4.1
(7)

Oyoq tirnoqlaridagi zamburug‘ – eng keng tarqalgan kasallik. Bu kasallikning belgilari: barmoqlarning shishishi, sarg‘ayishi, tirnoqlarning yallig‘lanishi va uvalanishi. Infeksiya ancha tez tarqaladi va og‘riq hissini keltirib chiqaradi.

Agar odamning immun tizimi zaif bo‘lsa, oyoq kaftlari haddan tashqari ko‘p terlasa, shuningdek muntazam ravishda oyoq gigiyenasiga rioya qilmasa, kasallanish xavfi oshadi. Zamburug‘ o‘z vaqtida davolashni talab qiladi, chunki u tirnoqlarning butunlay yo‘qolishiga olib keladi.

Tirnoqlardagi zamburug‘ni davolashning ba’zi usullari haqida aytmoqchimiz:

Iste’mol sodasi va natriy borat

Iste’mol sodasi zamburug‘ni davolashning eng arzon va samarali vositasi hisoblanadi. Shuningdek u oyoqlardagi yoqimsiz hidlarni ham yo‘qotadi. Natriy borat – kasallikni davolashga yordam beruvchi tabiiy ishqorli vosita.

Agar siz soda va natriy boratni aralashtirib, uni hafta davomida bir kunda ikki mahal zararlangan tirnoqlarga sursangiz tez kunlarda zamburug‘dan qutulasiz.

Apelsin yog‘i

Zamburug‘ga qarshi tabiiy vosita. Har kuni tirnoqlarga bu yog‘ning bir tomchisini suring. Agar teringiz ta’sirchan bo‘lsa, unda allergik ta’sirlar kuzatilishi mumkin. Unga biroz zaytun yog‘i qo‘shish mumkin. Boshida sizda apelsin yog‘iga allergiya yo‘qligini tekshirib ko‘ring.

Choy daraxti yog‘i

Antiseptik va zamburug‘ga qarshi kurashuvchi samarali vosita hisoblanadi. Bu yog‘ni tirnoqlaringizga suring, singishini kuting va 10 daqiqadan keyin quruq tish cho‘tkasi bilan ishqalang. Choy daraxti yog‘ini ham bodom yoki zaytun yog‘lari bilan aralashtirish mumkin.

Zamburug‘ infeksiyasining oldini olish uning kuchayishiga qarshi kurashishning eng yaxshi vositasidir. Agar siz tirnoqlaringizdagi zamburug‘ni o‘z vaqtida davolash bilan shug‘ullansangiz, unda o‘zingizni bu kasallikning noxush oqibatlaridan himoya qilishingiz mumkin.

O‘xshash maqola:  Trixofitiya yoxud temiratki qanday kasallik?

© Nebolet.com / Daryo.uz