Amerikalik kibernetik, neyrofiziolog, psixiatr – Grey Uolter o‘zining «Tirik miya» kitobida xotiraga shunday tushuncha beradi: «Xotira- doimiy yonib turadigan shamdir». Agar yanada qisqa qilib aytiladigan bo‘lsa: «Xotira- bu inson tug‘ilgan paytidan boshlab butun umr davom etadigan jarayon».
Agar odam faol va ko‘p o‘qisa, tafakkur qilsa, oldidagi vazifalarni ijodiy hal qilsa, uning xotirasi nur kabi yorishib miyasining barcha sohalarini yoritadi va barcha kerakli malumotlar miyasiga mustahkam o‘rnashib qoladi. Agar aksi bo‘lsa, odam danagasalik qilsa, o‘qimasa, miyasini tafakkurga undmasa uning xotirasi so‘nadi. «Bir qulog‘idan kirib, ikkinchi qulog‘idan chiqib ketdi» iborasi aynan shunday odamlar haqida.
Xotira
Xotira – bu eslab qolish, esda saqlash, keyinchalik yodga olish va avval idrok etilgan, boshdan o‘tkazilgan yoki bajarilgan narsa va hodisalarni tanib olish bilan bog‘liq o‘tmishdagi tajribalarni aks ettiradi. Xotira ruhiy holatning asosiy va murakkab qismini tashkil etadi. Ma’lumki, odam tug‘ilgan soatidan to so‘nggi nafasigacha doimiy tashqi muhitning ta’sirida bo‘ladi. Kuzatishlardan olingan, o‘qilgan va eshitilgan ma’lumotlar yoki kishi shohid bulgan har hil hodisalar odamning ongida ma’lumot sifatida saqlanib qoladi. Shu saqlanib qolgan ma’lumotlarning hammasi xotira deb ataladi. Xotira shartli ravishda uch qismga bo‘linadi:- Eslab qolish (fiksatsiya).
- Ularni uzoq muddat ichida saqlash (retensiya) qobiliyati.
- Qaytadan eslash, yodga olish (reproduksiya).
© Neyro.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )