Tug‘ma maymoqlikning paydo bo‘lish sabablari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, aniq biror xulosaga kelinmagan, lekin ba’zi vaqtlarda qarindoshlarida kuzatilganligi, ona homiladorlik davrida kasallanganligi, jarohat olganligi kabi sabablar ko‘rsatiladi.
Bolaga tashxis qo‘yilishi bilan davolashni boshlash kerak. Yuqoridagi belgilar bilan kasallik aniqlanishi qiyin emas. Bir haftalik bolaga bosqichma-bosqich gips bog‘lamlari qo‘yib boriladi, birinchi uch oyda bog‘lam har haftada almashtiriladi, asta-sekin maymoqlikning hamma komponentlari yo‘qotiladi. Etapli gips bog‘lami bilan davolash to‘liq korreksiyaga erishguncha davom ettiriladi – bu davr 3 oydan 1,5 yoshgacha davom etishi mumkin. 1,5 yoshda to‘liq korreksiyaga erishilmagan yoki davolanmagan bo‘lsa, xirurgik usullaridan biri bajariladi.
Bolalarda maymoqlikni davolashda bir necha xirurgik usullar qo‘llanishi mumkin: Zatsepin usulida tenoplastika va kapsulotomiya, axilloplastika, Ilizarov usulida korreksiya, og‘ir holatlarda va katta yoshdagi bolalarda suyak rezeksiyasi va oshiq suyagi ostidan artrodez.
Tug‘ma maymoqlikni davolashning barcha bosqichlarida ota-onalardan ortoped ko‘rsatmalarini to‘liq bajarish talab etiladi. Etapli gips bog‘lamlari qo‘yilish davrida bog‘lamni toza saqlagan holda keyingi bosqichga murojaat etish zarur. Xirurgik usul qo‘llanilganda gips bog‘lami, operatsiyadan keyingi yara sohasi toza saqlanishi kerak. Davolash muolajalari o‘tkazilib, to‘liq korreksiyaga erishilgach, bola kompleks fizioterapevtik muolajalar olishi lozim: massaj, davolash fizkulturasi, parafin yoki ozokerit, oyoq panjasi sohasiga kalsiy xlor eritmasi bilan elektroforez. Uy sharoitida ota-onalarni o‘zlari ham massaj va davolash fizkulturasi mashqlarini o‘tkazishlari mumkin.
Reabilitatsiya davrida korreksiya holatini davom ettirish maqsadida ortezlash moslamalaridan foydalaniladi. Tik turish va yurish vaqtida pronatorlik, qo‘njlik ortopedik poyabzal kiyiladi, yotgan paytda korreksiya holatidagi plastik shinadan foydalaniladi, ular individual tayyorlanadi.
Tug‘ma maymoqlikni davolashda davolovchi vrach va ota-onalar hamjihatligi natija samaradorligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
© Abduhalil XUDJANOV, travmatolog-ortoped.
"O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:
- Yassioyoqlikni davolash
- Sonning tug‘ma chiqishi
- Oyoq tomiri tortishishi: sabablar, birinchi yordam va davolash
- Bolangiz oyoqlari sog‘lom bo‘lishini istaysizmi?
- Bolani ona suti bilan oziqlantirish
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.