Ureaplazmoz — bu yuqumli kasallik bo’lib, u ureaplazma — jinsiy a’zolar va siydik tizimida yashovchi bakteriyalar tomonidan kelib chiqadi. Ayollar va erkaklardagi ureaplazmozni venerologlar davolaydilar, chunki ko’pincha u jinsiy yo’l bilan yuqadi.
Ureaplazma — ilgari mikoplazma deb tasniflangan, ammo keyinchalik alohida tur sifatida ajratilgan bakteriyalar turi, chunki ular mochevinani parchalashga qodir. Ushbu qo’zg’atuvchining ikki turi mavjud — Ureaplasma parvum va Ureaplasma urealyticum.
Mikroorganizm — patogen deb tasniflanadi. Bu shuni anglatadiki, u sog’lom odamlarda patologiya belgilarisiz uchraydi, ammo bir qator holatlarda (masalan, tanadagi himoya kuchlarining zaiflashishi) u qo’zg’alib, ma’lum bir kasallikning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Ureaplazmoz yuqish yo’llari:
Bolalar — tug’ruq paytida kasallikni onadan yuqtiradi. Ureaplazmalar yangi tug’ilgan chaqaloqlarda tashqi jinsiy a’zolar (asosan qizlarda), shuningdek nazofarenks bo’shlig’ida aniqlanadi;
Kattalar — jinsiy aloqa paytida kasallikni yuqtiradi (jinsiy, og’iz, anal).
Himoyalanmagan jinsiy aloqa ureaplazmozning eng keng tarqalgan sababidir.
Qo’zg’atuvchi yangi tug’ilgan qizlarning uchdan bir qismida tashqi jinsiy organlarda uchraydi, o’g’il bolalar kamroq yuqtirishadi. Tug’ruq paytida onalari tomonidan kasallikni yuqtirilgan bolalar ko’pincha o’z-o’zini davolash orqali qo’zg’atuvchidan xalos bo’lishadi. Shu sababli, maktab yoshida bolalarning atigi 5-22% kasallangan bo’ladi. Jinsiy jihatdan yetuk holatlarda, jinsiy aloqa tufayli kasallanish ko’payadi. Shunday qilib, barcha ayollarning taxminan 50% ureaplazma tashuvchisi hisoblanadi. Erkaklar kamroq ta’sirlanishadi.
Ureaplazmoz alomatlari
Erkak va ayollarda ureaplazmoz belgilari ureaplazma qaysi organlarga ta’sir qilishiga bog’liq. Uning bir nechta varianti mavjud:
uretrit bilan (uretraning shilliq qavatining yallig’lanishi) — kesishli og’riq va siydik chiqarish kanalida kuyish, siyishning buzilishi;
sistit bilan (siydik pufagining shilliq qavatining yallig’lanishi) — siyish qiyinlashishi, siyish paytida og’riq, siydik pufagining to’liq bo’shatilmasligi, qorinning pastki qismida og’riq;
erkaklarda epididimit bilan (epididimning yallig’lanishi) — moyaklardagi og’riq, jinsiy funksiyalar buzilishi;
ayollarda endoservitsit bilan (bachadon bo’yni va bachadon bo’yni kanalining shilliq qavatining yallig’lanishi) — qorinning pastki qismida dam olish paytida va jinsiy aloqada og’riq, shilimshiqning rangsiz yoki sarg’ish qinidan ajralishi;
ayollarda adneksit bilan (tuxumdonlar va naychalarning yallig’lanishi) — qorinning pastki qismida og’riq, qindan oqim kelishi, tuxumdonlar-hayz davrining buzilishi.
foto: invitro.ru
Lokalizatsiyadan qat’iy nazar, ureaplazmalar qo’zg’atadigan yallig’lanish jarayonining rivojlanishida quyidagilar kuzatiladi:
tana haroratining ko’tarilishi;
umumiy zaiflik, sustlik;
mehnat qobiliyatining yomonlashuvi — ham jismoniy, ham intellektual.
Agar ayolga homiladorlik paytida ureaplazma tashxisi qo’yilgan bo’lsa, tug’ruq paytida bolani yuqtirishdan himoya qilish uchun darhol davolanish kursidan o’tish kerak.
Ureaplazmalarning ayollardagi bepushtlikdagi ishtiroki o’rganilmoqda. Organizmni tozalash va ureaplazmani yo’q qilishdan so’ng, ko’plab ayollar homilador bo’la oladi.
Ba’zi hollarda ureaplazmoz bilan boshqa organlar va to’qimalar ta’sir qiladi. Hammasidan ko’proq:
Ureaplazmozning o’ziga xos belgilari bo’lmaganligi sababli, shikoyatlar asosida tashxis qo’yish qiyin. Ushbu kasallik tashxisi qo’shimcha tadqiqot usullariga asoslangan. Ureaplazmozni tashxislashning eng ma’lumotli usullari quyidagilardir:
bakteriologik tekshirish (bakposev) — biologik sekretsiyalarni ozuqaviy muhitga sepish, koloniyalarning ko’payishini kutish, ular tomonidan patogenni aniqlash;
PCR diagnostikasi — polimeraza zanjiri reaksiyasini o’rganish usuli. Ureaplazmozning DNK diagnostikasi (PCR) uni aniqlashning eng ilg’or usullaridan biridir. Bu biologik materialdagi DNKni o’rganishga asoslangan;
IFA — immunoferment analizi;
PIF — to’g’ridan-to’g’ri immunoflyuressensiya.
Patologik jarayonni aniqlash uchun instrumental diagnostika usullari ham qo’llaniladi:
gisteroskopiya — gisteroskop yordamida bachadon bo’yni va bachadon bo’shlig’ini tekshirish;
ureteroskopiya — siydik yo’lini ureteroskop yordamida tekshirish
Ureaplazmozni davolash
Ureaplazmani aniqlash davolash uchun ko’rsatma emas. Davolash faqat yuqoridagi patologiyalar — uretrit, endoservitsit va boshqalarning klinik belgilari mavjud bo’lganda buyuriladi. Shuni esda tutish kerakki, kasalliklarning qo’zg’atuvchilari nafaqat ureaplazma, balki boshqa patogen turlari ham bo’lishi mumkin.
Ureaplazmozni qanday davolash mumkin? Uning davolanishi quyidagi muolajalarga asoslangan:
antibiotiklar. Bir nechta antibiotiklar bilan kombinatsiyalangan terapiya qo’llaniladi;
immunokorektorlar;
fizioterapiya usullari;
tashqi jinsiy a’zolar, qin, bachadon bo’yni, bolada terining va shilliq pardalarni tozalash.
Maqolada negizida ikkilamchi mitoxondrial disfunksiya yotgan turli kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda meldoniyni qo‘llash samaradorligining obzori berilgan. Mitoxondriyalar - bu ko‘pgina metabolik jarayonlarni, jumladan yog‘li kislotalar (YoK) oksidlanishini, Krebs siklini, elektronlarni tashish zanjirida oksidlovchi fosforlashni va ko‘pgina boshqalarni boshqaradigan murakkab hujayrali organellalar.
Foto: Google Photo
Aynan mitoxondriyalar matriksida trikarbon kislotalar siklidagi glyukozani aerobli oksidlash birikma reaksiyasining kaskadi va piruvatdegidrogenazli reaksiya sodir bo‘ladi, buning natijasida ichki mitoxondrial membranada lokalizatsiyalangan va hujayrada sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarning asosiy energiya manbasi bo‘lgan adenozintrifosfat (ATF) sintezi uchun bevosita javob beradigan mitoxondrriyalarning nafas olish zanjirida oksidlanuvchi substratlar hosil bo‘ladi.
Mitoxondriyalarning shikastlanishi erkin radikalli jarayonlarni faollashishiga va dasturlangan hujayra o‘limi initsiatsiyasiga yordam berishi mumkin. Obzorda meldoniyni mitoxondriyalardagi patologik jarayonlarni to‘xtatishga yordam beruvchi dori vositasida sifatida qo‘llashning samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Meldoniy hujayralar qobiqlari orqali karnitin sintezini va uzun zanjirli YoK tashilishini bostiradi, hujayralarda atsilkarnitin va atsilkoenzim A hosilalari bo‘lgan oxirigacha oksidlanmagan YoKning faollashtirilgan shakllarini to‘planishiga to‘sqinlik qiladi, ishemiya sharoitlarida kislorod yetkazib berish muvozanatini va uni hujayralarda o‘zlashtirilishini tiklaydi, ATF tashilishining buzilishini oldini oladi; shu bilan bir vaqtda glikolizni faollashtiradi, u kislorodni qo‘shimcha iste’mol qilmasdan kechadi. Obzorda meldoniyni yurak qon-tomir tizimi kasalliklari (yurak ishemik kasalliklari, yurak yetishmovchiligi, gipertenziya va hokazo), nevrologik buzilishlari (insult, serebrovaskulyar yetishmovchilik va hokazo), nafas olish organlari kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash samaradorligining ma’lumotlari keltiriladi.
Koronavirus kasalligi, bronxial astma, o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi, grippga qarshi vaksinatsiyadagi immun javobga meldoniyning ijobiy ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan bemorlarda meldoniyni qo‘llash fonida asteniyaning kamayishi qayd etilgan.
Mitoxondriyalar (Mt) - bu ko‘pgina metabolik jarayonlarni, jumladan yog‘li kislotalar (YoK) oksidlanishini, Krebs siklini, elektronlarni tashish zanjirida oksidlovchi fosforlashni va ko‘pgina boshqalarni boshqaradigan murakkab hujayrali organellalar. Aynan mitoxondriyalar matriksida trikarbon kislotalar siklidagi glyukozani aerobli oksidlash birikma reaksiyasining kaskadi va piruvatdegidrogenazli reaksiya sodir bo‘ladi, buning natijasida ichki mitoxondrial membranada lokalizatsiyalangan va hujayrada sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarning asosiy energiya manbasi bo‘lgan adenozintrifosfat (ATF) sintezi uchun bevosita javob beradigan mitoxondrriyalarning nafas olish zanjirida oksidlanuvchi substratlar hosil bo‘ladi. Oxirgi o‘n yillikda mitoxondriyalarning tadqiqotiga bo‘lgan ortib boruvchi qiziqish shuni ko‘rsatdiki, ushbu ko‘p funksional organellalar - biz o‘ylagandan ham ko‘proq narsa ekan, signal shakllar sifatida ular boshqa asosiy rollarni ham o‘ynaydi, bu rollar hujayrali metabolizm, proliferatsiya, o‘lim va immunologik javobni boshqaradi. Asosiy boshqaruvchilar sifatida mitoxondriyalar keng ko‘lamli metabolik, neyrodegenerativ, immun va neoplastik buzilishlarning patogenezida ishtirok etadi .
Mitoxondrial moslashuvchanlikka ega bo‘lib, hujayraning bioenergetik ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhitning turli signallariga va metabolik o‘zgarishlarga tezda moslashib, Mt markaziy metabolik tugunlar sifatida ishlaydi, shu tufayli ular metabolizmda, proliferatsiyada va hujayralarning yashab ketishida muhim rol o‘ynaydigan signalli organellalarning dinamik tarmog‘ini tashkil etadi.
Mitoxondriyalarni shikastlanishi erkin radikalli jarayonlarning faollashuviga va dasturlangan hujayra o‘limi mexanizmlarini initsiatsiyasiga yordam berishi mumkin, mitoxondrial oksidlovchi fosforlashni buzilishi, endoplazmatik retikulumni shikastlanishi, gen faolligini, jumladan, bir vaqtning o‘zida yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni oshishi va uglevodli va lipidli almashinuvlar buzilishi bilan glyukogenezga, glyukoza tashilishiga javob beruvchi genlarni o‘zgarishi esa ikkilamchi mitoxondrial disfunksiyani (MD) keltirib chiqargan patologiyalarni kuchayishiga yordam berishi mumkin. Mitoxondriyalar va MD to‘g‘risidagi bilimlar rivojlanishi bilan birga hozirgi vaqtda hujayraning buzilgan energetik almashinuvini tiklashga va organlarning va butun organizmning gipoksiyaga bo‘lgan rezistentligini oshirishga qodir bo‘lgan dori vositalarni ishlab chiqish va o‘rganish sodir bo‘lmoqda.
MDda nafaqat ATF mitoxondrial sintezini sekinlashishi, balki umuman organellalarda moddalar almashinuvini buzilishini ham sodir bo‘ladi. Shu tufayli, gipoksiya va energiya tanqisligi bilan birikkan energetik almashinuv buzilishini farmakologik tuzatish imkoniyatiga bo‘lgan qiziqish doim ortib bormoqda. Shuning uchun MDda antigipoksantlar, hujayraning energetik almashinuvini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita korrigirlovchi preparatlarni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi shubha tug‘dirmaydi. ATF ishlab chiqarilishini oshiruvchi va laktatatsidoz darajasini pasaytiruvchi, hujayradagi oksidlash jarayonini odatiy aerob yo‘lga qaytarishga qodir bo‘lgan energotrop preparatlar o‘zining mitoxondriyalar funksiyasiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyati tufayli davolash protokollarida ham birlamchi, ham ikkilamchi MDni davolashda keng qo‘llanila boshlandi.
MELDONIYNING FARMAKODINAMIK VA KLINIK SAMARALARI
Meldoniyning ta’sir etish mexanizmi uning ishemiya va yuqori yuklama sharoitida organizmning turli hujayralari himoyasini ta’minlovchi antigipoksantlar bo‘lgan sitoprotektorlar guruhiga mansubligini belgilaydi. Meldoniy - Mildronat®ning faol molekulasi, u aminokislotaga o‘xshash kimyoviy tuzilmaga ega va 3-(2,2,2-Trimetilgidraziniy) propionat digidrati kabi ma’lum - dastlab 1970 yillarda Latviya organik sintez instituti tomonidan ishemiyaga qarshi ta’sirga ega preparat kabi sintezlangan, u uzoq vaqtdan beri miokard va bosh miya ishemiyasini davolashda qo‘llanib kelinmoqda. Klinik kardioprotektiv samaralari surunkali yurak yetishmovchiligida (SYuE) yetarlicha yaxshi o‘rganilgan: yurak ishemik kasalligida (YuIK) SYuEni kechishiga meldoniyning ijobiy ta’siri qayd etilgan. O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatdiki, 12 hafta mobaynida sutkada 1000 mg dozadagi meldoniyni SYuEning majmuaviy terapiyasiga qo‘lishilishi yurak yetishmovchiligi funksional sinfini (FS) pasayishiga, jismoniy yuklamalarni bajarishga bo‘lgan tolerantlikni oshishiga, miokard qisqartirilishini (otib chiqarish fraksiyasi va sistolik hajm) oshishiga, chap qorinchaning (ChQ) diastolik funksiyasini yaxshilashga, bemorlarning holatini va turmush sifatini yaxshilashga yordam bergan. Meldoniy nogemodinamik ishemiyaga qarshi samara ko‘rsatuvchi dori preparati kabi ma’lum. Klinik amaliyotda uning antianginal faolligi isbotlangan va talabgor.
Meldoniy nevrologik amaliyotda ham keng qo‘llaniladi. Ishemik insultning o‘tkir davrini majmuaviy davolashda meldoniy qo‘llashda uning yaqqol ifodalangan neyroprotektorli ta’siri namoyish etilgan. Surunkali dissirkulyatorli ensefalopatiyada preparat miyaning neyrodinamik va boshqaruvchi funksiyasini yaxshilaydi, keksa yoshdagi arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda kognitiv disfunksiyani to‘g‘rilashda samarali hisoblanadi. O‘tkazilgan klinik tadqiqotlar meldoniyni (Mildronat®, GRINDEKS AJ) YuIK (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligida, disgormonal kardiomiopatiyada, miya qon aylanishining o‘tkir osti va surunkali buzilishlarida (insultdan keyin, serebrovaskulyar yetishmovchilikda), aqliy jismoniy ortiqcha yuklamada (jumladan, sportchilarda) majmuaviy terapiya tarkibidagi preparat kabi ifodalash imkonini berdi.
SYuE va o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) bo‘lgan patsiyentlarning prospektiv, randomizatsiyalangan qiyoslash tadqiqotida meldoniy majmuaviy terapiya tarkibida 12 hafta davomida qo‘llanilgan. Sutkada 1000 mg dozada u faqat SYuE va O‘SOK bilan bazis terapiya olayotgan nazorat guruhiga qaraganda S-rektiv oqsilning haqiqatan kamayishida va qon-tomirlar orqali ham elastik, ham mushakli turdagi pulsli to‘lqinning tarqalish tezligini pasayishi ko‘rinishidagi magistral arteriyalarning elastiklik ko‘rsatkichlarini yaxshilanishida namoyish bo‘ladigan yallig‘lanish yaqqolligining statistik ahamiyatli regressiga yordam bergan.
Patsiyentlarning xuddi shu populyatsiyasida meldoniyning mikrotsirkulyatsiya ko‘rsatkichlariga va tashqi nafas olish funksiyasiga bo‘lgan ta’siri qayd etilgan. Shunday qilib, ichki kasalliklar klinikasida meldoniyga keng ko‘lamli klinik samaralarga ega bo‘lgan nadnozologik preparat kabi qarash mumkin.
Organik kationlar/2 (OCTN2) turdagi karnitin tashuvchisini meldoniy tomonidan ingibirlanishi to‘qimalarda uning tashilishini pasayishi va siydik bilan chiqarilishini yengillashishi hisobidan L-karnitin konsentratsiyasini pasayishi bilan kuzatiladi. L-karnitin erishimliligini pasayishi karnitin- palmitoiltransferaza-1 (CPT1) tomonidan atsilkarnitin hosil qilinishini pasaytiradi. Bundan tashqari, ichak mikrobiotasi tomonidan L-karnitindan trimetilamin (TMA) hosil bo‘lishini pasaytiradi va flavin tarkibli mono- oksigenazalar (FMO) tomonidan hosil qilingan trimetilamin-N-oksid (TMAO) – TMA metabolitini chiqarilishiga yordam beradi. Umuman olganda, atsilkarnitinlar va TMAOni pasayishini meldoniyning kardioprotektorli, antiaterosklerotik va antidiabetik samaralari belgilaydi. Meldoniy γ-butirobetaingidroksilaza – karnitin biosintezining oxirgi fermentini va karnitin- palmitoiltransferaza I – mitoxondriyalar ichki membranasining fermentini ingibirlaydi, ushbu ferment atsil guruhni koferment-Adan karnitinga o‘tkazishni katalizatsiyalaydi. Natijada uzun zanjirli YoKlarning sitozoldan mitoxondriyalarga tashilishi pasayadi va peroksisomalarga qayta yo‘naltiriladi, u yerda ular mitoxondriyalarda keyinchalik oksidlanishi uchun o‘rtacha va qisqa zanjirli atsilkarnitinlarga metabolizatsiyalanadi, bu esa mitoxondriyalarda toksik uzun zanjirli oraliq mahsulotlarni to‘planib qolinishini bartaraf etadi va YoK zanjirining uzunligi o‘sishi bilan nisbati oshadigan mitoxondrial KFSh hosil bo‘lishini pasaytiradi. Katabolik oraliq birikmalar va uzun zanjirli YoKlarning yon mahsulotlari, ma’lumki, zanjirda elektronlar oqimining tezligini sekinlashtirishga va mitoxondrial oksidlovchi-tiklovchi muvozanatni buzib, KFSh hosil bo‘lishini kamaytirishga qodir.
Shunday qilib, meldoniy uzun zanjirli YoKlarning metabolizmi bilan vositalangan mitoxondriyalarning shikastlanish xavfini pasaytiradi va energiya ishlab chiqarilishini YoKni oksidlashdan kam kislorodni talab qiluvchi glikolizga o‘tkazadi, bu esa ishemiya sharoitlarida ijobiy samara beradi. Meldoniy metgemoglobin konsentratsiyasini pasaytiradi va natijada eritrositlar tomonidan O2 ko‘proq tashilishiga yordam beradi. Meldoniyning L-karnitin bilan tarkibiy o‘xshashligi ehtimol, unga eritrositlar bilan bog‘lanish imkonini beradi.
Bugungi kunda meldoniyni koronavirus infeksiyasi sharoitlarida qo‘llashning samaradorligi bo‘yicha qiziqarli klinik ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda.
Shunday qilib, A.L. Vertkin va boshqalarning koronavirusli pnevmoniyasi va surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Mildronat® preparatini metabolizm korrektori sifatida qo‘llashni baholash maqsadli tadqiqotida (2020) Mildronat® preparati guruhida nazorat guruhiga qaraganda gospitalizatsiya muddatlarining statistik ahamiyatli pasayishi qayd etilgan, shifoxonadan chiqish paytida S-reaktiv oqsil va D-dimer darajasining ishonchli pasayishi qayd etilgan.
Preparat quyidagi tartibda qo‘llanilgan: inyeksiyalar uchun eritma (0,5 g/5 ml) sutkada 1 grammdan vena ichiga tizillatib butun gospitalizatsiya davomida keyinchalik 500 mg dozadagi kapsulalarni sutkada 2 marta 2 haftagacha muddatda peroral qabul qilish bilan ambulator tartibga o‘tilgan. 3 oydan keyin Mildronat® preparati guruhida turmush sifatining ahamiyatli yaxshilanishi va MFI-20 (asteniyani baholashning subyektiv shkalasi), EQ-5D (turmush sifatining yevropa so‘rovnomasi) shkalalari ma’lumotlari bo‘yicha astenik sindrom yaqqoligining pasayishi, ShOKS (SYuE bo‘lgan patsiyentning klinik holatini baholash shkalasi) shkalasi bo‘yicha SYuE klinik namoyishlarining pasayishi qayd etilgan. Ye.Yu. Ebzeeva va boshqalarning ishida (2020) Mildronatni postinfeksion (postkovid) astenik sindrom korrektori sifatida 14 kun mobaynida sutkada ikki marta 500 mg dan ichga qabul qilish buyurilganda uning ijobiy samarasi qayd etilgan.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar virusli infeksiyalar Mt funksiyalarini modullashtirishi, hujayraning energetik almashuvini boshqarishi, metabolik yo‘llarni qayta dasturlashi va hujayralardagi virusli bo‘shliqlarni qo‘llab turish uchun metabolitlardan foydalanishi mumkinligini namoyish etdi.
SARS-CoV-2 virusi ham istisnolardan emas: yangi ma’lumotlarning guvohlik berishicha, u mitoxondrial tuzilmalarda replitsirlanib, immun hujayralar MT sini ishg‘ol qiladi va ularning funksiyasini buzib, hujayralarning o‘limiga olib kelar ekan (3 rasm). R. Prasun ning oxirgi obzorlaridan birida (2021) nafaqat mitoxondriyalarning tug‘ma virusga qarshi immunitetdagi, hamda yallig‘lanishdagi rolini hisobga olib COVID-19 patogenezida ularning muhim patogenetik roli muhokama qilinadi, balki murakkab savollarga javob berishga ham urinish qilinadi. Masalan, nima uchun semizligi, metabolik sindromi yoki qandli diabeti bo‘lgan odamlardagi prognozi shunchalik salbiy. SARS-CoV-2 Mt funksiyasiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
U keyinchalik angiotenzinni aylantiruvchi ferment-2 (AAF2) retseptorlarini internalizatsiya qilish va toydirish bilan AAF2ga qo‘shilish yo‘li orqali egalik hujayrasiga kirib boradi, bu angiotenzin II darajasini, protrombotik, vazokonstriktiv va yallig‘lanishga qarshi peptid gormonning oshishi bilan kuzatiladi, u oksidlovchi stressni va mitoxondrial disfunksiyani keltirib, kislorodning (KFSh) sitoplazmatik va mitoxondrial faol shakllarining darajalarini oshiradi. Ushbu bilvosita samaradan tashqari SARS-CoV-2 to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining yordamchi Orf9b oqsili orqali mitoxondriyalarning funksiyasini manipulyatsiya qilishi mumkin, u TOM70 - tashqi membrananing mitoxondrial oqsili bilan bog‘lanish orqali interferon I (IFN-I)ning javoblarini bostiradi, bu esa virusli infeksiyaga qarshi immun himoya javobini belgilaydi. Bundan tashqari shu bilan SARS-CoV-2 mitofagiyalari hujayralarning yallig‘lanishini va o‘limini vositalab, shikastlangan mitoxondriyalarning to‘planishiga yordam beradi, mtDNKning sitoplazmaga chiqarilishi esa mtDNK-indutsiyalangan inflammasomani faollashtiradi va tug‘ma va moslashgan immunitetni bostiradi.
XULOSA
Shunday qilib, samarasini realizatsiya qilishning yuqorida ta’riflangan mexanizmlarini hisobga olib, koronavirusli infeksiya sharoitlarida va postkovid davrida majmuaviy terapiya tarkibida meldoniyni qo‘llash uning Mt disfunksiyasini to‘g‘rilash imkoniyatlarini hisobga olganda patogenetik asoslangan hisoblanadi va zamonaviy pandemiya realiyalarida undan foydalanishning yangi ko‘lamlarini ochib beradi. Mildronat® dan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada YuIK, SYuEda majmuaviy terapiya tarkibida preparat 4-6 hafta davomida 500 mg dozada sutkada 1 marta ichga qabul qilish uchun buyurilishi aytib o‘tilgan. Disgormonal kardiomiopatiyada Mildronat® majmuaviy terapiya tarkibida 12 kunlik davolash kursida ichga 500 mg dan buyuriladi.
Miya qon aylanishining o‘tkir osti va surunkali buzilishida (insultdan keyin) Mildronat® preparati bilan inyeksion terapiya kursi yakunlanganidan keyin majmuaviy terapiya tarkibida sutkada 1 marta 500 mg dan barcha doza bir marotabada yoki 2 marta qabul qabul qilishga bo‘linib ichga qabul qilinadi, davolash kursi 4-6 hafta. Susaygan ishlash qobiliyatida, aqliy va jismoniy ortiqcha yuklanishda (jumladan, sportchilarda) 10-14 kunga sutkada 2 marta 500 mg dan ichga buyuriladi. Zaruratga qarab, terapiya 2-3 haftadan keyin takrorlanadi. Qo‘zg‘atuvchi samarasi rivojlanishi mumkinligi tufayli preparatni kunning birinchi yarmida qo‘llash va sutkada bir necha bor qabul qilishda soat 17:00 dan kechikmasdan qabul qilish tavsiya etiladi 2. Koronavirus infeksiyasi sharoitlarida meldoniyni qo‘llash bo‘yicha bo‘lajak tadqiqotlarning muhim jihati bo‘lib murakkab klinik vaziyatda qo‘llash davomiyligi va preparatning samarali dozasini aniqlash hisoblanadi.
Mualliflar haqida ma’lumot:
Stasenko Mixail Yevgenevich, t.f.d., professor, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, ichik kassaliklar kafedrasi mudiri, Volgograd davlat tibbiyot universiteti; 400131, Rossiya, Volgograd, Pavshie borsi maydoni, 1 uy.
Turkina Svetlana Vladimirovna, t.f.d., ichki kasalliklar kafedrasi professori, Volgograd davlat tibbiyot universiteti; 400131, Rossiya, Volgograd, Pavshie borsi maydoni, 1 uy.
Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Kishi shamollab qolganida, dastlab burni bitadi, tomog‘i og‘riydi, darmoni quriydi. Yo‘tal esa keyinroq boshlanadi. Xo‘sh, yo‘talning oldini olish mumkinmi? Albatta, mumkin. Buning uchun burningizni har kuni 3-4 mahal sho‘r suv (bir stakan qaynatilgan iliq suvga bir choy qoshiq tuz solinadi) bilan chaying, keyin yallig‘lanishga qarshi dori tomizing. Boshingizni orqaga egib turib tomizsangiz, dori burun halqumining orqa devoridan oqib tushadi, shunda ta’siri yaxshiroq bo‘ladi. Bundan tashqari, har soatda eritilgan suv yoki yod tomizilgan iliq suv bilan chaying. Moychechak va mavrak damlamalari bilan g‘arg‘ara qilinganda tomoq yo‘llari ravonlashib, yo‘talning oldi olinadi.
Yo‘tal boshlansa...
Shamollagandan keyin bir hafta o‘tib, yo‘tal boshlansa, iliq sutga sariyog‘ va ichimlik soda solib ichish yordam beradi. Asalli issiq choy, ishqorli mineral suvni ilitib ichish ham foydali. Yo‘tal qoldirishning sinalgan usullaridan biri quyidagicha: bir choy qoshiq shakarni past olovda qizdiring, shakar eriganda qizg‘ish tusga kiradi. Shunda qoshiqni sovuq suvga botiring. Erigan issiq shakar darhol qotadi. Agar shuni shimib yursangiz, yo‘taldan qutulasiz.
Balg‘am ko‘chishi qiyinlashsa...
Yo‘tal kuchayib, balg‘am ko‘chishi qiyin bo‘lsa, balg‘amni suyultiradigan dorilar (bromgeksin, mukaltin) ichish zarur. Bundan tashqari, iste’mol sodasi solib, 5-6 tomchi arpabodiyon yog‘i tomizilgan qaynoq suvga boshingizni burkagan holda pardan nafas olsangiz, balg‘am ko‘chishi osonlashadi. Yo‘tal uzoq cho‘zilganda shifokor maslahatiga ko‘ra antibiotiklar ichishingiz mumkin. Bundan tashqari, ultratovush muolajasi bronx yo‘llaridagi balg‘amni suyultiradi va yo‘tal bilan chiqishiga ko‘maklashadi. Shamollagan odamni uqalash ham yo‘talni kamaytirishga yordam beradi. Buning uchun kaftning qirrasi bilan orqa umurtqani pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga qarab uqalash kerak.
Ko‘pchilik havo zax va sovuq bo‘lganda kalta-kalta yo‘tala boshlaydi. Shuningdek, issiq xonadan ko‘chaga chiqqanda yoki sovuq o‘ringa yotganda ham yo‘tal tutadi. Ba’zan tamaki yoki spirt hidi yo‘talga sabab bo‘ladi. Odatda quv-quv yo‘talganda bemorning yuzi qizarib ketadi, ba’zan mayda tomirlar yoriladi. Bunday vaqtda, albatta, pulmonolog shifokor nazoratida jiddiy davolanish kerak.
Mashqlar yordam beradi
Mutaxassislarning kuzatishlaricha, ko‘p hollarda mashqlar ham yo‘talni qoldirish va balg‘am ko‘chishini yaxshilashda ijobiy samara beradi. Buning uchun qo‘llarni yelkaga qo‘yib, chuqur-chuqur nafas oling, nafasingizni tutib turib, asta-sekin oldinga egiling, so‘ng lablaringizni cho‘chchaytirib, kuch bilan ichingizdagi havoni chiqaring. Shuningdek, nafas olib, qo‘llar ko‘tarilgach va nafas chiqarib, qo‘llar tushirilganda, keyin esa tez-tez, chuqur-chuqur nafas olib, kuch bilan chiqarilganda ham yo‘talning tuzalishi osonlashadi.
Limonli sharbat tayyorlash
Shamollashning dastlabki alomatlari paydo bo‘lganda limonli sharbat tayyorlash mumkin. Buning uchun bir dona limonni mayda kesib, 2 stakan qaynoq suv quying va 20 daqiqa tindiring. Unchalik shirin bo‘lmasin, bir soat mobaynida shu suyuqlikdan ichib turasiz.
Tumovni davolashda o‘rtacha kattalikdagi piyozni qirg‘ichdan o‘tkazib, og‘izni ochgan holda 10 daqiqa hidlab turish foyda beradi. So‘ng shu piyoz suviga toza paxtani shimdirib, burunga ikki tomchidan tomizish kerak. Muolaja xastalikning ilk kunida 3 mahal bajarilsa, nafas olish yengillashib, burun oqishi to‘xtaydi.
Kuniga 4-5 mahal aloe gulining suvini burun teshigiga paxta yordamida bir necha tomchi tomizib turilsa, shamollashdan tuzalish tezlashadi.
Bir necha dona maydalangan sarimsoq bo‘lagini bir stakan qaynagan suvga solib, bir soatcha damlang. Shu damlama bilan tomoqni chayib turish kerak.
Kechqurun oyoqlarga vanna qilish lozim. Buning uchun 5-8 litr suvga bir osh qoshiq quruq xantal (gorchitsa) solinadi. Unutmangki, bu muolaja yurak-qon tomir va buyrak kasalligi bor bemorlarga tavsiya etilmaydi.
Shamollash va grippning oldini olish uchun toza havo, jismoniy harakat, shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarziga amal qilish lozim. Virusli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlardan uzoqroq yurgan ma’qul. Har qanday holatda ham muolajalarni shifokor nazoratida maslahati asosida bajarsangiz, shamollash qaytalamaydi va ko‘p vaqt sizni bezovta qilmaydi.
Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: GRIPHOT, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Umumiy qon analizi – laborator diagnostikalari ichida eng ko‘p tarqalgan turi. Hozirgi kunda umumiy qon analizi uchun qon topshirmagan inson bo‘lmasa kerak. Chunki bu tekshiruv kasallik vaqtida emas, shunchaki ishga kirish uchun, bog‘cha, maktab va harbiy xizmatga ketishdan oldin o‘tkaziladi.
Umumiy qon analizi o‘z ichiga: gemoglobin miqdori, leykotsitlar soni va leykotsitar formulani, eritrotsitlar umumiy soni, trombotsitlar soni, eritrotsitlar cho‘kish tezligi (ECHT) va boshqa ko‘rsatkichlarni oladi.
To‘g‘ri aniqlanga umumiy qon tahlili orqali insonda kechayotgan kasallik belgilari, ichki kasalliklar va qonda bo‘ladigan o‘zgarishlarni ko‘rsatib beradi va davo choralarini tanlashga katta yordam beradi.
Umumiy qon analizi nima?
Umumiy qon analizi ichiga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:
Gemoglobin va gematokrit ko‘rsatkich;
Eritrotsitlar cho‘kish tezligi (ECHT, rus tilida SOE);
Rang ko‘rsatkich;
Qonning hujayraviy elementlari miqdori: eritrotsitlar – qizil qon tanachalari, gemoglobin pigementi miqdori, qonga beradi. Oq qon tanachalari – leykotsitlar, ular rangsiz bo‘lganligi sababli shunday nomlanadi va ularning bir necha turlari bor (neytrofillar, eozinofillar, bazofillar, limfotsitlar, monotsitlar);
Ko‘rinib turibdiki, qonning umumiy analizi organizmdagi qon bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday jarayonlarni ko‘rsatib beradi. Analizni to‘g‘ri bajarish uchun deyarli hech qanday ko‘rsatmalar yo‘q, shunchaki quyidagilarga amal qilinsa bo‘lgani:
Qon analizini tongda o‘tkazgan yaxshiroq. Tekshirilayotgan inson kamida 4 soat ichida ovqatlanmasligi kerak;
Qon olish uchun kerak bo‘ladigan jihozlar – skarfikator, paxta, spirt;
Qon analizi uchun nomsiz barmoq kapillyarlaridan qon olinadi, ba’zida shifokor ko‘rsatmasiga binoan venadan ham qon olinadi.
Analiz natijalari olingandan keyin uning tahlili o‘tkaziladi. Maxsus gemotologik analizatorlar yordamida qonning 24 ga yaqin ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olsa bo‘ladi. Ular qonni qisqa muddat ichida tekshirib, natijalarni tayyor holda chiqazib beradi.
Umumiy qon tahlili normal ko‘rsatkichlar
Quyida qon analizining normal ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berilgan, ular tekshiruv o‘tkazilgan laboratoriyaga qarab o‘zgarib turishi mumkin.
[su_table]
Tahlillar
Ayollar
Erkaklar
Gemoglobin
120-140 g/l
130-160 g/l
Gematokrit ko‘rsatkich
34,3-46,6%
34,3-46,6%
Trombotsitlar
180-360 × 10*9
180-360 × 10*9
Eritrotsitlar
3,7-4,7 × 10*12
4-5,1 × 10*12
Leykotsitlar
4-9 × 10*9
4-9 × 10*9
ECHT
2-15 mm/soat
1-10 mm/soat
Rang indeksi
0.85-1.15
0.85-1.15
Retikulotsitlar
0,2-1,2%
0,2-1,2%
Trombotsit
0.1-0.5%
0.1-0.5%
Eozinofillar
0-5%
0-5%
Bazofillar
0-1%
0-1%
Limfotsitlar
18-40%
18-40%
Monotsitlar
2-9%
2-9%
Tayoqcha yadroli granulotsitlar (Neytrofillar)
1-6%
1-6%
Segment yadroli granulotsitlar (Neytrofillar)
47-72%
47-72%
[/su_table]
Yuqoridagi har bir ko‘rsatkichning o‘z “ma’nosi”ga ega. Ularning tahlilini faqatgina normativ bilan solishtirish kerak, emas umumiy analiz tahlili kompleks ravishda, ya’ni boshqa ko‘rsatkichlarni ham inobatga olib o‘tkaziladi.
Eritrotsitlar
Qonning shaklli elementi. Ular gemoglobin saqlaydi va gemoglobinning miqdori har bir eritrotsitda bir xil miqdorda bo‘ladi. Eritrotsitlar organizmda kislorod va karbonat angidrit gazini tashish vazifasini bajaradi.
Gipogidratsiya paytida – ya’ni organizmning suvsizlanishida, ko‘p qusish, ich ketishi, kuyishlarda;
Surunkali kasalliklardan o‘pka, yurak, buyrak arteriyalarining berkilib qolishi va buyrak polikistozlari natijasida organizmda gipoksiya (kislorod yetishmasligi) hisobiga eritrotsitlar miqdori oshishi.
Trombotsitlar miqdori kamayishi (trombositopeniya)
Trombotsitlar hosil bo‘lishi kamayishida;
DVS – sindromi;
Trombotsitlar parchalanishi oshishi;
Gemolitik-uremik sindrom;
Splenomegaliya;
Autoimmun kasalliklar.
Trombotsitlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlab berishdir. Trombotsitlar tarkibida qonning ivishida ishtirok etadigan komponentlar bor, ular qon tomirlar shikastlanganda ajralib chiqadi. Buning natijasida qon tomirlarda tromb hosil bo‘ladi va qon oqishi to‘xtaydi.
Leykotsitlar
Oq qon tanachalari. Qizil suyak iligida hosil bo‘ladi. Leykotsitlarning vazifasi organizmni begona moddalar va mikroblardan himoya qilish, boshqacha qilib aytganda – ular immunitetdir.
Leykotsitlar miqdori oshishi
Infeksion-yallig‘lanishlarda;
Allergiyada;
Leykozda;
O‘tkir qon yo‘qotishlardan keyingi holatlarda, gemolizda;
Leykotsitlar miqdori kamayishi
Suyak iligi kasalliklarida;
Infeksiya (gripp, qizamiq, qizilcha va boshqalar);
Immunitetning irsiy anomaliyalarida;
Taloq funksiyasi kuchayishida.
Leykotsitlarning turli xil shakllari borligini hisobiga olib, ularning miqdori oshishi yoki kamayishida alohida jihatlariga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.
Bazofillar
Ular to‘qimalarga chiqishi bilan semiz hujayralarga aylanadi va gistamin ajralib chiqishiga javobgar bo‘ladi.
Bazofillar miqdori oshishi: ta’sirchanlikning oshib ketishi, gipoterioz, surunkali sinusitlarda.
Bazofillar miqdori kamayishi: giperterioz, homiladorlikda, ovulyatsiyada, stress, o‘tkir infeksiyalarda.
Bazofillar immunologik yallig‘lanish reaksiyalarining sekin kechish tipida ishtirok etadi. To‘qimalarda yallig‘lanish keltirib chiqaruvchi moddalarni saqlaydi.
Eozinofillar
Allergiya jarayonlariga javob beruvchi hujayralar. Normada ular 0 dan 5 % gacha. Uning miqdori oshishi organizmda allergik yallig‘lanish kechayotganidan dalolat beradi. Eng muhim jihati eozinofillar miqdori gijjalar (gelmintlar) invaziyasida ham yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘ladi! Ko‘pincha bunday holat yosh bolalarda kuzatiladi.
Neytrofillar
Bir necha guruhlarga bo‘linadi – yosh neytrofillar, tayoqcha yadroli va segment yadroli. Neytrofillar antibakterial immunitetni ta’minlab beradi, ularning turli xil ko‘rinishlarda bo‘lishi, bir xil hujayralarning har xil yoshda bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Neytrofillar ko‘rsatkichi orqali yallig‘lanish jarayonining og‘irlik darajasi va kechishi haqida ma’lumot olsa bo‘ladi.
Neytrofillar miqdorining oshishi infeksion kasalliklar, ayniqsa bakteriya sababli kelib chiquvchi kasalliklar, travmalar, miokarda infarkti, yomon sifatli o‘smalarda kuzatiladi. Jiddiy kasalliklarda asosan tayoqcha yadroli neytrofillar miqdori oshadi – ya’ni chap tomonga siljiydi. Yiringli jarayonlarda va sepsis holatida qonda yosh neytrofillar paydo bo‘ladi – promiyelotsitlar va miyelotsitlar, ular normada qonda uchramaydi.
Monotsitlar
Bu moddalar leykotsitlarning makrofag ko‘rinishidagi turidir, ya’ni ular mikrob va o‘lgan hujayralarni “yutadi”. Normada ular – 0,1 dan 0,7x10*9 ta/l da bo‘ladi.
Monotsitlar miqdorining pasayishi og‘ir jarrohlik amaliyotlaridan keyin va kortikosteroidlarni uzoq muddat qabul qilishda, revmatoid artritda, sifilis, sil, mononukleaza va boshqa infeksion kasalliklar fonida kelib chiqadi.
Granulotsitlar
Granulotsitlar immun tizimini aktivlashtiruvchi leykotsit turi hisoblanadi. Ular infeksiya va allergik yallig‘lanishlarga qarshi kurashishda ishtirok etadi. Inson uchun norma – 1,2 dan 6,8x10*9 ta/l.
Granulotsitlar miqdori yallig‘lanish jarayonlarida oshadi, qizil yugurik va aplastik anemiyada kamayadi.
Qonning rang ko‘rsatkichi
Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin ko‘rsatkichini aniqlab beradi. Anemiyaning turli ko‘rinishlarini differensiya qilish uchun tekshiriladi: normoxrom (eritrotsitlarda normal gemoglobin miqdori), giperxrom (gemoglobin miqdori oshishi), gipoxrom (kam miqdordagi gemoglobin).
Rang ko‘rsatkich kamayishi: temir tanqisligi anemiyasi, margimush bilan zaharlanishlarda, gemoglobin sintezi buzilishlarida.
Rang ko‘rsatkich oshishi: vitamin B12 yetishmovchiligi, o‘sma kasalliklari, oshqozon polipozlarida.
Umumiy qon analizida rang ko‘rsatkichi normada: 0,85-1,1 bo‘ladi.
Gemoglobin
Gemoglobin konsentratsiyasi oshishi – eritremiyada (eritrotsitlar soni kamayishida), eritrositozlarda (eritrotsitlar miqdori oshishida), qonning quyuqlashishida – organizmning ko‘p suyuqlik yo‘qotishi sababli. Bundan tashqari, gemoglobin miqdori yurak-qon tomir dekompensatsiya holatlarida ham kuzatiladi.
Gemoglobin miqdori kamayishi qon yo‘qotishlarida, anemiyaning turli ko‘rinishlarida, xalq tili bilan “kamqonlik”da kuzatiladi.
Gematokrit ko‘rsatkichi
Gematokrit ko‘rsatkichi – umumiy qon hajmining, uning tarkibidagi eritrotsitlar miqdoriga foiz nisbatini ko‘rsatatdi. Bu ko‘rsatkich foizlarda belgilanadi.
Eritrotsitlar cho‘kish tezligi – qon analizida qonning ikki qismga ajralish tezligini ko‘rsatadi, ya’ni plazma (yuqorigi) va shaklli elementlar (pastki). Bu ko‘rsatkich eritrotsitlar, globulinlar va fibrinogenlar miqdoriga bog‘liq. Bu qizil qon tanachalari qancha ko‘p bo‘lsa, ular shuncha sekin cho‘kadi degan ma’noni anglatadi. Globulin va fibrinogen miqdori oshishi esa eritrotsitlar cho‘kish tezligini tezlashtiradi.
Yurak zararlanishlari (miokard infarktida – yurak mushaklari zararlanishi hisobiga, yallig‘lanish jarayoni ketib, o‘tkir davrida oqsillar sintezi, ya’ni fibrinogen miqdori oshadi);
Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi - bu nafas olish yo'llarining yallig'lanishi va bronxlar obstruktsiyasi (shishishi) bilan tavsiflangan, hayot uchun xavfli o'pka kasalligi. Ushbu kasallikni aniqlash har doim ham oson emas, bu uning xavfini oshiradi.
foto: newhospital.ru
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi mezonlari surunkali yallig'lanish. U markaziy nafas yo'llariga, periferik nafas yo'llariga, o'pka parenximasiga, alveolalarga va o'pkaning qon tomirlariga ta'sir qiladi.
Ushbu o'pka kasalligi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Surunkali obstruktiv bronxit, bunda bemorda uch oy va undan ko'proq vaqt davomida boshqa kasalliklar qo'zg'atmaydigan ho'l yo'tal bo’ladi.
Emfizema - bu ichki bo'shliqlarning patologik kengayishi, unda to'qimalar g'ayritabiiy ravishda cho'zilib, shishib ketadi. Klapan mexanizmi deb ataladigan narsa paydo bo'ladi. Bunda havo osongina to'qimalarga kirib boradi, ammo qiyinchilik bilan chiqadi. Kichkina nafas yo'llarining yo'q qilinishi emfizema rivojlanishidan oldingi asosiy shikastlanish deb hisoblanadi.
Ushbu o'zgarishlarning asosiylari - nafas yo'llarining torayishi va qayta tiklanishi, bokalsimon hujayralari sonining ko'payishi, markaziy nafas yo'llarida shilimshiq hosil qiluvchi bezlarning ko'payishi va nihoyat, qon tomir yo’llari o'zgarishlardir. Kattalashgan alveolyar bo'shliqlar ba'zida diametri ≥ 1 sm bo'lgan havo bo'shliqlari sifatida aniqlanadigan bullarga (havo kistalari) birlashadi. Ushbu o'zgarishlar o'pka to'qimalarining elastikligini yo'qotishiga va giperaktivlikning rivojlanishiga olib keladi.
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi sabablari
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligining asosiy sababi - odatda tamaki tutuniga, shu jumladan begona tutunga yoki zaharli moddalarga qarshi yallig'lanish ta'siridan kelib chiqqan havo oqimini cheklanishidir.
Kasallikning rivojlanishining boshqa sabablari:
atrof-muhitning noqulay sharoitlari (havoning sanoat chiqindilari, chiqindi gazlar, tutun, chang va boshqalar bilan ifloslanishi),
kasbiy faoliyat (shaxtalarda, kimyoviy zavodlarda, issiq do'konlarda ishlash),
iqlim sharoiti (yuqori namlik), yuqumli bakteriyalar (mikoplazmalar, pnevmokokklar, gemofilus grippi, gripp viruslari, adenoviruslar va boshqalar).
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi rivojlanishining xavfli omillariga alfa-1-antitripsin yetishmovchiligi, yuqori darajadagi immunoglobulin IgE, kasallikning oilaviy xususiyati, genetik moyillik (qon guruhi A (II), IgA yetishmasligi) kiradi.
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi rivojlanishi uchun bir necha yil kerak bo'ladi. Odatda, birinchi alomat 40 dan 50 yoshgacha bo'lgan chekuvchilarda rivojlanadigan yo'taldir. Ko'pgina bemorlar 20 yildan ortiq vaqt davomida kuniga 20 dan ortiq sigaret chekishadi. Kuchayishlar va qo'shni kasalliklar kasallikning ajralmas qismi bo'lib, klinik ko'rinish va prognozga katta hissa qo'shadi. Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi rivojlanishi bilan kasallikning kuchayishi tez-tez uchraydi, o'rtacha yiliga 1-3 epizod kuzatiladi. Obstruktiv o'pka kasalligi progressiv kasallik bo'lgani uchun o'pka faoliyatini to'liq normallashtirish mumkin emas.
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi tasnifi
Kasalliklarning xalqaro tasnifi:
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi (J44):
J44.0 - O'tkir pastki nafas yo'llarining infeksiyasi bilan surunkali obstruktiv o'pka kasalligi.
2011 yilda xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va surunkali obstruktiv o'pka kasalligi darajasini integral baholash asosida tasniflash taklif qilingan:
A - alevlenme xavfi past, alomatlar aniq emas;
B - alevlenme xavfi past, alomatlar aniq;
C - alevlenme xavfi yuqori, alomatlar ifodalanmaydi;
D - alevlenme xavfi yuqori, alomatlar aniq.
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi belgilari
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligining asosiy belgilariga quyidagilar kiradi.
nafas qisilishi yoki havoning yetishmasligi hissi - dastlab jismoniy kuch bilan, keyin esa dam olish paytida; havo yetishmovchiligi changli joyda, sovuqda, havodagi tirnash xususiyati beruvchi moddalar mavjud bo'lganda kuchayadi;
balg'am bilan yoki bo'lmasdan surunkali yo'tal;
nafas chiqarishda va ayniqsa majburiy nafas olishda nafas olish uzayishi;
xirillash;
qappaygan ko'krak (old-orqa ko'krak hajmi kattalashadi).
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi o'sishi yo'talning ko'payishi va balg'am miqdorining ko'payishi bilan namoyon bo'ladi. Balg’am yiringli bo'lishi mumkin. Kelajakda nafas olish qiyinlashuvi oddiy harakatlar jarayonida paydo bo'ladi. Shu bilan birga, bemorlar ozishni boshlaydilar, tushunarsiz zaiflikni sezadilar, teri ko’karishi rivojlanadi, yurak yetishmovchiligi belgilari kuchayadi, oyoqlarning shishishi paydo bo'ladi, qorin bo'shlig'ida suyuqlik to'planishi mumkin (astsit) va jigar kattalashadi.
Qayd uchun eslatma
Kasallik kuchayishi ish qobiliyatining sezilarli darajada pasayishiga va shoshilinch tibbiy yordamga (shu jumladan kasalxonaga yotqizishga) bo'lgan ehtiyojni keltirib chiqarishi mumkin.
Anamnez, fizik tekshiruv va rentgenografiya asosida kasallikni tashxislash mumkin. Tashxis funksional nafas olish testlari bilan tasdiqlanadi. Eng muhim diagnostika usuli spirometriya. Uning yordamida o'pkaning hayotiy hajmi qobiliyati, 1 soniyadagi majburiy ekspiratsiya hajmi va boshqa ko'rsatkichlar ma'lum bir sxema bo'yicha o'lchanadi.
Spirometriyadan tashqari, tashqi nafas olish funksiyasini har tomonlama o'rganish diffuziya testini, bronxodilatator bilan testni, bodipletizmografiyani o'z ichiga oladi.
Balg'amni sitologik tekshirish bronxlar va o'pkada yallig'lanish xususiyatini baholash, bakteriyalar va viruslar mavjudligini aniqlashga imkon beradi.
Nafas yetishmovchiligining klinik belgilari bo'lgan barcha bemorlar uchun puls oksimetriyasi (qonning kislorod bilan to'yinganligini aniqlash) qo'llaniladi.
Agar periferik arterial qonning kislorod bilan to'yinganligi 92% dan kam bo'lsa, qon gazini tahlil qilish kerak.
O'pka rentgenogrammasi nafas olish tizimining boshqa kasalliklarini chiqarib tashlashga yordam beradi.
Ko'krak qafasining tomografiyasi rentgenografiyaga qaraganda o'pka to'qimalarining shikastlanishi va bulla shakllanishining tarqalishini va vizualizatsiyasini yaxshiroq ta'minlaydi.
Nafas qisilishi uchun 6 daqiqalik yurish testi buyuriladi. O'ng qorincha gipertrofiyasi, o'pka yurak kasalligi, aritmiya, ishemiya belgilari elektrokardiografiya va ekokardiyografiya yordamida aniqlanadi. Mutlaq ko'rsatkichlar bilan bronkoskopiya o'tkaziladi.
To'liq qon tahlili surunkali obstruktiv o'pka kasalligining kuchayishini baholash uchun amalga oshiriladi va politsitemiya (gematokrit> 55%), anemiya va leykotsitozni aniqlashi mumkin.
Kasallikning klinik jihatdan aniqlangan yo'nalishi bo'lgan 50 yoshgacha bo'lgan bemorlarda va obstruktiv o'pka kasalligi bo'lgan har qanday yoshdagi chekuvchilarda alfa-1-antitripsin yetishmovchiligi aniqlanadi va agar genetik jihatdan aniqlangan alfa-1-antitripsin yetishmovchiligiga shubha bo'lsa, uning molekulyar shakllari qon zardobida tekshiriladi.
foto: gp2dzm.ru
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi qaysi shifokorlar bilan bog'lanish kerak
Birinchi bosqichda, tashxis qo'yilgunga qadar umumiy amaliyot shifokori yoki terapevt shifokor bilan uchrashish kerak. Pulmonologlar surunkali obstruktiv o'pka kasalligini davolashadi. Eng samarali terapiyani topish uchun kardiolog va boshqa ixtisoslashgan mutaxassislarni yordami kerak bo'lishi mumkin.
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi davolash
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi davolashning eng muhim maqsadi bemorning normal hayot kechirish qobiliyatini saqlab qolish va uzoqroq faol bo'lishdir. Kasallikning og'irligidan qat'iy nazar, kasallikning kuchayishi va rivojlanish xavfini kamaytirish juda muhimdir:
xavf omillari ta'sirini kamaytirish, shu jumladan chekish va havoning ifloslanishi;
bronxolitiklardan (bronxodilatatorlardan) foydalanish - Surunkali obstruktiv o'pka kasalligini simptomatik davolashda asosiy dorilar. Ular bir marta yoki muntazam ravishda buyuriladi;
yallig'lanishga qarshi faolligi bo'lgan glyukokortikosteroidlar bilan ingalatsiyani qo'llash;
fosfodiesteraza-4 ingibitorlari, uning ta'siri surunkali obstruktiv o'pka kasalligida o'ziga xos yallig'lanishni bostirishga qaratilgan;
nafas olish qiyinlishuvini bartaraf etish uchun kislorodli terapiya - invaziv bo'lgan / invaziv bo'lmagan mexanik shamollatish.
Kuchayish paytida, bronxoektazlar bilan bir vaqtda kechadigan bemorlar uchun yanada kuchli va uzoqroq antibiotik terapiyasini talab qilishlari mumkin.
Jarrohlik muolajalari (bullalarni olib tashlash, o'pka hajmini kamaytirish bo'yicha operatsiya va o'pka transplantatsiyasi) Surunkali obstruktiv o'pka kasalligini davolashning so'nggi bosqichidir. Endobronxial klapanni joylashtirish yoki termal ablyatsiya ma'lum bir guruh bemorlarning klinik jihatdan yaxshilanishiga olib kelishi mumkin. Surunkali obstruktiv o'pka kasalligining terminal bosqichi bo'lgan bemorlarga palliativ yordam ko'rsatiladi. Uning maqsadi hayot sifatini va kundalik ishlashni yaxshilashdir.
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi asoratlari
Havo oqimini cheklash va nafas olish yetishmovchiligidan tashqari, obstruktiv o'pka kasalligi quyidagi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:
o'pkaning emfizemasi;
bronxoektaziya;
nafas yetishmovchiligi;
o'pkali yurak;
o'pka emboliyasi;
yurak ritmining buzilishi: polimorfik atriyal taxikardiya, atriyal fibrilatsiya.
Bemorlarning hayot sifatiga to'sqinlik qiladigan va hayotga ta'sir ko'rsatadigan boshqa asoratlar: osteoporoz, depressiya, tashvishlanish buzilishi, yurak tomirlari kasalligi, o'pka saratoni va boshqa saraton kasalliklari, mushak atrofiyasi va gastroezofagial reflyuksiya.
O'limning asosiy sabablari o'tkir nafas yetishmovchiligi, pnevmoniya, o'pka saratoni, yurak kasalligi yoki o'pka emboliyasi. Obstruktiv o'pka kasalligi bilan og'rigan bemorlarda tez-tez uchraydigan obstruktiv uyqu apnoesi ushbu bemorlar guruhida kasalxonaga yotqizish va o'lim xavfining ortishi bilan bog'liq.
COVID-19 yangi koronavirus infeksiyasi va obstruktiv o'pka kasalligi bilan birgalikda kasallik muammosining dolzarbligi klinik ko'rinishlarning o'xshashligi, tashxisning murakkabligi, kursning mumkin bo'lgan og'irligi va ushbu patologiyalarning o'zaro kuchayishi bilan bog'liq.
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligini oldini olish
Xavf omillarini aniqlash va ularni yo'q qilish ushbu kasallikning oldini olishda eng muhim qadamdir. Bunga quyidagilar kiradi:
chekishni tashlash;
ikkilamchi tutun ta'sirini yo'q qilish;
havo ifloslanishi ta'sirini kamaytirish.
Qayd uchun eslatma!
Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi bilan kasallangan bemorlar uchun kasallik kuchayish xavfini kamaytirish uchun gripp va pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash tavsiya etiladi.
foto: 0370.ru
manba: invitro.ru
Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Pulmoksoldir.
Pulmoksolbu – 30 mg/5 ml 150 ml sirop va bolalar uchun 15 mg/5 ml 150 ml sirop (o'lchov stakani bilan birgalikda)
Har 5 ml sirop tarkibi:
Faol modda: ambroksol gidroxloridi 15 mg; Yordamchi moddalar: benzoy kislotasi, sorbitol (70%), qulupnay essensiyasi, deionizatsiya qilingan suv.
Добавить комментарий