Butgullilar oilasiga mansub, bir va ikki yillik o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘sadi, silliq va siyrak tukli. Poyasining pastki tomonidagi barglari lirasimon-patsimon qirqilgan. Guli ikki jinsli, oq pushti, sarg‘ish va binafsha rangli bo‘lishi mumkin. Gul to‘plami shingil. Mevasi ochilmaydigan qo‘zoq. Ildizmevasi yirik bo‘lib, 200 grammdan 5 kg gacha borishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Tarkibida qand, oqsil, klechatka, fermentlar, xolin, karotin, vitaminlar, C va kaliy tuzi, kalsiy, magniy va fosfor elementlari bor. Xalq tabobatida turp va asal aralshmasi har xil jarohat va yaralarga malham hisoblanadi. Qaynatib pishirilgani shamollashga qarshi, peshob haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi, tomoq va o‘pka kasalliklariga davo sifatida foydalaniladi. Ibn Sino bobomiz turp sharbatidan ovoz bo‘g‘ilish kasalligini davolaganlar. U sarimsoqni pishirib turp bilan qoshib iste’mol qilinsa bo‘yrakdagi toshni yo‘qotishini, urug‘ining asal bilan aralashtirilgani esa kindik og‘rig‘iga urug‘ining o‘zi esa yo‘talga davo ekanligini aytgan. Turp qizamiq bronxit, o‘pka sili, kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Turp sharbatini og‘riq qoldiruvchi sifatida podagra revmatizm va shamollshda mushaklarga surtish tavsiya etiladi.

Dori tayyorlash va foydalanish.

  • Turp sharbatini tayyorlash uchun 3 osh qoshiq turp sharbati , 2 osh qoshiq asal 1 osh qoshiq osh tuzi qoshish lozim. Kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi.
  • Turp urug‘ining kukuni oz miqdorda suv bilan aralashtirilib, tananing yarali yerlariga qo‘yilsa bitishini tezlashtiradi.
  • Turp lavlagi va sabzi sharbatlaridan teng miqdorda aralashtiriladi. Va rangli shishaga solinadi og‘zi yopiladi. Ustidan xamir yopishtirilib 3 soat do‘xovkada qo‘yiladi. Tayyorlangan aralashmadan kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ovqatdan avval iste’mol qilinsa kamqonlik va bedarmonlikda davo bo‘ladi. 3 oygacha qilish mumkin.
  • Turp ichi o‘yilib, asal solinadida 4-5 soat yopib qo‘yiladi. Hosil bo‘lgan sok kosaga olinib kuniga 3-4 mahal och qoringa 1 osh qoshiqdan ichiladi. U barcha mikroblarni qiradi.

© Hadya.uz