5
(1)

Odam nima uchun kasal bo‘ladi? Hakimlarning fikricha, vujudda kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar borligi yoki unda patologik o‘zgarishlarning kelib chiqishi orqali dardga chalinar ekan. Qadimgi zamon, ko‘hna Sharq tabiblarining aytishicha, kasallik — bu eng avvalo, idrok qilish, hissiyotli-sezgiyo‘llari orqali kelib tushadigan axbordir.

Masalan, gripp yoki o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni olaylik. Bu kasalliklarga asosiy sabab: havo-tomchi yo‘llari orqali o‘tadigan viruslar, deb aytamiz. Ammo faqat bugina emas. Vujudga tushgan virusning o‘zi hech narsa qilolmaydi. Vujudiga virus tushganini shu odamning o‘zi ham hali bilmaydi. Tushgan viruslar yo‘lida vujudning himoya kuchlari o‘tib bo‘lmas to‘siq bo‘lib, ko‘ndalang turib qoladi. Ammo hamma joyda gripp tarqalganligi haqidagi vahimani eshitgan va grippning asoratlari og‘irligidan hayajonga tushgan odamlar bu kasallikka uchrashdan qo‘rqib qoladilar, ana shunda, qo‘rquvdan zaiflashgan vujudning himoya kuchlari bo‘shashadi. Kasal yuqishidan ko‘rqish kasallikka yo‘l ochib beradi. Yoki aksincha, ommaviy shov-shuvlarga e’tibor qilmaydigan, o‘ziga ishonchi kuchli odam bir guruh aksirayotgan va yo‘talayotgan odamlar ichida ham bemalol o‘tirib, soppa-sog‘ qolishi mumkin.

Odamzodning tug‘ma tarzda orttirgan o‘z-o‘zini boshkarish markazi tashkaridan bo‘ladigan har kanday tajovuzlarga karshi kurashish qobiliyatiga egadir. Odamzodda qarshilik ko‘rsatish darajasi kuchli bo‘ladi. Odamning kuch-quvvati ham shunga yarashadir. Mashq qilish esa ma’lum hissiyot va tuyg‘ularni yuzaga keltirishga bog‘liq bo‘ladi. Chunki aynan ana shu salbiy hissiyotlar va tuyg‘ular kasallikning yuqishiga sabab bo‘ladilar-da va ularning ijobiylari esa kasallikdan xalos etadi ham.
Ko‘p yillik tajribalarning ko‘rsatishicha, turli ichki a’zolarning kasalliklari bilan turg‘un salbiy hissiyotli holat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bor ekan.

Jigar, o‘t pufagi, me’da osti bezi, asabiy tarangliklar kabi kasalliklar qahr-gazab, ko‘rolmaslik, o‘z qahrini arzimas sabablar bilan boshqalarga sochishning okibati hisoblanadi. Birovga nisbatan kek saklash, ganimlik hissi ko‘pchilikka ma’lum. Demak, kekchi odam kimgadir nisbatan ko‘nglida qasos tuyg‘usi bilan yashaydi, unga yaxshigina zarba berish uchun payt poylaydi. Ba’zilar shu g‘animlikni doimo ichida saqlaydi yea oqibatda biror a’zosida ana shu tosh «paydo bo‘ladi». Agar qahr-gazabi juda kuchli bo‘lsa, uni qanday kilib chiqarishga yo‘l topolmasa, bu alam o‘z ichiga karab «kayriladi», ya’ni o‘t pufagining bukilishi yoki biror a’zoning buralib qolishi yuz beradi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  To‘g‘i uxlash qoidalari qanday?

Yurak kasalligi — sevgi va ishonchning yo‘qligi, mag‘rurlik, o‘ziga bino qo‘yganlik, ichiqoralik, hasadning «mevasidir». Rashk, tushkunlik va g‘am-g‘ussalar yurak yetishmovchiligigaolib keladi. Birovning fikrini o‘zlashtirish, ko‘chirmachilik artmiyaning kelib chiqishi uchun qulay sharoit yaratib beradi.

Endokrin tizim kasalliklari o‘zini hammadan yuqori qo‘yish, xudbinlik, takabbur, xomxayollar oqibatida qo‘zg‘aladi. Uz taqdiridan, hayotidan, shart-sharoitidannorozilik bo‘yrak usti bezlarini ezadi.
Me’da osti bezidagi buzilishlar doimo kimdandir achchiqlanib, xafalanib yurish, butun dunyodan bezish sababli paydo bo‘ladi. «Shirin turmush»ga intilish, oson hayot haqida xayol surishdan qandli diabet kelib chiqadi.
Me’dada yeyilgan ovqat hazm bo‘ladi va bu yerda faoliyat uchun zaruriy quvvat yuzaga keladi. Me’daning kasal bo‘lishi — bu me’da sohibining kimnidir juda yomon ko‘rishi, u bilan hatto bir daqiqa ham hamsuhbat bo‘lishga toqati yo‘qligining dalilidir. Xalqda: «Men uni hech hazm qilolmayman»,- degan gap shunday vaziyatga tegishlidir.

Qora o‘ylar, ichiqoralik, yomon qiliqlar oqibatida ichaklarda muammolar kelib chiqadi. Ochko‘zlik, baxillik qisman ich qotishiga, kimnidir yomonlash, kimgadir ta’na silish qorin og‘rigiga sabab bo‘ladi.
Kechirim so‘rashni va kechirishni biling. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, vujudni tartibga solish, salomatlikni tiklash va mustahkamlash uchun har kim xulq-atvori, odatlari, odamlarga bo‘lgan munosabatlari ustida jiddiy ishlashi kerak, Hayotga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishi, o‘z his-tuyg‘ularininazorat ostiga olishi talab qilinadi. Salomatlikka erishish va ichki ruhiy muammolarni yechish yo‘lida chin dildan tavba qilish samarali usul hisoblanadi.

© Bilol Abdurasulovich,
«Sharq tabobati» jurnalidan.