O‘rta asrlarda, Leonardo da Vinchi, Durer kabi buyuk rassomlar birinchi bo‘lib inson yuzi uchun estetik standartlarni belgilab chiqishga va ularni yuzning taxlil model sifatida qullashga muvaffaq bo‘lishgan. Yuzning vertikal va gorizontal proyeksiyasining ideal nisbati matematik ifodasi 4:3 teng (da Vinchi). Shuningdek, yuzning uch mutanosib ravishda teng (yuqori, o‘rta va pastki) qismlari belgilangan. Burun esa yuz arxitekturasida markaz deb hisoblangan.
Yosh o‘tishi sayin, inson yumshoq to‘qimalarining elastik xususiyatlari pasayishi natijasida tashqi ko‘rinish ham o‘zgaradi. Bu o‘z navbatida qoshlarni «tushib qolishi», ko‘zlar yonida «g‘oz oyoqchalari» deb ataluvchi ajinlar, «qopchalar», lablarning burchaklari yonida «marionetka» chiziqlari kabi o‘zgarishlar shakllanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Nisbatan yoshroq (35-40 yoshda) yuz uchun asosi yuqoriga qaragan uchburchakka yaqinlashgan shakl xos bo‘ladi, katta yoshdagi (40 yoshdan keyin) yuzning shakli esa yumshoq to‘qimalar yanada pastga siljishi natijasida vertikal yo‘naltirilgan to‘rtburchakni ko‘proq eslatadigan shaklga yaqinlashadi.
Mazkur plastik amaliyot kim uchun mo‘ljallangan?
Mazkur plastik amaliyoti bemor chexrasiga yoshroq ifoda berish, shuningdek «toliqib qolgan» ko‘rinishdan xalos etish maqsadida bajariladi.Yuz plastikasining (yuz tortilishi) turlari
Yuzning korreksiya qilishga mo‘ljallangan qismlariga nisbatan yuqori, o‘rta va pastki zonalarning tortilishi farqlanadi. Yuzning yuqori qismining tortilishi ko‘proq nisbatan yoshroq bemorlarda bajariladi, yoshi kattaroq bo‘lgan bemorlarda esa o‘rta va pastki uchtan biri tortilishi talab etiladi. Ko‘pincha mazkur amaliyot qovoqlarni plastikasi bilan birgalikda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari, kompleks yondashuv ham muhim deb hisoblanadi va ba’zan plastika davomida lipofilling bajarilishi mumkin. Endoskopik usul ko‘pincha quyidagi quyidaga xollarda amalga oshiriladi:- qoshlarning «osilib qolishi » mavjud bo‘lsa;
- yuzda «g‘oz oyoqchalari» mavjudligi;
- yuz uchun «charchagan» ko‘rinish xos;
- peshona va qoshlari o‘rtasida ajinlar mavjudligi;
Shuningdek, endoskopik nazorati yordamida, yuz korreksiyasi davomida alohida bosqichlarini bajarilishida foydalanish mumkin.
Amaliyot o‘tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo‘lishi mumkin?
Yuz plastikasi (shu jumladan, endoskopik plastikasi ham) umumiy og‘riqsizlantirish yani umumiy narkoz yordamida o‘tkaziladi. Face-lifting operatsiyasi odatda 3-4 soat davom etadi. Yuz plastikasidan so‘ng kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar va holatlar:- Yuz shishlari, odatda, operatsiyadan keyin paydo bo‘lib, operatsiyadan keyin bir necha hafta davomida qaytishi kuzatiladi
- O‘rtacha darajada bo‘lgan gematomalar odatda ko‘pchilik bemorlarda ma’lum vaqt davomida qaytadi
- Operatsiyadan keyingi chandiqlar. Ular tabiiy teri burmalari va boshning soch bilan qoplangan joylarda qolgani tufayli odatda ko‘rinmas bo‘ladi.
- Teri sezuvchanligini kamayishi ham vaqtinchalik bo‘ladi
Amaliyotdan so‘nggi davr
Bir oy muddat davomida, bo‘yinda faol harakatlarni (yuz pastki qismining korreksiya qilinganidan so‘ng) qilmaslik tavsiya qilinadi.Qanday holatlarda yuzning plastik operatsiyasi tavsiya etilmaydi?
Yuz plastik operatsiyadan quyidagi holatlarda tavsiya qilinmaydi:- Infeksion kasalliklar aniqlangan holatlarda
- Og‘ir somatik patologiya aniqlangan holatlarda
- Endokrin tizimining kasalliklari aniqlangan holatlarda
- Qon ivishi buzulishida
- Qandli diabet kasalligida
- Keloidozga moyillik aniqlangan holatlarda.
Alohanov Laziz. Plastik jarroh. Esthetic.uz
Mavzuga aloqador maqola: Plastik jarrohlik usullari
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mashhurlar bilan bog‘liq omadli va omadsiz plastik operastiyalar