgan bo‘lsangiz, demak sizda moddalar almashinuvi juda tez amalga oshadi. Bunday holatda qancha yesangiz ham vazn to‘play olmaysiz. Bunda boshqa usullar ish beradi.3-qoida: Mashqlar yordamida press mushaklarni rivojlantirish
Press mushaklarni rivojlantirishga mashqlar va oqsilga boy ratsion yordam beradi. Mashg‘ulotlardan so‘ng vaznning har bir kilogrami uchun 0,5 gramm oqsil va 0,5 gramm uglevod iste’mol qilish kerak bo‘ladi.© Sof.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )