– Yaqinda savdo rastalaridan farzandim uchun yogurt va pishloq (sir) sotib oldim. Bolalar bu mahsulotlarni kattalarga nisbatan ko‘proq yaxshi ko‘rib iste’mol qiladi. Lekin bu mahsulotlarni sifatli va yaroqli ekanligini qanday bilsak bo‘ladi? Uning tarkibi nimalardan tashkil topgan?
Yogurtning turlari
Yogurt necha ming yillardan beri Sharqiy o‘rta Dengiz va Bolqon xalqlari o‘rtasida sevib iste’mol qilinuvchi sut-qatiq mahsulotidir. Uni pasterizatsiyalangan sutdan olinadi. Yogurt hozirgi kunda parhezbop mahsulot hisoblanib, ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Yogurt – yuqori darajadagi yog‘siz sut mahsuloti bo‘lib, iste’molchilar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan mahsulotlar tarkibiga kiradi. Uning tarkibidagi mavjud mahsulotlar davlat standartlari asosida tayyorlanadi va qadoqlanadi. Bu jarayonning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari mavjud. Ushbu mahsulot tarkibidagi yog‘ ulushiga ko‘ra klassik, yarim yog‘li, yog‘siz turlarga bo‘linadi. Yogurt qanday mahsulotlar tarkibidan iboratligiga qarab, to‘ldirmalarsiz, xushbo‘yli, xo‘l-reza mevali tarzda ishlab chiqariladi. Mahsulotning ta’mi, hidi, tashqi ko‘rinishi... Bu mahsulotni istyemol qilayotgan xaridorlar uning quyidagi talablarga javob berishini inobatga olishlari kerak.- Tashqi ko‘rinishi: asosan bir xil, me’yorida yopishqoq, ta’m va hid beruvchi ozuqaviy qo‘shilmalar ishlatilganda – ularning nomi bilan.
- Ta’mi va hidi: nordon sut, o‘zga ta’mi va hidi yo‘q, me’yorida shirin, qo‘shilgan ingridiyentlarga xos ta’m va hidga ega.
- Rangi: bir xil, oqish-sut rang, biroz krem tusida yoki qo‘shilgan ingridiyent rangiga xos.
- Eslatma: yogurtdagi pentiyuglar, toksik elementlar, mikotoksinlar, antibiotiklar va radionuklidlar, melaminning miqdori va mikrobiologik ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan yo‘l qo‘yiladigan me’yordan oshmasligi kerak.
Qanday xom-ashyolardan tashkil topgan?
Eslatma: Yogurt ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida sertifikatlashtirilgan, kirish nazoratidan o‘tgan, Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan ishlatilishga ruxsat berilgan xom-ashyolardan foydalaniladi. Uni tayyorlashda quyidagi mahsulotlardan foydalaniladi:- Standartdan o‘tgan sigir suti;
- Quyultirilgan yog‘siz sut;
- Oliy nav purkab quritilgan qaymoq;
- Standartlar bo‘yicha ichimlik suvi;
- Pasterizatsiyalangan sigir suti;
- Muvofiqli sertifikati bo‘yicha quruq bakkonsentrat;
- Muvofiqli sertifikati bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri solinadigan achitqilar.
- Shakar;
- Ozuqaviy xushbo‘ylantiruvchi vositalar;
- Sabzavot va mevali jem;
- Meva va reza meva;
- Bo‘yoqlar;
- Shirinlashtiruuvchi moddalar;
- Quyuqlashtiruvchi moddalar.
- Tayyorlagan korxona nomi, mulk shakli, manzili, telefoni;
- Ishlab chiqaruvchining tovar belgisi (agar bo‘lsa);
- Mahsulot nomi;
- Yog‘ning massaviy ulushi;
- Massasi;
- 100 g mahsulotdagi ozuqaviy va energetik qiymati;
- Mahsulotning tarkibi;
- Saqlash muddati;
- Saqlash sharoiti;
- Ishlab chiqarilgan sana (kun, oy, yil);
- Mazkur standartning belgilanishi;
- Yaroqlilik muddati;
- O’zDST bo‘yicha muvofiqlik belgisi;
- Shtrix kod ro‘yxat raqami ko‘rsatilgan holda;
- Mahsulotda “Made in Uzdekistan”, yoki ”O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan” degan yozuv bo‘lishi kerak.
Dudlangan pishloq qalamchalari
Sut sanoatida pishloq (sir) juda ko‘p turda chiqarilmoqda. Pishloqlar yuqori oziqlik qimmatga ega bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. Pishloq tarkibida 20% dan 45% gacha oqsil, 30% dan 50% gacha yog‘ bo‘lib, pishloqning kaloriyasi 2000-4500 ga teng. Kishilar oziq bilan qabul qiladigan to‘la qimmatli, almashtirib bo‘lmaydigan barcha aminokislotalar pishloq oqsilida mavjud. Pishloq oqsillari sut oqsillariga qaraganda oson va yaxshi o‘zlashtiriladi. Pishloq tarkibida vitaminlardan A, B1, B2 va boshqalar bo‘ladi. Pishloq harid qilayotganida uning ko‘rinishi qanday bo‘lishi kerakligi ko‘pchilik uchun qiziqarli. Bu ham mahsulot sifati va tarkibining qanday ekanligini ko‘rsatib beruvchi omillaridan biridir. Ular quyidagilar:- Pishloq yog‘li va dudlangan bo‘ladi. Uning diametri 0,8 sm dan ko‘p bo‘lmagan, 6-8 sm uzunlikdagi to‘rtburchak yoki aylana shaklda bo‘ladi.
- Uning rangi to‘q sariqdan to‘q jigarranggacha bo‘lishi mumkin. Eshilish (burma joylari) ochroq rangda ham bo‘ladi.
- Pishloqning ta’mi sho‘rroq, ushbu turdagi mahsulotlarga xos, dudlangandagi ta’m va hidli bo‘ladi.
- Ishlab chiqargan korxona nomi, tovar belgisi, manzili, telefoni;
- Mahsulot nomi;
- To‘p raqami;
- Tarkibi;
- 100 g mahsulotni ozuqaviylik va energetik qiymati to‘g‘risidigi ma’lumot;
- Massasi, g;
- Ishlab chiqarilagan sanasi (kun, oy, yil);
- Saqlash sharoitlari ;
- Sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumot;
- Shtrix kodi ro‘yxatga olingan tartib raqami bilan birga.
© Sabo.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitaminlarning ahamiyati