Sarlavhani sal xato tanlagandirman, lekin buni hurmatsizlikka yo‘ymang! Bu aybimni quyidagi maslahatlar bilan albatta yuvaman. Hozir uzoq umr ko‘rishning ananaviy usullari haqida ma’lumotlar keltiramiz. Marhamat:
  • Zararli odatlardan voz kechish. Chekish va ichish sog‘liq uchun xavfli, ulardan butunlay bosh tortish inson umrining uzayishiga yordam beradi. Ushbu zararli odatlarga sarflangan pullarni jamg‘arsangiz keksalikda sayohatga chiqishga nima etsin.
  • Ortiqcha vazn bilan kurashish. Hatto ozgina ortiqcha vazn ham keksalikda ko‘pgina muammolarga sabab bo‘ladi. Ular nafaqat harakatlanishning, balki salomatlikning umumiy holatiga ham yomon ta’sir etadi. Yig‘ilgan yog‘ moddalari qon aylanishiga, qon bosimi oshishiga, diabet kasalligi paydo bo‘lishiga olib keladi.
  • Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish. Harakatchanlik – sog‘lom va uzoq umr ko‘rishning eng muhim omillaridan biri. Jismoniy mashqlar tana tuzilishini mustahkamlaydi va ruhiyatni tetiklashtiradi. Qanday sport turini tanlash unchalik muhim emas. Bular ertalab yugurish, gilamda mashq bajarish yoki bilyard o‘yini ham bo‘lishi mumkin. Eng muhimi faol harakatdan to‘xtamaslik. Kun bo‘yi uyda cho‘zilib yotmaslik. Hayot – bu harakat. Harakatsizlik tufayli inson quvonch his qilish tuyg‘usini yo‘qotadi.
  • Aqliy faollik uzoq umr ko‘rishda jismoniy faollikdan kam bo‘lmasligi kerak. Aqliy mehnatga ishtiyoqi bor odam keksalikda ham teran fikrlay oladi va xotirasi tiniq bo‘ladi. Tashqi olamga qiziqish bilan boqadi. Teledasturlarni o‘qishdan nariga o‘tmaydiganlar boshqalarga qaraganda qarilikdagi aqli zaiflikka erta mubtalo bo‘ladilar. Aqliy sog‘lom bo‘lmagan uzoq umr kishiga zavq bag‘ishlamaydi.
  • Inson miyasini o‘rganish instituti mutaxassislari ijodiy faoliyat salomatlik uchun juda foydali deb hisoblashadi. Ijodkorlik miyani doimo stimullashtiradi, avtomatik ta’sirlar bilan siquvga olmaydi, har safar yangi vazifalar yuklaydi. Natijada keksalikda ijodkorlik jismoniy tarbiya kabi salomatlik uchun zarur ehtiyojga aylanadi, deydi olimlar.* Kuling do‘stlar.
  • Kulgu umrni uzaytiradi. Xalq tilida aytilgan bu ibora ustida olimlar statistik tadqiqotlar olib borishdi va shuni aniqlashdi. Kulgi ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolaydi va qon aylanishini yaxshilaydi.
  • His-tuyg‘ularni erkin namoyon etish salomatlikka foyda, deb takidlashadi psixologlar. Baqirish ustida olib borilgan izlanishlar g‘aroyib natijalar berdi. Bu ayollarda stressni engishga va umumiy holat yaxshilanishiga yordam bersa, erkaklarga baqirish man etiladi: yurak qon-tomir kasalligi xavfini oshiradi.
  • Mutaxassislar fikricha antioksidantlar butun organizmning qarish jarayonini sekinlashtirar ekan. Bular o‘ziga xos moddalar bo‘lib, organik birikmalar oksidlanishining oldini oladi va to‘qimalarni mustahkamlaydi. Ular ko‘pgina meva va sabzavotlarda: sabzi, karam, shaftoli, o‘rik, qulupnay, anor, ko‘k choy, shuningdek, baliqda mavjud.
  • Yong‘oqni muntazam iste’mol qilish inson umrini o‘rtacha 7 yilga uzaytirar ekan. Bunday kutilmagan mulohazaga kaliforniyalik olimlar to‘xtalishdi. Yong‘oq tarkibida o‘ziga xos moddalar bo‘lib, ular yurak va qon tomirlarni xolesterinning zararli ta’siridan himoya qilar ekan. Haftada 5 dona yong‘oq iste’mol qilish kutilgan natijalarni beradi.
  • Olma mevasini iste’mol qilish esa hayot davomiyligini oshiradi. Angliyalik mutaxassislar ushbu mavzuga oid katta hajmdagi tadqiqotlarni olib bordi. To‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy mashqlar barobarida har kuni 1 dona olma eyish inson umrini o‘rtacha 3 yilga uzaytiradi.
  • Yig‘lay olish va ko‘z yosh to‘kish salomatlik uchun zarur. Lakrimologiya (ko‘z yoshlar haqidagi fan) mutaxassisi Uilyam Frey shunday deb takidlaydi. U bolaligida ko‘z yoshlarini tiygan odamlar kelajakda ko‘p kasallanadilar va erta vafot etadilar, degan xulosaga kelgan. Ayniqsa «haqiqiy erkak» bo‘lib tarbiyalanishi kerakligi uqtirilgan o‘g‘il bolalarga bu gap taalluqli deb hisoblaydi. O‘smirlik davridayoq ularda kolit, gastrit va oshqozon yarasi kasalliklari kuzatilgan.
  • Umrni uzaytirishning eng g‘aroyib usullaridan yana biri qashinish. Kembrijlik bir olim maymunlarning qashinish odatini kuzatib, ularda endorfin – xursandlik gormoni ajralib chiqish holatini aniqladi. Odamlar uchun ham qashinish tinchlantiruvchi va gormonlashtiruvchi vosita bo‘lib, hatto umrni uzaytirishi mumkin, deydi mutaxassislar. Zamonaviy hayotimizda qashinish madaniyatsizlik sanalgani uchun bu haqda kim ham o‘ylardi. Demak, uzoq umr ko‘rishni istasangiz chekish va ichishni tashlang, ortiqcha vazndan xalos bo‘ling, jismoniy tabiya bilan shug‘ullaning, aqliy faolikka intiling, kuling, meva va sabzavotlar iste’mol qilishga ayniqsa yong‘oq, olmaga alohida e’tibor bering va nihoyat ko‘z yosh to‘kish hamda qashinish ham zarar qilmaydi.
Saytimizdagi suhbu maqolalarni ham o‘qing:  
Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot