Qondagi xolesterin miqdorining yuqori bo‘lishi sog‘liq uchun juda xavfli ekanligi hammaga ma’lum. Shu bilan birga “foydali” xolesterinlar ham bo‘lar ekanki, ichki organlar ish faoliyatini ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Asab to‘qimalari, katakchalar(kletki), garmonlar va eng kerakli bo‘lgan D vitaminlari tarkibida xolesterinlar muhim rol tutadi hamda oqsillarni bog‘lashda va ko‘chirishda ishtirok etadi. Shuning uchun xolesterindan qutilishga judayam berilib ketish yaramaydi, balki organizmga zararli xolesterin kelib tushishini cheklab qo‘ysangiz kifoya. Buning uchun ovqatlanish tartibiga rioya qilish, ya’ni organizm foydali xolesteringa to‘yinishini nazorat qilish kerak.
Foydali mahsulotlar.
- Foydali xolesterin baliq mahsulotlarida ko‘plab uchraydi. Ko‘proq baliq mahsulotlari iste’mol qiling, chunki u qon quyuqlashishining oldini olib, tiqinlar hosil bo‘lish xavfini kamaytiradi.
- Yong‘oqlar – ular juda yog‘li hisblansada, uning tarkibidagi yog‘lar organizm uchun foydali hisoblanadi. Haftada 5 marta 30 gr dan yong‘oq iste’mol qilish talab qilinadi. Kungaboqar, kunjut va zig‘ir ham foydali xolesterin miqdorini oshirishga yaxshi yordam beradi.
- O‘simlik moylaridan asosan zaytun, soya, zig‘ir moylariga e’tibor qaratsangiz bo‘ladi. Yuqoridagi moylarning foydali xususiyatlarini saqlab qolish uchun ularda mahsulot qovurmaslik, aksincha tayyor mahsulotga qo‘shib ishlatish kerak.
- Organizmdagi zararli bo‘lgan xolesterinlardan qutilish uchun bir kunda 25-35 gr kletchatkalar iste’mol qilish lozim. Kletchatkalar asosan har-xil maxsulot kepaklari tarkibida uchraydi. Kepakni och qoringa 2-3 choy qoshiq miqdorida suvga aralashtirib ichish kerak.
- Tarkibida pektin bo‘lgan olmani ham unutmaslik lozim. U qon tomirlaridagi ortiqcha xolesterinlarni chiqarishga yordam beradi.
- Hamda, ortiqcha xolesterindan qutilishda sharbatlarning o‘rni juda muhimdir. Mevalardan apesin, ananas, olma sharbatlari hamda sabzavotlardan lavlagi, sabzi sharbatlari yaxshi samara beradi.
- Shu bilan birga ko‘k choyni ham ortiqcha xolesterin dushmani deb hisoblasak bo‘ladi. Ko‘k choy qondagi foydali xolesterin miqdorini ko‘tarib,zararli xolesterin ko‘rsatkichini kamaytirishga yordam beradi..
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )