Uch shoxli nerv nevralgiyasi – yuzning bir tomonida o‘tkir xurujsimon og‘riqlar bilan namoyon bo‘luvchi kasallik. Bu kasallik keng tarqalgan.
Uch shoxli nerv nevralgiyasi sabablari
Virusli infeksiyalar yoki xalq til bilan aytganda “shamollashlar” hisoblanadi. Shuningdek, burun atrofi bo‘shliqlari shamollashlari (gaymorit, frontit), tish kasalliklaridan so‘ng ham ko‘pchilikda nevralgiya rivojlanadi. Uch shoxli nerv chiqadigan joyda bosh miya qon tomirlari ham chiqadi. Agar ushbu qon tomirlar uch shoxli nervni bosib qo‘ysa ham nevralgiya rivojlanadi. Arteriyaning patologik cho‘zilishi va shu sababli uch shoxli nervning bosilib qolishi uzoq davom etadigan qon bosim bilan bog‘liq. Qandli diabet bilan kasallanganlar va uzoq yillar spirtli ichimlik istyemol qilganlarda ham uch shoxli nerv nevralgiyasi uchrab turadi.Uch shoxli nerv nevralgiyasi kechishi
Uch shoxli nerv nevralgiyasi ba’zilarda yengil kechib tez kunlarda o‘tib ketsa, ba’zilarda uzoq yillar davom etadi. Xurujlar sovuqda yoki shamollashlarda (gripp, gaymorit, frontit) qo‘zg‘ab turadi.Uch shoxli nerv nevralgiyasi davosi
Avvalombor kasallik sababi yo‘qotiladi. Agar vrach kasallik sababini aniqlamasdan davolash muolajalarini boshlasa, uning urinishlari samarasiz ketadi. Davolash maxsus dastur asosida olib boriladi va bu jarayon bir necha oyga cho‘zilishi mumkin. Davolash muolajalari tugaganidan so‘ng bemor finlepsin (karbamazepin, tegretol) qabul qilib yurishi kerak. Bu dori nafaqat bizda, balki barcha rivojlangan davlatlarda ham keng qo‘llaniladi. Chunki finlepsin uch shoxli nerv nevralgiyasida eng samarali doridir. Bu dorining dozasi va qancha vaqt qabul qilish kerakligini davolovchi vrachning o‘zi ham qiladi. Dorini yetarli dozada belgilangan muddatgacha qabul qilgan va har xil shamollashlardan o‘zini asragan bemorlarda kasallik tez o‘tib ketadi. Kasallikning og‘ir turlarida neyroxirurgik davolash muolajalari qo‘llaniladi.Prof. Ibodullayev Z.R. «Asab va ruhiyat» kitobi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Miasteniya qanday kasallik?