Vabo kasalligi haqida

Vabo kasalligi — Vibrio cholerae bakteriyasi bilan ifloslangan oziq-ovqat yoki suvni iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan infeksiya. Vabo dunyo sog’lig’iga tahdid va ijtimoiy rivojlanish yetishmasligining asosiy ko’rsatkichi bo’lib qolmoqda. Tadqiqotchilar har yili dunyoda 1,3 dan 4,0 milliongacha vabo bilan kasallanish va 21 000-143 000 vabo sababli o’limni taxmin qiladilar.

Asosiy faktlar

  • Vabo — bu o’tkir diareya kasalligi, agar davolanmasa, bir necha soat ichida o’limga olib kelishi mumkin.
  • Kasallangan odamlarning ko’pchiligida alomatlar yo’q bo’ladi yoki yengil kechadi. Bunda, og’iz orqali regidratsiya eritmalari bilan kasallik muvaffaqiyatli davolanadi.
  • Og’ir holatlarda vena ichiga suyuqlik va antibiotiklar bilan tezkor davolanish talab etiladi.
  • Vabo va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishini nazorat qilish uchun xavfsiz suv va sanitariya sharoitlarini ta’minlash muhim.
  • Vabo epidemiyasini nazorat qilish va vabo tarqalish xavfi yuqori bo’lgan joylarda vabo kasalligini oldini olish uchun xavfsiz vaksinalar suv va sanitariya sharoitlarini yaxshilash bilan birgalikda ishlatish kerak.
  • 2017 yilda vabo tufayli o’limni 90 foizga kamaytirish uchun vabo bilan kurashish bo’yicha Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan birgalikda global strategiya qabul qilindi.
Foto: probolezny.ru

Vabo kasalligi alomatlari

Vabo — o’ta xavfli, o’tkir, suvli diareyani keltirib chiqarishi mumkin. Ifloslangan oziq-ovqat yoki suvni iste’mol qilish va alomatlar paydo bo’lishi 12 soatdan 5 kungacha davom etadi. Vabo bolalarga ham, kattalarga ham ta’sir qiladi. Davolanmasa, bir necha soat ichida o’limga olib kelishi mumkin.

V. cholerae bakteriyasini yuqtirgan odamlarning ko’pchiligida hech qanday alomat paydo bo’lmaydi. Ammo, infeksiyadan keyin 1-10 kun ichida ularning najasida bakteriyalar mavjud bo’lib, ular atrof muhitga qaytarilsa, boshqalarga ham yuqishi mumkin.

Alomatlar mavjud bo’lgan odamlar orasida aksariyat holatlar yengil va o’rtacha darajada bo’ladi. Kamchilik odamlarda og’ir suvsizlanish bilan o’tkir suvli diareya rivojlanadi. Agar davolanmasa, bu o’limga olib kelishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  O'n ikki barmoqli ichak yarasi sabablari, belgilari va davolash

Vabo kasalligi tarixi

19-asrda vabo Hindistonning Ganga deltasidagi suv omboridan butun dunyoga tarqaldi. Keyinchalik, barcha qit’alarda millionlab odamlarning hayotiga zomin bo’lgan oltita pandemiya vujudga kelgan. Hozirgi (yettinchi) pandemiya 1961 yilda Janubiy Osiyoda boshlanib, Afrikada 1971 yilda, Amerikada esa 1991 yilda tarqaldi. Vabo hozirda ko’plab mamlakatlarda keng tarqalgan.

So’nggi bir necha yil ichida JSSTga xabar qilingan vabo kasalligi soni yuqori bo’lib qolmoqda. 2017 yilda 34 mamlakatda 1 227 391 ta holat qayd etilgan, ulardan 5 654 tasi o’lim bilan tugagan. Ushbu raqamlar va kasallikning taxminiy soni o’rtasidagi nomuvofiqlik ko’pgina holatlarda kuzatuv tizimlarining cheklanganligi va savdo va turizmga salbiy ta’sir ko’rsatishdan qo’rqish sababli qayd etilmagani bilan bog’liq.

Vibrio cholerae shtammlari

V. cholerae serogruppalari juda ko’p, ammo ulardan faqat ikkitasi — O1 va O139 epidemiyalarni keltirib chiqaradi. Yaqinda sodir bo’lgan barcha kasalliklarga V. cholerae O1 sabab bo’lgan. Bangladeshda birinchi marta 1992 yilda aniqlangan V. cholerae O139 o’tmishda yuqumli kasalliklarni keltirib chiqargan. Yaqinda u faqat sporadik holatlarda aniqlandi. Vaboning bu turi hech qachon Osiyodan tashqarida ro’yxatdan o’tmagan. Ikkala serogruppa sababidan kelib chiqqan kasallik bir xil tarzda davom etadi.

Vabo kasalligi tarqalishi

Vabo yuqishi endemik yoki epidemik bo’lishi mumkin.

Endemik hudud deb — bu so’nggi uch yil ichida tasdiqlangan holatlari aniqlangan va kasallikning mahalliy yuqtirishiga oid dalillar mavjud bo’lgan hudud (ya’ni bu holatlar hech qayerdan olib kelinmaydi) ataladi.

Epidemiya endemik mamlakatlarda ham, odatda vabo bo’lmagan mamlakatlarda ham sodir bo’lishi mumkin.

Endemik mamlakatlarda vabo mavsumiy epidemiya tariqasida yoki vaqti-vaqti bilan bo’lishi mumkin.

Vabo tarqalishi toza suv va sanitariya-gigienik vositalardan foydalanishning yetishmasligi bilan chambarchas bog’liq. Yuqori xavfli hududlarga, infratuzilma mavjud bo’lmagan joylar va toza suv va kanalizatsiya uchun minimal ehtiyojlarni qondirmaydigan qochqinlar uchun lagerlar kiradi.

Foto: probolezny.ru

Gumanitar inqirozning oqibatlari, masalan, suv va sanitariya tizimlarining ishlamay qolishi yoki aholining haddan tashqari ko’p va yetarli darajada jihozlanmagan lagerlarga ko’chib o’tishi, bakteriyalar mavjud bo’lganda vabo yuqish xavfini oshirishi mumkin. Vabo bilan kasallanmagan odamlarning jasadlari epidemiyalarga sabab bo’lmaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bolalarda diareya kasalligi

Vabo kasalligini oldini olish

Ko’p tomonlama yondashuv kasallik sababidan kelib chiqqan o’limning oldini olish va kamaytirish uchun muhimdir.

Vabo holatlari og’ir suvli diareya bilan og’rigan bemorlarda klinik shubha asosida aniqlanadi. Kasallik, tegishli bemorlarning najas namunalarida V. cholerae bakteriyalarini aniqlash orqali yana bir bor tasdiqlanadi. Vaziyatni aniqlashni tezkor diagnostika testlari yordamida osonlashtirish mumkin. Bunda, bir yoki bir nechta namunadagi ijobiy test natijasi vabo tarqalganligini kafolatlaydi. Tashxisni tasdiqlash uchun namunalar posev uchun laboratoriyaga yuboriladi. Vabo kasalligini aniqlash (diagnostika) va monitoring qilish (ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish) bo’yicha mahalliy imkoniyatlar samarali kuzatish va nazoratni rejalashtirishda asosiy o’rin tutadi.

Vaboda suv ta’minoti va kanalizatsiya ishlari

Uzoq muddatli istiqbolda vabo bilan kurashish muammosini hal qilish iqtisodiy rivojlanish va toza ichimlik suvi va yetarli darajada sanitariya sharoitlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashdan iborat.

Foto: probolezny.ru

Vabo xavfi yuqori bo’lgan aholi xavfsiz suv manbalaridan, asosiy sanitariya va gigiena qoidalaridan foydalanishni ta’minlash uchun atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha uzoq muddatli suv, sanitariya va gigiena yechimlarini qabul qilishni o’z ichiga oladi. Bunday choralar nafaqat vabo kasalligini oldini oladi, balki boshqa ko’plab suv bilan yuqadigan kasalliklarning oldini olib, qashshoqlik, to’yib ovqatlanmaslik va ta’lim bilan bog’liq maqsadlarga erishishga yordam beradi. 

Ushbu tadbirlarning aksariyati uzoq muddatli investitsiyalarni va doimiy ta’mirlashni talab qiladi. Shuning uchun ularni moliyalashtirish va kam rivojlangan mamlakatlarda bunday tadbirlarni ta’minlash qiyin.

Vabo kasalligini davolash

Vabo osonlikcha davolanadigan kasallikdir. Odamlar og’iz orqali regidratsiya tuzlarini o’z vaqtida qabul qilish orqali muvaffaqiyatli davolanishi mumkin. JSST / UNICEF standarti bo’yicha tayyor eritma to’plami 1 litr (l) toza suvda suyultiriladi. Katta bemorlarga o’rtacha suvsizlanishni davolash uchun birinchi kuni 6 L gacha eritma talab qilinadi.

Jiddiy suvsizlanish bilan og’rigan bemorlarda suvsizlanish shoki xavfi mavjud va shoshilinch ravishda vena ichiga suyuqlik yuborilishu kerak. Davolash paytida 70 kg og’irlikdagi kattalar uchun kamida 7 litr tomir ichiga infuziya, shuningdek tuzli eritmalar kerak. Bundan tashqari, bunday bemorlarga diareya davomiyligini qisqartirish, kerakli regidratatsiya suyuqliklari hajmini kamaytirish va V. choleraening najas bilan chiqarilish miqdori va muddatini qisqartirish uchun tegishli antibiotiklar buyuriladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Sinalgan maslahatlar

Vabo bilan kasallanishda antibiotiklardan ommaviy foydalanish taqiqlanadi, chunki u vabo tarqalishiga aniq ta’sir ko’rsatmaydi va mikroblarga qarshi chidamliligini oshirishi mumkin

Vabo epidemiyasi paytida tez davolanish juda muhimdir. Vena ichiga suyuqlik yuboradigan va 24 soat davomida parvarish qilinadigan yirik markazlar bilan bir qatorda, aholiga og’iz orqali regidratsiya qilishni ham ta’minlash kerak. O’z vaqtida va tegishli davolanishda o’lim 1% dan oshmaydi.

Besh yoshgacha bo’lgan bolalar uchun muhim qo’shimcha terapiya — rux qo’shilishi. Rux diareyaning davomiyligini qisqartiradi va o’tkir suvli diareyaning boshqa sabablarini oldini oladi. Bolalarni emizish kasallikda foyda beradi

Gigienaga rioya qilishni yaxshilash va jamoatchilikni jalb qilish vabo kasalligi tarqalmasligida katta ahamiyatga ega

Vaboga qarshi emlash

Hozirgi kunda JSST tomonidan uchta vaboga qarshi vaksinalar mavjud: Dukoral®, Shanchol ™ va Euvichol-Plus®. To’liq himoyani ta’minlash uchun yuqorida aytib o’tilgan uchta vaksina ikki dozali rejimda taqdim etilishi kerak.

Dukoral® eritma ko’rinishida bo’lib, uni tayyorlash uchun 150 ml toza suv kerak bo’ladi. Dukoral® preparati ikki yoshdan oshgan barcha odamlarga qo’llanilishi mumkin. Har bir dozani qabul qilish oralig’i kamida yetti kun va olti haftadan oshmasligi kerak. Ikki yoshdan besh yoshgacha bo’lgan bolalar uchinchi dozani olishlari kerak. Dukoral® asosan sayohatchilar tomonidan qo’llaniladi. Dukoral® ning ikki dozasi ikki yil davomida vabo kasalligidan himoya qiladi.

Shanchol ™ va Euvichol-Plus® ikki xil ishlab chiqaruvchilarning bir xil vaksinasidir. Ular eritmani tayyorlashni talab qilmaydi va shuning uchun favqulodda vaziyatlarda ko’p sonli odamlarga tarqatish osonroq. Ularni bir yoshdan katta barcha odamlar uchun qo’llasa bo’ladi. Ushbu ikki vaksinaning har bir dozasi orasidagi interval kamida ikki hafta bo’lishi kerak. Shanchol ™ va Euvichol-Plus® ning ikkita dozasi vabo kasalligidan ikki yil davomida himoya qiladi.

Mavjud dalillarga asoslanib, 2017 yil avgust oyida chiqarilgan vaksinalari bo’yicha JSST pozitsiyasi hujjatida quyidagilar qayd etilgan:

  • vaboga qarshi vaksinalar endemik joylarda, vabo xavfi yuqori bo’lgan gumanitar inqirozlarda va vabo tarqalishi paytida qo’llanilishi kerak; har doim infeksiyani oldini olish va nazorat qilish strategiyalari bilan birgalikda;
  • emlash vabo epidemiyasini oldini olish bo’yicha sog’liqni saqlashning boshqa choralariga xalaqit bermasligi kerak.

Maqoladagi maʼlumotlar tanishish maqsadida berilgan. Ushbu maqolada berilgan dori preparatlarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud. Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.

manba: who.int

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button