Yod tanqisligi og‘ir holatlarda millat salomatligiga tahdid soladi, millat aqliy salohiyatining pasayishiga olib keladi. Yod tanqisligi kasalliklari guruhiga buqoq kaslligi kiradi. Ushbu kasallik tanamizda yod moddasining yetishmasligi - tanqisligidan kelib chiqadi.
Yod moddasi bo‘ynimiz oldida joylashgan qalqonsimon bezning meyorda faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy kimyoviy unsir hisoblanadi, qalqonsimon bezda yaratiladigan gormon tarkibiga kiradi.
Yod o‘zi nima?
Har bir insonning hayoti davomida yod moddasi oz miqdorda zarur bo‘ladi. Bu moddaning organizmda uzoq muddat saqlanmasligini hisobga olib, yod moddasi mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qilib turish zarur.Qalqonsimon bezning vazifasi nimadan iborat?
Qalqonsimon bez miya va tananing muayyan rivojlanishi va faoliyati uchun zarur bo‘lgan gormonlarni ishlab chiqaradi. U inson tomog‘ining old qismida joylashgan bo‘ladi. Tanamizda yod moddasining tanqisligi vujudga kelishi natijasida qalqonsimon bez kattalashadi. Bu holat buqoq deb nomlanadi.Yod tanqisligi kasalligining belgilari
Ko‘pchilik yod moddasini qanchalik miqdorda iste’mol qilayotganligini bilmaydi. Ammo yetarlicha iste’mol qilmaslik natijasida qalqonsimon bez kattalashadi. Bu eng birinchi va ko‘p uchraydigan belgi hisoblanadi. Kasallikning boshqa belgilariga: ayniqsa bolalarda aqliy, jismoniy va jinsiy, ruhiy rivojlanish pasayadi.Qanday qilib YOD tanqisligini oldini olish mumkin?
Respublikamiz hududlaridagi yer, suv, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida yod yetarli miqdorda bo‘lmaganligi sababli, yod tanqisligini keltirib chiqaruvchi ko‘pgina kasalliklarni oldini olish uchun yod moddasini oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda iste’mol qilish kerak. Buning eng maqul va qulay yo‘li bu oziq-ovqat mahsulotlariga yodlangan tuzni ishlatishdir. Yodlangan tuzning narxi boshqa tuzlarnikiga qaraganda ozgina qimmatroq, lekin u salomatlik uchun foydali va ko‘pgina muammolarning oldini oladi va buqoq kasalligini davolash uchun ketishi mumkin bo‘lgan dori-darmon xarajatlaridan saqlaydi. O‘smir yoshdagilarga - ya’ni 12-13 yoshdan boshlab yod unsiriga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshadi, yodlangan tuz iste’moli kifoya bo‘lmasligini hisobga olib, qo‘shimcha yod moddalar qabul qilish zaruriyatini maktab yoki oilaviy shifokor bilan maslahatlashish lozim.Osh tuzida yod miqdorini yo‘qolmasligi uchun quyidagilarga e’tibor bering:
- Yodlangan tuzni sotib olgan vaqtdan boshlab 6 oy ichida ishlating.
- Tuzni yopiq idishda qorong‘u va quriq joyda saqlang, chunki yod moddasi tezda uchish xususiyatiga ega.
Yod tanqisligini davolash
Yodlangan tuzni iste’mol qiladigan ovqatingizga qo‘shing. Yodlangan tuz buqoqning oddiy turlari paydo bo‘lishini oldini oladi va kichik buqoqlarni kichiklashtiradi. Uzoq vaqt davrida mavjud bo‘lgan buqoq kasalligi, ya’ni kattalashgn qattiq buqoq, yodlangan tuz bilan yo‘qolib ketmaydi. Sizga buqoqni davolash uchun dorilar tavsiya qilinadi. Ular qalqonsimon bez faoliyatini tiklashga yordam beradi va yod moddasini o‘rnini bosadi.Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Agar sizning bo‘yningizda old qismida shish paydo bo‘lsa (ya’ni qalqonsimon bez kattalashsa), darhol shifokorga endokrinolokka murojaat qiling va uning tavsiyalariga amal qilgan holda davolaning. Faqat shifokor kerakli miqdordagi dorilarni tavsiya qilishi mumkin!© Jamolxon o‘g‘li Mubashshir Qosim.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )