Vitiligo – bu surunkali dermatologik kasallik bo‘lib, terining ayrim sohalarining depigmentatsiyasi bilan xarakterlanadi. Asosan bahor va yoz mavsumlarida aniq ajralib turadi. Bu holat inson organizmida melonin pigmenti yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadi. [caption id="attachment_10999" align="aligncenter" width="551"]vitiligoni davolash Illyustratsiya:: www.plasticsurgerypractice.com[/caption] Vitiligo bilan dunyoda 50 million inson xastalangan bu ko‘rsatkich kundan-kun o‘smoqda. Terining depigmentatsiya bo‘lgan sohasida oq yoki qora dog‘lar uchraydi.

Vitiligo haqida muhim faktlar

  • Vitiligo har qanday yosh, jins va etnik kelib chiqishidan qat'iy nazar barchada birdek kuzatilishi mumkin;
  • Vitiligo yuqumli kasallik emas;
  • To‘liq sabablari noma’lum, ammo u atuoimmun kasallik yoki virusga bog‘liq bo‘lishi mumkin degan nazariyalar mavjud;
  • Vitiligo terining rak kasalligini keltirib chiqarmaydi.

Vitiligo kasalligi sabablari

Vitiligoning sabablari oxirgacha o‘rganilmagan. Hozirgi kunda quyidagi gipotezalar mavjud:
  • Autoimmun jarayonlar natijasi;
  • Vegetativ nerv sistemasining buzilishlari;
  • Psixik jarohatlar;
  • Tirozinaza fermenti yetishmovchiligi;
Vitiligoning rivojlanishiga yana ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan:
  • Endokrin buzilishlar;
  • Irsiy moyillik;
  • Hazm qilish organlari kasalliklari;
  • Gelmintlar;
  • Terining doimiy jarohatlanishi;
  • Kimyoviy moddalari bilan ishlash;
  • Radioaktiv nurlanishlar;

Vitiligo kasalligi diagnostikasi

Ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘ra “Teri bu ichki organlardagi o‘zgarishlarning ko‘zgusi”dir. Shuning uchun davolashdan oldin yaxshilab tekshiruv o‘tkazilishi zarur. Shifokor asosiy e’tiborini jigar, qalqonsimon bez va nerv sistemasiga qaratishi zarur. Agar shu organlarda o‘zgarishlar aniqlansa, davolashdan so‘ng terining tabiiy holati tiklanadi. Dermatolog ko‘rigidan tashqari quyidagi tahlillar o‘tkazilishi kerak:
  • Umumiy va biokimyoviy qon tahlili;
  • Terapevt, endokrinolog, nevropatolog, gasteroenterolog, immunolog konsultatsiyasi;
  • Ultratovush teshiruvi (jigar, o‘t qopi, qalqonsimon bez).

Vitiligoni davolash

Vitiligo bilan kasallangandan so‘ng terining asl, o‘z holatga qaytishi kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Faqatgina depigmentatsiyaga uchragan dog‘larni sonini va o‘lchamini kichraytirish imkoni mavjud. Agar depigmentatsiyaga uchragan joy qanchalik kichik bo‘lsa, bu joyda melanin ishlab chiqaruvchi hujayralar bo‘lish ehtimoli shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari davolashni to‘g‘ri tashkillashtirish zarur. Kasallik uzoq davolanishni talab etadi va maxsus choralar ko‘rishni talab etadi:
  • Terini to‘g‘ri parvarishlash. Quyosh nurlaridan maxsus himoya vositalari orqali himoyalanish.
  • Sifatli ovqatlanish, tarkibida almashinmaydigan aminokislotalar, minerallar va vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qilish.
  • Zararli odatlarni yo‘q qilish, chunki hosil bo‘ladigan yangi dog‘ga har qanday ta’sir rivojlanishga olib kelishi mumkin.
Zamonaviy dermatologiyada vitiligoni quyidagi davolash usullari mavjud:
  • Uskunalar bilan davolash;
  • Dori vositalari bilan davolash (shu jumladan gormonlar bilan);
  • Fitoterapiya.
Bu usullar asosan kompleks tarzda davolash maqsadida qo‘llaniladi. Shu orqali vitiligo paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi bir qancha omilga cheklov qo‘yiladi. Jarrohlik yo‘li bilan davolashda melanotsitlarni depigmentatsiyaga uchragan sohaga ko‘chirib o‘tkaziladi. Bu usul kam qo‘llaniladi. Chunki nojo‘ya ta’sirlari mavjud.

Vitiligoni dorilar bilan davolash

[caption id="attachment_11001" align="aligncenter" width="550"]vitiligo Foto: www.biosom.com.br[/caption]
  • Glyukosteroid gormonlar;
  • A, E, C va B guruh vitaminlar;
  • Mis sulfat, rux, temir, kumush saqlovchi preparatlarni qo‘llash. Odatda, vitiligoda shu elementlar kamayishi kuzatiladi;
  • Yorug‘lik qabul qiluvchi preparatlar: Beroksan, Ammifurin, Psoralen. Bu dori vositalari yorug‘lik ta’sirida melonogenez jarayonini stimulyatsiyalaydi;
  • Immunomodulyatorlar – immunal, T-aktivin;
  • Psixotrop dori vositalari. Ushbu dorilar asab tizimining faoliyatini barqarorlashtiradi va organizmning qarshiligini oshiradi.

Vitiligoni instrumental davolash usullari

Geliy-neon lazer terapiyasi Geliy-neon lazer terapiyasi zamonviy zavolash metodi hisoblanadi. Bu usulda depigmentatsiyaga uchragan sohaga fotosensibilazatsiya nurlar tushiriladi. Davolash kursi 15-20 seansda 3-5 daqiqadan o‘tkaziladi.

Vitiligo davosining yangi usuli

2014-yil Detroyt klinikasida terining vitiligo sohasining qayta tiklash usuli topildi. Bu usulning asosi shundaki, bemorning vitiligo sohasiga Afamelontoda implanti o‘rnatiladi va qisqa tolali ultrabinafa nurlar bilan nurlantiriladi. Usul xavsiz va hozirgi kunda natija bermoqda.

Fitoterapiya

Ko‘plab o‘simliklar o‘zida ko‘p miqdorda fitokumarin moddasini saqlaydi. Xalq tabobatida vitiligoga uchragan bemorlarga quyidagi o‘simliklarni qo‘llashni tavsiya qiladi:
  • Shirinmiya ildizi damlamasi;
  • Qizil qalampir sharbati;
  • Baqato‘n qaynatmasi;
  • O‘rmon yertuti sharbati.
Oq dog‘larni xalq tabobati usullari yordamida davolashni MANA BU MAQOLA orqali o‘qishingiz mumkin: Oq dog‘lari davolash 

Vitilogo kasalligida ovqatlanish tartibi

Bemor odamning ovqati tarkibida vitamin, mis, rux, temir, tirozin saqlovchi moddalar saqlaydigan moddalar bo‘lishi zarur. Bu elementalarning manabalar quyidagilar:
  • Loviya;
  • Baliq va dengiz mahsulotlari;
  • Tuxum;
  • Yog‘siz go‘sht mahsulotlar;
  • Sut mahsulotlari;
  • Grechkali bo‘tqa;
  • Barcha turdagi ko‘katlar;
  • Anjir;
  • Grek yong‘og‘i;
  • Kashnich;
  • Zaytun yog‘i;
Quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:
  • Yog‘li taomlar;
  • Tuzlangan mahsulotlar;
  • Mol go‘shti;
  • Mayonez mahsulotlari;
  • Margarin;
  • Shokolad, kakao, achchiq choy va qahva.
Ovqat hazm qilish organlarini zo‘riqtirish kerak emas. Kuniga oz-ozdan 6-7 mahal ovqatlanish zarur. Taomlar bug‘da pishirilishi maqsadga muvofiq. Iste’mol uchun ichimliklardadan vitiligo kasalligida ko‘k choy, shakarsiz sharbatlar, gazlanmagan suvlarni ishlatishingiz mumkin.

Maqola 20.04.2018 sanasida yangilandi. Maqolaga doir fikr va savollaringizni ushbu maqola ostida izoh shaklida yozib qoldirishingiz mumkin.