Ko‘pchilik tongni bir finjon choy yoki qahva bilan qarshilaydi. Tongda och qoringa ichilgan qaynoq suv organizm uchun qanday foydali xususiyatga ega ekanligidan xabaringiz bormi? Unda tanishing.
- Organizmni zaharli modda (toksin)lar va xiltlardan xalos etadi. Issiq suv hazm qilish jarayonida yuzaga kelgan qoldiqlarni yuvib tushirish xususiyatiga ega.
- Moddalar almashinuviga ijobiy ta’sir etadi. Moddalar almashinuvi jarayoni tongda faol ishlaydi bu jarayonni tezlashishiga esa qaynatilgan suv ko‘mak beradi.
- Qarish jarayonini sekinlashtiradi. Qaynatilagn suvni har tongda iste’mol qilishni odat qilish teri tuzilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va teridagi yog‘ hamda husunbuzarlarni bartaraf etadi.
- Og‘riq qoldirish xususiyatiga ega. Qaynatilgan suv bosh og‘rig‘i, tomir tortishishi, turli xurujlarda yaqindan yordam beradi. U qon aylanish jarayoniga samarali ta’sir etib og‘riqdan xalos etadi.
- Ortiqcha vazndan xalos etadi. Oq qoringa ichilgan qaynoq suv ishtahani pasaytiradi, ovqat hazm qilish jarayoniga samarali ta’sir ko‘rsatadi va turli shishlardan bartaraf etadi.
- Arterial bosimni me’yorlashtiradi. Och qoringa ichilgan suv ishqoriy muvozanatni me’yorlashtiradi, arterial bosimni me’yorida ushlashga ko‘mak beradi.
© Xurshida Husenova. "Sog‘lom avlod" gazetasi. Soglom.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Qorin og'rishi - turlari, sabablari va o‘ziga xos belgilari